wrapper

Assalomu alaykum, hurmatli tantanali yig´ilish qatnashchilari!
Mamlakatimizning  har bir go´shasida bo´lgani kabi viloyatimizda ham xalqimiz tarixidagi eng qutlug´ sana – O´zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 22 yilligi ko´tarinki ruhda  keng nishonlamoqda.
Eng avvalo mana shu har bir fuqaro hayotiga daxldor, baxtu farovonligiga daxldor  ulug´ ayyom bilan Sizlarni va Siz orqali butun Qashqadaryo aholisini chin qalbimdan muborakbod etishga ijozat bergaysizlar.
Azizlar!
Mustaqillikka erishgan har bir davlat o´zining siyosiy-huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish yo´lini belgilab, yangi jamiyat qurishga, yangilanish va ijtimoiy taraqqiyotning demokratik konstitusiyaviy modelini yaratishga harakat qiladi. Ta´kidlash joizki, hayotimizning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning mazmun va mohiyatini belgilashda O´zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi huquqiy asos bo´lib xizmat qilmoqda.  Prezidentimiz I.A.Karimov ta´biri bilan aytganda: “Konstitusiyamiz negiziga qo´yilgan talab va qoidalarga to´liq mos keladigan, dunyo hamjamiyatida “o´zbek modeli” deb nom qozongan, mamlakatimizni isloh etish va modernizasiya qilish yo´li naqadar to´g´ri ekanini bugun hayotning o´zi tasdiqlab bermoqda”.
Darhaqiqat, Prezidentimiz Islom Karimov rahbarligida ishlab chiqilgan va qabul qilingan O´zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi xalqimiz irodasi, ruhiyati, ijtimoiy ongi va madaniyatini o´zida aks ettirgan Asosiy qonunimizdir.
Bugungi kunda Konstitusiyamiz muhrlab qo´ygan tamoyillarni amalga oshirish yo´lidan dadil qadamlar qo´yib borayotganimiz, aholi turmush darajasi va sifatining jadal o´sib, yurtimiz qiyofasi, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi o´rni butunlay o´zgarib borayotgani barchamizga katta g´urur va iftixor bag´ishlaydi.
Bugun o´zini shu davlat va millatga daxldor hisoblagan inson borki, Asosiy qonunimizni o´z hayotining ajralmas va muhim qismi deb biladi.
Chunki, hayotimizning qaysi sohasini olmaylik, sanoat, qishloq xo´jalik mahsulotlari etishtirish bo´ladimi, ijtimoiy hayotimiz yoki yangi-yangi qurilishlar, shahar va qishloqlarimizni obodonlashtirish bo´ladimi - bularning hammasi inson uchun, shu yurtda, jumladan, vohamizda yashayotgan odamlar uchun amalga oshirilayapti.
Prezidentimiz va Konstitusiyamiz yaratib bergan imkoniyatlar tufayli o´tgan yillar davomida viloyatda aholi jon boshiga daromad 3 baravar oshdi. Qashqadaryo mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan tabiiy gazning 88 foizini, neftning 93, paxtaning 13, g´allaning  14 foizini bermoqda. 315 ta qishloq gazlashtirildi, 800 dan ortiq qishloq toza ichimlik suvi bilan ta´minlandi.
Viloyat Investisiya dasturiga asosan joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida moliyalashtirishning barcha manbalari hisobidan  2755,9 mlrd so´mlik investisiya o´zlashtirildi,  bu o´tgan yilga nisbatan 104,0 foizni tashkil etadi.
Byudjetdan tashqari fond mablag´lari hisobidan umumta´lim va sog´liqni saqlash  muassasalarini jihozlash, kapital ta´mirlash va rekonstruksiya qilish jamg´armasi mablag´lari hisobidan 54,6 mlrd. so´m mablag´ sarflandi.
Birgina Respublika bolalar sportini rivojlantirish jamg´armasi mablag´i hisobidan 21,5 mlrd. so´m mablag´ sarflanib, Qarshi shahrida Badiiy gimnastika zali, Qamashi va Nishon tumanida musiqa va san´at maktabi, deyarli barcha tumanlarda sport zallari yangidan qurilib foydalanishga topshirildi.
Muhtaram prezidentimizning 2014 yil 17 noyabrdagi PQ-2264 sonli qarorlariga asosan 2015 yilda 4 trillion  investisiya o´zlashtirilishi belgilab berilgan. Bu raqamni ko´z oldingizga keltiring, qanchadan-qancha turar joylar, o´quv muassasalari, obodlashtirilgan yo´llar va hokozo, inson, uning munosib turmush tarzi uchun yaratilgan sharoitlar degani. 
Shuningdek, yigirma uch yil ichida viloyatimizdagi sanoat korxonalari sonining 30 barobardan ko´proqqa oshdi. O´tgan yillarda Yurtboshimizning shaxsan tashabbuslari bilan barpo etilgan “Sho´rtangazkimyo”, Tallimarjon issiqlik elektr stansiyasi, “Dehqonobod kaliyli o´g´itlar zavodi” kabi ulkan sanoat korxonalari haqiqiy ma´nodagi fahrimizga aylandi.
Ayniqsa, keyingi bir yarim yil ichida Prezidentimiz va Vazirlar Mahkamasining birgina viloyatimizga daxldor to´rtta muhim qarorlari qabul qilindi. Biri hududda sanoatga oid 555 ta loyihani amalga oshirish yuzasidan bo´lsa, ikkinchisi viloyatimizda turizmni rivojlantirish haqida. Qolganlari Qarshi va Shahrisabz shaharlarida keng ko´lamli bunyodkorlik ishlarini olib borish xususida. Bular vohamiz aholisining hayot sifatini yanada oshirish, turmushimiz farovonligini yanada yaxshilanishida tarixiy qadam bo´lib bo´lib qolishi shubhasiz.
G´urur bilan tilga olishimiz kerak, bugun qishloq va shahar o´rtasidagi tafovut yo´qolib borayapti. Ayniqsa, namunaviy loyihalar asosida qishloq massivlarida qurilayotgan uy-joylarga bugun har birimiz havas bilan boqamiz. Ana shunday aholi hayoti farovonligi va turmushi obodligi timsoli bo´lgan namunaviy uylar soni viloyatimizda ayni paytda 4732 tani  tashkil etayapti.  
Joriy  “Sog´lom bola yili”  munosabati bilan qabul qilingan Davlat dasturi bo´yicha Qashqadaryoda 492,6 milliard so´mlik ishlar amalga oshirildi. Yuzlab ishlab chiqarish korxonalari, mingdan ortiq ijtimoiy soha inshootlari ishga tushirildi.

Hurmatli yig´ilish qatnashchilari!
Qisqa kirish so´zida birgina viloyatimiz miqyosida inson manfaati, uning farovon turmushi uchun amalga oshirilgan ishlar haqida  faqatgina  zalvorli raqamlarni misol keltirish bilan cheklanayapman, xolos. Chunki, sobiq tuzum paytidagi Konstitusiya “partiya-davlat-fuqaro” prinspiga asoslangan bo´lsa, mustaqil O´zbekiston Konstitusiyasi “fuqaro-jamiyat-davlat”  tartibidagi adolatli tamoyilga asoslangan bo´lib, Inson, uning sha´ni, qadr-qimmati oliy qadriyat sifatida e´tirof etilgan. Ma´lumki, adolat   - har qaysi insonning jamiyatda farovon hayot kechirishining asosiy garovi. Konstitusiya esa ana shu adolat mezonini ta´minlaydigan asosiy va eng ustuvor qonundir.
Agar jahon Konstitusiyasi tarixiga nazar tashlasak, asrlar osha o´zining mukammalligi va chuqur ildizga ega ekanligini saqlab kelayotgan Konstitusiyalar sanoqlidir. Hatto tarixda muayyan guruhlar yoki ma´lum bir shaxslar manfaati yo´lida xizmat qilgan asosiy qonunlar ham bo´lgan. Uzoqqa bormaylik sobiq ittifoq davrida 70 yil ichida qayta-qayta 4 marotaba Konstitusiya qabul qilinganligini eslashning o´zi kifoyadir. Bugun ham jahonda kechayotgan ahvolni bir ko´z oldingizga keltirsangiz, yana ko´plab misollarga duch kelaverasiz. Dunyoning qaysidir chetiga ochlik, qashshoqlik, yana bir chetida urush va zo´ravonliklar sodir bo´lmoqda. Nima, u davlatlarda Konstitusiya yo´qmi?! Bor albatta, faqat u fuqaro manfaatiga, baxtu saodatiga xizmat qilmayapdi. O´z manfaatiga xizmat qilmaydigan Asosiy qonunga esa fuqaro ham amal qilmayapdi. Shu o´rinda bir donishmandning “Qonun – jamiyatning aqli” degan hikmatini eslash o´rinlidir. 
Hurmatli tadbir  ishtirokchilari!
Darhaqiqat, Konstitusiyamizni muqaddas hujjat, benazir huquqiy qadriyat sifatida asrash-avaylash, uning mazmun-mohiyatini tushunish, amaliy faoliyatda unga og´ishmay rioya qilish, bayon etilgan barcha huquqlardan samarali foydalanish va burchlarni vijdonan mas´uliyat bilan bajarish, kelajak avlodga ulug´ ne´mat sifatida etkazish, u bilan faxrlanish har bir O´zbekiston fuqarosi uchun sharafdir.
Bugungi shodiyona bilan yana bir bor muborakbod etib,   Sizlarga sihat-salomatlik, baxtu-saodat va farovonlik, xonadonlaringizga fayzu-baraka, amalga oshirayotgan barcha bunyodkorlik xayrli ishlaringizda muvaffaqiyatlar  tilaymiz!
E´tiboringiz uchun rahmat!

Matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing.

Bazaviy interaktiv xizmatlar

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 108 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Foydali resurslar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati
www.press-service.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
www.senat.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
www.parliament.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)
www.ombudsman.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
www.prokuratura.uz
   
 
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi
http://gis.uz/

 

Mobil ilovalar

Bosh sahifa

Qabul kunlari

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Reset