wrapper

Shahrisabz shahridagi Amir Temur xiyobonida viloyat ichki ishlar boshqarmasi ichki ishlar organlari tayanch punktlari profilaktika inspektorlarining tantanali qasamyod qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 200 nafar profilaktika inspektoriga xizmat uylari va imtiyozli kredit asosida xarid qilingan yangi avtomashinalar kalitlari tantanali topshirildi.

Tantanali marosimda  O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, turli idora va vazirliklar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, yoshlar, profilaktika inspektorlarining oila a’zolari ishtirok etishdi.



Ma’lumki, Prezidentimizning 2017-yil 20-apreldagi “Ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika inspektorlarini xizmat uy-joyi bilan ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, profilaktika inspektorlariga barcha sharoitga ega xizmat uyi va yengil  avtomashina topshirilmoqda.

Bugun viloyatimizda 616 nafar profilaktika inspektori faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa, ularning o‘z hududlarida osoyishtalik va aholi xavfsizligini ta’minlashi, huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish maqsadida muntazam profilaktika tadbirlari olib borishi uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yaratilmoqda. Bu borada mahalla fuqarolar yig‘inlari, davlat va jamoat tashkilotlari bilan yaqin hamkorlik yaxshi samara berayapti.

- Albatta, el-yurt tinchligi va osoyishtaligini ta’minlashdek sharafli, mas’uliyatli xizmatni o‘tash maqsadida qilgan qasamyodimizga sodiq bo‘lamiz, - deydi Dehqonobod tumanidagi Boshchorbog‘ mahalla fuqarolar yig‘ini profilaktika inspektori Dilshod Mirzayev. - Yangi xizmat uyiga ega bo‘lganim esa ish faoliyatimni yanada yaxshilashi shubhasiz. Shu vaqtgacha Kitob tumanidan, 200 kilometr uzoqlikdan qatnab ishlardim. Endi ko‘nglim xotirjam, oila a’zolarim yonimda bo‘ladi, ish joyim yaqin, qatnab ko‘p vaqt sarflamayman.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi N.Yo‘ldoshev,      Prezidentning Davlat maslahatchisi O.Murodov, Bosh vazir o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi T.Narbayeva, Ichki ishlar vaziri P.Bobojonov, “Nuroniy” jamg‘armasi raisi Sh.Jalilov, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish kengashi boshqaruvi raisi Sh.Javlonov, viloyat hokimi Z.Ro‘ziyev ishtirok etdi.

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 123 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Bosh sahifa

Qabul kunlari

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family