wrapper

Maxsus imkoniyatlar

Ayni e’tirof viloyat musiqali drama teatrida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanali bayram tadbirida baxshi sadolarida jarang sochdi.

Darhaqiqat, Konstitutsiya har qanday davlatning huquqiy asosi bo‘lsa, insonni bu hayotda tutib turadigan kuch – or-nomusdir. Shu ma’noda Konstitutsiya – davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan qomus sifatida xalqimizning irodasini, ruhiyati, ijtimoiy ongi va  madaniyatini aks ettirishi bilan ahamiyatlidir.

Bayram tantanasini viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev kirish so‘zi bilan ocharkan, Asosiy qonunimizning baxtimiz kafolati, xalqimiz farovonligining muhim tayanchi ekanligi haqida gapirdi, tantana ishtirokchilarini qutladi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi sadolari bilan boshlandi.

So‘ng viloyat prokurori Bahodir Po‘latovning ma’ruzasi tinglandi.

- Qonunlar qanchalik adolatli, mukammal bo‘lsa, o‘sha jamiyatda ijtimoiy munosabatlar muammosiz tartibga solinadi, - dedi viloyat prokurori. – Bu o‘z navbatida, shu mamlakat taraqqiyotiga, tinchligiga o‘zining bevosita ta’sirini o‘tkazadi. Konstitutsiyamizning biz uchun muqaddasligi shundaki, unda har qanday taraqqiyot garovi bo‘lgan tinch-totuv, osoyishta hayotimizning asoslari belgilab berilgan.

Darhaqiqat, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi mohiyati jihatidan demokratik-huquqiy davlatga xos barcha institutlarni o‘zida qamrab olgan, jahon sivilizatsiyasining eng so‘nggi yutuqlariga asoslangan, milliy davlatchiligimiz xususiyatlarini mujassam etgan qomusdir. Konstitutsiyamiz va uning asosida qabul qilingan qonunlar davlat boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga faqatgina xalq manfaatini ko‘zlab faoliyat yuritish, “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan tamoyilni amalda qaror toptirish imkoni va vakolatini beradi.

Xususan, Konstitutsiyamizning 2-moddasida “Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar” deya belgilab qo‘yilgani yurtimizda inson manfaatining ustunligini qonuniy ravishda mustahkamlab, kafolatlanganidan dalolat beradi.

Davlatimiz rahbarining 2017-yil 30-noyabrdagi “Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni esa muhim huquqiy hujjat bo‘lishi bilan birga fuqarolar huquq va erkinliklariga so‘zsiz va og‘ishmay rioya qilinishini ta’minlaydi.

Shu nuqtayi nazardan qaraganda, Konstitutsiyamizda inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanib, ushbu me’yorga nechog‘lik amal qilinishi jamoatchilik nazorati, xalq diqqat-e’tiborida turadi.

Barchamizga ma’lum, mamlakatimizda Bosh qomus asosida fuqarolar va millatlararo totuvlik ta’minlandi, turmush farovonligi yildan-yilga yuksalib, ijtimoiy-madaniy rivojlanish, ta’lim, ilm-fan, sport sohalarida salmoqli muvaffaqiyatlarga erishilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining chorak asri munosabati bilan davlatimiz rahbarining 2017-yil 10-oktabrdagi farmoni bilan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlanganlar orasida viloyatimizdan ham ko‘plab kishilar borligi quvonarlidir.

Aslini olganda, qonun ustuvorligisiz huquqiy davlatni tasavvur etib bo‘lmaydi. Huquqiy davlatning quroli ham, himoyasi ham, ko‘zi ham, so‘zi ham qonundir. Shu ma’noda yurtimizda istiqomat qilayotgan har bir fuqaro, jamiyat hayotining mezoni bo‘lgan Konstitutsiyani chuqur va har tomonlama o‘rganishi, uning ma’nosiga yetib, hayotining doimiy qo‘llanmasiga aylantirishi darkor.

Bosh qomusimizning ustuvor ahamiyati bayram dasturida ham o‘z ifodasini topdi. San’at ustalari va yosh ijrochilarning chiqishlari barchaga xush kayfiyat ulashdi.

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 718 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family