Welcome to Qashqadaryo viloyat hokimiyati   Click to listen highlighted text! Welcome to Qashqadaryo viloyat hokimiyati Powered By GSpeech

wrapper

Maxsus imkoniyatlar

Ma'lumki, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev tomonidan joriy yil 9 fevral kuni ichki ishlar organlari faoliyati, tizimdagi mavjud muammo hamda kamchiliklar, istiqboldagi vazifalarga bag'ishlab o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida har haftaning payshanba kunini “Jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kuni” deb e'lon qilish taklif etilgan edi.

Shu asosda O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi sohaviy xizmatlari hamda hududiy ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladigan dolzarb vazifalar rejasi ishlab chiqilib, hayotga izchil tatbiq qilinayotir. Ya'ni payshanba kunlari o'tkazib kelinayotgan profilaktika tadbirlarida ichki ishlar organlari xodimlari, prokurorlar, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, “Kamolot” YoIH, Xotin-qizlar qo'mitasi, “Nuroniy” jamg'armasi, Musulmonlar idorasining joylardagi vakillari, umuman, barcha yurtdoshlarimiz, jumladan, yoshlar faol qatnashmoqda.

 

Bunday uchrashuvlar chog'ida hududlarda sodir etilgan jinoyatlarning sabab va oqibatlari tahlil qilinayapti. Qolaversa, ishtirokchilar mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar, xususan, sud-huquq sohasidagi yangiliklardan boxabar bo'lmoqdalar.

Buni 9 mart kuni o'tkazilgan profilaktika tadbirlari misolida ham ko'rish mumkin. Kun davomida korxona hamda tashkilotlar, o'quv muassasalarida bo'lib o'tgan 63 mingdan ziyod uchrashuvlarda huquqiy targ'ibotga katta e'tibor qaratildi. Yoshlarning bo'sh vaqt-larini mazmunli tashkil etish, o'qishga bo'lgan munosabatini yaxshilash, bu borada ota-ona, o'quv muassasasi mutasaddilari hamda mahalla faollari hamkorligini kuchaytirish bo'yicha ham zarur tavsiyalar berildi. Ayni chog'da yoshlar o'rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, targ'ibot-tushuntirish ishlarini kuchaytirish, o'quvchilarning intizomi va davomatini nazorat qilish borasidagi holat tahlil etildi. O'quvchilarga Vatanni, oilasini sevish, zimmasidagi mas'uliyatni his etib yashashi yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Jinoyat va uning kelib chiqish sababi, o'qishga bormayotgan o'quvchilar ota-onalari, mahallalardagi notinch oilalar, jinoyat sodir qilishga moyil shaxslarning xatti-harakatlari keng jamoatchilik vakillari ishtirokida muhokama etilayotgani, ayniqsa, foydali bo'layapti.

Xonadonlarga borib, profilaktik hisobda turgan, muqaddam sudlangan shaxslar bilan suhbatlar ham o'tkazildiki, bular pirovardida o'z samarasini bera boshladi. Ya'ni joylarda huquqbuzarlik hamda jinoyatchilik holatlari sezilarli darajada kamayib borayotgani kuzatilmoqda.

Profilaktika kuni tadbirlari ichki ishlar organlari xodimlari uchun ham ayni muddao bo'layotganini aytish zarur. Aniqrog'i, aholi bilan uchrashib, ularni huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashishda faol bo'lishga chorlash jarayonida ichki ishlar organlari xodimlari xalqimizga yanada yaqinlashmoqda. Tabiiyki, bu faoliyatimizni bugungi kun talablari asosida tashkil qilishimizda muhim o'rin tutadi.

Bugun mamlakatimizning barcha hududida navbatdagi “Payshanba — jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kuni” tadbirlari izchillik bilan davom ettirilmoqda.

Furqatjon G'AYBULLAYEV,

O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklarning oldini olish 

bosh boshqarmasi inspektori, leytenant.

 

 

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 130 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech