wrapper

Maxsus imkoniyatlar

Qarshi olimpiya zaxiralari kollejida ayollar sport festivalining viloyat bosqichi bo'lib o'tdi.  
“Go'zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O'zbekistonim!” shoiri ostida o'tgan festivalda shahar va tumanlardan saralangan 14 ta jamoa g'oliblik uchun bellashdi.
Musobaqani viloyat hokimi o'rinbosari, viloyat xotin-qizlar qo'mitasi raisi  Risolat Eshqobilova ochib, mamlakatimizda Prezidentimiz rahnamoligida onalik va bolalikni muhofaza qilish, ayollar salomatligini mustahkamlash, bunda xotin-qizlar sportini yanada rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilayotganini ta'kidladi.
Qayd etish joizki, bugungi kunda viloyatimizda 250 ming nafardan ziyod xotin-qiz sport bilan muntazam shug'ullanmoqda. Shundan 100 ming nafardan  ziyodini uy bekalari tashkil etadi. Qishloq joylarda istiqomat qiluvchi ayollarni sportga jalb qilish maqsadida “Sport malikasi”, “Otam, onam va men – sportchilar oilasi”, “Kamolot” malikalari” kabi musobaqalar tashkil etilayotir. Bugungi kunda Qarshi shahri va tumanlarda sportning gimnastrada turi bilan shug'ullanuvchi 1270 nafar 50 yoshdan oshgan ayollardan iborat “E'zozli ayollar” guruhlari  faoliyat ko'rsatmoqda.
Musobaqalarda 300 nafardan ziyod xotin-qiz voleybol, stol tennisi, shaxmat va boshqa sport turlari bo'yicha o'zaro bellashdi.  Yakunda faol  ishtirok etgan hamda faxrli o'rinlarni qo'lga kiritgan Qarshi shahri, Kitob va Shahrisabz tumanlari jamoalari diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
- Bugun gimnastrada musobaqasida Koson tumani  sharafini himoya qildim, - deydi 75 yoshli Tulg'on Hasanova. - Ilgari qishloq tugul, shaharda ham xotin-qizlarning jismoniy tarbiya bilan shug'ullanishi uchun sharoit yo'q edi. Bugun esa chekka qishloqlarimizda ham zamonaviy sport majmualari barpo etilib, xotin-qizlarimiz sport bilan shug'ullanishmoqda. Ayollarimizning ish, farzand tarbiyasi, uy-ro'zg'or tashvishlaridan ortib, shunday musobaqalarda qatnashishi juda quvonarli.
Tadbirda katta konsert dasturi namoyish etildi. Unda viloyatimizning taniqli san'atkorlari, gimnastikachi qizlar o'z chiqishlari bilan barchaga xush kayfiyat bag'ishladilar.


Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 91 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family