Welcome to Qashqadaryo viloyat hokimiyati   Click to listen highlighted text! Welcome to Qashqadaryo viloyat hokimiyati Powered By GSpeech

wrapper

Maxsus imkoniyatlar

“O'zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo'lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar”.
 (O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 18-moddasidan).
16 noyabr – Xalqaro bag'rikenglik kuni
Insoniyat globallashuv davrida yashamoqda. Ya'ni dunyo iqtisodiyoti, madaniy, siyosiy, ijtimoiy aloqalar  turlanib turibdi. Bunday sharoitda bag'rikenglik, ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etadi.
“Bag'rikenglik” (“tolerantlik”) so'zi deyarli barcha tillarda bir xil yoki bir-birini to'ldiruvchi mazmunga ega. Ularni umumlashtirib “bag'rikenglik” chidamlilik, bardoshlilik, o'zgacha qarashlar va harakatlarga hurmat bilan munosabatda bo'lish, muruvvatlilik, himmatlilik, kechirimlilik, mehribonlik, hamdardlik kabi ma'nolarga ega deyish mumkin.
O'zbek xalqiga xos bag'rikenglik chuqur tarixiy ildizlarga ega. Qadimdan Vatanimiz hududi bo'ylab Buyuk ipak yo'li o'tgan bo'lib, u Sharq va G'arbni o'zaro bog'lab turgan va millatlararo muloqotning rivojlanishi hamda aholi o'rtasida hamjihatlik, ahillik va bag'rikenglik g'oyalarining qaror topishida mustahkam zamin yaratgan.
Milliy ma'naviyatimiz manbai sanalgan islom dinida qon to'kish, xalq¬lar o'rtasida nizo urug'ini sepish, hattoki qushning uyasini buzish ham gunohi azim sanaladi. Xususan, hadisi sharifda “Sizlarga berilgan ne'matlarga shukrona aytib, bir-biringiz bilan ahil, tinch-totuvlikda yashash buyuriladi”, deyilgan.
Keyingi yillarda terrorizmning global xavfsizlikka va dinlararo do'stlikka qarshi yo'naltirilgan jiddiy tahdidga aylanayotganining guvohi bo'lmoqdamiz. Jumladan, turli buz-g'unchi guruhlar boshqa dinlarga e'tiqod qiluvchilarning barchasini “kofir” deb e'lon qilib, ularga qarshi kuch ishlatishga da'vat qilmoqda. Holbuki, islom ta'limotida diniy bag'rikenglik tamoyillari keng o'rin olgan. Odamlarni dinga yoki diniy ko'rsatmalarni bajarishga zo'rlash  islomning mohiyati va ruhiga mutlaqo ziddir. Alloh taolo: “Dinda zo'rlash yo'q” (“Baqara” surasi, 266-oyat) deya marhamat qilgan.
Bugun yurtimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari bir oila farzandlaridek, teng huquqlilik hamda o'zaro hamjihatlik sharoitida yashab, Vatanimizni yanada ravnaq toptirish yo'lida mehnat qilib kelishmoqda. Ularning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta'minlash, ta'lim olishlari, qiziqish va layoqatlari bo'yicha kasb-hunar egallashlari, madaniyatlari, an'ana hamda qadriyatlarini saqlash, rivojlantirishlari uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratib berilgan.  Hozirgi kunda respublikamizda 16 ta diniy konfessiya mavjud bo'lib, xilma-xil diniy e'tiqodga ega bo'lgan kishilar bir zamin, bir Vatanda, olijanob g'oya va niyatlar yo'lida hamkor va hamjihat bo'lib faoliyat ko'rsatmoqda.
Har bir millatning umumiy manfaatlari bilan birga o'z qadriyatlari ham bor. O'zbekiston kabi ko'p millatli mamlakatda turli millatlar manfaatlarini uyg'unlashtirish, ular orasida totuvlikni ta'minlash taraqqiyotning hal qiluvchi omillaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham mamlakatimizda bu masalaga mustaqillikning dastlabki kunlaridan katta e'tibor qaratib kelinmoqda.
Davlatimizning dinga munosabati Konstitusiyadagi inson huquqlari, e'tiqod va vijdon erkinligi tamoyillariga asoslanib, unga muvofiq biror millatni yoki diniy e'tiqodni kamsitishga yo'l qo'yilmaydi.
Qadimdan diyorimizda buddaviylik, zardushtiylik, nasroniylik, yahudiylik, islom dinlari yonma-yon yashab kelgan, madaniyat markazlari hisoblangan  shaharlarimizda masjid, cherkov,    sinagogalar faoliyat ko'rsatgan. Ularda turli millat, elat va dinga mansub xalqlar, qavmlar o'z diniy amallarini emin-erkin ado etgan.
Muqaddas kitobimiz Qur'oni karimning 50 dan ortiq surasidagi yuzlab oyatlarda ham musulmonlar mo'min-qobillik, tinchlikparvarlik va boshqa e'tiqod vakillariga nisbatan bag'rikenglikka da'vat etilgan.
Diyorimizdan etishib chiqqan allomalar asarlarida diniy bag'rikenglik bilan bog'liq qadriyatlarni targ'ib qiluvchi g'oyalar keng yoritib berilgan. Buyuk alloma, moturudiya aqidaviy yo'nalishi asoschisi Abu Mansur al-Moturudiyning asarlarida bayon etilgan bag'rikenglik g'oyalari bunga misol bo'la oladi. Jumladan, Moturudiy Qur'oni karim oyatlarining tafsiriga bag'ishlangan, islom olamida juda keng tanilgan “Ta'vilot ahli sunna” asaridagi “Haj” surasi 40-oyat tafsirida: “Cherkov va sinagogalarni vayron etish man etiladi. Shuning uchun ham, musulmonlar yurtida shu davrgacha ular  buzilmay saqlanib qolgan. Bu masalada ahli ilm orasida ixtilof yo'qdir”, deb qat'iy ta'kidlaydi. Nasaflik mashhur yurtdoshimiz, faqih, mufassir Abul Barakot an-Nasafiy  o'zining “Madorik at-tanzil” asarida mazkur oyatlarni “O'zga din vakillariga ehtirom ko'rsating hamda ularga so'zda va amalda yaxshilik qiling”, deb sharhlaydi.
Xulosa qilib aytganda, yurtimizda millatlararo va dinlararo totuvlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan g'oya va tashabbuslar yakdillikni, hamjihatlikni ta'minlashga xizmat qilmoqda. Hozirgi  dunyoning turli burchaklarida g'oyaviy qarama-qarshiliklar avj olayotgan, millatlar va dinlar orasida turli nizolarni chiqarish yo'li bilan tartibsizliklar uyushtirilayotgan bir vaqtda bag'rikenglik bunday illatlarni bartaraf etishda eng foydali va samarali echimdir.
Muhammadi QORAYEV, Kitob tumanidagi Xoja Buxoriy nomli o'rta maxsus islom bilim yurti mudirining ma'naviy-ma'rifiy  ishlar bo'yicha o'rinbosari 


Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 115 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech