wrapper

Maxsus imkoniyatlar

Ma'lumki, istiqlol yillarida yoshlarimizning ta'lim-tarbiya olishi, ma'lum bir kasb-hunar egasi bo'lib, hayotda o'z yo'lini topishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishga katta e'tibor qaratildi. Xususan, mamlakatimizning barcha hududlarida kasb-hunar kollejlari faoliyati yo'lga qo'yilib, ular eng zamonaviy texnologiyalar, o'quv-uslubiy vositalar bilan ta'minlandi. Bugun yoshlarimiz ushbu muassasalarda kasb-hunar sirlarini puxta egallab, yosh mutaxassis sifatida katta hayotga qadam qo'yishmoqda. O'quv jarayonining amaliyot bilan uyg'un olib borilayotgani bunda muhim omil bo'lmoqda.

Koson oziq-ovqat sanoati va xizmat ko'rsatish kasb-hunar kollejining tikuvchilik yo'nalishida ko'plab qizlar tahsil olmoqda. Zamonaviy rusumdagi tikuv mashinalari o'quvchilarga turli matolardan har xil o'lcham va dizayndagi liboslar tayyorlash imkonini bermoqda.
- Erkaklar kiyimlari, ayollar bayramona liboslari, bolalar kiyim-kechaklari tikayapmiz, - deydi kollejning maxsus fan o'qituvchisi Mavlyuda Ishmuhammedova. - Aholidan turli buyurtmalar ham qabul qilib, ularni o'quvchilarimiz bilan hamkorlikda bajarmoqdamiz. O'tgan yillarda shu yo'nalishni bitirgan ko'pchilik o'quvchilarimiz ayni vaqtda o'zining mustaqil faoliyatini yo'lga qo'yishgan, ayrimlari engil sanoat korxonalarida mehnat qilishayapti.

Darhaqiqat, sifatli ta'lim olish barobarida bilim va ko'nikmalarini amaliyotda mustahkamlayotgan o'quvchilar kelgusida ish o'rinlariga ega bo'lishda ham qiynalishmaydi. Zero, o'z sohasini puxta egallagan, etuk mutaxassislarga hamma joyda va hamisha talab yuqori.
J.BOYMURODOV
Suratlarda: kollej tikuvchilik xonasi faoliyatidan lavhalar.
Sobir NARZIYEV olgan suratlar.



More in this category: « Navoiyni anglash saodati

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 156 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family