Welcome to Qashqadaryo viloyat hokimiyati   Click to listen highlighted text! Welcome to Qashqadaryo viloyat hokimiyati Powered By GSpeech

wrapper

Maxsus imkoniyatlar

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo'yicha tashkiloti – YuNYESKO jahon xalqlari o'rtasida o'zaro madaniy va ma'rifiy aloqalarni mustahkamlash, ularning ma'naviy dunyosini yanada yuksaltirish, YEr yuzida tinchlik va bag'rikenglik g'oyalarini qaror toptirishdan iborat.
Ushbu tashkilotga 1945 yil 16 noyabr kuni asos solingan bo'lib, uning Nizomi 1946 yilning 4 noyabr kunidan rasman kuchga kirgan. Bugungi kunda YuNYESKOga ikki yuzga yaqin mamlakat a'zo sanaladi. Xalqaro miqyosdagi yuksak obro'-e'tibor hamda mavqega ega tashkilot o'tgan vaqt davomida o'zining ma'rifatparvar g'oyalari bilan jahonning barcha davlatlariga kirib bordi.
Ta'kidlash joiz, YuNYESKO irqi, jinsi, tili va dinidan qat'i nazar, jahondagi barcha xalqlar uchun inson huquqlari va asosiy erkinliklariga umumiy hurmatni ta'minlash yo'lida faoliyat yuritadi. Tashkilot dunyoda savodsizlikka qarshi kurashish, ta'lim tizimini rivojlantirish, milliy madaniyatlarni o'rganish, atrof-muhit va madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish kabi ko'plab keng qamrovli masalalarni hal etishni asosiy maqsad qilib olgan.


Mamlakatimiz 1993 yili YuNYESKO a'zosiga aylandi, oradan uch yil o'tib, ya'ni 1996 yili Toshkentda tashkilot vakolatxonasi o'z ishini boshladi. O'tgan davr ichida O'zbekiston va YuNYESKO o'rtasidagi o'zaro ishonchli hamda mustahkam hamkorlik an'analari izchil taraqqiy etib, ko'plab loyihalar hayotga tatbiq etildi.
Yurtimizda milliy qadriyatlarimizni tiklash, madaniy yodgorliklar, tarixiy obidalar, qadimiy shaharlar, muqaddas qadamjolarni asrab-avaylash, bir so'z bilan aytganda, ajdodlarimizning boy merosini o'rganishga qaratilayotgan e'tiborni tashkilot doimo e'tirof etib keladi.
E'tiborlisi, 1998 yili mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov milliy madaniyatni rivojlantirish, madaniy-tarixiy yodgorliklarni asrab-avaylash va YuNYESKO bilan hamkorlikni mustahkamlashga qo'shgan hissasi uchun tashkilotning oliy mukofoti – “Abu Ali ibn Sino” oltin medali bilan taqdirlangan bo'lsa, 2006 yili xalqlar o'rtasidagi do'stlik va hamkorlikni mustahkamlash, madaniyatlararo va dinlararo muloqotni rivojlantirish hamda madaniy rang-baranglikni qo'llab-quvvatlash borasidagi ulkan xizmatlari uchun YuNYESKOning “Borobudur” oltin medali topshirildi.
Qayd etish joiz, mamlakatimizda o'tkaziladigan ko'plab xalqaro anjumanlar, xususan, dunyo ilm-fani, madaniyati rivojiga beqiyos hissa qo'shgan buyuk allomalarimiz, tarixiy shaharlarimiz yubiley to'ylari va boshqa nufuzli madaniy tadbirlarda ham YuNYESKO tashkiloti vakillari doimo faol qatnashib keladi. Bu esa jahonda ko'hna va boy tariximizga bo'lgan hurmat-ehtirom ifodasi sanaladi. Shuningdek, Amir Temur, Mirzo Ulug'bek, Ahmad Farg'oniy, Imom Buxoriy, Kamoliddin Behzod kabi ulug' ajdodlarimiz, Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz, Shahrisabz, Qarshi, Marg'ilon, Toshkent singari shaharlarimiz, shuningdek, “Alpomish”, “Avesto” adabiy yodgorliklari va Xorazm Ma'mun akademiyasining tarixiy sanalari tashkilot hamkorligida nishonlangani buning yaqqol isbotidir. Bundan tashqari, Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabzning qadimiy obidalari YuNYESKOning Jahon madaniy merosi ro'yxatiga kiritilgan va xalqaro muhofazaga olingan. Yasharish va yangilanish ayyomi - Navro'z bayrami, “Katta ashula”, “Shashmaqom” qo'shiqlari, Boysun milliy folklor an'analari insoniyatning og'zaki va nomoddiy merosi durdonasi, deya e'tirof etilgan. YuNYESKO qaroriga muvofiq, 2001 yili Buxoro “Tinchlik shahri” deb e'lon qilindi.
YuNYESKO xalqaro tashkiloti bilan mamlakatimiz o'rtasidagi munosabatlar yildan-yilga rivojlanib, hamkorlik doirasi yanada kengayib borayapti. O'z navbatida, bu hamkorlik dunyoda tinchlik va xavfsizlikni, xalqlar o'rtasida do'stlikni mustahkamlashga xizmat qilayapti.

Last modified on Dushanba, 07 Noyabr 2016

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 105 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech