wrapper

Maxsus imkoniyatlar

Rasmiy chiqishlar va bayonotlar

Mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov iqtisodiyotni yuksaltirish, obod va farovon turmushimizni yanada mustahkamlashda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning o'rnini e'tirof etarkan, “Har bir tadbirkor avvalo shuni aniq-ravshan bilib olishi kerakki, davlat xususiy mulkdor huquqlarining himoyachisidir. Shuning uchun ham tadbirkorlar o'z biznesiga bexavotir investisiya kiritishi, ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirishi, mahsulot hajmi va olayotgan daromadini ko'paytirishi, o'z mulkiga o'zi egalik qilishi, foydalanishi, tasarruf etishi lozim”, deya alohida ta'kidlagan edi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev 2016 yil 5 oktyabrda imzolagan “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta'minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi farmon bu boradagi maqsadlarning amalda to'liq ro'yobga chiqishiga yangi imkoniyatlar yaratishi bilan ahamiyatli bo'ldi.
Qayd etish joizki, bugun mamlakatimizda ish bilan band jami aholining 77 foizdan ortig'i kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida mehnat qilayapti. Bu nimadan darak beradi? Albatta, odamlarning mazkur soha istiqboliga ishonch bildirayotgani, bunga amalda ham erishib, yuqori daromad olayotganini ko'rsatadi.
Shu bois ham sohani qo'llab-quvvatlashga e'tibor kuchayayotgani bejiz emas. Mazkur tarmoq nafaqat yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda asosiy bo'g'in, balki aholi bandligi va daromadlari manbaining, farovonlikka erishishning muhim omiliga aylandi. O'z navbatida, tadbirkorlarimiz ishlab  chiqarayotgan mahsulotlar bozorlarimiz to'kinligini ta'minlash bilan birga, davlatimiz eksport salohiyatini yuksaltirishda ham tayanch sifatida ko'rilmoqda.
Xalqimizning har bir vakili biror yutuq, yuqori natija haqida so'zlarkan, bunga albatta tadbirkorlik ortidan erishayapmiz, deydi. O'zingiz o'ylang: daromadi ham, boy bo'lishi ham o'ziga – mehnatiga bog'liq ekanligini bilgan odam qanday ishlaydi? Albatta, yaxshi ishlaydi.
Bugun bozor va savdo do'konlarimiz “O'zbekistonda ishlab chiqarilgan” yorlig'i ostida sotilayotgan mahsulotlar bilan to'lib-toshgan. Sifati xorijnikidan qolishmaydi. Aksincha, ba'zi jihatlari bilan ustun ham  turadi.
Yuqorida nomi keltirilgan farmon esa xususiy mulkni huquqiy himoya qilishni yanada kuchaytirishga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga va ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlashga, respublikaning investisiyaviy jozibadorligini oshirishga yo'naltirilgani va ushbu sohada davlat siyosatining sifat jihatidan yangi darajaga o'tishidan dalolat berishi bilan ayniqsa ahamiyatli bo'ldi.
Yurtimizda tadbirkorlik sub'ektlari uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlarning amaldagi natijasini misollarda ko'rib chiqaylik. Masalan, Kitob tumanidagi “Kitob ip-yigiruv” aksiyadorlik jamiyati ishlab chiqarish uskunalari eskirgani, mahsulotlarning jahon bozori talablariga javob bermasligi tufayli faoliyati to'xtab qolgandi.
Ishlab chiqarishning modernizasiya qilinishi, yangi quvvatlarning ishga tushirilishi natijasida korxona zamonaviy talablarga javob beradigan salohiyatga ega bo'ldi. Korxona faoliyatining har tomonlama qo'llab-quvvatlanishi samarasida jamiyatda yiliga 2700 tonna kalava ip ishlab chiqarish imkonini beruvchi umumiy qiymati 4 million AQSh dollarilik loyiha hayotga tatbiq etildi.
Germaniyaning “Truetzschler” firmasidan qiymati 2 million 450 ming evrolik zamonaviy ip yigirish dastgohlari sotib olindi. Yangi sex ishga tushishi bilan qo'shimcha 128 ta ish o'rni yaratildi. Ishlab chiqariladigan mahsulotning qariyb 80 foizi eksportga yo'naltirilmoqda.
Shu o'rinda mamlakatimizda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, investisiya kiritish majburiyati bilan “nol” xarid qiymatida tanlov asosida tadbirkorlarga sotish amaliyoti o'z samarasini berayotganini ham ta'kidlash joiz. Buning samarasida yuksak texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish korxonalari va xizmat ko'rsatish shoxobchalari soni ortayapti. Bu esa sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarilishi va zamonaviy servis xizmatlari ko'rsatilishiga zamin hozirlayapti. Asosiysi, aholi uchun doimiy ish o'rinlari yaratilmoqda.
Xususan, Qarshi shahridagi foydalanilmayotgan “Avtoshohbekat” binosi “Grand mebel dizayn” mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan “nol” qiymatida sotib olindi. Mazkur tadbirkorlik sub'ekti 1 milliard 600 million so'm sarmoya yo'naltirish hisobiga bino negizida barcha turdagi mebel buyumlari ishlab chiqarish sexini tashkil qildi. Germaniya davlatidan qiymati 100 ming dollarlik uskunalar keltirildi.
Mavjud texnologiyalar barcha interer va dizayndagi mebel buyumlarini ishlab chiqarish imkonini beradi. Bu erda 50 nafarga yaqin kishi doimiy ish o'rniga ega bo'ldi.
Charm-poyabzal sanoati Qashqadaryo viloyati iqtisodiyoti uchun biroz yangi, ayni paytda jadallik bilan rivojlanayotgan tarmoqlardan biri. Bundan atigi 5 yil avval ushbu yo'nalishda faoliyat ko'rsatadigan korxonalar soni nihoyatda kam, mavjudlari ham eski uskunalar yordamida va ko'proq qo'l mehnati asosida tayyor mahsulot ishlab chiqarayotgan edi. Ayni vaqtga kelib, viloyatda zamonaviy texnologiyalar asosida poyabzal ishlab chiqarishni tashkil etgan tadbirkorlik sub'ektlari salmog'i ancha ko'payib qoldi.
Qarshi shahridagi “Premium capital group” mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan yaqindagina shunday loyihaning hayotga tatbiq etilgani fikrimizni tasdiqlaydi.
Korxona yiliga qariyb 500 ming juft poyabzal ishlab chiqarish quvvatiga ega. Loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi natijasida 50 ta yangi ish o'rni yaratildi.
Statistik ma'lumotlarga ko'ra, 2012 yilda Qashqadaryoda jami 5 ming juft poyabzal ishlab chiqarilgan. Bu katta raqam emas, albatta. Quvontiradigan tomoni shundaki, joriy yil yakunlariga ko'ra ushbu ko'rsatkich rekord natija – 200 barobardan ko'proq oshishi kutilayapti.
Albatta, tadbirkorlarning safi kengayib borayotgani,  iqtisodiyotdagi hissasi jadal o'sayotgani ularning erkin faoliyat yuritishi uchun barcha zarur shart-sharoit yaratilayotgani tufaylidir.
Shuni ham aytish kerakki, tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini tekshirish tizimi yildan-yilga takomillashmoqda. Yangi farmon bilan Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi va joylarda uning hududiy komissiyalari tashkil etilgani, xo'jalik yurituvchi sub'ektlarda o'tkazilayotgan tekshirishlarni muvofiqlashtirish tartibi joriy etilgani shu yo'nalishda uchrayotgan muammolarga barham berishga zamin yaratadi. Bu bilan nazorat qiluvchi idoralarning istagan paytda xohlagan korxonada tekshirish o'tkazish amaliyotiga chek qo'yildi.
Ma'lumot o'rnida aytish mumkinki, viloyatdagi nazorat organlari tomonidan 2016 yilning yanvar-sentyabr oylari mobaynida 221 ta xo'jalik yurituvchi sub'ektda rejadan tashqari qisqa muddatli tekshirishlar o'tkazilgan.
Rejadan tashqari tekshirishlar natijasida jami 4 milliard 932 million 400 ming so'mlik soliq va majburiy ajratmalar qo'shimcha hisoblangan.
Endilikda tekshirishlarning kamayishi tadbirkorlarning vaqtini behuda olish, kayfiyatiga salbiy ta'sir ko'rsatish kabi holatlarga barham berib, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun yanada kengroq imkoniyat yaratadi.
Farmonda tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatining kameral nazorati samaradorligini oshirish orqali tekshirishlarni o'tkazish soni va muddatlari qisqartirilishi ko'zda tutilgan. Masalan, joriy yilning 9 oyi davomida soliq idoralari tomonidan viloyatda jami  25 ming 740 ta sub'ektning faoliyati tahlil qilindi. O'tkazilgan tahlillar natijasiga ko'ra,                                1913 ta xo'jalik yurituvchi sub'ektning faoliyati shubhali deb topilgan va                114 milliard 693 million 300 ming so'mlik tafovut aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan ushbu sub'ektlarga talabnoma yuborilgan va kamchiliklarni o'nglash yuzasidan chora-tadbirlar belgilangan. Bu tadbirkorlarga yo'l qo'ygan xatosini tezda to'g'rilab olishi uchun berilgan imkoniyat ekanligi bilan ham e'tiborga molik.
Yana bir jihat, bu kabi o'zgarishlar tadbirkorlik sub'ektlari uchun javobgarlik choralarini qo'llashni keskin kamaytiradi. Masalan, joriy yilning 9 oyi davomida jami 8075 tekshirish o'tkazilib, 1,2  milliard so'mlik ma'muriy jarimalar qo'llanilgan bo'lsa, endilikda tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini, shu jumladan, jinoyat ishlari doirasidagi muqobil tekshirishlarning barcha turlari bekor qilinadi.
Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashganlik va to'sqinlik qilganlik, ularning faoliyatini asossiz                to'xtatib qo'yganlik uchun mansabdor shaxslarning javobgarligi kuchaytirildi.
Tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan 2016 yil davomida viloyat adliya organlari tomonidan tegishli idoralarga 196 ta taqdimnoma, 70  ta ogohnoma (ularning 6 tasi xorijiy investisiyalar ishtirokidagi korxonalarning huquq va qonuniy manfaatlarini huquqiy himoya qilish bo'yicha), 25 ta ma'muriy bayonnoma va taklif sudlarga kiritildi. Ushbu ta'sir choralari natijasida 109 nafar mas'ul shaxs intizomiy (shundan 13 nafari vazifasidan ozod etilgan), 19 nafar shaxs esa ma'muriy javobgarlikka tortildi.
Jumladan, Kitob tumanida faoliyat olib borayotgan “Ro'zimurod Ochilov” firmasi rahbari R.Ochilov kredit olish uchun barcha hujjatlarni rasmiylashtirgan bo'lsa-da, AT “Xalq banki” Kitob tumani filiali  tomonidan kredit mablag'lari asossiz ravishda ajratilmay kelgan.
Mazkur murojaat o'rganilib, aniqlangan qonunbuzilishlar yuzasidan kiritilgan taqdimnoma natijasiga ko'ra, “Ro'zimurod Ochilov” firmasiga                   25 million so'm kredit mablag'i ajratilib, bank kredit bo'limi boshlig'i B.Rustamovga nisbatan hayfsan intizomiy jazosi qo'llanilgan.
Nishon tumani “YEr tuzish va ko'chmas mulk kadastri” davlat korxonasi bo'lim boshlig'i X.Zulfiqorov tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 28 sentyabrdagi “Tadbirkorlik sub'ektlariga “Yagona darcha” tamoyili davlat xizmatlari ko'rsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'rida”gi qarori talablari buzilganligi sababli, unga nisbatan eng kam ish haqining 2 barobari miqdorida jarima jazosi qo'llanilgan.
Shuningdek, viloyat adliya organlari tomonidan 2016 yil davomida tadbirkorlar manfaatlarini ko'zlab sudlarga 68 million 396 ming 500  so'mlik 72 ta da'vo arizasi kiritilgan va ularning 44  tasi qanoatlantirilgan.
Yangi farmon bilan endilikda tadbirkorlarning bu boradagi imkoniyatlari yanada ortdi. Chunki shu asosda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng erkinlik berish, faoliyatiga davlat organlarining aralashuvini tubdan qisqartirish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldi olinishini ta'minlash, ularning profilaktikasi samaradorligini oshirish va huquqbuzarliklarga yo'l qo'yilmaslik tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish sohasida davlat siyosatining muhim ustuvor yo'nalishi va davlat organlarining birinchi darajali vazifasi etib belgilandi.
Umuman olganda, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 oktyabrdagi farmonida belgilangan vazifalar mamlakatimizda tadbirkor va ishbilarmonlarga, ayniqsa, kichik biznes vakillariga erkin va samarali ish yuritish, iqtisodiyotimiz rivojiga munosib hissa qo'shishda yangi imkoniyatlar yaratadi. Bu o'z navbatida xalqimiz farovonligi oshishi, mamlakatimiz taraqqiyoti yanada yuksak pog'onalarga ko'tarilishida muhim ahamiyat kasb etishi shubhasiz.


O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zosi, Qashqadaryo viloyati hokimi     Z.Sh.Ruziev

Muhtarama onajonlar! Aziz opa-singillar!

Go´zal bahor kirib kelishi bilan tabiat ochilib, ko´ngillarimiz yorug´ tuyg´ularga to´lib borayotgan mana shu shukuhli ayyomda Sizlarni, sizlar orqali butun Qashqadaryo  xotin-qizlarini 8 mart bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
Shu kunlarda biz barchamiz bahor va ayol degan ardoqli so´zlarning bir-biriga naqadar hamohang va uyg´un ekanini yurakdan his etar ekanmiz, Yaratganning buyuk mo´´jizasi bo´lgan, hayot davomiyligi va abadiyligini o´zida mujassam etgan ayol zotini, tabarruk onalarimizni ulug´lar ekanmiz, beixtiyor mutafakkir bobomiz Alisher Navoiyning “Jannat onalarning oyog´i ostidadir” degan  hikmatli so´zlarini eslaymiz va muqaddas Ona siymosi oldida ta´zim qilamiz.
Muhtaram Prezidentimiz Islom Abug´anievich  Karimov har bir  chiqishlarida, ayol zotiga yuksak hurmat va ehtirom bildirib,  ulkan vazifalarni amalga oshirishda, ro´zg´or va oila tebratishda, hayotimizni yanada obod va farovon qilishda, jamiyatimizning qaysi soxasida bo´lmasin, xotin-qizlarning  qo´shayotgan beqiyos hissasini alohida  ta´kidlab o´tadilar.
Jumladan, kuni kecha Yurtboshimiz Qashqadaryolik saylovchilar bilan uchrashuvda ham vohamiz ayollarining jamiyatimiz hayotida tutgan o´rni, mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy taraqqiyotiga qo´shayotgan hissalariga juda katta baho berib, bu yurt ayollarining jasorati, matonati, sadoqati har qanday tahsinga sazovor ekanligini alohida ta´rifladilar.
Haqiqatan ham, Siz kabi ayollarning  yurtimizda tinchlik-osoyishtalikni saqlash, oilalarni mustahkamlash, jamiyatimizda mehr-oqibat muhitini kuchaytirishdagi o´rningiz va ta´siringizni, chidam, sabr-bardosh, oqilalik va shukronalik kabi fazilatlaringizni hech narsa bilan qiyoslab, baholab bo´lmaydi.

Aziz opa-singillar!

Hayo, ibo pardasiga o´ralgan, hayotning murakkab yumushlari ichra ham allasini unutmagan, ro´zg´orini keng,  yorug´ bir olam, muqaddas bir saltanat deb bilgan AYoL oilaning ham, yurtning ham orastaboni.
Mamlakatimizda mustaqillikning birinchi kunlaridan boshlab, xotin-qizlarning jamiyatdagi o´rni va mavqeini, ularning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi, iqtisodiyotning turli sohalaridagi nufuzini oshirishga doir juda ko´plab Qonunlar, Farmonlar, qarorlar  qabul qilindi. Bugun xotin-qizlarimiz hech kimdan kam bo´lmasdan, viloyatimiz hayotining hal qiluvchi ustuvor yo´nalishlarida, zamon talablari bilan uyg´un va hamohang bo´lib, ulkan yutuqlarga erishmoqdalar.
Jumladan, bugungi kunda viloyatimizda xalq ta´limi sohasida mehnat qilayotganlarning 62 foizini, maktabgacha ta´lim muassasalaridagi ishlovchilarning 98 foizini, sog´liqni saqlash tizimi xodimlarining 85 foizini, kasb-hunar kollejlari  va akademik liseylar tizimidagi ishlovchilarning 60 foizini xotin-qizlar tashkil etadi.
Biz bugun haqli ravishda, o´z aqli, bilimi, iste´dodi, mehnatsevarligi va shijoati  bilan hayotning hal qiluvchi sohalarini tebratib - bu oila bekaligi bo´ladimi, davlat va jamiyat boshqaruvi, fermerlik harakati va kasanachilik, kichik biznes va tadbirkorlik bo´ladimi - mana shunday murakkab vazifalarni ayollarimiz samarali ado etib kelayotganini katta g´urur  va  mamnuniyat bilan ta´kidlaymiz.
Viloyatimizda  qishloq xo´jaligida band bo´lganlarning qariyib yarmini xotin-qizlar tashkil etmoqda. O´tgan yili etishtirilgan  bir million  tonnadan ortiq  g´alla,  420 ming tonnadan ortiq  paxta, 3.0 ming tonna pilla,  500 ming tonnaga yaqin  sabzavot, 150 ming tonna  kartoshka, 200 ming tonnadan ortiq  bog´dorchilik mahsulotlari, 900 ming tonnadan ziyod  sut, 230 ming tonnadan ortiq go´sht  mahsulotlarini ishlab chiqarishda, bozor va do´konlarimizdagi to´kinchilik va arzonchilikni ta´minlashda katta hissa qo´shayotgan zahmatkash va fidoyi opa-singillarimizga har qancha tahsin aytsak, arziydi, albatta.
Xotin-qizlarimizning viloyatimiz siyosiy-ijtimoiy hayotidagi o´rni va ta´siri ham ortib borayapti. Xususan, davlat hokimiyatining  barcha  vakillik organlarida xotin-qizlar faol ishtirok etayapti. Oliy Majlis tarkibida 4 nafar, xalq  deputatlari viloyat kengashida 12 nafar, shahar va tuman kengashlarida 51 nafar deputat –ayollarimiz ish olib borayapti. Siyosiy partiyalar a´zolarining qoriyib 37 foizini, fuqarolik jamiyatining tayanchi bo´lgan nodavlat notijorat tashkilotlarida ishlovchilarning aksariyat qismini xotin-qizlar tashkil etadi.        
Ayniqsa, 644 ta mahallalarimizda ma´naviy-axloqiy tarbiya bo´yicha maslahatchisidek eng nozik, eng murakkab vazifani o´z mas´uliyatiga olgan, oilalarda sog´lom muhitni mustahkamlash, yosh oilalar, ayniqsa, endi hayotga qadam qo´yayotgan qizlarimizga to´g´ri yo´l ko´rsatish, ularning tashvish va muammolarini echishda eng yaqin ko´makchi va maslahatgo´y bo´lib kelayotgan  opa-singillarimiz mehnatini alohida  ta´kidlab  o´tmoqchiman.
Muhtaram Prezidentimiz, o´zlarining 8 mart bayrami munosabati bilan yo´llagan tabriklarida - “Ham davlat xizmatini, ham jamoat ishini, ham oila va ro´zg´or yumushlarini, ham farzand tarbiyasini qoyil qilib bajarib kelayotgan barcha-barcha ayollarni qahramon deb aytgan bo´lardim”,- deb alohida ta´kidladilar. Shuning uchun ham yurtimizda xotin-qizlarimizning fidoyi mehnatlari hamisha qadrlanadi, e´tirof etiladi, taqdirlanadi.   Mustaqillik yillarida  297 nafar viloyatimiz xotin-qizlari davlatimizning  yuksak  mukofotlariga  sazovor bo´lishgan.  2 nafari “El-yurt hurmati”, 1 nafari “Fidokorona  xizmatlari uchun”, 18 nafari “Mexnat shuhrati”, 34 nafari “Do´stlik”, 33 nafari  I va II darajali “Sog´lom avlod uchun” ordenlari, 70 nafari   faxriy unvonlar, 138  nafari esa  “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.
Ushbu bahor va go´zallik bayrami arafasida O´zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari bilan O´zbekiston xalq shoirasi, vafo va sadoqat kuychisi Zulfiya tavalludining 100 yilligi butun mamlakatmizda bo´lgani kabi viloyatimiz bo´ylab ham keng nishonlanayotgani davlatimiz, jamiyatimizning ayollarga bo´lgan yuksak hurmat va ehtiromining yana bir amaliy ifodasidir. Viloyatimizdan ham 16 nafar iste´dodli qizlarimiz Zulfiya nomidagi Davlat mukofotida sazovor bo´lishgan. Kuni kecha Prezidentimiz qarorlari bilan sportning milliy kurash turi bo´yicha 12 karra O´zbekiston chempioni, Osiyo va ko´plab xalqaro sport musobaqalarining g´olibi, chiroqchilik qizimiz Go´zal Rahmonova ham ushbu davlat mukofotiga sazovor bo´ldi.  

Muhtarama onaxonlar, opa-singillar!


Siz aziz va mo´´tabar  xotin-qizlarni  o´zingiz kabi chiroyli va dilbar bayramingiz bilan yana bir bor qizg´in tabriklayman. Har bir oilaning rizqi butun, dasturxoni to´kin, farzandlari mehr-oqibatli, onalari, ayollari, qizlari e´zozli, izzatli bo´lsin.
Farzandlaringiz va yaqinlaringiz baxtiga, elu- yurtimiz baxtiga hamisha sog´-omon bo´ling!

Assalomu alaykum, hurmatli tantanali yig´ilish qatnashchilari!
Mamlakatimizning  har bir go´shasida bo´lgani kabi viloyatimizda ham xalqimiz tarixidagi eng qutlug´ sana – O´zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 22 yilligi ko´tarinki ruhda  keng nishonlamoqda.
Eng avvalo mana shu har bir fuqaro hayotiga daxldor, baxtu farovonligiga daxldor  ulug´ ayyom bilan Sizlarni va Siz orqali butun Qashqadaryo aholisini chin qalbimdan muborakbod etishga ijozat bergaysizlar.
Azizlar!
Mustaqillikka erishgan har bir davlat o´zining siyosiy-huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish yo´lini belgilab, yangi jamiyat qurishga, yangilanish va ijtimoiy taraqqiyotning demokratik konstitusiyaviy modelini yaratishga harakat qiladi. Ta´kidlash joizki, hayotimizning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning mazmun va mohiyatini belgilashda O´zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi huquqiy asos bo´lib xizmat qilmoqda.  Prezidentimiz I.A.Karimov ta´biri bilan aytganda: “Konstitusiyamiz negiziga qo´yilgan talab va qoidalarga to´liq mos keladigan, dunyo hamjamiyatida “o´zbek modeli” deb nom qozongan, mamlakatimizni isloh etish va modernizasiya qilish yo´li naqadar to´g´ri ekanini bugun hayotning o´zi tasdiqlab bermoqda”.
Darhaqiqat, Prezidentimiz Islom Karimov rahbarligida ishlab chiqilgan va qabul qilingan O´zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi xalqimiz irodasi, ruhiyati, ijtimoiy ongi va madaniyatini o´zida aks ettirgan Asosiy qonunimizdir.
Bugungi kunda Konstitusiyamiz muhrlab qo´ygan tamoyillarni amalga oshirish yo´lidan dadil qadamlar qo´yib borayotganimiz, aholi turmush darajasi va sifatining jadal o´sib, yurtimiz qiyofasi, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi o´rni butunlay o´zgarib borayotgani barchamizga katta g´urur va iftixor bag´ishlaydi.
Bugun o´zini shu davlat va millatga daxldor hisoblagan inson borki, Asosiy qonunimizni o´z hayotining ajralmas va muhim qismi deb biladi.
Chunki, hayotimizning qaysi sohasini olmaylik, sanoat, qishloq xo´jalik mahsulotlari etishtirish bo´ladimi, ijtimoiy hayotimiz yoki yangi-yangi qurilishlar, shahar va qishloqlarimizni obodonlashtirish bo´ladimi - bularning hammasi inson uchun, shu yurtda, jumladan, vohamizda yashayotgan odamlar uchun amalga oshirilayapti.
Prezidentimiz va Konstitusiyamiz yaratib bergan imkoniyatlar tufayli o´tgan yillar davomida viloyatda aholi jon boshiga daromad 3 baravar oshdi. Qashqadaryo mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan tabiiy gazning 88 foizini, neftning 93, paxtaning 13, g´allaning  14 foizini bermoqda. 315 ta qishloq gazlashtirildi, 800 dan ortiq qishloq toza ichimlik suvi bilan ta´minlandi.
Viloyat Investisiya dasturiga asosan joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida moliyalashtirishning barcha manbalari hisobidan  2755,9 mlrd so´mlik investisiya o´zlashtirildi,  bu o´tgan yilga nisbatan 104,0 foizni tashkil etadi.
Byudjetdan tashqari fond mablag´lari hisobidan umumta´lim va sog´liqni saqlash  muassasalarini jihozlash, kapital ta´mirlash va rekonstruksiya qilish jamg´armasi mablag´lari hisobidan 54,6 mlrd. so´m mablag´ sarflandi.
Birgina Respublika bolalar sportini rivojlantirish jamg´armasi mablag´i hisobidan 21,5 mlrd. so´m mablag´ sarflanib, Qarshi shahrida Badiiy gimnastika zali, Qamashi va Nishon tumanida musiqa va san´at maktabi, deyarli barcha tumanlarda sport zallari yangidan qurilib foydalanishga topshirildi.
Muhtaram prezidentimizning 2014 yil 17 noyabrdagi PQ-2264 sonli qarorlariga asosan 2015 yilda 4 trillion  investisiya o´zlashtirilishi belgilab berilgan. Bu raqamni ko´z oldingizga keltiring, qanchadan-qancha turar joylar, o´quv muassasalari, obodlashtirilgan yo´llar va hokozo, inson, uning munosib turmush tarzi uchun yaratilgan sharoitlar degani. 
Shuningdek, yigirma uch yil ichida viloyatimizdagi sanoat korxonalari sonining 30 barobardan ko´proqqa oshdi. O´tgan yillarda Yurtboshimizning shaxsan tashabbuslari bilan barpo etilgan “Sho´rtangazkimyo”, Tallimarjon issiqlik elektr stansiyasi, “Dehqonobod kaliyli o´g´itlar zavodi” kabi ulkan sanoat korxonalari haqiqiy ma´nodagi fahrimizga aylandi.
Ayniqsa, keyingi bir yarim yil ichida Prezidentimiz va Vazirlar Mahkamasining birgina viloyatimizga daxldor to´rtta muhim qarorlari qabul qilindi. Biri hududda sanoatga oid 555 ta loyihani amalga oshirish yuzasidan bo´lsa, ikkinchisi viloyatimizda turizmni rivojlantirish haqida. Qolganlari Qarshi va Shahrisabz shaharlarida keng ko´lamli bunyodkorlik ishlarini olib borish xususida. Bular vohamiz aholisining hayot sifatini yanada oshirish, turmushimiz farovonligini yanada yaxshilanishida tarixiy qadam bo´lib bo´lib qolishi shubhasiz.
G´urur bilan tilga olishimiz kerak, bugun qishloq va shahar o´rtasidagi tafovut yo´qolib borayapti. Ayniqsa, namunaviy loyihalar asosida qishloq massivlarida qurilayotgan uy-joylarga bugun har birimiz havas bilan boqamiz. Ana shunday aholi hayoti farovonligi va turmushi obodligi timsoli bo´lgan namunaviy uylar soni viloyatimizda ayni paytda 4732 tani  tashkil etayapti.  
Joriy  “Sog´lom bola yili”  munosabati bilan qabul qilingan Davlat dasturi bo´yicha Qashqadaryoda 492,6 milliard so´mlik ishlar amalga oshirildi. Yuzlab ishlab chiqarish korxonalari, mingdan ortiq ijtimoiy soha inshootlari ishga tushirildi.

Hurmatli yig´ilish qatnashchilari!
Qisqa kirish so´zida birgina viloyatimiz miqyosida inson manfaati, uning farovon turmushi uchun amalga oshirilgan ishlar haqida  faqatgina  zalvorli raqamlarni misol keltirish bilan cheklanayapman, xolos. Chunki, sobiq tuzum paytidagi Konstitusiya “partiya-davlat-fuqaro” prinspiga asoslangan bo´lsa, mustaqil O´zbekiston Konstitusiyasi “fuqaro-jamiyat-davlat”  tartibidagi adolatli tamoyilga asoslangan bo´lib, Inson, uning sha´ni, qadr-qimmati oliy qadriyat sifatida e´tirof etilgan. Ma´lumki, adolat   - har qaysi insonning jamiyatda farovon hayot kechirishining asosiy garovi. Konstitusiya esa ana shu adolat mezonini ta´minlaydigan asosiy va eng ustuvor qonundir.
Agar jahon Konstitusiyasi tarixiga nazar tashlasak, asrlar osha o´zining mukammalligi va chuqur ildizga ega ekanligini saqlab kelayotgan Konstitusiyalar sanoqlidir. Hatto tarixda muayyan guruhlar yoki ma´lum bir shaxslar manfaati yo´lida xizmat qilgan asosiy qonunlar ham bo´lgan. Uzoqqa bormaylik sobiq ittifoq davrida 70 yil ichida qayta-qayta 4 marotaba Konstitusiya qabul qilinganligini eslashning o´zi kifoyadir. Bugun ham jahonda kechayotgan ahvolni bir ko´z oldingizga keltirsangiz, yana ko´plab misollarga duch kelaverasiz. Dunyoning qaysidir chetiga ochlik, qashshoqlik, yana bir chetida urush va zo´ravonliklar sodir bo´lmoqda. Nima, u davlatlarda Konstitusiya yo´qmi?! Bor albatta, faqat u fuqaro manfaatiga, baxtu saodatiga xizmat qilmayapdi. O´z manfaatiga xizmat qilmaydigan Asosiy qonunga esa fuqaro ham amal qilmayapdi. Shu o´rinda bir donishmandning “Qonun – jamiyatning aqli” degan hikmatini eslash o´rinlidir. 
Hurmatli tadbir  ishtirokchilari!
Darhaqiqat, Konstitusiyamizni muqaddas hujjat, benazir huquqiy qadriyat sifatida asrash-avaylash, uning mazmun-mohiyatini tushunish, amaliy faoliyatda unga og´ishmay rioya qilish, bayon etilgan barcha huquqlardan samarali foydalanish va burchlarni vijdonan mas´uliyat bilan bajarish, kelajak avlodga ulug´ ne´mat sifatida etkazish, u bilan faxrlanish har bir O´zbekiston fuqarosi uchun sharafdir.
Bugungi shodiyona bilan yana bir bor muborakbod etib,   Sizlarga sihat-salomatlik, baxtu-saodat va farovonlik, xonadonlaringizga fayzu-baraka, amalga oshirayotgan barcha bunyodkorlik xayrli ishlaringizda muvaffaqiyatlar  tilaymiz!
E´tiboringiz uchun rahmat!

Assalomu alaykum, hurmatli do’stlar !
Aziz sportchi yoshlar!

Yurtimizda yosh avlodni har tomonlama barkamol insonlar qilib tarbiyalash, ularning zamonaviy ta’lim-tarbiya olishi, salomatligini mustaxkamlashi, kasb-xunar egallashi uchun barcha shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilgan. Mamlakatimiz mustaqilligining ilk kunlaridanoq muhtaram Prezidentimiz mamlakatimiz xalqining ma’naviy yuksak, sog’lom va jismonan baquvvat bo’lib hayot kechirishi yo’lidagi keng qamrovli ulug’ ishlarni boshlab berdilar.
Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish borasidagi ishlar ana shular sirasiga kiradi. O’tgan yigirma uch yil davomida ona yurtimizda ko’plab sport majmualari, olimpiya zahiralari kollejlari, jahon andozalariga to’la javob beradigan o’yingohlar, sport maydonlari, suzish havzalari qurildi.
Viloyatimizning o’zida jahon standartlariga javob beradigan stadionlar, zamonaviy sport majmualari bunyod etildi va bu ishlar yanada katta sur’atlarda davom etmoqda.
Bularning barchasi farzandlarimizni chiniqtirib, irodasini toblab, Vatanni himoya qilishga, uni ulug’lashga, qudratiga qudrat qo’shishga, xalqaro maydonlarda obro’ va nufuzini yanada yuksaltirishga yordam beradi.
Jahonda davlatning qudratini belgilaydigan omillar ko’p. Biroq ularning eng asosiysi - ham ma’nan, ham jismonan barkamollikka erishgan yoshlar sanaladi. Zero, el-yurtning kelajagi bugun kamolga etayotgan Siz - yoshlarning qo’lingizda. Zero, prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, ’Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro’-e’tibori avvalambor farzandlarimizning unib-o’sib, ulg’ayib, qanday inson bo’lib hayotga kirib borishiga bog’liqdir’.
Mamlakatimizda yosh avlodni jismonan sog’lom, kuchli iroda va yuksak intelektual salohiyatga ega insonlar etib tarbiyalashning bosh omili, o’zbek sportining kelajagi, xalqaro maydondagi obro’-e’tiborini yuksaltirishning asosi bo’lgan bolalar sportini rivojlantirish umummilliy harakatga aylandi.
Mamlakatimizda o’quvchi yoshlarni ommaviy ravishda jismoniy tarbiya va sport harakatiga jalb qilishga qaratilgan sport musobaqalarining uch bosqichli yagona tizimi joriy etildi. Barcha ta’lim muassasalari o’rtasida 3 bosqichli ’Umid nihollari’, ’Barkamol avlod’ va ’Universiada’ sport musobaqalarining tizimli tashkil etilishi ’ dunyodagi ko’plab rivojlangan davlatlarning ham qiziqishiga sabab bo’lmoqda.
Prezidentimiz tashabbusi bilan O’zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi tashkil etilib, yoshlar o’rtasida sportni ommalashtirish, bolalar sportini rivojlantirishning noyob tizimiga asos solindi.
Bu borada bizning viloyatimizda ham bir qancha ishlar amalga oshirildi. Jumladan, Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobidan 160 ta sport inshootlari qurib foydalanishga topshirildi. Ularda 653 mingdan ziyod o’g’il-qizlar shug’ullanmoqdalar. Natijada, respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalarda ishtirok etayotgan o’g’il-qizlarimizning safi tobora kengaymoqda, ular tomonidan qo’lga kiritilgan sovrinlar miqdori ayniqsa so’nggi yillarda sezilarli darajada ko’paydi.
Hozirgi kunda sportning yoshlarimiz hayotiga tobora chuqur kirib borayotgani, minglab yigit-qizlar sport bilan shug’ullanishni kundalik vazifaga aylantirgani-ularning jismoniy holatiga, salomatligiga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda.
Davlatimiz rahbarining bolalar sporti ’o’zbek sportining kelajagi, uning xalqaro maydondagi obro’-e’tiborini oshirishning mustaxkam poydevoridir, degan fikrlari amalda o’z isbotini topmoqda.
Xalqaro olimpiada o’yinlarining barcha belgilarini o’zida mujassam etgan ’kichik Olimpiada’ hisoblangan ’Barkamol avlod’ sport musobaqalari joriy yilda Namangan viloyatida bo’lib o’tdi. Oltinchi marotaba o’tkazilgan o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi o’quvchilari o’rtasida tashkil etilgan ushbu musobaqaning viloyat saralash bosqichida jami 1285 nafar o’smir va qizlar ishtirok etib, ulardan 128 nafari (ulardan 83 nafari qizlar) saralab olindi.
Viloyatimiz yoshlari respublika bosqichida sportning 16 turi bo’yicha munosib ishtirok etishib, 3 ta oltin, 3 ta kumush, 3 ta bronza medallarini qo’lga kiritdilar.
Biz bugun bu iste’dodli yoshlarimiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz va ularning nomlarini hurmat bilan tilga olamiz. Sportning YEngil atletika turi bo’yicha terma jamoamiz vakili Samadov Azizbek 400 metrga va 800 metrga yugurish bo’yicha g’olib bo’lib 2 ta oltin medalni qo’lga kiritdi, sportning tennis turidan Yusupova Go’zal 1-o’rinni egallab oltin medal sohibasi bo’ldi, sportning dzyu-do turidan Shodiev Alpomish faxrli 2-o’rinni egallab, kumush medal sohibi bo’ldi, sportning yunon-rum kurashi turidan sportchimiz Nurillaev Ma’rufjon va engil atletika turidan Yaxyoeva Charoslar faxrli 3-o’rinni egalladilar. Sportning Futbol va Gandbol turlaridan jamoalarimiz faxrli ikkinchi o’rinni egalladilar va kumush medallarni qo’lga kiritishdi.
Yoshlarimiz sport maydonlarida juda chiroyli chiqishlar qilib, halol bellashdilar, bor kuch-mahoratlarini hamda sportning go’zal jihatlarini yana bir karra namoyish etib, olqishlarga sazovor bo’lishdi va yuzlab yoshlarga o’rnak va namuna bo’ldilar.
Albatta, sportda g’alaba o’z-o’zidan kelmaydi. Sport maydonlarida erishilgan yutuq ’ bu avvalo butun borlig’ini safarbar etib, o’z oldiga qo’ygan maqsad yo’lida o’zini engib, o’zini ayamasdan, kurashib yashaydigan insonnning yutug’i, ana shu insonni tarbiyalab voyaga etkazgan ta’lim-tarbiya maskanining, butun jamiyatimizning yutug’idir.
Fursatdan foydalanib, ’Barkamol avlod’ o’yinlarida yosh sportchilarimizning muvaffaqiyatlariga sabab bo’lgan ustoz-murabbiylarga samimiy minnatdorchilik bildirmoqchimiz.
Aziz yoshlar!
Siz kabi iste’dodli sportchi yoshlarimizni qancha rag’batlantirsak, qo’llab-quvvatlasak shuncha oz. Sababi Sizlar - ham ma’naviy ham jismoniy jihatdan sog’lom, hech kimdan kam bo’lmasdan, boshini baland ko’tarib yashaydigan, vatanimizning taqdiri va istiqboli uchun mas’uliyatni o’z bo’yniga olishga qodir bo’lgan barkamol avlodlarimizsiz.
Bu mashaqqatli va sharafli sport yo’lida sizlarga ulkan omad yor bo’lishini, marrani hamisha baland olib, bilimga, izlanish va o’rganishga intilib yashashni, kelgusi hayotingizda yangi-yangi muvafaqqiyatlarga erishishingizni tilayman.
Qarshi shahri, 2014 yil 30 iyun

Bazaviy interaktiv xizmatlar

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 722 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Foydali resurslar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati
www.press-service.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
www.senat.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
www.parliament.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)
www.ombudsman.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
www.prokuratura.uz
   
 
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi
http://gis.uz/

 

Mobil ilovalar

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Reset