Welcome to Qashqadaryo viloyat hokimiyati   Click to listen highlighted text! Welcome to Qashqadaryo viloyat hokimiyati Powered By GSpeech

wrapper

Maxsus imkoniyatlar

Qarshi temir yo‘l vokzalida Jizzax shahrida bo‘lib o‘tgan "Barkamol avlod - 2017" sport o‘yinlarida ishtirok etgan viloyatimiz delegatsiyasi a’zolari tantanali kutib olindi. Marosimda viloyat hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, sportchi yoshlarning ota-onalari ishtirok etdi.
Ta’kidlab o‘tish joiz, yosh avlodni sog‘lom va barkamol qilib voyaga yetkazish, mamlakatimiz dovrug‘ini dunyoga tanitishda sportning o‘rni juda muhim. Shu bois mustaqillikning ilk yillaridanoq yurtimizda sportni ommalashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan joriy etilgan, dunyoda o‘xshashi yo‘q uch bosqichli tizim - "Umid nihollari", "Barkamol avlod" hamda Universiada sport o‘yinlari yoshlarimiz o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi. An’anaviy tarzda tashkil etib kelinayotgan bu musobaqalar o‘z nufuzi, ahamiyati va miqyosiga ko‘ra, "Kichik Olimpiada" deya e’tirof etilayotgani ham bekorga emas. Zero, mazkur an’anaviy o‘yinlar xalqaro Olimpiada talablariga qat’iy amal qilgan holda hamda xolislik, halollik, adolat, totuvlik kabi mezonlar asosida o‘tkazilishi bilan ajralib turadi.

25-27-may kunlari Jizzax shahrida ushbu uch bosqichli musobaqalarning o‘rta bo‘g‘ini - "Barkamol avlod" sport o‘yinlari doirasida mamlakatimiz akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining 898 o‘quvchisi sportning 17 turi bo‘yicha bellashuvlarda ishtirok etdi. Ular 193 ta oltin, 193 ta kumush va 214 ta bronza medali uchun bahs olib borishdi. Musobaqalarda viloyatimiz vakillari ham ko‘pgina sport turlari bo‘yicha munosib kurash olib borishdi. Jumladan, futbol bo‘yicha terma jamoamiz a’zolari yarim final bahslarida xorazmlik tengdoshlariga hech qanday imkoniyat qoldirmagan bo‘lsa, finalda Farg‘ona viloyati vakillari ustidan irodali g‘alabaga erishib, birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

-  Ayniqsa, farg‘onaliklar bilan bo‘lgan o‘yin juda hayajonli kechdi, - deydi terma jamoamiz a’zosi, Qarshi olimpiya zaxiralari kolleji o‘quvchisi Mirzabek Jonimqulov. - Sababi, finalning mas’uliyati juda katta bo‘ladi. Asosiy vaqtda 1:1 hisobi qayd etilib, kurash penaltilar seriyasiga qadar yetib bordi. 11 metrdan to‘p tepish bellashuvida esa omad biz tomonda bo‘ldi va 4:3 hisobida g‘alaba qozonib, oltin medallarni qo‘lga kiritdik.

Shuningdek, gandbol bo‘yicha qizlar terma jamoasi 3-o‘rinni egallagan bo‘lsa, suzish bo‘yicha umumjamoa hisobida xuddi shunday o‘rin qo‘lga kiritildi. Yengil atletikachilarimiz esa 8-o‘rinni egalladi. Shunga qaramay, yakkalik bahslarida oltin medallar ham bor. Xususan, Kasbi tumanidagi Denov qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kolleji 1-bosqich o‘quvchisi Malika Vohidova 800 metr masofaga yugurish bahslarida ajoyib natija qayd etib, ancha nomdor raqiblarini ham ortda qoldirdi.

- Bu yil sportdagi faoliyatim yutuqlarga boy bo‘lmoqda, - deydi u. - May oyi boshida Buxoro shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston chempionatida 1500 metrga yugurish bahslarida 1-o‘rinni, 800 metrga yugurishda esa 3-o‘rinni egallagan edim. "Barkamol avlod" musobaqasiga ham qattiq tayyorgarlik ko‘rdim. Intilishim o‘z natijasini berdi.

Musobaqalar natijasiga ko‘ra, eng ko‘p medal jamg‘arib, birinchi o‘rinni egallagan Toshkent shahri jamoasi bosh mukofot - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Barkamol avlod - 2017" sport o‘yinlari qatnashchilariga yo‘llagan tabrigining asl nusxasi va Prezident sovg‘asi - "Damas" avtomobili bilan taqdirlandi.
Umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egallagan Andijon viloyati va uchinchi pog‘onadan joy olgan Samarqand viloyati jamoalariga Prezident sovg‘asi - "Damas" avtomobillari topshirildi. Viloyatimiz vakillari esa 138 ochko jamg‘arib, 11-o‘rin bilan cheklanishdi.

Ma’lumot o‘rnida keltirib o‘tamiz, "Barkamol avlod" sport musobaqalari boshlangan 2001-yildan buyon viloyatimiz jamoasi qayd etgan eng yaxshi ko‘rsatkich 8-o‘rin bo‘lib qolmoqda. Bu natijaga 2005-yilda erishilgan. Qolgan musobaqalarda esa 10-o‘rindan yuqoriga o‘tilgani yo‘q. Xususan, 2001- va 2008-yilgi bahslarda 14 ta jamoa ichida eng oxirgi o‘rin egallangan bo‘lsa, 2011-yilda 11-, 2014-yilda 10- va 2017-yilda yana 11-o‘rin qo‘lga kiritilmoqda. Bu ushbu musobaqalarga tayyorgarlik jarayoniga ham jiddiy e’tibor qaratish, seleksiya ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish va malakali murabbiylarni jalb etish lozimligini ko‘rsatadi.

Jizzax shahrida bo‘lib o‘tgan musobaqaning yopilish marosimida ishtirokchilar "Qashqadaryoda ko‘rishguncha!" deya xayrlashishdi. Darhaqiqat, 2020-yilda bo‘lib o‘tadigan "Barkamol avlod" sport musobaqalarining final bosqichiga viloyatimiz mezbonlik qiladi. Umid qilamizki, o‘z uyimizdagi musobaqaga sportchilarimiz, murabbiylarimiz qattiqroq tayyorgarlik ko‘rishadi va sovrinli o‘rinlardan birini qo‘lga kiritamiz.

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 235 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech