Welcome to Qashqadaryo viloyat hokimiyati   Click to listen highlighted text! Welcome to Qashqadaryo viloyat hokimiyati Powered By GSpeech

wrapper

Maxsus imkoniyatlar

"Geolog" madaniyat va sport-sog'lomlashtirish markazidagi arenada mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag'ishlangan professional boks kechasi tashkil etildi.
O'zbekiston madaniyat va sport ishlari vazirligi, O'zbekiston professional boks federasiyasi va viloyat hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilgan kechada jami 9 ta jang o'tkazildi, unda yurtimiz charm qo'lqop ustalaridan tashqari, Qozog'iston, Gruziya va  Turkmanistondan sportchilar ringga ko'tarildi.
Tadbir avvalida boks kechasi ishtirokchilari O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasini yod etib, hurmat bajo keltirdi.
Boks oqshomini viloyat hokimi o'rinbosari G'ayrat Jovliev va O'zbekiston professional boks federasiyasi raisi birinchi o'rinbosari Muhammadqodir  Abdullaev kirish so'zi bilan ochib, barcha sportchilarga omad tilashdi.
Dastavval, 4 raundli 7 ta reyting jangi o'tkazilib, ularda ringga ko'tarilgan viloyatimiz vakillaridan Temur Abdullaev surxondaryolik Alibek Murodovdan, Ulug'bek Xolov turkmanistonlik Jasur Berdig'ofurovdan ustun kelgan bo'lsa, yana bir qashqadaryolik sportchi Dilshod Zayniev andijonlik     Doston Turdievga imkoniyatni boy berdi.
- Shuni alohida aytishim kerakki, so'nggi yillarda Qashqadaryo viloyatida sportning boks turi jadallik bilan rivojlanib bormoqda, - deydi O'zbekiston professional boks federasiyasi bosh direktori Nabijon Ismanov. - Buni Qarshi shahrida professional boks bo'yicha o'tkazilgan reyting janglari ham ko'rsatib turibdi. O'z navbatida, bugungidek boks kechalari    viloyatda uning yanada ommalashishiga xizmat qiladi.
Shundan so'ng chempionlik kamari uchun sakkiz raunddan iborat ikkita jang bo'lib o'tdi. Ularning birida hamyurtimiz Jamshid Najmiddinov raqibi Mansur  Abdumamatovni muddatidan avval texnik nokaut evaziga mag'lub etdi. Ikkinchi chempionlik jangida esa qashqadaryolik Feruz Yo'ldoshev gruziyalik Mixail Solononki bilan bahs olib bordi va katta ustunlik bilan g'alabani qo'lga kiritdi.
Ta'kidlash joiz, ikkala jang ham ABCA yo'nalishi bo'yicha Osiyo chempionligi kamari uchun kechdi.

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 148 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech