wrapper

Maxsus imkoniyatlar

Rasmiy chiqishlar va bayonotlar

Assalomu alaykum, hurmatli tantanali yig´ilish qatnashchilari!
Mamlakatimizning  har bir go´shasida bo´lgani kabi viloyatimizda ham xalqimiz tarixidagi eng qutlug´ sana – O´zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 22 yilligi ko´tarinki ruhda  keng nishonlamoqda.
Eng avvalo mana shu har bir fuqaro hayotiga daxldor, baxtu farovonligiga daxldor  ulug´ ayyom bilan Sizlarni va Siz orqali butun Qashqadaryo aholisini chin qalbimdan muborakbod etishga ijozat bergaysizlar.
Azizlar!
Mustaqillikka erishgan har bir davlat o´zining siyosiy-huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish yo´lini belgilab, yangi jamiyat qurishga, yangilanish va ijtimoiy taraqqiyotning demokratik konstitusiyaviy modelini yaratishga harakat qiladi. Ta´kidlash joizki, hayotimizning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning mazmun va mohiyatini belgilashda O´zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi huquqiy asos bo´lib xizmat qilmoqda.  Prezidentimiz I.A.Karimov ta´biri bilan aytganda: “Konstitusiyamiz negiziga qo´yilgan talab va qoidalarga to´liq mos keladigan, dunyo hamjamiyatida “o´zbek modeli” deb nom qozongan, mamlakatimizni isloh etish va modernizasiya qilish yo´li naqadar to´g´ri ekanini bugun hayotning o´zi tasdiqlab bermoqda”.
Darhaqiqat, Prezidentimiz Islom Karimov rahbarligida ishlab chiqilgan va qabul qilingan O´zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi xalqimiz irodasi, ruhiyati, ijtimoiy ongi va madaniyatini o´zida aks ettirgan Asosiy qonunimizdir.
Bugungi kunda Konstitusiyamiz muhrlab qo´ygan tamoyillarni amalga oshirish yo´lidan dadil qadamlar qo´yib borayotganimiz, aholi turmush darajasi va sifatining jadal o´sib, yurtimiz qiyofasi, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi o´rni butunlay o´zgarib borayotgani barchamizga katta g´urur va iftixor bag´ishlaydi.
Bugun o´zini shu davlat va millatga daxldor hisoblagan inson borki, Asosiy qonunimizni o´z hayotining ajralmas va muhim qismi deb biladi.
Chunki, hayotimizning qaysi sohasini olmaylik, sanoat, qishloq xo´jalik mahsulotlari etishtirish bo´ladimi, ijtimoiy hayotimiz yoki yangi-yangi qurilishlar, shahar va qishloqlarimizni obodonlashtirish bo´ladimi - bularning hammasi inson uchun, shu yurtda, jumladan, vohamizda yashayotgan odamlar uchun amalga oshirilayapti.
Prezidentimiz va Konstitusiyamiz yaratib bergan imkoniyatlar tufayli o´tgan yillar davomida viloyatda aholi jon boshiga daromad 3 baravar oshdi. Qashqadaryo mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan tabiiy gazning 88 foizini, neftning 93, paxtaning 13, g´allaning  14 foizini bermoqda. 315 ta qishloq gazlashtirildi, 800 dan ortiq qishloq toza ichimlik suvi bilan ta´minlandi.
Viloyat Investisiya dasturiga asosan joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida moliyalashtirishning barcha manbalari hisobidan  2755,9 mlrd so´mlik investisiya o´zlashtirildi,  bu o´tgan yilga nisbatan 104,0 foizni tashkil etadi.
Byudjetdan tashqari fond mablag´lari hisobidan umumta´lim va sog´liqni saqlash  muassasalarini jihozlash, kapital ta´mirlash va rekonstruksiya qilish jamg´armasi mablag´lari hisobidan 54,6 mlrd. so´m mablag´ sarflandi.
Birgina Respublika bolalar sportini rivojlantirish jamg´armasi mablag´i hisobidan 21,5 mlrd. so´m mablag´ sarflanib, Qarshi shahrida Badiiy gimnastika zali, Qamashi va Nishon tumanida musiqa va san´at maktabi, deyarli barcha tumanlarda sport zallari yangidan qurilib foydalanishga topshirildi.
Muhtaram prezidentimizning 2014 yil 17 noyabrdagi PQ-2264 sonli qarorlariga asosan 2015 yilda 4 trillion  investisiya o´zlashtirilishi belgilab berilgan. Bu raqamni ko´z oldingizga keltiring, qanchadan-qancha turar joylar, o´quv muassasalari, obodlashtirilgan yo´llar va hokozo, inson, uning munosib turmush tarzi uchun yaratilgan sharoitlar degani. 
Shuningdek, yigirma uch yil ichida viloyatimizdagi sanoat korxonalari sonining 30 barobardan ko´proqqa oshdi. O´tgan yillarda Yurtboshimizning shaxsan tashabbuslari bilan barpo etilgan “Sho´rtangazkimyo”, Tallimarjon issiqlik elektr stansiyasi, “Dehqonobod kaliyli o´g´itlar zavodi” kabi ulkan sanoat korxonalari haqiqiy ma´nodagi fahrimizga aylandi.
Ayniqsa, keyingi bir yarim yil ichida Prezidentimiz va Vazirlar Mahkamasining birgina viloyatimizga daxldor to´rtta muhim qarorlari qabul qilindi. Biri hududda sanoatga oid 555 ta loyihani amalga oshirish yuzasidan bo´lsa, ikkinchisi viloyatimizda turizmni rivojlantirish haqida. Qolganlari Qarshi va Shahrisabz shaharlarida keng ko´lamli bunyodkorlik ishlarini olib borish xususida. Bular vohamiz aholisining hayot sifatini yanada oshirish, turmushimiz farovonligini yanada yaxshilanishida tarixiy qadam bo´lib bo´lib qolishi shubhasiz.
G´urur bilan tilga olishimiz kerak, bugun qishloq va shahar o´rtasidagi tafovut yo´qolib borayapti. Ayniqsa, namunaviy loyihalar asosida qishloq massivlarida qurilayotgan uy-joylarga bugun har birimiz havas bilan boqamiz. Ana shunday aholi hayoti farovonligi va turmushi obodligi timsoli bo´lgan namunaviy uylar soni viloyatimizda ayni paytda 4732 tani  tashkil etayapti.  
Joriy  “Sog´lom bola yili”  munosabati bilan qabul qilingan Davlat dasturi bo´yicha Qashqadaryoda 492,6 milliard so´mlik ishlar amalga oshirildi. Yuzlab ishlab chiqarish korxonalari, mingdan ortiq ijtimoiy soha inshootlari ishga tushirildi.

Hurmatli yig´ilish qatnashchilari!
Qisqa kirish so´zida birgina viloyatimiz miqyosida inson manfaati, uning farovon turmushi uchun amalga oshirilgan ishlar haqida  faqatgina  zalvorli raqamlarni misol keltirish bilan cheklanayapman, xolos. Chunki, sobiq tuzum paytidagi Konstitusiya “partiya-davlat-fuqaro” prinspiga asoslangan bo´lsa, mustaqil O´zbekiston Konstitusiyasi “fuqaro-jamiyat-davlat”  tartibidagi adolatli tamoyilga asoslangan bo´lib, Inson, uning sha´ni, qadr-qimmati oliy qadriyat sifatida e´tirof etilgan. Ma´lumki, adolat   - har qaysi insonning jamiyatda farovon hayot kechirishining asosiy garovi. Konstitusiya esa ana shu adolat mezonini ta´minlaydigan asosiy va eng ustuvor qonundir.
Agar jahon Konstitusiyasi tarixiga nazar tashlasak, asrlar osha o´zining mukammalligi va chuqur ildizga ega ekanligini saqlab kelayotgan Konstitusiyalar sanoqlidir. Hatto tarixda muayyan guruhlar yoki ma´lum bir shaxslar manfaati yo´lida xizmat qilgan asosiy qonunlar ham bo´lgan. Uzoqqa bormaylik sobiq ittifoq davrida 70 yil ichida qayta-qayta 4 marotaba Konstitusiya qabul qilinganligini eslashning o´zi kifoyadir. Bugun ham jahonda kechayotgan ahvolni bir ko´z oldingizga keltirsangiz, yana ko´plab misollarga duch kelaverasiz. Dunyoning qaysidir chetiga ochlik, qashshoqlik, yana bir chetida urush va zo´ravonliklar sodir bo´lmoqda. Nima, u davlatlarda Konstitusiya yo´qmi?! Bor albatta, faqat u fuqaro manfaatiga, baxtu saodatiga xizmat qilmayapdi. O´z manfaatiga xizmat qilmaydigan Asosiy qonunga esa fuqaro ham amal qilmayapdi. Shu o´rinda bir donishmandning “Qonun – jamiyatning aqli” degan hikmatini eslash o´rinlidir. 
Hurmatli tadbir  ishtirokchilari!
Darhaqiqat, Konstitusiyamizni muqaddas hujjat, benazir huquqiy qadriyat sifatida asrash-avaylash, uning mazmun-mohiyatini tushunish, amaliy faoliyatda unga og´ishmay rioya qilish, bayon etilgan barcha huquqlardan samarali foydalanish va burchlarni vijdonan mas´uliyat bilan bajarish, kelajak avlodga ulug´ ne´mat sifatida etkazish, u bilan faxrlanish har bir O´zbekiston fuqarosi uchun sharafdir.
Bugungi shodiyona bilan yana bir bor muborakbod etib,   Sizlarga sihat-salomatlik, baxtu-saodat va farovonlik, xonadonlaringizga fayzu-baraka, amalga oshirayotgan barcha bunyodkorlik xayrli ishlaringizda muvaffaqiyatlar  tilaymiz!
E´tiboringiz uchun rahmat!

Assalomu alaykum, hurmatli do’stlar !
Aziz sportchi yoshlar!

Yurtimizda yosh avlodni har tomonlama barkamol insonlar qilib tarbiyalash, ularning zamonaviy ta’lim-tarbiya olishi, salomatligini mustaxkamlashi, kasb-xunar egallashi uchun barcha shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilgan. Mamlakatimiz mustaqilligining ilk kunlaridanoq muhtaram Prezidentimiz mamlakatimiz xalqining ma’naviy yuksak, sog’lom va jismonan baquvvat bo’lib hayot kechirishi yo’lidagi keng qamrovli ulug’ ishlarni boshlab berdilar.
Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish borasidagi ishlar ana shular sirasiga kiradi. O’tgan yigirma uch yil davomida ona yurtimizda ko’plab sport majmualari, olimpiya zahiralari kollejlari, jahon andozalariga to’la javob beradigan o’yingohlar, sport maydonlari, suzish havzalari qurildi.
Viloyatimizning o’zida jahon standartlariga javob beradigan stadionlar, zamonaviy sport majmualari bunyod etildi va bu ishlar yanada katta sur’atlarda davom etmoqda.
Bularning barchasi farzandlarimizni chiniqtirib, irodasini toblab, Vatanni himoya qilishga, uni ulug’lashga, qudratiga qudrat qo’shishga, xalqaro maydonlarda obro’ va nufuzini yanada yuksaltirishga yordam beradi.
Jahonda davlatning qudratini belgilaydigan omillar ko’p. Biroq ularning eng asosiysi - ham ma’nan, ham jismonan barkamollikka erishgan yoshlar sanaladi. Zero, el-yurtning kelajagi bugun kamolga etayotgan Siz - yoshlarning qo’lingizda. Zero, prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, ’Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro’-e’tibori avvalambor farzandlarimizning unib-o’sib, ulg’ayib, qanday inson bo’lib hayotga kirib borishiga bog’liqdir’.
Mamlakatimizda yosh avlodni jismonan sog’lom, kuchli iroda va yuksak intelektual salohiyatga ega insonlar etib tarbiyalashning bosh omili, o’zbek sportining kelajagi, xalqaro maydondagi obro’-e’tiborini yuksaltirishning asosi bo’lgan bolalar sportini rivojlantirish umummilliy harakatga aylandi.
Mamlakatimizda o’quvchi yoshlarni ommaviy ravishda jismoniy tarbiya va sport harakatiga jalb qilishga qaratilgan sport musobaqalarining uch bosqichli yagona tizimi joriy etildi. Barcha ta’lim muassasalari o’rtasida 3 bosqichli ’Umid nihollari’, ’Barkamol avlod’ va ’Universiada’ sport musobaqalarining tizimli tashkil etilishi ’ dunyodagi ko’plab rivojlangan davlatlarning ham qiziqishiga sabab bo’lmoqda.
Prezidentimiz tashabbusi bilan O’zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi tashkil etilib, yoshlar o’rtasida sportni ommalashtirish, bolalar sportini rivojlantirishning noyob tizimiga asos solindi.
Bu borada bizning viloyatimizda ham bir qancha ishlar amalga oshirildi. Jumladan, Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobidan 160 ta sport inshootlari qurib foydalanishga topshirildi. Ularda 653 mingdan ziyod o’g’il-qizlar shug’ullanmoqdalar. Natijada, respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalarda ishtirok etayotgan o’g’il-qizlarimizning safi tobora kengaymoqda, ular tomonidan qo’lga kiritilgan sovrinlar miqdori ayniqsa so’nggi yillarda sezilarli darajada ko’paydi.
Hozirgi kunda sportning yoshlarimiz hayotiga tobora chuqur kirib borayotgani, minglab yigit-qizlar sport bilan shug’ullanishni kundalik vazifaga aylantirgani-ularning jismoniy holatiga, salomatligiga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda.
Davlatimiz rahbarining bolalar sporti ’o’zbek sportining kelajagi, uning xalqaro maydondagi obro’-e’tiborini oshirishning mustaxkam poydevoridir, degan fikrlari amalda o’z isbotini topmoqda.
Xalqaro olimpiada o’yinlarining barcha belgilarini o’zida mujassam etgan ’kichik Olimpiada’ hisoblangan ’Barkamol avlod’ sport musobaqalari joriy yilda Namangan viloyatida bo’lib o’tdi. Oltinchi marotaba o’tkazilgan o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi o’quvchilari o’rtasida tashkil etilgan ushbu musobaqaning viloyat saralash bosqichida jami 1285 nafar o’smir va qizlar ishtirok etib, ulardan 128 nafari (ulardan 83 nafari qizlar) saralab olindi.
Viloyatimiz yoshlari respublika bosqichida sportning 16 turi bo’yicha munosib ishtirok etishib, 3 ta oltin, 3 ta kumush, 3 ta bronza medallarini qo’lga kiritdilar.
Biz bugun bu iste’dodli yoshlarimiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz va ularning nomlarini hurmat bilan tilga olamiz. Sportning YEngil atletika turi bo’yicha terma jamoamiz vakili Samadov Azizbek 400 metrga va 800 metrga yugurish bo’yicha g’olib bo’lib 2 ta oltin medalni qo’lga kiritdi, sportning tennis turidan Yusupova Go’zal 1-o’rinni egallab oltin medal sohibasi bo’ldi, sportning dzyu-do turidan Shodiev Alpomish faxrli 2-o’rinni egallab, kumush medal sohibi bo’ldi, sportning yunon-rum kurashi turidan sportchimiz Nurillaev Ma’rufjon va engil atletika turidan Yaxyoeva Charoslar faxrli 3-o’rinni egalladilar. Sportning Futbol va Gandbol turlaridan jamoalarimiz faxrli ikkinchi o’rinni egalladilar va kumush medallarni qo’lga kiritishdi.
Yoshlarimiz sport maydonlarida juda chiroyli chiqishlar qilib, halol bellashdilar, bor kuch-mahoratlarini hamda sportning go’zal jihatlarini yana bir karra namoyish etib, olqishlarga sazovor bo’lishdi va yuzlab yoshlarga o’rnak va namuna bo’ldilar.
Albatta, sportda g’alaba o’z-o’zidan kelmaydi. Sport maydonlarida erishilgan yutuq ’ bu avvalo butun borlig’ini safarbar etib, o’z oldiga qo’ygan maqsad yo’lida o’zini engib, o’zini ayamasdan, kurashib yashaydigan insonnning yutug’i, ana shu insonni tarbiyalab voyaga etkazgan ta’lim-tarbiya maskanining, butun jamiyatimizning yutug’idir.
Fursatdan foydalanib, ’Barkamol avlod’ o’yinlarida yosh sportchilarimizning muvaffaqiyatlariga sabab bo’lgan ustoz-murabbiylarga samimiy minnatdorchilik bildirmoqchimiz.
Aziz yoshlar!
Siz kabi iste’dodli sportchi yoshlarimizni qancha rag’batlantirsak, qo’llab-quvvatlasak shuncha oz. Sababi Sizlar - ham ma’naviy ham jismoniy jihatdan sog’lom, hech kimdan kam bo’lmasdan, boshini baland ko’tarib yashaydigan, vatanimizning taqdiri va istiqboli uchun mas’uliyatni o’z bo’yniga olishga qodir bo’lgan barkamol avlodlarimizsiz.
Bu mashaqqatli va sharafli sport yo’lida sizlarga ulkan omad yor bo’lishini, marrani hamisha baland olib, bilimga, izlanish va o’rganishga intilib yashashni, kelgusi hayotingizda yangi-yangi muvafaqqiyatlarga erishishingizni tilayman.
Qarshi shahri, 2014 yil 30 iyun

Muhtarama onajonlar! Aziz opa-singillar!
Go'zal bahor kirib kelishi bilan tabiat ochilib, ko'ngillarimiz yorug' tuyg'ularga to'lib borayotgan mana shu shukuhli ayyomda Sizlarni, sizlar orqali butun Qashqadaryo  xotin-qizlarini 8 mart bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
Shu kunlarda biz barchamiz bahor va ayol degan ardoqli so'zlarning bir-biriga naqadar hamohang va uyg'un ekanini yurakdan his etar ekanmiz, Yaratganning buyuk mo''jizasi bo'lgan, hayot davomiyligi va abadiyligini o'zida mujassam etgan ayol zotini, tabarruk onalarimizni ulug'lar ekanmiz, beixtiyor mutafakkir bobomiz Alisher Navoiyning 'Jannat onalarning oyog'i ostidadir' degan  hikmatli so'zlarini eslaymiz va muqaddas Ona siymosi oldida ta'zim qilamiz.
Muhtaram Prezidentimiz Islom Abug'anievich  Karimov har bir  chiqishlarida, ayol zotiga yuksak hurmat va ehtirom bildirib,  ulkan vazifalarni amalga oshirishda, ro'zg'or va oila tebratishda, hayotimizni yanada obod va farovon qilishda, jamiyatimizning qaysi soxasida bo'lmasin, xotin-qizlarning  qo'shayotgan beqiyos hissasini alohida  ta'kidlab o'tadilar.
Jumladan, kuni kecha Yurtboshimiz Qashqadaryolik saylovchilar bilan uchrashuvda ham vohamiz ayollarining jamiyatimiz hayotida tutgan o'rni, mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy taraqqiyotiga qo'shayotgan hissalariga juda katta baho berib, bu yurt ayollarining jasorati, matonati, sadoqati har qanday tahsinga sazovor ekanligini alohida ta'rifladilar.
Haqiqatan ham, Siz kabi ayollarning  yurtimizda tinchlik-osoyishtalikni saqlash, oilalarni mustahkamlash, jamiyatimizda mehr-oqibat muhitini kuchaytirishdagi o'rningiz va ta'siringizni, chidam, sabr-bardosh, oqilalik va shukronalik kabi fazilatlaringizni hech narsa bilan qiyoslab, baholab bo'lmaydi.
Aziz opa-singillar!
Hayo, ibo pardasiga o'ralgan, hayotning murakkab yumushlari ichra ham allasini unutmagan, ro'zg'orini keng,  yorug' bir olam, muqaddas bir saltanat deb bilgan AYoL oilaning ham, yurtning ham orastaboni.
Mamlakatimizda mustaqillikning birinchi kunlaridan boshlab, xotin-qizlarning jamiyatdagi o'rni va mavqeini, ularning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi, iqtisodiyotning turli sohalaridagi nufuzini oshirishga doir juda ko'plab Qonunlar, Farmonlar, qarorlar  qabul qilindi. Bugun xotin-qizlarimiz hech kimdan kam bo'lmasdan, viloyatimiz hayotining hal qiluvchi ustuvor yo'nalishlarida, zamon talablari bilan uyg'un va hamohang bo'lib, ulkan yutuqlarga erishmoqdalar.
Jumladan, bugungi kunda viloyatimizda xalq ta'limi sohasida mehnat qilayotganlarning 62 foizini, maktabgacha ta'lim muassasalaridagi ishlovchilarning 98 foizini, sog'liqni saqlash tizimi xodimlarining 85 foizini, kasb-hunar kollejlari  va akademik liseylar tizimidagi ishlovchilarning 60 foizini xotin-qizlar tashkil etadi.
Biz bugun haqli ravishda, o'z aqli, bilimi, iste'dodi, mehnatsevarligi va shijoati  bilan hayotning hal qiluvchi sohalarini tebratib - bu oila bekaligi bo'ladimi, davlat va jamiyat boshqaruvi, fermerlik harakati va kasanachilik, kichik biznes va tadbirkorlik bo'ladimi - mana shunday murakkab vazifalarni ayollarimiz samarali ado etib kelayotganini katta g'urur  va  mamnuniyat bilan ta'kidlaymiz.
Viloyatimizda  qishloq xo'jaligida band bo'lganlarning qariyib yarmini xotin-qizlar tashkil etmoqda. O'tgan yili etishtirilgan  bir million  tonnadan ortiq  g'alla,  420 ming tonnadan ortiq  paxta, 3.0 ming tonna pilla,  500 ming tonnaga yaqin  sabzavot, 150 ming tonna  kartoshka, 200 ming tonnadan ortiq  bog'dorchilik mahsulotlari, 900 ming tonnadan ziyod  sut, 230 ming tonnadan ortiq go'sht  mahsulotlarini ishlab chiqarishda, bozor va do'konlarimizdagi to'kinchilik va arzonchilikni ta'minlashda katta hissa qo'shayotgan zahmatkash va fidoyi opa-singillarimizga har qancha tahsin aytsak, arziydi, albatta.
Xotin-qizlarimizning viloyatimiz siyosiy-ijtimoiy hayotidagi o'rni va ta'siri ham ortib borayapti. Xususan, davlat hokimiyatining  barcha  vakillik organlarida xotin-qizlar faol ishtirok etayapti. Oliy Majlis tarkibida 4 nafar, xalq  deputatlari viloyat kengashida 12 nafar, shahar va tuman kengashlarida 51 nafar deputat 'ayollarimiz ish olib borayapti. Siyosiy partiyalar a'zolarining qoriyib 37 foizini, fuqarolik jamiyatining tayanchi bo'lgan nodavlat notijorat tashkilotlarida ishlovchilarning aksariyat qismini xotin-qizlar tashkil etadi.        
Ayniqsa, 644 ta mahallalarimizda ma'naviy-axloqiy tarbiya bo'yicha maslahatchisidek eng nozik, eng murakkab vazifani o'z mas'uliyatiga olgan, oilalarda sog'lom muhitni mustahkamlash, yosh oilalar, ayniqsa, endi hayotga qadam qo'yayotgan qizlarimizga to'g'ri yo'l ko'rsatish, ularning tashvish va muammolarini echishda eng yaqin ko'makchi va maslahatgo'y bo'lib kelayotgan  opa-singillarimiz mehnatini alohida  ta'kidlab  o'tmoqchiman.
Muhtaram Prezidentimiz, o'zlarining 8 mart bayrami munosabati bilan yo'llagan tabriklarida - 'Ham davlat xizmatini, ham jamoat ishini, ham oila va ro'zg'or yumushlarini, ham farzand tarbiyasini qoyil qilib bajarib kelayotgan barcha-barcha ayollarni qahramon deb aytgan bo'lardim',- deb alohida ta'kidladilar. Shuning uchun ham yurtimizda xotin-qizlarimizning fidoyi mehnatlari hamisha qadrlanadi, e'tirof etiladi, taqdirlanadi.   Mustaqillik yillarida  297 nafar viloyatimiz xotin-qizlari davlatimizning  yuksak  mukofotlariga  sazovor bo'lishgan.  2 nafari 'El-yurt hurmati', 1 nafari 'Fidokorona  xizmatlari uchun', 18 nafari 'Mexnat shuhrati', 34 nafari 'Do'stlik', 33 nafari  I va II darajali 'Sog'lom avlod uchun' ordenlari, 70 nafari   faxriy unvonlar, 138  nafari esa  'Shuhrat' medali bilan taqdirlangan.
Ushbu bahor va go'zallik bayrami arafasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari bilan O'zbekiston xalq shoirasi, vafo va sadoqat kuychisi Zulfiya tavalludining 100 yilligi butun mamlakatmizda bo'lgani kabi viloyatimiz bo'ylab ham keng nishonlanayotgani davlatimiz, jamiyatimizning ayollarga bo'lgan yuksak hurmat va ehtiromining yana bir amaliy ifodasidir. Viloyatimizdan ham 16 nafar iste'dodli qizlarimiz Zulfiya nomidagi Davlat mukofotida sazovor bo'lishgan. Kuni kecha Prezidentimiz qarorlari bilan sportning milliy kurash turi bo'yicha 12 karra O'zbekiston chempioni, Osiyo va ko'plab xalqaro sport musobaqalarining g'olibi, chiroqchilik qizimiz Go'zal Rahmonova ham ushbu davlat mukofotiga sazovor bo'ldi.  
Qadrli  onajonlar, aziz opa-singillar!
Yurtboshimizning tashabbuslari bilan 2015 yilning 'Keksalarni e'zozlash yili'  deb e'lon qilinishi, alohida davlat dasturining qabul qilinishi jamiyatimizning ma'naviy, ijtimoiy-iqtisodiy hayotida katta voqea bo'ldi. Bugungi kunda viloyatimizda 100 yoshdan oshganlar soni 180 nafarni tashkil etadi, shundan 157 nafari onajonlarimizdir. Davlat dasturida faxriy xotin-qizlarimizning hayotdagi faolligini yana oshirishga, turmushini yanada farovonlashtirishga alohida e'tibor qaratilgan. 
Albatta, bu qisqa ma'ruza orqali Sizning jamiyat va oila hayotidagi  muhim o'rningiz, qadr-qimmatingizni to'liq e'tirof etolmaymiz.
Buyuk bobokalonimiz Amir Temurdek insonlarni dunyoga keltirgan, tarbiyalagan Teginabegimdek, buyuk sohibqironga eng dono maslakdosh bo'lgan Bibixonimdek onalarning vorislari sanalmish viloyatimiz  xotin-qizlarini qancha ta'riflasak, qancha e'zozlasak shuncha kamlik qiladi.
Muhtarama onaxonlar, opa-singillar!
Siz aziz va mo''tabar  xotin-qizlarni  o'zingiz kabi chiroyli va dilbar bayramingiz bilan yana bir bor qizg'in tabriklayman. Har bir oilaning rizqi butun, dasturxoni to'kin, farzandlari mehr-oqibatli, onalari, ayollari, qizlari e'zozli, izzatli bo'lsin.
Farzandlaringiz va yaqinlaringiz baxtiga, elu- yurtimiz baxtiga hamisha sog'-omon bo'ling!

amda chuqur tarkibiy o'zgartirishlar, xususiy mulk va kichik biznes manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta'minlash bo'yicha har tomonlama puxta o'ylangan dasturning izchil va tizimli amalga oshirilishi natijasida iqtisodiyot o'sishining barqaror va yuqori sur'atlariga hamda makroiqtisodiy muvozanatga erishildi.

Jumladan, o'tgan yil yakunlari bo'yicha viloyatning yalpi hududiy mahsuloti 5,4 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 5,8 foizga, qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 6,6 foizga, qurilish-pudrat ishlari hajmi 9,4 foizga oshdi.
Mulkchilik tarkibini tubdan o'zgartirish, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish, korporativ boshqaruvning prinsiplari va yondashuvlarini o'zgartirish bo'yicha tizimli chora-tadbirlar, keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususiy mulkdorlar va tadbirkorlarning kafolatlarini kuchaytirish va ularning qonuniy huquqlarini himoya qilish, tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini "yagona darcha" tamoyili bo'yicha davlat xizmatlari ko'rsatadigan Yagona markazlar orqali tashkil etish hamda amalga oshirishni soddalashtirish va engillashtirish bo'yicha normativ-huquqiy hujjatlarning turkumi qabul qilinishi kabi soha rivoji yo'lida qilinayotgan ishlar natijasida kichik biznesning viloyat yalpi hududiy mahsulotidagi ulushi 51,6 foizni tashkil etib, 2014 yilga nisbatan o'sishga erishildi. Hisobot yilining o'zida 1620 ta kichik biznes sub'ekti tashkil etildi.
Viloyatda tarkibiy o'zgartirishlar, tarmoqlarni modernizasiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash, zamonaviy infrastrukturani rivojlantirish bo'yicha keng ko'lamli ishlar amalga oshirildi. Natijada moliyalashtirishning barcha manbalari hisobidan 5,2 trillion so'mdan ziyod yoki 2014 yilga nisbatan 24,5 foiz ko'p hajmda investisiyalar o'zlashtirildi. Kiritilgan mablag'larning 16,1 foizi yoki 842,9 milliard so'mi xorijiy investisiya va kreditlarni tashkil etdi.
2015 yilda 159,3 milliard so'mlik markazlashgan byudjet mablag'lari hisobidan jami 194 ta ob'ekt, shundan 54 ta umumta'lim maktabi, 12 ta kasb-hunar kolleji, 8 ta sog'liqni saqlash, 25 ta bolalar sporti ob'ekti, 43 ta aholi punktini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash inshootlari va boshqa bir qator ob'ektlar qurilib, foydalanishga topshirildi.
Hisobot yilida viloyatning 27 ta massivida 1320 ta namunaviy loyiha asosidagi uy-joy barpo etildi. Ushbu massivlarda 68,2 kilometr suv tarmoqlari, 36,5 kilometr uzunlikdagi elektr tarmoqlari, 23,8 kilometr gaz tarmoqlari va 31,4 kilometr ichki yo'l asoslari qurildi.
Bandlik dasturi doirasida 89,5 mingta yangi ish o'rni tashkil etildi.
2015 yilda viloyatda davlatga paxta va g'alla sotish shartnomaviy rejalari oshirib bajarildi. Meva-sabzavotchilik, bog'dorchilik, uzumchilik va chorvachilik tarmoqlarida mahsulotlar etishtirish va ularni sanoat yo'li bilan qayta ishlash yuqori sur'atlarda rivojlanmoqda.
Xizmat ko'rsatish va servis sohasining jadal rivojlanishi ta'minlandi. Pullik xizmatlar hajmi 9,7 foizga, chakana tovar aylanmasi 11,4 foizga o'sdi.

 Qo'shimcha materiallar

Keyingi besh yilda, ya'ni 2010 yilga nisbatan taqqoslaganda, 2015 yilda viloyatda yalpi hududiy mahsulot hajmi qariyb 2,2 barobarga, aholi jon boshiga hisoblaganda esa 2,3 barobarga oshdi.
2015 yilda viloyat iqtisodiyotiga 5 trillion 224 milliard so'm hamda 320 million dollarlik xorijiy investisiyalar jalb etildi. Bu 2013 yilga nisbatan qariyb 2 barobar ko'p demakdir.
Mazkur investisiyalar hisobiga 4 mingdan ziyod ob'ektlar va loyihalar ishga tushirildi. Jumladan, 3 trillion 557 milliard so'm yoki 70 foiz investisiyalar bevosita ishlab chiqarishga yo'naltirilib, bu 325 ta yangi sanoat korxonasini foydalanishga topshirish hamda 213 ta korxonada modernizasiya ishlarini amalga oshirish imkonini berdi.
Masalan, Kitob tumanidagi "Kitob ip-yigiruv" korxonasi qarovsiz, tashlandiq holatga kelib qolgan edi. Prezidentimizning "2013-2016 yillarda Qashqadaryo viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturi to'g'risida"gi qaroriga asosan 12 milliard so'm mablag' sarflanib, "Kitob ip-yigiruv" batamom qaytadan qurilib, oxirgi rusumdagi texnologiyalarga asoslangan zamonaviy korxonaga aylandi.
Shuningdek, Qarshi tumanida Niderlandiya davlati bilan hamkorlikda qiymati 55 million dollarlik, yiliga 22 ming tonna paxta tolasini qayta ishlashga mo'ljallangan to'qimachilik kompleksi qurilishi davom etmoqda. Bu korxona ham 4-5 oyda ishga tushiriladi.
Hisobot yilida 2 trillion so'mdan ziyod qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Barcha dasturlarga asosan 144 kilometr ichimlik suvi hamda 32 kilometr oqova suv tarmoqlari tortildi. Natijada 55 ming nafardan ortiq aholining markazlashgan ichimlik suv ta'minoti yaxshilandi.
Shuningdek, 205 milliard so'm mablag' sarflanib, 56 kilometr xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yo'llari, 5 ta yangi ko'prik qurildi, 12,3 milliard so'm mablag' hisobiga 173 ta qishloqda 120 kilometr ichki yo'llar ta'mirlandi.
Transport infratuzilmasini jadal rivojlantirish, sifatli transport xizmatlarini tashkil etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Mamlakatimiz rahbari tashabbusi bilan "Afrosiyob" tezyurar elektr poezdining Toshkent-Qarshi yo'nalishi bo'yicha qatnovi yo'lga qo'yildi. Bu esa viloyatimiz aholisining poytaxtga borib-kelish vaqtini ikki barobarga qisqartirdi.
Viloyat hududida 177 ta yo'lovchi tashuvchi korxonalar tomonidan 324 ta yo'nalishda transport vositalari orqali xizmat ko'rsatish sifati yaxshilandi.
Muhtaram Prezidentimiz rahnamoligida Qarshi va Shahrisabz shaharlarini tubdan qayta qurish bo'yicha keng ko'lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Qarshi shahrining hududi 9 ming gektardan 17 ming gektarga, Shahrisabz shahrining hududi 3,3 ming gektardan 4,9 ming gektarga kengaymoqda.
Qarshi shahrining Yo'ldosh va Yangibog' nasos stansiyalari, Ayrum hamda Chap tarmoq kanali va ushbu kanaldan suv oluvchi Eski Beshkent kanali qayta tiklandnatijada 25 ta mahallaning 2 ming gektardan ortiq aholi tomorqa erlari va shaharning markaziy xiyobonlari oqar suv bilan ta'minlandi.
Prezidentimiz tashabbusi bilan Qashqadaryo daryosi qirg'og'ini obodonlashtirish va dam olish zonalari tashkil etish bo'yicha ishlar jadal davom ettirilmoqda. Daryoning to'lib, manzarali oqishini ta'minlash maqsadida 3 ta to'g'on qurilishi ko'zda tutilgan. Shundan ikki to'g'on qurilishi va qirg'oqni betonlash ishlari nihoyasiga etkazilmoqda. Majmuada 2 ta kema, 40 ta katamaran, daryo qirg'og'i bo'ylab 8 ta attraksion, 1 ta plyaj va 4 ta zamonaviy kafe-bar tashkil etiladi.
Shahrisabz shahri tarixiy maydonida Hovuzi Mardon ob'ekti va Amir Temur maydonini rekonstruksiya qilish ishlari yakunlanmoqda, Oqsaroy majmuasini Dorut-tilovat va Dorus-saodat majmualari bilan birlashtiruvchi alleya va bulvar qurilishi amalga oshirilmoqda.

Alleyadagi 9 ta favvorada keramik va chinni plitkalar terish  ishlari amalga oshirilmoqda, majmuaning 51 gektar ko'kalamzorlashtiriladigan yashil zonasida 26 ming dona kashtan, dub, pixta daraxtlari va 60 turdagi magnoliya, jasmin va boshqa manzarali buta ko'chatlari ekib  parvarishlanmoqda, yana olib kelingan 6 ming tup ko'chatni ekish ishlari davom etmoqda. 
Namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurilishi davom ettirilib, shinam va qulay bo'lgan 1320 ta uy-joy o'z egalariga topshirildi.
Bugungi kunda Muborak tumanidagi Yangi Qoraqum, G'uzor tumanidagi Sho'rtan, Qarshi tumanidagi Xonobod massivlarining har birida 400-500 taga yaqin uy-joy qurilib, ushbu massivlar shahar tipidagi yirik posyolkalarga aylandi.

"Keksalarni e'zozlash yili" Davlat dasturiga asosan 317 milliard so'mlik ishlar amalga oshirildi.


Viloyat hokimligi axborot xizmati
Tel. 221-11-20

 

 

 

Bazaviy interaktiv xizmatlar

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 126 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Foydali resurslar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati
www.press-service.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
www.senat.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
www.parliament.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)
www.ombudsman.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
www.prokuratura.uz
   
 
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi
http://gis.uz/

 

Mobil ilovalar

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Reset