wrapper

Maxsus imkoniyatlar

O'zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalari vakillarini davlat hokimiyati organlari huzurida akkreditasiya qilish tartibi to'g'risida
NIZOM


I. Umumiy qoidalar

1. Davlat hokimiyati organlari faoliyatini o'z vaqtida va xolisona yoritish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalari vakillari vakillik va ijro etuvchi hokimiyat organlari huzurida akkreditasiya qilinadi.
2. Ommaviy axborot vositalarining akkreditasiya qilingan vakillarining (keyingi o'rinlarda «muxbirlar» deb ataladi) huquqiy maqomi va kasb faoliyati prinsiplari O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, «Ommaviy axborot vositalari to'g'risida», «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonunlari, mazkur Nizom hamda akkreditasiya qiladigan organlarning nizomlari bilan belgilanadi.

II. Akkreditasiya qilishning asosiy tushunchalari va prinsiplari

3. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
muxbir — mehnat shartnomalari va boshqa shartnomaviy munosabatlar asosida ommaviy axborot vositalari tahririyatlari uchun xabarlar va materiallarni qidirish, to'plash, qayta ishlash va tayyorlash kasbi bilan shug'ullanadigan jismoniy shaxs;
akkreditasiya — muxbirning vakolatlarini davlat hokimiyati organlari tomonidan e'tirof etish tartiboti bo'lib, uning natijalariga ko'ra akkreditasiya qiladigan organ akkreditasiya qiladigan organning faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish uchun ommaviy axborot vositasi (keyingi o'rinlarda «tahririyat» deb ataladi) vakilining o'z sohasini bilishini tasdiqlovchi akkreditasiya qilish to'g'risidagi guvohnomani beradi;
akkreditasiya qiluvchi organ — akkreditasiya tartibotini tashkil etadigan, akkreditasiyani o'tkazadigan vakillik va ijro etuvchi hokimiyat organlari.
4. Akkreditasiya uni o'tkazishga jalb etilgan mutaxassislarning o'z ishini puxta bilishi va muxbirlarning mustaqilligi prinsiplariga asoslanadi.
Akkreditasiyani o'tkazishda o'z ishini puxta bilish kadrlarni tegishli ravishda tanlash, akkreditasiya tartibotida qatnashadigan ekspertlarni tayyorlash tizimi va, zaruriyat bo'lganda, bilimlarning alohida sohalari bo'yicha mutaxassislarni jalb etish yo'li bilan ta'minlanadi.
Mustaqillik akkreditasiya tartibotida akkreditasiya to'g'risida qaror qabul qilinishiga biror-bir moliyaviy, ma'muriy yoki boshqacha ta'sir ko'rsatishdan holi bo'lgan tashkilotlar va ekspertlar, mutaxassislarning qatnashishi bilan ta'minlanadi.
5. Muxbirning akkreditasiya qilinishida uning o'z ishini puxta bilishini aniqlash mezoni akkreditasiya qiladigan organ va ommaviy axborot vositalari vakili faoliyatining o'ziga xosligi hisobga olingan holda, mazkur organning normativ hujjatlari bilan belgilanadi.
6. Akkreditasiya qiladigan organ huzurida o'z muxbirini akkreditasiya qilish huquqiga rasmiy ravishda ro'yxatdan o'tkazilgan ommaviy axborot vositalari egadir.

III. Muxbirlarni akkreditasiya qilish

7. Akkreditasiya qiladigan organlar huzurida ommaviy axborot vositasi muxbirini akkreditasiya qilish uchun tahririyat o'zining rasmiy blankasida bosh muharririning imzosi qo'yilgan, muhr bilan tasdiqlangan buyurtmanoma taqdim etadi.
8. Tahririyatning buyurtmanomasida quyidagilar ko'rsatilishi kerak:
ommaviy axborot vositasining nomi va turi;
ixtisoslashuvi;
tarqalish hududi;
elektron pochta manzili;
tahririyatning telefonlari va fakslari raqamlari;
akkreditasiyaga taqdim etilgan muxbirning familiyasi, ismi va otasining ismi;
kasb vazifalarini bajarish uchun ushbu muxbir o'zi bilan birga olib yurishi zarur bo'lgan apparatlar.
Buyurtmanomaga batafsil ma'lumotlar (muxbirning xizmat mavqei, pasportiga oid ma'lumotlar, diplomi nusxasi, elektron pochta manzili, telefon va faks raqami) mavjud bo'lgan ma'lumotnoma hamda belgilangan shakldagi to'rtta fotosurat ilova qilinadi.
9. Muxbirni akkreditasiya qilish to'g'risidagi buyurtmanoma akkreditasiya qiladigan organ tomonidan tegishli murojaat olingan kundan boshlab bir oy mobaynida ko'rib chiqiladi.
10. Akkreditasiya qilinadigan muxbirlar soni tahririyat tomonidan akkreditasiya qiluvchi organ bilan birgalikda belgilanadi.
11. Akkreditasiya tartiboti quyidagi asosiy tadbirlardan iborat bo'ladi:
buyurtmanomani va taqdim etilgan hujjatlarni ko'rib chiqish;
muxbirlarni attestasiyadan o'tkazish;
akkreditasiya qilish to'g'risida yoki akkreditasiya qilishni rad etish to'g'risida qaror qabul qilish, akkreditasiya to'g'risidagi guvohnomani rasmiylashtirish va berish.
12. Ommaviy axborot vositasi tahririyati tomonidan taqdim etilgan buyurtmanomalar va hujjatlarni ko'rib chiqishni akkreditasiya qiluvchi organ tuzadigan ekspert guruhi amalga oshiradi. Hujjatlarni ko'rib chiqish natijalari ariza tushgan paytdan boshlab o'n kun muddatda ekspert xulosasi bilan rasmiylashtiriladi.
13. Attestasiyani akkreditasiya qiluvchi organ tomonidan rasmiy ravishda tuziladigan komissiya o'tkazadi. Komissiya tarkibi va attestasiyani o'tkazish muddatlari tahririyat bilan kelishilishi kerak. Tahririyat komissiyaning ayrim a'zolari ishtirok etishi va attestasiya o'tkazilishi muddatlari yuzasidan e'tiroz sabablarini asoslagan holda taklif bildirishga haqlidir.
Komissiya attestasiyani akkreditasiya qiluvchi organ tasdiqlagan dasturga muvofiq o'tkazadi. Muxbirning kasbiy sifatlari va layoqatini tavsiflash bo'yicha taqdim etilgan hujjatlarni ko'rib chiqish natijalari to'g'risidagi ekspert xulosasi, shuningdek ekspertiza va attestasiya jarayonida olingan boshqa axborotlar attestasiya komissiyasining qaror qabul qilishi uchun asos hisoblanadi. Attestasiya natijalari attestasiya dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
14. Akkreditasiya qiluvchi organ attestasiya dalolatnomasini ko'rib chiqish natijalari asosida muxbirni akkreditasiya qilish yoki akkreditasiya qilishni rad etish to'g'risida qaror qabul qiladi.
Ommaviy axborot vositalari muxbirlarini akkreditasiya qilish to'g'risidagi buyurtmanoma mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxemaga binoan ko'rib chiqiladi.
15. Ijobiy qaror chiqarilgan taqdirda akkreditasiya qiluvchi organ qaror qabul qilingandan keyin bir hafta muddatda mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo'yicha O'zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositasi muxbirini akkreditasiya qilish to'g'risidagi guvohnomani rasmiylashtiradi va beradi.
16. Akkreditasiya qiluvchi organ akkreditasiya qilingan muxbirga 2 yilgacha muddatda amal qiladigan akkreditasiya to'g'risida guvohnoma beradi.
Akkreditasiya qilish to'g'risidagi guvohnoma akkreditasiya qiluvchi organ reestrida ro'yxatdan o'tkazilgan sanadan boshlab amal qiladi.
17. Akkreditasiyaga taalluqli barcha hujjatlar (buyurtmanomalar, qarorlar, dalolatnomalar, akkreditasiya qilish to'g'risidagi guvohnoma va shu kabilar) davlat tilida rasmiylashtiriladi.
18. Akkreditasiya qiluvchi organ O'zbekiston Respublikasining tegishli qonunlari yoki mazkur Nizom asosida jurnalistni akkreditasiya qilishni rad etishi mumkin. Akkreditasiya qiluvchi organ bunday qarorning sabablari to'g'risida uch kun muddatda ommaviy axborot vositasi tahririyatini yozma shaklda xabardor qiladi.
19. Zarur hollarda davlat hokimiyati organlari huzurida vaqtinchalik yoxud doimiy muxbirlik punktlari tashkil etilishi mumkin.

IV. Akkreditasiya qilingan muxbirlarning asosiy huquqlari va majburiyatlari

20. Akkreditasiya qilingan muxbirlar kasb faoliyati davrida O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquqlardan foydalanadilar va majburiyatlarni bajaradilar.
Muxbirni akkreditasiya qilgan organlar uni majlislar, kengashlar va boshqa tadbirlar to'g'risida oldindan xabardor qiladi, stenogrammalar, protokollar va boshqa hujjatlar bilan ta'minlaydi.
21. Akkreditasiya muxbirning rasmiy shaxslar tashriflari davridagi tadbirlarda bevosita qatnashishini kafolatlamaydi. O'zbekiston Respublikasining yoki xorijiy davlatlarning rasmiy shaxslari tashriflari vaqtida muxbirlarni maxsus akkreditasiya qilish tartibi qonun hujjatlari, shuningdek ushbu tadbirni tayyorlash va o'tkazish uchun mas'ul xizmatlar talablariga binoan belgilanadi.
22. Akkreditasiya qilingan muxbir quyidagi huquqlarga ega:
bo'lajak majlislar, kengashlar va boshqa tadbirlar to'g'risida oldindan axborot olish;
akkreditasiya qilgan organning binolari (xonalari) va ob'ektlariga tegishli guvohnoma (ruxsatnoma) asosida, ushbu organ tomonidan belgilangan tartibda kirish;
uni akkreditasiya qilgan organlar tomonidan o'tkaziladigan majlislar, yig'ilishlar, brifinglar (matbuot konferensiyalari) va boshqa tadbirlarda qatnashish, yopiq tadbir o'tkazilishi to'g'risida qaror qabul qilingan hollar bundan mustasno;
akkreditasiya qilgan organning mas'ul shaxslaridan zarur hujjatlar va materiallarni so'rash va olish, kirish erkin bo'lgan tadbirlarning yozuvlari bilan tanishish va ulardan nusxa olish;
yozuvlardan, matnli materiallar tayyorlashda, akkreditasiya qilingan ommaviy axborot vositalarining tele-, radiodasturlarida foydalanish;
audio-, video- yoki kinosuratga olish, ovoz yozish uchun zarur bo'lgan texnik apparatlardan, shuningdek kompyuter texnikasi vositalaridan faqat akkreditasiya qilgan organning faoliyatini yoritish maqsadlarida foydalanish.
23. Akkreditasiya qilingan muxbir quyidagilarga majbur:
akkreditasiya qilgan organning binosida bo'lishda uning ichki tartib-qoidalariga va ishlarini tashkil etish talablariga rioya qilish;
o'zi ishtirok etayotgan tadbirlarning o'tkazilishiga aralashmaslik (agar tadbir matbuot uchun maxsus tashkil etilmagan bo'lsa);
akkreditasiya qilgan organning faoliyati to'g'risida xolisona axborot berish;
maxsus tadbirlarni o'tkazish qoidalariga rioya qilish;
davlat hokimiyati organlarining faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish to'g'risidagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa talablarni bajarish.

V. Muxbirning akkreditasiyasini to'xtatish va uni akkreditasiyadan mahrum qilish tartibi

24. Quyidagilar akkreditasiyaning to'xtatilishi uchun asos hisoblanadi:
muxbirning tahririyatdan ishdan bo'shatilishi (ushbu holda tahririyat boshqa vakilni akkreditasiya qilish to'g'risidagi ariza bilan akkreditasiya qiluvchi organga murojaat qilishga haqlidir);
muxbir vakili bo'lgan ommaviy axborot vositasi faoliyatining to'xtatilishi;
tahririyat rahbariyati tomonidan muxbirni akkreditasiya qilgan organning faoliyatini yoritishdan chetlatish to'g'risida qaror qabul qilinishi (rasmiy bildirishnoma asosida).
25. Muxbir:
o'zi taklif etilgan tadbirlar o'tkazilishi tartibiga aralashganda;
amaldagi qonun hujjatlarini va mazkur Nizomni muntazam ravishda buzganda akkreditasiyadan mahrum etilishi mumkin.
26. Muxbirni akkreditasiyadan mahrum etish to'g'risidagi qaror akkreditasiya qilgan organ tomonidan qabul qilinadi. Qaror asoslangan, yozma shaklda rasmiylashtirilgan, ommaviy axborot vositalari to'g'risidagi qonun hujjatlari bilan dalillangan bo'lishi kerak.
Akkreditasiya qilgan organ akkreditasiyadan mahrum qilingan muxbirning tahririyatiga qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab besh kun muddatdan kechikmay rasmiy bildirishnoma yuboradi. Bunday qaror kuchga kirgan vaqtdan boshlab akkreditasiya to'g'risidagi guvohnoma haqiqiy emas deb hisoblanadi va u tahririyat tomonidan akkreditasiya qilgan organga qaytarilishi kerak.

VI. Yangi muddatga akkreditasiya qilish

27. Akkreditasiya qilingan muxbirni yangi muddatga akkreditasiya qilish akkreditasiya to'g'risidagi guvohnomaning amal qilish muddati tugagandan keyin tahririyat tomonidan taqdim etilgan buyurtmanoma asosida o'tkaziladi.
28. Tahririyat akkreditasiya qiluvchi organga akkreditasiya to'g'risidagi guvohnomaning amal qilish muddati tugashidan bir oy oldin buyurtmanoma berishi kerak.
Yangi muddatga akkreditasiya qilish akkreditasiya qilingan muxbirning oldingi akkreditasiyasi davridagi benuqson faoliyatini hisobga olgan holda soddalashtirilgan tartibot bo'yicha amalga oshirilishi mumkin.

VII. Texnik xodimlar va xizmat ko'rsatuvchi xodimlar

29. Tarjimonlar, teleoperatorlar, fotomuxbirlar, tele-, kino- va videoapparatlarga, aloqa vositalariga xizmat ko'rsatuvchi mutaxassislar tahririyatning muxbirlarga biriktirilgan texnik xodimlari bo'lishi mumkin.
30. Akkreditasiya qilingan muxbirlar texnik va xizmat ko'rsatuvchi xodimlarni ishga yollashi mumkin.
Jalb etiladigan texnik xodimlarning shaxsiy tarkibi akkreditasiya qiluvchi organ bilan kelishiladi. Ularga o'z faoliyatini amalga oshirishlari uchun akkreditasiya qiluvchi organ tomonidan tegishli guvohnoma beriladi.
31.Akkreditasiya qilingan muxbirning texnik va xizmat ko'rsatuvchi xodimlariga jurnalistlik faoliyati bilan shug'ullanish taqiqlanadi.

VIII. Yakunlovchi qoidalar

32. Davlat hokimiyati organlari huzuridagi akkreditasiyani amalga oshirish tartibi bilan bog'liq nizoli masalalar paydo bo'lgan taqdirda manfaatdor tomon qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ular yuzasidan sudga shikoyat qilishi mumkin.
33. Akkreditasiya qiluvchi organ va ommaviy axborot vositalarining muxbirlari mazkur Nizom hamda ommaviy axborot vositalari sohasidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishi uchun javob beradilar.

Attachments:
FileFile size
Download this file (akkreditasiya_nizom.doc)Akkreditasiya Nizomi65 kB
Matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing.

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 159 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family