wrapper

Mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov iqtisodiyotni yuksaltirish, obod va farovon turmushimizni yanada mustahkamlashda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning o'rnini e'tirof etarkan, “Har bir tadbirkor avvalo shuni aniq-ravshan bilib olishi kerakki, davlat xususiy mulkdor huquqlarining himoyachisidir. Shuning uchun ham tadbirkorlar o'z biznesiga bexavotir investisiya kiritishi, ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirishi, mahsulot hajmi va olayotgan daromadini ko'paytirishi, o'z mulkiga o'zi egalik qilishi, foydalanishi, tasarruf etishi lozim”, deya alohida ta'kidlagan edi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev 2016 yil 5 oktyabrda imzolagan “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta'minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi farmon bu boradagi maqsadlarning amalda to'liq ro'yobga chiqishiga yangi imkoniyatlar yaratishi bilan ahamiyatli bo'ldi.
Qayd etish joizki, bugun mamlakatimizda ish bilan band jami aholining 77 foizdan ortig'i kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida mehnat qilayapti. Bu nimadan darak beradi? Albatta, odamlarning mazkur soha istiqboliga ishonch bildirayotgani, bunga amalda ham erishib, yuqori daromad olayotganini ko'rsatadi.
Shu bois ham sohani qo'llab-quvvatlashga e'tibor kuchayayotgani bejiz emas. Mazkur tarmoq nafaqat yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda asosiy bo'g'in, balki aholi bandligi va daromadlari manbaining, farovonlikka erishishning muhim omiliga aylandi. O'z navbatida, tadbirkorlarimiz ishlab  chiqarayotgan mahsulotlar bozorlarimiz to'kinligini ta'minlash bilan birga, davlatimiz eksport salohiyatini yuksaltirishda ham tayanch sifatida ko'rilmoqda.
Xalqimizning har bir vakili biror yutuq, yuqori natija haqida so'zlarkan, bunga albatta tadbirkorlik ortidan erishayapmiz, deydi. O'zingiz o'ylang: daromadi ham, boy bo'lishi ham o'ziga – mehnatiga bog'liq ekanligini bilgan odam qanday ishlaydi? Albatta, yaxshi ishlaydi.
Bugun bozor va savdo do'konlarimiz “O'zbekistonda ishlab chiqarilgan” yorlig'i ostida sotilayotgan mahsulotlar bilan to'lib-toshgan. Sifati xorijnikidan qolishmaydi. Aksincha, ba'zi jihatlari bilan ustun ham  turadi.
Yuqorida nomi keltirilgan farmon esa xususiy mulkni huquqiy himoya qilishni yanada kuchaytirishga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga va ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlashga, respublikaning investisiyaviy jozibadorligini oshirishga yo'naltirilgani va ushbu sohada davlat siyosatining sifat jihatidan yangi darajaga o'tishidan dalolat berishi bilan ayniqsa ahamiyatli bo'ldi.
Yurtimizda tadbirkorlik sub'ektlari uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlarning amaldagi natijasini misollarda ko'rib chiqaylik. Masalan, Kitob tumanidagi “Kitob ip-yigiruv” aksiyadorlik jamiyati ishlab chiqarish uskunalari eskirgani, mahsulotlarning jahon bozori talablariga javob bermasligi tufayli faoliyati to'xtab qolgandi.
Ishlab chiqarishning modernizasiya qilinishi, yangi quvvatlarning ishga tushirilishi natijasida korxona zamonaviy talablarga javob beradigan salohiyatga ega bo'ldi. Korxona faoliyatining har tomonlama qo'llab-quvvatlanishi samarasida jamiyatda yiliga 2700 tonna kalava ip ishlab chiqarish imkonini beruvchi umumiy qiymati 4 million AQSh dollarilik loyiha hayotga tatbiq etildi.
Germaniyaning “Truetzschler” firmasidan qiymati 2 million 450 ming evrolik zamonaviy ip yigirish dastgohlari sotib olindi. Yangi sex ishga tushishi bilan qo'shimcha 128 ta ish o'rni yaratildi. Ishlab chiqariladigan mahsulotning qariyb 80 foizi eksportga yo'naltirilmoqda.
Shu o'rinda mamlakatimizda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, investisiya kiritish majburiyati bilan “nol” xarid qiymatida tanlov asosida tadbirkorlarga sotish amaliyoti o'z samarasini berayotganini ham ta'kidlash joiz. Buning samarasida yuksak texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish korxonalari va xizmat ko'rsatish shoxobchalari soni ortayapti. Bu esa sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarilishi va zamonaviy servis xizmatlari ko'rsatilishiga zamin hozirlayapti. Asosiysi, aholi uchun doimiy ish o'rinlari yaratilmoqda.
Xususan, Qarshi shahridagi foydalanilmayotgan “Avtoshohbekat” binosi “Grand mebel dizayn” mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan “nol” qiymatida sotib olindi. Mazkur tadbirkorlik sub'ekti 1 milliard 600 million so'm sarmoya yo'naltirish hisobiga bino negizida barcha turdagi mebel buyumlari ishlab chiqarish sexini tashkil qildi. Germaniya davlatidan qiymati 100 ming dollarlik uskunalar keltirildi.
Mavjud texnologiyalar barcha interer va dizayndagi mebel buyumlarini ishlab chiqarish imkonini beradi. Bu erda 50 nafarga yaqin kishi doimiy ish o'rniga ega bo'ldi.
Charm-poyabzal sanoati Qashqadaryo viloyati iqtisodiyoti uchun biroz yangi, ayni paytda jadallik bilan rivojlanayotgan tarmoqlardan biri. Bundan atigi 5 yil avval ushbu yo'nalishda faoliyat ko'rsatadigan korxonalar soni nihoyatda kam, mavjudlari ham eski uskunalar yordamida va ko'proq qo'l mehnati asosida tayyor mahsulot ishlab chiqarayotgan edi. Ayni vaqtga kelib, viloyatda zamonaviy texnologiyalar asosida poyabzal ishlab chiqarishni tashkil etgan tadbirkorlik sub'ektlari salmog'i ancha ko'payib qoldi.
Qarshi shahridagi “Premium capital group” mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan yaqindagina shunday loyihaning hayotga tatbiq etilgani fikrimizni tasdiqlaydi.
Korxona yiliga qariyb 500 ming juft poyabzal ishlab chiqarish quvvatiga ega. Loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi natijasida 50 ta yangi ish o'rni yaratildi.
Statistik ma'lumotlarga ko'ra, 2012 yilda Qashqadaryoda jami 5 ming juft poyabzal ishlab chiqarilgan. Bu katta raqam emas, albatta. Quvontiradigan tomoni shundaki, joriy yil yakunlariga ko'ra ushbu ko'rsatkich rekord natija – 200 barobardan ko'proq oshishi kutilayapti.
Albatta, tadbirkorlarning safi kengayib borayotgani,  iqtisodiyotdagi hissasi jadal o'sayotgani ularning erkin faoliyat yuritishi uchun barcha zarur shart-sharoit yaratilayotgani tufaylidir.
Shuni ham aytish kerakki, tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini tekshirish tizimi yildan-yilga takomillashmoqda. Yangi farmon bilan Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi va joylarda uning hududiy komissiyalari tashkil etilgani, xo'jalik yurituvchi sub'ektlarda o'tkazilayotgan tekshirishlarni muvofiqlashtirish tartibi joriy etilgani shu yo'nalishda uchrayotgan muammolarga barham berishga zamin yaratadi. Bu bilan nazorat qiluvchi idoralarning istagan paytda xohlagan korxonada tekshirish o'tkazish amaliyotiga chek qo'yildi.
Ma'lumot o'rnida aytish mumkinki, viloyatdagi nazorat organlari tomonidan 2016 yilning yanvar-sentyabr oylari mobaynida 221 ta xo'jalik yurituvchi sub'ektda rejadan tashqari qisqa muddatli tekshirishlar o'tkazilgan.
Rejadan tashqari tekshirishlar natijasida jami 4 milliard 932 million 400 ming so'mlik soliq va majburiy ajratmalar qo'shimcha hisoblangan.
Endilikda tekshirishlarning kamayishi tadbirkorlarning vaqtini behuda olish, kayfiyatiga salbiy ta'sir ko'rsatish kabi holatlarga barham berib, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun yanada kengroq imkoniyat yaratadi.
Farmonda tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatining kameral nazorati samaradorligini oshirish orqali tekshirishlarni o'tkazish soni va muddatlari qisqartirilishi ko'zda tutilgan. Masalan, joriy yilning 9 oyi davomida soliq idoralari tomonidan viloyatda jami  25 ming 740 ta sub'ektning faoliyati tahlil qilindi. O'tkazilgan tahlillar natijasiga ko'ra,                                1913 ta xo'jalik yurituvchi sub'ektning faoliyati shubhali deb topilgan va                114 milliard 693 million 300 ming so'mlik tafovut aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan ushbu sub'ektlarga talabnoma yuborilgan va kamchiliklarni o'nglash yuzasidan chora-tadbirlar belgilangan. Bu tadbirkorlarga yo'l qo'ygan xatosini tezda to'g'rilab olishi uchun berilgan imkoniyat ekanligi bilan ham e'tiborga molik.
Yana bir jihat, bu kabi o'zgarishlar tadbirkorlik sub'ektlari uchun javobgarlik choralarini qo'llashni keskin kamaytiradi. Masalan, joriy yilning 9 oyi davomida jami 8075 tekshirish o'tkazilib, 1,2  milliard so'mlik ma'muriy jarimalar qo'llanilgan bo'lsa, endilikda tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini, shu jumladan, jinoyat ishlari doirasidagi muqobil tekshirishlarning barcha turlari bekor qilinadi.
Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashganlik va to'sqinlik qilganlik, ularning faoliyatini asossiz                to'xtatib qo'yganlik uchun mansabdor shaxslarning javobgarligi kuchaytirildi.
Tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan 2016 yil davomida viloyat adliya organlari tomonidan tegishli idoralarga 196 ta taqdimnoma, 70  ta ogohnoma (ularning 6 tasi xorijiy investisiyalar ishtirokidagi korxonalarning huquq va qonuniy manfaatlarini huquqiy himoya qilish bo'yicha), 25 ta ma'muriy bayonnoma va taklif sudlarga kiritildi. Ushbu ta'sir choralari natijasida 109 nafar mas'ul shaxs intizomiy (shundan 13 nafari vazifasidan ozod etilgan), 19 nafar shaxs esa ma'muriy javobgarlikka tortildi.
Jumladan, Kitob tumanida faoliyat olib borayotgan “Ro'zimurod Ochilov” firmasi rahbari R.Ochilov kredit olish uchun barcha hujjatlarni rasmiylashtirgan bo'lsa-da, AT “Xalq banki” Kitob tumani filiali  tomonidan kredit mablag'lari asossiz ravishda ajratilmay kelgan.
Mazkur murojaat o'rganilib, aniqlangan qonunbuzilishlar yuzasidan kiritilgan taqdimnoma natijasiga ko'ra, “Ro'zimurod Ochilov” firmasiga                   25 million so'm kredit mablag'i ajratilib, bank kredit bo'limi boshlig'i B.Rustamovga nisbatan hayfsan intizomiy jazosi qo'llanilgan.
Nishon tumani “YEr tuzish va ko'chmas mulk kadastri” davlat korxonasi bo'lim boshlig'i X.Zulfiqorov tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 28 sentyabrdagi “Tadbirkorlik sub'ektlariga “Yagona darcha” tamoyili davlat xizmatlari ko'rsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'rida”gi qarori talablari buzilganligi sababli, unga nisbatan eng kam ish haqining 2 barobari miqdorida jarima jazosi qo'llanilgan.
Shuningdek, viloyat adliya organlari tomonidan 2016 yil davomida tadbirkorlar manfaatlarini ko'zlab sudlarga 68 million 396 ming 500  so'mlik 72 ta da'vo arizasi kiritilgan va ularning 44  tasi qanoatlantirilgan.
Yangi farmon bilan endilikda tadbirkorlarning bu boradagi imkoniyatlari yanada ortdi. Chunki shu asosda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng erkinlik berish, faoliyatiga davlat organlarining aralashuvini tubdan qisqartirish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldi olinishini ta'minlash, ularning profilaktikasi samaradorligini oshirish va huquqbuzarliklarga yo'l qo'yilmaslik tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish sohasida davlat siyosatining muhim ustuvor yo'nalishi va davlat organlarining birinchi darajali vazifasi etib belgilandi.
Umuman olganda, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 oktyabrdagi farmonida belgilangan vazifalar mamlakatimizda tadbirkor va ishbilarmonlarga, ayniqsa, kichik biznes vakillariga erkin va samarali ish yuritish, iqtisodiyotimiz rivojiga munosib hissa qo'shishda yangi imkoniyatlar yaratadi. Bu o'z navbatida xalqimiz farovonligi oshishi, mamlakatimiz taraqqiyoti yanada yuksak pog'onalarga ko'tarilishida muhim ahamiyat kasb etishi shubhasiz.


O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zosi, Qashqadaryo viloyati hokimi     Z.Sh.Ruziev

Matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing.

Bazaviy interaktiv xizmatlar

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 134 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Foydali resurslar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati
www.press-service.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
www.senat.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
www.parliament.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)
www.ombudsman.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
www.prokuratura.uz
   
 
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi
http://gis.uz/

 

Mobil ilovalar

Bosh sahifa

Qabul kunlari

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Reset