Yer munosabatlarini tartibga solish bo'yicha axborotlar taqdim etish va erga egalik qilish huquqini berish yuzasidan hujjatlar qabul qilish, qaror chiqarish interaktiv davlat xizmati
- On-layn ariza tuldirish
- Aholi punktlarida qurilishni tashkil etish uchun er maydonlarini taqdim etishga elektron ariza yuborish
Yer munosabatlarini tartibga solish bo'yicha axborotlar taqdim etish va erga egalik qilish huquqini berish yuzasidan hujjatlar qabul qilish, qaror chiqarish interaktiv davlat xizmati
Umumiy ma`lumotlar
1. Xizmat haqida: Yer munosabatlarini tartibga solish bo'yicha axborotlar taqdim etish va erga egalik qilish huquqini berish yuzasidan hujjatlar qabul qilish, qaror chiqarish
2. Interaktiv xizmat natijasi: Veb-saytning ushbu interaktiv xizmat bo'limiga kirganda Yer munosabatlarini tartibga solish bo'yicha axborotlar taqdim etish va erga egalik qilish huquqini berish yuzasidan hujjatlar qabul qilish, qaror chiqarish to'g'risida axborotlarni olish yoki ma'lumotlarni foydalanuvchi kompyuteriga yuklab olish imkoni yaratiladi.
3. Interaktiv xizmat ko'rsatuvchi tashkilot va korxonalar va xizmat ko'rsatish manzili.:Viloyat hokimligi rasmiy veb-saytida Interaktiv xizmatlar xavolasida mavjud ( http://qashqadaryo.uz/index.php/interaktiv-xizmatlar/interaktiv-davlat-xizmatlar/98-bazaviy-interaktiv-xizmatlar/267-yer-munosabatlarnini-tartibga-solish-bo-yicha-axborotlar-va-erga-egalik-qilish-huquqini-berish-yuzasidan-hujjatlar-qabul-qilish)
4. Qonuniy asosi:
- O'zbekiston Respublikasining er kodeksi. - O'zbekiston Respublikasining shaharsozlik kodeksi. - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 07.04.2014 yildagi «O'zbekiston Respublikasida investisiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida» №PF-4609-sonli farmoni. - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 15.04.2014 yildagi «Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini ko'rsatish bilan bog'liq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida» №2164-sonli qarori. - O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.02.2013 yildagi «Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish hamda qishloq xo'jaligiga oid bo'lmagan ehtiyojlar uchun er uchastkalari berish shuningdek obektlarni qurishga ruxsatnomalar berish tartibini tubdan soddalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida» №54-sonli qarori. - O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.05.2013 yildagi «O'urilish sohasida ruxsat beruvchi tusdagi hujjatlarni berish tartibotlarini amalga oshirish muddatlari va qiymatini belgilashda tabaqalashtirilgan yandashuv tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida» №150-sonli qarori.
5. Xizmatdan foydalanuvchilar: Qashqadaryo viloyat hokimligining rasmiy veb-saytida ko'rish imkoniyati bo'lgan yuridik shaxslar.
6. Xizmatdan foydalanishga so'rov yuborish muddati: So'rovnoma yuborish ko'zda tutilmagan.
7. Bajarish muddati: Bir lahzada er munosabatlarini tartibga solish bo'yicha axborotlar taqdim etish va erga egalik qilish huquqini berish yuzasidan hujjatlar qabul qilish, qaror chiqarish bo'yicha ma'lumotlarni o'qitish va yuklab olish mumkin.
8. So'rovnomani qabul qilinganligi tasdiqlash muddati: So'rovnoma yuborish ko'zda tutilmaganligi sababli muddat o'rnatilmagan.
Xizmatdan foydalanuvchilarga ma'lumotlarni taqdim etish
1. Axborot tarkibi va hajmi: Yer munosabatlarini tartibga solish bo'yicha axborotlar taqdim etish va erga egalik qilish huquqini berish yuzasidan hujjatlar qabul qilish, qaror chiqarish...
2. So'rovga asosan beriladigan axborotlar: So'rovnoma yuborish ko'zda tutilmagan. Qashqadaryo viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga kirib bir lahzada ma'lumot olish mumkin.
3. Interaktiv xizmat ko'rsatish joyi:Qarshi shahar, Mustaqillik maydoni 1 uy. Qashqadaryo viloyat hokimligidan yoki rasmiy veb-sayt orqali.
4. Talab qilinadigan hujjat blanklari: Tasdiqlangan ariza asosida.
Xizmat ko'rsatish
1. Ish vaqti: Dushanba kunidan juma kuniga qadar soat 9:00 dan 18:00 (tushlik 13:00 dan 14:00) gacha
2. Kutish vaqti:Kutish shartlari mavjud emas.
Xizmat ko'rsatish jarayoni
1. Zaruriy hujjatlar
- Yuridik shaxslar uchun - huquqiy shakli va nomi, lavozimi, vakilning familiyasi, ismi, sharifi, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar.
- Jismoniy shaxslar uchun - familiyasi, ismi va sharifi, pasport raqami va seriyasi, jismoniy shaxsning turar joyi.
-Telefon, faks, e-mail.
2. Xizmat uchun to'lov. Xizmat bepul.
3. Interaktiv xizmat ko'rsatish bosqichlari Bosqichlar mavjud emas.
4. Xizmat ko'rsatish uchun ichki idoraviy jarayonlar. 1) Jarayon 1: Ma'lumotlarni tayyorlash; 2) Jarayon 2: Veb-saytga joylashtirish;
5. Rad etish sabablari Rad etish sabablari mavjud emas.
Sifatni ta'minlash
1. Sifat ko'rsatkichlari: Rasmiy veb-saytdagi virtual murojaat orqali o'z baholarini qo'yishi mumkin.
2. Ko'rsatilgan xizmatga oid shikoyatlar: Xizmatdan norozi bo'lgan shaxslar, rasmiy veb-saytdagi virtual murojaatlar orqali o'z shikoyatlarini qoldirishlari mumkin.
Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun er uchastkalari berish (realizasiya qilish)
Yakka tartibda uy-joy qurish uchun er uchastkasi — bu qayd etilgan chegaraga, maydonga, joylashgan joyga, huquqiy rejimga va davlat er kadastrida aks ettiriladigan boshqa tavsiflarga ega bo´lgan yakka tartibda uy-joy qurish uchun mo´ljallangan er fondining bir qismi. 2008 yil 1 yanvargacha yakka tartibda uy-joy qurish uchun er uchastkasi tumanlar (shaharlar) hokimlari tomonidan qishloq xo´jaligi va o´rmon xo´jaligi tarkibiga kirmaydigan erlardan belgilangan tartibda faqat O´zbekiston Respublikasi fuqarolariga bir oilaga 0,06 gektargacha meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish uchun beriladi. 2008 yil 1 yanvardan boshlab yakka tartibda uy-joy qurish uchun er uchastkalari kimoshdi savdolari asosida fuqarolarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotiladi. «Qishloq qurilish invest» injiniring kompaniyasi ishtirokida qurilgan uy-joy joylashgan er uchastkasi tuman hokimining qaroriga binoan, yakka tartibda uy-joy quruvchiga (O´zbekiston Respublikasi fuqarosiga) har bir imorat soluvchiga 0,06 gektardan kimoshdi savdosi o´tkazmasdan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi bilan ajratiladi.
Yer uchastkalari berishda (realizasiya qilishda) fuqarolarning arizalarini ko´rib chiqish tartibi
Yakka tartibda uy-joy qurish uchun er uchastkasi olish uchun ariza tuman (shahar) hokimligiga beriladi. Arizaga ariza beruvchining doimiy yashash joyi bo´yicha turar joylarning kadastr ishi nusxasi (mavjud bo´lgan taqdirda) va fuqarolarning o´zini o´zi boshqarish organlarining oilaning tarkibi to´g´risidagi ma´lumotnomasi ilova qilinadi. «Qishloq qurilish invest» injiniring kompaniyasi ishtirokida yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun ajratilgan er massivida uy-joy qurishga buyurtma rasmiylashtirgan yakka tartibda uy-joy quruvchi kompaniyaning hududiy filiallariga aniq er uchastkasini va tanlab olingan namunaviy loyihani ko´rsatgan holda yozma ariza bilan murojaat qiladi. Ariza tuman (shahar) hokimi boshchilik qiladigan, er uchastkalari berish (realizasiya qilish) masalalarini ko´rib chiqish bo´yicha doimiy ishlaydigan komissiya (keyingi o´rinlarda «komissiya» deb yuritiladi) tomonidan ko´rib chiqiladi. Komissiya tarkibiga «Ergeodezkadastr» davlat qo´mitasi, tabiatni muhofaza qilish, arxitektura va qurilish organlari, sanitariya-epidemiologiya xizmati, fuqarolar yig´inlari vakillari va boshqa shaxslar kiritiladi. Komissiya ariza olingan kundan boshlab 10 kun muddatda er uchastkasi berishning maqsadga muvofiqligi yoki er uchastkasi berish asosli ravishda rad etilishi to´g´risida xulosa chiqaradi. Fuqarolarga belgilangan tartibda kimoshdi savdosida er uchastkasini sotishda komissiyaning qarori talab qilinmaydi.
Yer uchastkalari birinchi navbatda:
• YEr davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo´yilishi munosabati bilan uylari buzilayotgan fuqarolarga;
• Ikkinchi jahon urushi nogironlari va qatnashchilariga;
• Baynalmilal jangchilarga;
• Halok bo´lgan harbiy xizmatchilar va ularga tenglashtirilgan shaxslarning oilalariga;
• Mehnat faxriylariga;
• O´zlari egallab turgan davlat turar joy fondining turar joylarini shahar va tuman hokimliklariga berayotgan fuqarolarga beriladi.
Tuman (shahar) hokimi komissiyaning ijobiy xulosasi asosida 10 kun muddatda yakka tartibda uy-joy qurish uchun er uchastkasi berish to´g´risida qaror qabul qiladi. Er uchastkasini kimoshdi asosida sotishda hokimning qarori kimoshdi natijalari asosida 10 kun muddatda qabul qilinadi.
Tuman (shahar) hokimining qarori asosida tuman (shahar) arxitektura va qurilish organlari tomonidan «Ergeodezkadastr» davlat qo´mitasining hududiy organlari bilan birgalikda uch kun muddatda er uchastkasi ajratish va uning chegaralarini naturada chiqarish amalga oshiriladi hamda quyidagi hujjatlar beriladi:
• tuman (shahar) hokimining qaroridan ko´chirma;
• uchastka chegaralari chizilgan massivning bosh rejasidan nusxa.
YEr uchastkalari berish to´g´risida iltimos qilgan barcha fuqarolarga er uchastkalari ajratish imkoniyati bo´lmagan hollarda tuman (shahar) hokimligi er uchastkalari olishga ehtiyojmandlarning hisobini yuritadi. Navbatda turish tartibida er uchastkalari olishga ehtiyojmand bo´lgan fuqarolar ro´yxati tuman (shahar) hokimi tomonidan bir yilda kamida bir marta tasdiqlanadi. Iltimos qiluvchilar er uchastkasi berishning taxminiy muddati ko´rsatilgan holda tasdiqlangan ro´yxatga kiritilganlik to´g´risida xabardor qilinishi kerak. Yakka tartibda uy-joy qurish uchun mo´ljallangan bo´sh er uchastkalari mavjud emasligi er uchastkasi berish rad etilishi uchun asos hisoblanadi. Er uchastkasi berish rad etilgan taqdirda hokimlik uch kun muddatda bu haqda ariza beruvchini yozma ravishda xabardor qiladi. Er uchastkasi berish rad etilishi ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish mumkin.
Qashqadaryo viloyati Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi
Qarshi shahar Nasaf ko‘chasi 1a uy.
Marshrut №: 12, 28, 37, 9, 17.
Tel: (998 75) 227-51-13, faks (998 75) 227-50-93.
Qashqadaryo viloyati Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasida tahliliy ma’lumotlar.
Davlat kadastr xizmatining asosiy vazifasi O‘zbekiston Respublikasining “Yer kodeksi”, “Davlat yer kadastri”, “Davlat kadastrlari to‘g‘risida”gi qonunlari, Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 2-iyundagi 278-sonli, 1998 yil 31-dekabrdagi 543-sonli, 2014 yil 7-yanvardagi 1-sonli qarorlariga asosan turar joy va turar joy bo‘lmagan bino (inshoot)larni xatlovdan o‘tkazib kadastr hisobini yaratish, yuridik va jismoniy shaxslarning bino va inshootlarga bo‘lgan mulkiy huquqini hamda ular foydalanishidagi yer maydonlariga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazib, jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan binolar va inshootlarni baholash, qayta baholash, oldi-sotdi, hadya qilish, meros, ijara va garovga berish kabi ishlarni hal etishda mulkdorlarga kadastr hujjatlarini tayyorlab berish, yer uchastkalarining topografik tasvirini yaratish hamda ularni yagona davlat kadastrlari tizimiga kiritib viloyatda yagona davlat kadastri geoaxborot tizimini yaratishdan iboratdir.
Amalga oshirilayotgan ishlarimiz bo‘yicha 9482 ta yuridik shaxslarning 18302 gektar yer uchastkalari topografik tasvirga tushirilib binolar va inshootlariga bo‘lgan mulkiy hamda yer uchastkalaridan foydalanish huquqlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan shuningdek jismoniy shaxslarning 9846 ta turar joy bo‘lmagan, 428541 ta turar joy bino va inshootlari inventarizatsiya qilingan, baholangan va qayta baholanib ushbu to‘g‘risidagi ma’lumotlar joylardagi soliq idorlariga taqdim etilgan.
Mulk egalari uchun ko‘chmas mulkga oid huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish juda muhim va majburiydir.
Amaldagi qonun va me’yoriy hujjatlarda davlat ro‘yxatidan o‘tmagan yer uchastkasidan foydalanish huquqini belgilovchi va bino, inshootlarga egalik huquqini belgilovchi hujjatlar yuridik kuchga ega emasligi ta’kidlangan.
Ro‘yxatga olish – bu ko‘chmas mulkga oid huquqlarni davlat tomonidan himoya qilinishini ta’minlash maqsadida yuridik qayd etishning rasmiy ko‘rinishidir. Ro‘yxatga olish yer uchastkalari va ko‘chmas mulkning boshqa turlariga oid hujjatlar bilan tasdiqlangan huquqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni davlat kadastri reestriga kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Ko‘chmas mulkga oid huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganda mulkdorlarga yer uchastkasidan foydalanish va binolar, inshootlarga bo‘lgan huquqlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganda mulkdorlarga er uchastkasidan foydalanish va binolar, inshootlarga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida maxsus guvoxnomalar va uning ajralmas qismi bo‘lgan kadastr hujjati beriladi. Mazkur guvoxnomalar va kadastr hujjati ko‘chmas mulk bilan bog‘liq turli bitimlarni tuzishda, yer uchastkasiga va bino, inshootlarga oid turli kelishmovchiliklarni hal etishda hamda ko‘chmas mulkga oid mulkdorning huquqlarini himoya qiladi.
Yuridik va jismoniy shaxs mulkga egalik va yer uchastkasidan foydalanish huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazgandan so‘nggina mazkur mulkning qonuniy egasi hisoblanadi aks holda egalik huquqi ta’minlanmaydi. Ko‘chmas mulkga bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi mulkdor huquqining davlat himoyasidagi kafolatidir.
Fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlariga qulaylik yaratish maqsadida ularga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulklarga kadastr hujjatini tayyorlatish va unga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun viloyatning tuman, shahar “Yermulkkadastr” davlat korxonalarida “Bir oyna” tizimi asosida ish yuritish yo‘lga qo‘yilgan. SHuningdek viloyatning tuman, shahar “Yermulkkadastr” davlat korxonalari o‘zining elektron pochta manziliga ega.
Fuqarolar, tadbirkorlik sub’ektlari va boshqa yuridik shasxlar o‘zlariga tegishli ko‘chmas mulklarga kadastr hujjatlarini tayyorlash, ularga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish uchun kadastr idoralariga elektron holatda murojaat qilishlari ham mumkin. Ushbu ma’lumotlar me’yoriy hujjatlarda belgilangan muddatlarda kadastr xizmatlari ko‘rsatilishini kafolatlaymiz.
![]() |
Usmonov Jasur Ziyodullaevich Boshqarma boshlig´i Tel: (+99875) 227-74-72 Faks: (+99875) 227-75-56. Qabul kunlari: Juma 09:00-12:00 |
Asosiy xizmatlar
- Bazaviy interaktiv xizmatlar
- Interaktiv xizmatlar
- Qo'shimcha va ma'lumotlar shaklidagi xizmatlar
Jismoniy shaxslar uchun
Yuridik shaxslar uchun
- Aholi punktlarida qurilishni tashkil etish uchun er maydonlarini taqdim etishga elektron ariza yuborish
- Bo'sh ish o'rinlari
- Bolalarni maktabgacha tarbiya muassasalariga qabul qilish bo'yicha arizalarni qabul qilish
- Fermerlik xo'jaligini ro'yxatdan o'tkazish uchun onlayn tarzda ariza berish
- Kommunal xizmatlar hisoblagichi
- Nafaqa va pensiya tayinlash to'g'risida axborotlar taqdim etish va onlayn ariza yuborish
- Nafaqa va yordam puli miqdori haqida ma'lumotnoma olish uchun elektron ariza yuborish
- Notariuslar notarial harakatlarni amalga oshirganliklari uchun Davlat boji stavkalari
- Oilalar uchun mavjud ijtimoiy nafaqalar haqida ma'lumot taqdim etish
- Oilaviy tadbirkorlikni ro'yxatdan o'tkazish uchun onlayn tarzda ariza berish
- Soliqlar onlayn to`lovi
- Tadbirkorlik subyektlarini ro'yxatga olish bilan bog'liq xizmatlar
- Viloyat hokimi qabuliga yozilish
- Viloyat hokimligi umumiy bo'limga onlayn murojaat yuborish
- Xorijiy tillarni o’rgatish bo’yicha o’quv kurslarini tashkillashtirish sohasidagi nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini amalga oshirish bo'yicha litsenziya olish uchun ariza yuborish
- Yuridik shaxs tashkil etgan holda dehqon xo'jaligini ro'yxatdan o'tkazish uchun ariza yuborish
- Yuridik shaxs tashkil etgan holda tadbirkorlik subyektlarini ro'yxatga olish uchun onlayn tarzda ariza yuborish (MChJ)
- Yuridik shaxs tashkil etmagan holda yakka tartibdagi tadbirkor yoki dehqon xo'jaligini tashkil etish uchun onlayn tarzda ariza yuborish
- 16 va undan katta yoshdagi nogironlarni protez-ortopediya mahsulotlari va reabilitasiya texnik vositalari bilan ta´minlash talonini rasmiylashtirishda tibbiy xulosa olish uchun elektron ariza taqdim etish
- 16 va undan katta yoshdagi nogironlarni reabilitatsiya qilishda yakka tartibdagi dasturdan dublikat olish uchun elektron ariza taqdim etish
- 16 va undan katta yoshdagi nogironlarning reabilitasiya markaziga order olishlari uchun elektron ariza taqdim etish
- Balog´at yoshiga etmagan fuqaroga vasiylik tayinlash to´g´risida axborotlar taqdim etish
- Davlat yo´l harakati havfsizligi organlari tomonidan yo´l qoidasi buzilishi yuzasidan belgilanadigan jarima miqdori bo´yicha ma´lumotlar taqdim etish
- Ichki ishlar vazirligi Kirish-chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi tomonidan ko´rib chiqilayotgan huquqbuzarliklar va jarimalar miqdori to´g´risida ma´lumotlar taqdim etish
- Kadastr hujjatlarini tayyorlash va davlat ro´yxatidan o´tkazish
- Mexribonlik uyiga joylashtirish to´g´risida axborotlar taqdim etish
- Namunaviy loyihalar bo´yicha yakka tartibdagi zamonaviy uy-joylar to´g´risida axborotlar taqdim etish
- Noturar joylarni turar joyga o´tkazish to´g´risida axborotlar taqdim etish
- O'rta maxsus, kasb-xunar ta'limi tizimi to'g'risida ma'lumot taqdim etish. Viloyatdagi Akademik litsey va kasb-xunar kollejlari ro'yxati
- Ommaviy tadbirlarni o’tkazishga ruxsat olish uchun ariza yuborish
- Oylik maoshini tasdiqlash to´g´risidagi arxiv ma´lumotnomalarini berish
- Soliq qarzi mavjud emasligi to´g´risidagi ma´lumotnomani elektron shaklda olish
- Soliq to´lovchining individual raqami (STIR) haqida onlayn ma´lumot olish
- Turar joylarga egalik xuquqini tasdiqlash to´g´risida axborotlar taqdim etish
- Turar joylarni xususiylashtirish to´g´risida axborotlar taqdim etish
- Umumiy o'rta ta'lim tizimi to'g'risida ma'lumot taqdim etish. Viloyatdagi umumiy o`rta ta'lim maktablari ro'yxati
- Viloyat oliy o´quv yurtlariga o´qishga kirish tartibi to´g´risida axborotlar taqdim etish
- Viloyatdagi fuqarolar yig'inining raislari xamda fuqarolar yig'inidagi mavjud telefon raqamlari to'g'risida malumot.