wrapper

Maxsus imkoniyatlar

Muhtarama onajonlar! Aziz opa-singillar!
Go'zal bahor kirib kelishi bilan tabiat ochilib, ko'ngillarimiz yorug' tuyg'ularga to'lib borayotgan mana shu shukuhli ayyomda Sizlarni, sizlar orqali butun Qashqadaryo  xotin-qizlarini 8 mart bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
Shu kunlarda biz barchamiz bahor va ayol degan ardoqli so'zlarning bir-biriga naqadar hamohang va uyg'un ekanini yurakdan his etar ekanmiz, Yaratganning buyuk mo''jizasi bo'lgan, hayot davomiyligi va abadiyligini o'zida mujassam etgan ayol zotini, tabarruk onalarimizni ulug'lar ekanmiz, beixtiyor mutafakkir bobomiz Alisher Navoiyning 'Jannat onalarning oyog'i ostidadir' degan  hikmatli so'zlarini eslaymiz va muqaddas Ona siymosi oldida ta'zim qilamiz.
Muhtaram Prezidentimiz Islom Abug'anievich  Karimov har bir  chiqishlarida, ayol zotiga yuksak hurmat va ehtirom bildirib,  ulkan vazifalarni amalga oshirishda, ro'zg'or va oila tebratishda, hayotimizni yanada obod va farovon qilishda, jamiyatimizning qaysi soxasida bo'lmasin, xotin-qizlarning  qo'shayotgan beqiyos hissasini alohida  ta'kidlab o'tadilar.
Jumladan, kuni kecha Yurtboshimiz Qashqadaryolik saylovchilar bilan uchrashuvda ham vohamiz ayollarining jamiyatimiz hayotida tutgan o'rni, mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy taraqqiyotiga qo'shayotgan hissalariga juda katta baho berib, bu yurt ayollarining jasorati, matonati, sadoqati har qanday tahsinga sazovor ekanligini alohida ta'rifladilar.
Haqiqatan ham, Siz kabi ayollarning  yurtimizda tinchlik-osoyishtalikni saqlash, oilalarni mustahkamlash, jamiyatimizda mehr-oqibat muhitini kuchaytirishdagi o'rningiz va ta'siringizni, chidam, sabr-bardosh, oqilalik va shukronalik kabi fazilatlaringizni hech narsa bilan qiyoslab, baholab bo'lmaydi.
Aziz opa-singillar!
Hayo, ibo pardasiga o'ralgan, hayotning murakkab yumushlari ichra ham allasini unutmagan, ro'zg'orini keng,  yorug' bir olam, muqaddas bir saltanat deb bilgan AYoL oilaning ham, yurtning ham orastaboni.
Mamlakatimizda mustaqillikning birinchi kunlaridan boshlab, xotin-qizlarning jamiyatdagi o'rni va mavqeini, ularning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi, iqtisodiyotning turli sohalaridagi nufuzini oshirishga doir juda ko'plab Qonunlar, Farmonlar, qarorlar  qabul qilindi. Bugun xotin-qizlarimiz hech kimdan kam bo'lmasdan, viloyatimiz hayotining hal qiluvchi ustuvor yo'nalishlarida, zamon talablari bilan uyg'un va hamohang bo'lib, ulkan yutuqlarga erishmoqdalar.
Jumladan, bugungi kunda viloyatimizda xalq ta'limi sohasida mehnat qilayotganlarning 62 foizini, maktabgacha ta'lim muassasalaridagi ishlovchilarning 98 foizini, sog'liqni saqlash tizimi xodimlarining 85 foizini, kasb-hunar kollejlari  va akademik liseylar tizimidagi ishlovchilarning 60 foizini xotin-qizlar tashkil etadi.
Biz bugun haqli ravishda, o'z aqli, bilimi, iste'dodi, mehnatsevarligi va shijoati  bilan hayotning hal qiluvchi sohalarini tebratib - bu oila bekaligi bo'ladimi, davlat va jamiyat boshqaruvi, fermerlik harakati va kasanachilik, kichik biznes va tadbirkorlik bo'ladimi - mana shunday murakkab vazifalarni ayollarimiz samarali ado etib kelayotganini katta g'urur  va  mamnuniyat bilan ta'kidlaymiz.
Viloyatimizda  qishloq xo'jaligida band bo'lganlarning qariyib yarmini xotin-qizlar tashkil etmoqda. O'tgan yili etishtirilgan  bir million  tonnadan ortiq  g'alla,  420 ming tonnadan ortiq  paxta, 3.0 ming tonna pilla,  500 ming tonnaga yaqin  sabzavot, 150 ming tonna  kartoshka, 200 ming tonnadan ortiq  bog'dorchilik mahsulotlari, 900 ming tonnadan ziyod  sut, 230 ming tonnadan ortiq go'sht  mahsulotlarini ishlab chiqarishda, bozor va do'konlarimizdagi to'kinchilik va arzonchilikni ta'minlashda katta hissa qo'shayotgan zahmatkash va fidoyi opa-singillarimizga har qancha tahsin aytsak, arziydi, albatta.
Xotin-qizlarimizning viloyatimiz siyosiy-ijtimoiy hayotidagi o'rni va ta'siri ham ortib borayapti. Xususan, davlat hokimiyatining  barcha  vakillik organlarida xotin-qizlar faol ishtirok etayapti. Oliy Majlis tarkibida 4 nafar, xalq  deputatlari viloyat kengashida 12 nafar, shahar va tuman kengashlarida 51 nafar deputat 'ayollarimiz ish olib borayapti. Siyosiy partiyalar a'zolarining qoriyib 37 foizini, fuqarolik jamiyatining tayanchi bo'lgan nodavlat notijorat tashkilotlarida ishlovchilarning aksariyat qismini xotin-qizlar tashkil etadi.        
Ayniqsa, 644 ta mahallalarimizda ma'naviy-axloqiy tarbiya bo'yicha maslahatchisidek eng nozik, eng murakkab vazifani o'z mas'uliyatiga olgan, oilalarda sog'lom muhitni mustahkamlash, yosh oilalar, ayniqsa, endi hayotga qadam qo'yayotgan qizlarimizga to'g'ri yo'l ko'rsatish, ularning tashvish va muammolarini echishda eng yaqin ko'makchi va maslahatgo'y bo'lib kelayotgan  opa-singillarimiz mehnatini alohida  ta'kidlab  o'tmoqchiman.
Muhtaram Prezidentimiz, o'zlarining 8 mart bayrami munosabati bilan yo'llagan tabriklarida - 'Ham davlat xizmatini, ham jamoat ishini, ham oila va ro'zg'or yumushlarini, ham farzand tarbiyasini qoyil qilib bajarib kelayotgan barcha-barcha ayollarni qahramon deb aytgan bo'lardim',- deb alohida ta'kidladilar. Shuning uchun ham yurtimizda xotin-qizlarimizning fidoyi mehnatlari hamisha qadrlanadi, e'tirof etiladi, taqdirlanadi.   Mustaqillik yillarida  297 nafar viloyatimiz xotin-qizlari davlatimizning  yuksak  mukofotlariga  sazovor bo'lishgan.  2 nafari 'El-yurt hurmati', 1 nafari 'Fidokorona  xizmatlari uchun', 18 nafari 'Mexnat shuhrati', 34 nafari 'Do'stlik', 33 nafari  I va II darajali 'Sog'lom avlod uchun' ordenlari, 70 nafari   faxriy unvonlar, 138  nafari esa  'Shuhrat' medali bilan taqdirlangan.
Ushbu bahor va go'zallik bayrami arafasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari bilan O'zbekiston xalq shoirasi, vafo va sadoqat kuychisi Zulfiya tavalludining 100 yilligi butun mamlakatmizda bo'lgani kabi viloyatimiz bo'ylab ham keng nishonlanayotgani davlatimiz, jamiyatimizning ayollarga bo'lgan yuksak hurmat va ehtiromining yana bir amaliy ifodasidir. Viloyatimizdan ham 16 nafar iste'dodli qizlarimiz Zulfiya nomidagi Davlat mukofotida sazovor bo'lishgan. Kuni kecha Prezidentimiz qarorlari bilan sportning milliy kurash turi bo'yicha 12 karra O'zbekiston chempioni, Osiyo va ko'plab xalqaro sport musobaqalarining g'olibi, chiroqchilik qizimiz Go'zal Rahmonova ham ushbu davlat mukofotiga sazovor bo'ldi.  
Qadrli  onajonlar, aziz opa-singillar!
Yurtboshimizning tashabbuslari bilan 2015 yilning 'Keksalarni e'zozlash yili'  deb e'lon qilinishi, alohida davlat dasturining qabul qilinishi jamiyatimizning ma'naviy, ijtimoiy-iqtisodiy hayotida katta voqea bo'ldi. Bugungi kunda viloyatimizda 100 yoshdan oshganlar soni 180 nafarni tashkil etadi, shundan 157 nafari onajonlarimizdir. Davlat dasturida faxriy xotin-qizlarimizning hayotdagi faolligini yana oshirishga, turmushini yanada farovonlashtirishga alohida e'tibor qaratilgan. 
Albatta, bu qisqa ma'ruza orqali Sizning jamiyat va oila hayotidagi  muhim o'rningiz, qadr-qimmatingizni to'liq e'tirof etolmaymiz.
Buyuk bobokalonimiz Amir Temurdek insonlarni dunyoga keltirgan, tarbiyalagan Teginabegimdek, buyuk sohibqironga eng dono maslakdosh bo'lgan Bibixonimdek onalarning vorislari sanalmish viloyatimiz  xotin-qizlarini qancha ta'riflasak, qancha e'zozlasak shuncha kamlik qiladi.
Muhtarama onaxonlar, opa-singillar!
Siz aziz va mo''tabar  xotin-qizlarni  o'zingiz kabi chiroyli va dilbar bayramingiz bilan yana bir bor qizg'in tabriklayman. Har bir oilaning rizqi butun, dasturxoni to'kin, farzandlari mehr-oqibatli, onalari, ayollari, qizlari e'zozli, izzatli bo'lsin.
Farzandlaringiz va yaqinlaringiz baxtiga, elu- yurtimiz baxtiga hamisha sog'-omon bo'ling!

Matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing.

Bazaviy interaktiv xizmatlar

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 116 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Foydali resurslar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati
www.press-service.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
www.senat.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
www.parliament.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)
www.ombudsman.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
www.prokuratura.uz
   
 
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi
http://gis.uz/

 

Mobil ilovalar

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Reset