Welcome to Qashqadaryo viloyat hokimiyati   Click to listen highlighted text! Welcome to Qashqadaryo viloyat hokimiyati Powered By GSpeech

wrapper

Maxsus imkoniyatlar

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2016 yil 22 noyabrdagi“2017-2020 yillarda shaharlarda arzon ko'p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish Dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaroriga muvofiq joriy yilda viloyatimiz markazida 5 qavatli kopmleks ko'rinishiga ega, energiyadan samarali foydalaniladigan, arzon ko'p kvartirali 7 ta uy bunyod etilishi belgilangan.

Bundan ko'zlangan maqsad Qarshi shahrida yashovchi aholi, shu jumladan, yosh oilalar, eskirgan uy-joylarda istiqomat qilayotgan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo'lgan fuqarolarni arzon, qulay, zamonaviy uy-joylar bilan ta'minlash, shu orqali ularning turmush darajasi va sifatini yanada oshirish, aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlashni kuchaytirishdan iborat.
Ahamiyatlisi, mazkur qaror ijrosi doirasida Qarshi shahrida ishlar tezda boshlab yuborildi. Ayni vaqtda Jayxun ko'chasida “Qurilish servis” mas'uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan barpo etilayotgan arzon uylarning poydevor ishlari yakunlanib bormoqda.
- Har bir uy 1, 2 va 3 xonali 45 xonadonni o'z ichiga oladi, - deydi “O'zshahar qurilish invest” IKning viloyatdagi vakili Zafar Rahmatullaev. – Xonadonlarda barcha zarur qulayliklar mujassam etiladi. Asosiysi, ularning narxi arzon bo'lishiga ustuvor ahamiyat qaratilgan. Shu maqsadda qurilish jarayonida arzon, o'z navbatida, sifatli materiallardan foydalanilmoqda. Hozirgi kunda mazkur ob'ekt qurilishida 100 dan ortiq quruvchi mehnat qilayapti, 15 dona texnika jalb qilingan. Tez orada g'isht terish ishlariga kirishiladi. 2020 yilga qadar viloyat markazida yana shunday 33 ta arzon ko'p kvartirali uy bunyod etilishi ko'zda tutilgan.
Qarorga asosan, mazkur xonadonlar xaridi uchun fuqarolarga  kam foizli stavkada 20 yil muddatga imtiyozli ipoteka kreditlari berilishi qayd etilgan. Albatta, bu ishlar shahar aholisining arzon, zamonaviy va qulay uy-joylarga ega bo'lish imkoniyatini yaxshilaydi. Buning samarasida xalq farovonligi oshadi, turmush darajasi sifat jihatidan yuksaladi. Qolaversa, hudud qiyofasi yanada chiroy ochadi.

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 141 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech