Welcome to Qashqadaryo viloyat hokimiyati   Click to listen highlighted text! Welcome to Qashqadaryo viloyat hokimiyati Powered By GSpeech

wrapper

Maxsus imkoniyatlar

Inson dunyoga baxtli yashash uchun keladi. Bu saodatga tinch, xotirjam, osoyishta hayot orqali erishish mumkin. Zero, inson baxti va iqboli uchun zarur moddiy va ma'naviy ne'matlarning asosi tinchlikdir. Yurti tinch, ko'ngli  xotirjam xalqqa to'y  va tantanalar  yarashadi. Xalqimiz bu oliy ne'matni ulug'lab kelishining, duoga qo'l ochganda, avvalo, Yaratgandan el-yurtga tinchlik va osoyishtalik, farovonlik va obodlik tilashining sababi ham shunda.


“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da mahalliy Kengash deputatlari hamda Senat a'zolari joylarga chiqib, xalq bilan uchrashib, ularning fikrlarini eshitib, dardu tashvishlari, orzu-niyatlarini o'rganish asnosida xalqimizning naqadar olijanob, naqadar tinchlikparvar va yaratuvchanlikka intilib yashashiga yana bir bor amin bo'ldik.
    Biz o'z oldimizga qo'ygan buyuk maqsadlar yo'lida o'tgan yillar mobaynida erishgan va jahon tan olgan yutuq va marralar ana shu yaratuvchan, yangilikka intilib yashaydigan xalqimizning shijoati va jasorati mahsulidir. Bu muvaffaqiyatlar o'zligimizni anglash, insoniy sha'nimiz, g'urur-iftixorimiz, tariximiz, muqaddas dinu diyonatimizni tiklash, milliy demokratik davlat qurish, iqtisodiyotimizni yangi asosda tashkil etish, aholining hayot darajasi va sifatini oshirish borasidagi keng ko'lamli ishlarimizni, butun mamlakatimizning qiyofasi tobora ochilib, obod bo'lib borayotganini ko'z o'ngimizdan o'tkazadigan bo'lsak, qani ayting, istiqlolga erishmasdan turib, bunday yuksak natijalarga etib borishimiz mumkinmidi?
    Bunga javob bitta, yo'q va aslo yo'q.
Mamlakatimiz mustaqillik yillarida erishgan yutuqlarning tub mohiyatini ochib berish uchun bugungi hayotni kechagi hayot bilan solishtirib ko'rish kerak. Birgina misol, o'sha paytda O'zbekiston aholisi go'sht va sut mahsulotlarini, tuxumni sobiq ittifoqning boshqa mamlakatlari aholisidan ko'ra qariyb ikki barobar kam iste'mol qilar edi.
    Mustaqillikning ilk kunlarida boshlab o'z umrini o'tab bo'lgan eski mustabid sovet tuzumidan voz kechilib, jahon tajribasini puxta o'rganish, umuminsoniy qadriyatlarni chuqur anglash, milliy urf-odat va an'analarimizni asrab-avaylash va yanada mustahkamlash asosida ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat barpo etishga kirishdik. Bu esa o'zining ijobiy, ta'bir joiz bo'lsa aytish mumkinki, olamshumul samarasini berdi.
    Uzoqqa bormaylik, keyingi 3 yilda  vohamizda, xususan, Qarshi  va Shahrisabz shaharlarida olib borilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari,  zamonaviy va  sharqona arxitektura uyg'unligida qurilayotgan hashamatli  va barcha qulayliklarga ega ko'p qavatli uylar, qayta chiroy ochgan tarixiy qadamjolar, ko'kalamzorlashtirilgan maydonlar, chiroyli favvoralar, aholi hordiq chiqaradigan sayilgohlar,  qishloqlarda bunyod bo'layotgan namunaviy  arzonlashtirilgan uy-joylar,  bularni sanab adog'iga etib bo'lmaydi. Ayniqsa, Toshkent-Qarshi yo'nalishidagi  temir yo'llarning elektrlashtirilib, yuqori tezlikda harakat qiladigan “Afrosiyob” elektropoezdi harakati yo'lga qo'yilgani  katta voqea bo'ldi. Bularning  barchasi yurtdoshlarimizning  katta shodligu quvonchiga sabab bo'ldi, qalblarida Mustaqillikka shukronalik, g'urur va iftixor tuyg'ularini uyg'otdi.
     Hammamizga ayonki, barcha qishloq xo'jaligi tarmoqlarining  samaradorligi, bizning iqtisodiy va  oziq-ovqat xavfsizligimiz, nafaqat qishloq ahli, balki butun xalqimizning moddiy  faravonligi, oxir oqibatda  bozorlarimizda  non va  oziq-ovqat mahsulotlarining  narxi  qanday bo'lishi, avvalombor bebaho boyligimiz bo'lgan erlarning  unumdorligi, ularning holatini doimiy ravishda  yaxshilab borishga bevosita bog'liq.        Mustaqillikka erishgan  dastlabki  yillarda   g'alla  chet davlatlaridan sotib olib kelinar edi, zaxiramizda  bor-yo'g'i bir hafta, nari borsa 10 kunga etadigan g'alla qolgan edi. Olib borilgan islohotlar natijasida bugungi kunda nafaqat o'zimizni don bilan ta'minlayapmiz, balki chetga eksport ham qilayapmiz.
    Samarasiz faoliyat ko'rsatib, qarzdorlik botqog'iga botib, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini tashkil qila olmayotgan xo'jaliklar tugatilib, fermer xo'jaliklar tashkil qilingani naqadar to'g'ri yo'l bo'lganligini hayotning o'zi tasdiqlab turibdi.
     Fermer xo'jaliklari nafaqat qishloq xo'jalik mahsulotlari ishlab chiqaradigan,  balki qishloqning kelajagini, taraqqiyotini  o'z zimmasiga  oladigan etakchi kuch,  ijtimoiy-siyosiy harakatga aylanmoqda. Fermerlik harakati tufayli ilgari ketmoni yoki belkuragidan boshqa mulki bo'lmagan dexqon erli bo'ldi, bugun zamonaviy texnikalarga ega mulkdorga  aylandi, mustaqil  faoliyat ko'rsatmoqda.
      O'zim misolimda aytadigan bo'lsam, bugungi kunda  87 gektar maydonda dexqonchiliq qilmoqdaman, ushbu maydonning 31 gektaridan g'alla,                          44 gektaridan paxta, qolgan qismida sabzovot va chorva ozuqasi  parvarishlayapmiz. Bugungi kunda 10 dan ortiq texnika vositasiga egaman. Har yili paxtadan 45 sentnerdan, g'alladan 65-70 sentnerdan oshirib  mo'l hosil yig'ib olmoqdamiz. Fermer xo'jaligimizda 50 boshdan oshiq zotli chorva mollari  parvarish qilinmoqda.
    Bularning barchasi mustaqillikning sharofatidir. Aytish mumkinki, bugun yurtimizda har bir kishi istiqlol davrida erishgan yutuqlari haqida ana shunday ko'ngli to'q bo'lib gapiradi. Chunki aholining hayotida, dunyoqarashida yangicha mazmun, hayotidan rozilik kun sayin tobora ortib bormoqda, shahar va qishloqlarimiz qiyofasi yangilanib, turmushimiz farovonlashayapti.


Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 176 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech