Welcome to Qashqadaryo viloyat hokimiyati   Click to listen highlighted text! Welcome to Qashqadaryo viloyat hokimiyati Powered By GSpeech

wrapper

Maxsus imkoniyatlar

Joriy yilning 18-19 fevral kunlari Germaniya Federativ  Respublikasining O´zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Naytxart  Xyofer-Vissing viloyatimizda bo´ldi. Unga Germaniyaning mamlakatimizda faoliyat  ko´rsatayotgan turli kompaniya va tashkilotlari vakillari, olmon  ishbilarmonlaridan iborat delegasiya hamrohlik qildi.
  Qayd etish joizki, Germaniya Federativ Respublikasi  O´zbekistonning YEvropadagi ishonchli hamkorlaridan biri sanaladi. 1992 yilda  diplomatik aloqalar o´rnatilgach, ikki mamlakat o´rtasida oliy darajada siyosiy  muloqot yo´lga qo´yildi, o´zaro munosabatlarning mustahkam shartnomaviy-huquqiy  bazasi yaratildi. Barcha sohalarda hamkorlik izchil rivojlanmoqda.

  Mazkur tashrifdan ko´zlangan maqsad ham ana shu  munosabatlarni yanada rivojlantirish, hamkorlikni yuksaltirishga qaratildi.
  Dastlabki uchrashuv viloyat hokimligida davra suhbati  shaklida tashkil etildi. Unda Germaniya davlatining mamlakatimizda faoliyat  ko´rsatayotgan kompaniya va tashkilotlari, xususan, “Commerzbank”ning  O´zbekistondagi vakolatxonasi vakili Bodo Tyons, “Petroline GmbH” kompaniyasi  direktori Andreas Shtumpf, “Roland Technik” firmasi vakili Nikolay Pavlov,  “Knauf” kompaniyasi ta´sischiligidagi “Buxorogips” O´zbekiston-Germaniya  qo´shma korxonasi bosh direktori Jamshid Nurmuhamedov o´z faoliyatlari xususida  ma´lumot berishdi hamda viloyatimiz tadbirkorlari va ishlab chiqaruvchilarini hamkorlikka  taklif qilishdi.
    Jumladan, “Buxorogips” qo´shma korxonasi bosh direktori  Jamshid Nurmuhamedovning ta´kidlashicha, “Knauf” kompaniyasi dunyoning barcha  qit´asida faoliyat ko´rsatadi va 27 ming ishchi-xodimga ega. 2013 yilda  kompaniyaning umumiy daromadi 7 milliard evroni tashkil qilgan. Endilikda  mazkur kompaniya Buxorodagi kabi Qashqadaryo viloyatida ham gips ishlab  chiqarishga ixtisoslashgan korxona tashkil qilish niyatida. Buning uchun  viloyatimizda etarli salohiyat, ya´ni xomashyo manbasi mavjud.
  - Korxonamizda Germaniya davlatining DQS kompaniyasi sifat  menejmenti tizimi joriy qilingan, - deydi “Avtotraktorradiator”  O´zbekiston-Rossiya qo´shma korxonasi marketing bo´limi boshlig´i Jamshid  Hamidov. – Endilikda korxonaning kelgusidagi ishlab chiqarish ko´rsatkichlarini  yanada yaxshilash va yuksaltirish uchun “Planung&Technologie GmbH”  kompaniyasi bilan hamkorlikda alyumin va tasmali radiatorlar ishlab chiqarish  imkonini beruvchi uskunalar olib kelinishi rejalashtirilgan. Bugungi uchrashuvda  bu borada mazkur kompaniya vakili bilan maslahatlashib oldik.
  Shu bilan birga, Germaniya Federativ Respublikasining  O´zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Naytxart Xyofer-Vissing tarixiy  shaharlarimizga qiziquvchi turistlar soni ko´pligi, viloyat ekoturizmini  rivojlantirish bo´yicha seminar tashkil qilish yuzasidan fikr-mulohazalarini  bildirdi.
  Shundan so´ng delegasiya vakillari Qarshi davlat  universitetida bo´lishdi. Xorijiy tillar fakulteti talabalari ishtirokida  Germaniyadagi oliy ta´lim, nemis oliygohlarida o´qish va ilmiy tadqiqotlar  uchun stipendiyalar haqida so´zlandi.
  Qayd etish o´rinliki, yurtimizda nemis madaniyati va tilini  o´rganishga bo´lgan qiziqish yuqori. Nemis tili respublikada eng ko´p tarqalgan  chet tillari orasida ikkinchi o´rinni egallaydi. Hozirgi paytda oliy ta´lim  sohasida Germaniyaning 20 dan ortiq oliy o´quv yurtlari bilan sheriklik  aloqalari o´rnatilgan bo´lib, talabalar, mutaxassislar va pedagog kadrlar  almashinuvi yo´lga qo´yilgan.Tadbirda shundan kelib chiqqan holda talabalarni  qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr almashildi.
  Viloyat bolalar ko´p tarmoqli tibbiyot markazida delegasiya  vakillari Germaniya davlatining KfW loyihasi doirasida markazga keltirilgan  tibbiyot uskunalaridan foydalanilishi bilan qiziqishdi. Ma´lumki, mazkur loyiha  asosida viloyat bolalar ko´p tarmoqli tibbiyot markaziga 232 ming evro  miqdorida tibbiyot jihozlari, asbob-uskunalar, zamonaviy apparatlar  keltirilgan.
  Mehmonlar markazning reanimasiya va intensiv terapiya bloki  hamda maslahat poliklinikasi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Davolash  apparatlari imkoniyatlarini ko´rishdi.
  Shundan so´ng Kasbi tumanidagi “Kamol Sulton” fermer  xo´jaligida bo´lishib, bu erda yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan  tanishishdi. Fermer xo´jaligi rahbari Shomurod Sultonov o´z tajribalari  xususida gapirarkan, xususan, 82 gektar erda paxta, 67 gektar erda g´alla, 7  gektar erda beda ekib, o´tgan yilda 240 million so´m sof daromad qilganiga  to´xtaldi. Delegasiya vakillari fermer xo´jaligining umumiy daromaddan foydalanishi,  kelgusi rejalari bilan qiziqishdi.
  Tashrifning ikkinchi kunida delegasiya vakillari Dehqonobod  kaliyli o´g´itlar zavodi, Sho´rtan gaz-kimyo majmuasida bo´lishdi.
  So´ng Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti qoshidagi  “Nuriston” akademik liseyida tashkil etilgan Germaniya Federativ Respublikasi  Tashqi ishlar vazirligining PASCH - “Maktablar: kelajak hamkorlari” tashabbusi  doirasida Toshkentdagi Gyote institutining o´quv markazi faoliyati bilan  tanishishdi, o´quvchi-yoshlarning til o´rganish va bilish darajasi haqida  tasavvurga ega bo´lishdi.
  Umuman olganda, viloyatimizga qilingan mazkur tashrif  mamlakatlarimiz o´rtasidagi hamkorlikda yangi sahifalarni ochishi, har ikki  davlat uchun manfaatli kelishuvlarga, istiqbolli loyihalarga yo´l ochishi  shubhasiz.

More in this category: Yuksak sayyohlik salohiyati »

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 122 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech