wrapper

Maxsus imkoniyatlar

Qurolli Kuchlarimiz safida o'z burchini o'tab qaytgan yigitlar armiya bilan bog'liq yorqin xotiralari haqida so'z yuritganda, harbiy qasamyod qabul qilish marosimini hayotlaridagi eng unutilmas voqealardan biri sifatida e'tirof etishadi. Bunday tadbirlarda bevosita qatnashib, ikki hissa qo'proq taassurot olgan ota-onalarning esa quvonchdan ko'zlari sevinch yoshlariga to'lishi tabiiy. Axir farzand tarbiyalab, uning el-yurtga nafi tegadigan inson bo'lib ulg'ayganini ko'rishdan ortiqroq baxt bormi dunyoda?!

Yana bir ajib manzara jajji bolakaylarda kuzatiladi. Ular harbiy xizmatchilarning “O'zbekiston Respublikasiga xizmat qilaman!” degan haroratga to'la ahdini tinglagach, akalariga taqlid qilishga tushishadi, xayolan askarga aylanib, shaxdam qadamlar tashlashga intilishadi. Bu ham harbiy qasamyod marosimining tarbiyaviy ahamiyatiga bir misoldir. Umuman, oriyatni, g'urur va sadoqatni hamma narsadan ustun qo'yadigan bizning xalqimiz uchun harbiy qasamyod — bu shunchaki rasmiy tadbir emas, balki yigitlik sha'ni, or-nomusini o'rtaga qo'yib, o'z zimmasidagi mas'uliyatli va sharafli burchni ado etishga bel bog'lab, ahdu paymon qilish marosimidir.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2016 yil 21 dekabrdagi “O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatlarini o'tab bo'lgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo'shatish to'g'risida”gi qaroriga muvofiq, yaqindagina muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan o'g'lonlarning harbiy qasamyod qabul qilishiga bag'ishlab ayni kunlarda respublikamizning barcha joyida o'tkazilayotgan tantanali tadbirlarda ushbu jihatlar yana bir karra o'z ifodasini topayapti.

O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a'zolari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, “Nuroniy” jamg'armasi, Respublika Xotin-qizlar qo'mitasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati vakillari, harbiy xizmatchilar hamda ota-onalar ishtirokida tashkil etilayotgan marosimlarda mustaqillik yillarida milliy -armiyamizni shakllantirish va uning mudofaa salohiyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilgan keng ko'lamli islohotlar hamda ularning samaralari haqida so'z yuritilmoqda.

Poytaxtimizdagi “Vatanga qasamyod” haykali oldida o'tkazilgan ana shunday marosim ham unda qatnashganlarga ko'tarinki kayfiyat, unutilmas lahzalarni tuhfa etdi. Aytish joizki, mazkur monument yurtimiz sarhadlarini ko'z qorachig'idek asrab-avaylashga bel bog'lagan fidoyi o'g'lonlarimiz sharafiga qo'yilgan bebaho obidadir.

 

 Bugun safdoshlarim qatori men ham eng ulug', eng aziz ne'mat — istiqlolni asrab-avaylash, Vatanimiz tinchligi va ravnaqi yo'lida fidoyilarcha xizmat qilishga va'da berdim, — deydi oddiy askar Abbos Sherbo'taev. — Ana shu ahdimda qat'iy turib, o'zimga bildirilgan ishonchni, albatta, oqlayman.

Samarqandda tashkil qilingan tadbirda professional milliy armiyamiz davlatimiz suvereniteti, sarhadlarimiz daxlsizligi va xalqimiz tinch-osoyishta hayotining ishonchli kafolati ekani qayd etilib, bugungi kunda Qurolli Kuchlarimiz safiga mustaqillik yillarida tug'ilib voyaga etgan, yurtimizdagi zamonaviy lisey va kollejlarda ta'lim-tarbiya olgan, axborot-kommunikasiya texnologiyalari, xorijiy tillarni puxta biladigan, eng asosiysi, hayot haqida o'zining mustaqil fikri va qarashiga, axloqiy-ma'naviy qadriyatlariga ega yoshlar kirib kelayotgani alohida ta'kidlandi. 

Harbiy orkestr va taniqli xonandalar ijrosidagi kuy-qo'shiqlar marosimga yanada fayz bag'ishladi.

Milliy armiyamizda xizmat qilish O'zbekiston fuqarolari uchun nafaqat konstitusiyaviy burch, balki chin ma'nodagi shon-sharaf ishiga aylangan. Bugun ulg'ayib, kamolga etgan har bir yigit o'z xohish-irodasi bilan ana shu muqaddas vazifani ado etishga intilmoqda. Buxoro shahridagi harbiy qismlardan birida askarlarning harbiy qasamyod qabul qilishi munosabati bilan uyushtirilgan tadbirda ana shunday fikr-mulohazalar bildirildi.

— Yurtimizda sharqona yangi yilning boshlanishi — Navro'z bayrami shukuhi hukmron, — deydi oddiy askar Umidjon Akramovning onasi, Bog'dod tumanida yashovchi Fotima Husanova. — Hamma joyda ayyom tadbirlari boshlab yuborilgan. Bahoriy ne'matlar tayyorlanib, odamlar bir-birlarini Navro'z bilan qutlashmoqda. Bularning barchasi mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik tufaylidir. Shunday dorilamon kunlarda o'g'limizning hayotidagi unutilmas damlarga otasi bilan birga kelib, guvoh bo'lib turganimizdan benihoya mamnunmiz. Umidjon muddatli harbiy xizmatni a'lo darajada o'tab, bag'rimizga yorug' yuz bilan qaytishiga ishonamiz.

Shavkat ORTIQOV,

Mamadiyor ZIYoDINOV,

Istam IBROHIMOV, 

«Xalq so'zi» muxbirlari.

 

 

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 178 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family