Welcome to Qashqadaryo viloyat hokimiyati   Click to listen highlighted text! Welcome to Qashqadaryo viloyat hokimiyati Powered By GSpeech

wrapper

Maxsus imkoniyatlar

Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyandasi, millatimizning g'ururi, sha'nu sharafini dunyoga tarannum qilgan o'lmas so'z san'atkoridir.

Islom KARIMOV,
O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti
Alisher Navoiy tavalludining 576 yilligiga

Navoiy va siyosat


Hazrat Alisher Navoiy buyuk ijodkor bo'lgani holda davlat boshqaruvi va siyosatdan uzoq emasdi. Shoir ismidagi “mir” so'zi ham amir so'zining qisqargan shakli bo'lib, shoh saroyidagi amal-mansabni ifoda qiladi. Adolatli hukmdor boshchiligidagi davlatga erishish orzusida bo'lgan ijodkor do'sti Husayn Boyqaro hokimiyatni qo'lga olgandan keyin uning taklifiga binoan davlat xizmatiga o'tadi. Navoiy Husayn Boyqaroni odil sultonga, uning davlatini adolatli davlatga aylantirish yo'lida ko'p yillar harakat qildi. Aytish mumkinki, hukmdor davlatning yuragi bo'lsa, Navoiy uning vijdoni edi.

Buni Husayn Boyqaro ham juda yaxshi anglar, bilardi. U Navoiyga yozgan bir xatida shunday deydi: “Siz Xurosonda turar ekansiz, har qanday iltimosingiz bo'lsa, hurmat bilan qabul qilinadi. Men shuni juda aniq bilamanki, agar bu davlat sizning sharofatli vujudingizdan xoli bo'lsa, ayrim shaxslar va xalq orasidagi o'zboshimchalik ahvol ixtilofga aylanib ketadi”.
Inson tabiatiga xos xususiyatlarga davlat misolida qaraydigan bo'lsak, ba'zan ana shu vijdon bilan hisoblashilmagan, ba'zan esa unga qarshi borilgan paytlar ham ko'p bo'ldi. Buning sabablari turlicha edi. Fitnalar, g'arazli maqsadlar... Navoiy Husayn Boyqaroni adolatli podshoga aylantirish mumkin emasligini tushunib etgach, vazirlikdan iste'fo berib, ma'rifatparvar hukmdor obrazini asarlariga singdiradi.
O'z-o'zidan bu bir vaqtlar juda kuchli bo'lgan mexanizmni kuchsizlantirdi, turfa ko'ngilsizliklarga ro'baro' qildi. Xo'sh, bu nimalarda aks etdi? Masalan, Mo'min Mirzoning qatl etilishi ham aynan Navoiyning saroyda bo'lmagan vaqtida saltanat dushmanlari fitnasi oqibatida sodir bo'lgandi. Nevarasini qatlga hukm qilgan hukmdorga xalq qanday ishonsin, qanday ergashsin?! Aql vijdonga tayanib ish tutmasa, jismga jabr bo'lgani singari oxir-oqibat shu bilan tugadiki, o'ta qudratli bir saltanat patorat topdi. Navoiyning siyosatdagi, davlat boshqaruvidagi o'rni, darajasi shu qadar edi.
Navoiyning siyosatdagi o'rni boshqa shoiri zamonlardan shunisi bilan farq qiladiki, u hech qachon saroy shoiri, maddoh sifatida bo'y ko'rsatmadi, o'z zamonasini, qandaydir amaldorlarni buyuk hayajon bilan madh etmadi. Uning ideallari yuksak ediki, bu ideallar hukmdor uchun ham, boshqa yakka shaxs uchun va xalqu jamiyat uchun ham birdek barobar edi. Birdek kerak edi. Shu bois buyuk ijodkor qarashlari, uning hukmdor va davlat amaldorlari axloqi, xususiyatlari, fazilatlari, xalq e'tiborini qozonishdagi xatti-harakatlari bugun ham ahamiyatini yo'qotmaganki, kelgusi avlodlar uchun ham zarur manba bo'lib xizmat qilishi shubhasiz.
Navoiy “Majolis un-nafois” asarida Samarqandda o'z zamonining taniqli huquqshunos olimlaridan bo'lgan Abulays Samarqandiy madrasasida fiqh ilmidan ta'lim olgani haqida yozadi. Bundan ko'rinadiki, Navoiy ko'p yillik davlat boshqaruvi va fiqh (huquq)dan nazariy hamda amaliy bilimga ega bo'lgan.
Xususan, “Mahbub ul-qulub” asarida yozilishicha, adolatli podshoh yorqin ko'zgu bo'lsa, zolim podsho uning teskarisi. Unisi yorug' tong bo'lsa, bunisi qorong'i kecha. Zulm qilish zolim podshoning ko'ngliga orom, axloqsizlik esa tabiatiga sevinch baxsh etadi. Agar u sharob ichishni boshlagudek bo'lsa, musulmonlar ko'cha-ko'yda yurishni tark etadi. Haqiqat uning qarshisida behuda, aqlli odamlar uning nazdida nodon: “Odil podshoh ko'zgu va bu aning uchasidur. Ul yoruq subh, bu aning qorong'u kechasidur. Zulm aning ko'ngliga marg'ub va fisq aning xotiriga mahbub. Mulk buzug'ligidin zamiriga jamiyat va ulus parishonlig'idan xotirig'a amniyat. Obodlar aning zulmidin vayrona, kabutar toqchalari boyqushga oshyona”.
Alisher Navoiy davlat va shohlarni ikki qarama-qarshi qutbga – adolatli va adolatsiz tabaqalarga ajratadi. Adolatsiz davlat, shoh insonlarga zulmu zo'rlik olib kelsa, adolatli davlat, shoh  kishilarga baxt-saodat keltiradi. Navoiy davlat apparatining yagona mexanizmdan iborat bo'lishini ochib beradi. Shoirning aytishicha, davlat boshlig'i – shoh qanday bo'lsa, uning qo'l ostidagi mulozimlari ham xuddi shunday bo'ladilar. Agar shoh adolatsiz bo'lsa, uning vaziri, beklari, mirshabu qozilari ham adolatsiz bo'ladilar va aksincha, agarda shoh adolatli bo'lsa, uning mulozimlari ham shunga monand bo'lishadi.
Navoiy adolatli shohlarni insonlarga tenglik, ozodlik, do'stlik olib keluvchi birdan-bir kuch deb qarab, shunday hukmdorlarni orzu qiladi, olqishlaydi. Adolatli shoh uning idealiga aylanadi.
Bu narsa “Saddi Iskandariy”da ham aks etgan bo'lib, Navoiy Iskandar timsoli orqali o'z zamonasining muhim ijtimoiy masalalarini ifoda etadi. Navoiy uchun Iskandarning jahongirligi, shon-shuhrati emas, xalq manfaatini ko'zlab qilgan ishlari muhim. Ya'ni Iskandar xalq himoyasi uchun ya'juj va ma'jujlar chiqadigan ikki tog' orasiga devor barpo qiladi. Devor qurishda temirni eritadi, uning ustiga misni eritib quyadi. Mis aralashgan temir qorishmasi mustahkam bo'lishi fanda yaqinda kashf etilgani ham e'tiborga molik. Asar ramziy asoslarga qurilgan, biroq unda hukmdorning qo'l ostidagi xalq taqdiriga qayg'urishi zarurligi masalasi aniq ko'rsatib o'tilgan.
Navoiy yana shuni ham ta'kidlaydiki, shoh atrofida olimlar jamlangan bo'lishi shart. Shoh har bir tadbirni ularning maslahati bilan amalga oshirsa, maqsadga muvofiq bo'ladi. Aslida esa hukmdorning ma'rifatli bo'lgani har jihatdan ma'qul. Mirzo Ulug'bek ta'rifini keltirarkan,  “Ki sulton ko'rmadi dunyo aningdek” deb bejiz yozmaydi shoir. Chunki bugun ham dunyo astronom-olimlarini lol etib kelayotgan Mirzo Ulug'bek ma'rifatda tengsiz edi. Bunga tarix guvoh.
Navoiy davlat ishida mashvarat, ya'ni kengashib ish tutishni qayta-qayta ta'kidlaydi. Kengashlarda nafaqat arkoni davlat, balki nufuzli shaxslar, donishmand hakimlar ham qatnashishi mumkin. Ammo har birining o'z o'rni, o'z mavridi bor. Demak, davlat miqyosidagi muhim ishlarni a'yonlar, arkoni davlat, birinchi navbatda, xayrixoh, pokdil, haqgo'y odamlar bilan maslahatlashib, keyin qarorlar qabul qilgan ma'qul. Albatta, davlat ishida ta'jil (tez bajarilishi kerak bo'lgan) ishlar ham bor. Bunda shoh o'zi qaror qabul qilishi shart. Shuningdek, ba'zi tadbirlarni tavakkal qilib amalga oshirishga to'g'ri keladi, deb davom ettiradi Navoiy, ammo shunda ham eng yaqin odamlar bilan maslahatlashish foyda beradi.
“Munshaot”da bunday yozadi: “Arkoni davlatqa har ishkim buyurulur, agar butmagi bir kun muyassardur, agar ikki yo uch kun. Andoq muqarrar bo'lsakim bot butardek ish hamul kun arz qilib javob olsalar. Kechrak butur ishni tongla (ertasi) yo indin yo miodidin (muddatidan) o'tkarmasalar”. Ya'ni har bir amru farmon belgilangan muddatda bajarilishi lozim. Bugungi ishni ertaga qoldirish mumkin emas. Agar beparvolik yoki sustkashlik oqibatida ish orqaga suriladigan bo'lsa, buning sababchilari aniqlanib, qattiq jazolanishi kerak.
Navoiy deydiki, devon ishi juda injiq, ammo nihoyatda zarur. Bunda u ikki jihatga e'tibor beradi: biri – shoh amru farmonlarini mahalliy amirlar, hokimlarga etkazish, ikkinchisi – quyidan keladigan xat-xabarlarni shohga etkazish. Har ikki tomon ishida ham paysalga solish bo'lmasligi kerak. Demak, Navoiy zamonaviy til bilan aytganda, hech bir murojaat e'tiborsiz qolmaydigan tizim haqida orzu qilayapti. Agar shunday bo'lsa, xalq hukmdorga ishonadi, hukmdor xalqning dardu tashvishidan doim boxabar bo'lib boradi.
Bozor iqtisodiyoti ham adolatli boshqaruvni taqozo etadi. Navoiyning o'zi ma'rifatli mulkdor bo'lgan va mulkdorlikni yoqlagan. U O'rta Osiyo va Xurosonda Xo'ja Ahrordan keyingi boy-badavlat odam edi. Navoiyning bir kunlik daromadi 18 ming shohruxiy dinor bo'lgan. Navoiy bu boylikni masjidlar, madrasalar, ko'priklar qurishga, miskinlarga emak va kiyim-bosh berishga, iqtidorli kishilarni qo'llab-quvvatlashga, xullas, el-yurt ishlariga sarf qilgan.
Uning fikricha, agar yosh tadbirkor ma'nan barkamol, ko'zi to'q, saxovatli, olihimmat bo'lmasa, nafsi undan g'olib keladi. Boylik orttirishning esa chek-chegarasi yo'q. Oqibatda, bunday mulkdorlik ma'naviy inqirozga olib boradi:
To hirsu havas xirmani barbod o'lmas,
To nafsu havo qasri baraftod o'lmas,
To zulmu sitam jonig'a bedod o'lmas,
El shod o'lmas, mamlakat obod o'lmas.
Kishilar hirsu havas, nafsu havo kabi illatlarni barham toptirishsagina jamiyatda rivojlanish bo'ladi, mamlakat obod, turmush farovon bo'ladi.
Umuman olganda, Alisher Navoiyning siyosat, davlat boshqaruvidagi qarashlari bular bilangina cheklanib qolmaydi. Shoir ijodida davlat va jamiyat taraqqiyotining muhim masalalari tiyrak nigoh bilan qalamga olinadiki, undagi fikrlar makon va zamon tanlamasligi bilan e'tiborga molik.



Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 128 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech