wrapper

Maxsus imkoniyatlar

Ish tartibi

 

1. Umumiy qoidalar

 

1. Ushbu Reglament O´zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 100-moddasi, ´Mahalliy davlat hokimiyati to´g´risida´gi O´zbekiston Respublikasi Qonuni, O´zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari hamda Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi 12-sonli ´Ijro intizomini mustaxkamlash chora-tadbirlari to´g´risida´gi karori talablari asosida viloyat hokimligining faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Viloyat hokimligi viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari amalga oshirilishini, hududlarda O´zbekiston Respublikasi Qonunlari, Oliy Majlisning palatalari qarorlari, O´zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, xalq deputatlari viloyat Kengashi hamda viloyat hokimining qaror va farmoyishlari, bayonnomalari, topshiriqlari ijrosini ta´minlaydi.
Davlat boshqaruvi organlarining o´zini-o´zi boshqarish organlari hamda nodavlat tashkilotlar bilan aloqalarini muvofiqlashtiradi, aholini viloyat, tuman va shaharni boshqarishga jalb etishni ta´minlaydi.
3. Viloyat hokimligi o´z faoliyati yuzasidan O´zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hamda xalq deputatlari viloyat Kengashi oldida hisob beradi.
4. Viloyat hokimligi vakolatlarining amalga oshirilishi viloyat hokimi, hokim o´rinbosarlari, mahalliy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, tuman va shahar hokimlari, viloyat hokimligining doimiy, muvaqqat komissiyalari, tegishli qarorlar bilan tashkil etilgan boshqa ishchi organlarning hamda viloyat hokimligi apparatining tashkiliy-amaliy ishi bilan ta´minlanadi.
5. Viloyat hokimligi faoliyati viloyat hokimi tomonidan tashkil etiladi.
Viloyat hokimi qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlar doirasida hududdagi barcha organlar, korxonalar va tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo´lgan qarorlar chiqaradi.
Viloyat hokimining me´yoriy tusdagi yoki muhim ahamiyatga ega bo´lgan hujjatlari qaror shaklida qabul qilinadi.
Viloyat hokimining tezkor va boshqa joriy masalalar bo´yicha hujjatlari farmoyish shaklida qabul qilinadi.
6. Viloyat hokimligi apparati o´z faoliyatida O´zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va O´zbekiston Respublikasining ´Mahalliy davlat hokimiyati to´g´isida´gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 29 martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan ´Qoraqalpog´iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, O´zbekiston Respublikasi viloyatlari, shaharlari va tumanlari hokimliklari apparatlarida ish yuritish va hujjatlar ijrosini nazorat qilishni tashkil etish bo´yicha yo´riqnoma´ hamda ushbu reglamentga amal qiladi.
Maxfiy hujjatlar bilan ishlash tartibi maxsus yo´riqnomalar bilan belgilanadi.
Fuqarolarning takliflari, arizalari va shikoyatlari bo´yicha ish yuritish O´zbekiston Respublikasining ´Fuqarolarning murojaatlari to´g´risida´gi Qonuni asosida amalga oshiriladi.
7. Hokimlik apparatining umumiy bo´limi viloyat hokimi ko´rsatmasiga binoan hokimlik apparati xodimlarini O´zbekiston Respublikasi Qonunlari, O´zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda hokimlikka kelgan boshqa me´yoriy hujjatlar hamda mazkur reglament bilan tanishtiradi.

II. Viloyat xokimligi apparatining tuzilmasi

1. Viloyat hokimligi apparatiga hokim rahbarlik qiladi. Hokim O´zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan miqdorda birinchi o´rinbosar va o´rinbosarlarga ega bo´ladi.
Viloyat hokimi o´rinbosarlari hokim tomonidan belgilangan vazifalar taqsimotiga muvofiq ish bajaradilar.
2. Viloyat hokimligi apparati hokim tomonidan Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan namunaviy tuzilma asosida xalq deputatlari viloyat Kengashi tasdiqlagan byudjet doirasida shakllantiriladi.

III. Viloyat hokimligi apparatining tarkibiy bo´linmalari

Viloyat hokimligi apparati bo´limlar, guruhlar, hokim o´rinbosarlari kotibiyatlari va ishlar boshqarmasi singari tarkibiy bo´linmalardan iborat bo´ladi. Ushbu bo´linmalar faoliyati ularning rahbarlari tomonidan viloyat hokimining qarori bilan tasdiqlangan Nizomlar asosida tashkil etiladi.
Viloyat xokimligi apparati:
-sohalar va hududlarda o´tkazilayotgan islohotlarni chuqurlashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan maqsadli dasturlarning amalda bajarilishini ta´minlaydi;
-hokimlik muhokamasiga kiritilayotgan hujjatlar loyihalarini belgilangan muddatda ishlab chiqilishini tashkil qiladi. Yuqori tashkilotlar hamda hokim qaror va farmoyishlarining mahalliy boshqaruv organlari hamda idoralari tomonidan o´z vaqtida bajarilishini ta´minlaydi va nazoratini tashkil qiladi;
-bo´lim, guruh va kotibiyat vakolatiga taalluqli masalalar bo´yicha tahliliy hujjatlarni tayyorlaydi va hokimlikka tushgan axborot, taklif va mulohazalarni umumlashtiradi.
Ijrochi qilib bir necha xodim ko´rsatilgan taqdirda, ismi sharifi birinchi ko´rsatilgan mas´ul xodim ijro uchun javobgar hisoblanadi.
Hokimlik apparatining bo´lim, guruh va kotibiyatlari rahbarlari o´z bo´linmalaridagi hujjatlarning o´tishi va ijrosi haqida har oylik ma´lumotlarni tayyorlaydilar. Hokimlikning hujjatlarini nomenklaturaga asosan arxivga topshirish uchun takdim etadilar.
Viloyat hokimligi apparati bo´linmalari faoliyatiga viloyat hokimi va hokim o´rinbosarlari rahbarlik qiladilar. Ularning ichki apparat va hujjatlar bilan ishlash borasidagi faoliyati tashkiliy-nazorat guruhi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.

IV.Viloyat hokimligiapparati ishini rejalashtirish

1. Viloyat hokimligi apparati faoliyati hududni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishning istiqbolga va bir yilga mo´ljallangan maqsadli dasturlari asosida tuziladigan bir yillik ish yo´nalishlari, choraklik ish rejalari hamda viloyat hokimi qarori bilan tasdiqlanadigan asosiy tadbirlar jadvaliga muvofiq olib boriladi.
2. Viloyat hokimligi ish rejasida quyidagi masalalar nazarda tutiladi:
-kadrlar bilan ishlash (rahbarlik lavozimlariga kadrlar tayyorlash va ehtiyoj asosida mutaxassis kadrlar tayyorlash);
O´zbekiston Respublikasi Qonunlari, O´zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oliy Majlis palatalari qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari, xalq deputatlari viloyat Kengashi va viloyat hokimi qarorlari ijrosini tashkil etish hamda nazoratini amalga oshirish;
-Davlat dasturlari hamda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo´yicha qabul qilingan maqsadli dasturlar ijrosini tashkil etish;
-viloyatda, hududlarda iqtisodiy islohotlarning borishini tahlil qilish;
-viloyat hokimligi huzuridagi komissiyalar, kengashlar va ishchi guruhlar faoliyatini tashkil etish va majlislarini o´tkazish;
-viloyat hokimlik soati majlislarini o´tkazish;
-nazorat va ijro;
-fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash.
3. Viloyat hokimi o´rinbosarlari va hokimlik apparatining bo´linmalari o´z ish faoliyatlarini tegishli soha bo´yicha tuzilgan, viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan bir yillik asosiy ish yunalishlari hamda choraklik ish rejalari asosida tashkil etadilar.
4. Asosiy ish yo´nalishlari va tadbirlar jadvalidan kelib chiqib, choraklik ish rejasiga kiritiladigan asosiy masalalar ro´yxatini nazarda tutgan holda hokim o´rinbosarlari o´z majmualari bo´yicha oylik ish rejalarini tuzadilar. Shuningdek, har bir guruh, kotibiyat, bo´lim va mutaxassislar ham o´z ish faoliyatlarini oylik ish rejalari asosida amalga oshiradilar.
5. Hokim o´rinbosarlari hamda hokimlik apparati bo´linmalarining ish rejalariga asosan axborot-tahlil guruhi tomonidan viloyatda choraklik, yarim yillik va yillik asosiy tadbirlar dasturi tuziladi va u viloyat hokimi tomonidan tasdiqlanadi.
6. Guruhlar rahbarlari, kotibiyat va bo´lim mudirlarining choraklik ish rejalari bo´ysunuv asosida hokim va tegishli hokim o´rinbosarlari tomonidan tasdiqlanadi. Guruh, kotibiyat va bo´limlar mutaxassislarning ish rejalari tegishli bo´linma rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
7. Ish rejalarining bajarilishi monitoringi chorak yakunida axborot-tahlil guruhi va tashkiliy-nazorat guruhi tomonidan o´tkazilib, viloyat hokimligi apparati yig´ilishi muhokamasiga kiritiladi.

V.Viloyat xokimligida asosiy yig´ilishlar va tadbirlarni o´tkazish tartibi

Viloyatda hokimi rahbarligida quyidagi asosiy yig´ilish va tadbirlar tasdiqlangan jadval asosida o´tkaziladi:
1. Viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va islohotlarning borishini baholashga bag´ishlangan, har bir chorak va yil yakunlari bo´yicha o´tkaziladigan viloyat faollari yig´ilishi.
2. Viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid masalalarining tezkor muhokamasiga bag´ishlangan, har oyning oxirgi dushanba kunida o´tkaziladigan hokimlik soati yig´ilishi.
Z. Har oyning ikkinchi juma kunida o´tkaziladigan ´Kadrlar kuni´ tadbirlari.
4. Har oyning uchinchi dushanba kuni o´tkaziladigan ´Maktablar kuni´ tadbirlari.
5. Har oyning uchinchi juma kuni o´tkaziladigan kichik va o´rta biznes hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag´batlantirish bo´yicha muvofiqlashtirish Kengashi yig´ilishi.
6. Komissiya rejasiga asosan Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi viloyat komissiyasining yig´ilishlari.
7. Har chorakda o´tkaziladigan korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy ahvolini barqarorlashtirish, iqtisodiy nochor, past rentabelli korxonalarni aniqlash va ularni sog´lomlashtirish, tarkibiy o´zgartirish yoki tugatish asosida samarali raqobatga qodir bo´lgan ishlab chiqarishlarni tashkil etish bo´yicha tegishli viloyat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengash yig´ilishlari.
8. Har oyning birinchi shanba kuni ´Bolalar sportini rivojlantirish´ jamg´armasi viloyat filiali homiylik Kengashi yig´ilishi.
9. Har chorakda o´tkaziladigan ´Ma´naviyat va ma´rifat´ masalalari bo´yicha kengash yig´ilishlari
10. Har oyning birinchi juma kuni ´Ma´naviyat va ma´rifat kuni´ tadbirlari.
11. Har oyning to´rtinchi haftasi juma kuni o´tkaziladigan toponimik ob´ektlarga nom berish masalalarini muvofiqlashtiruvchi viloyat komissiyasi yig´ilishlari.
12. Har oyning birinchi dushanba kuni hokimlik apparati yig´ilishi.
13. YEr uchastkalarini berish (realizasiya qilish) masalalarini ko´rib chiquvchi viloyat komissiyasi yig´ilishlari.
Viloyat hokimining yil yakunlari bo´yicha mehnat jamoalarida va har bir qishloq xo´jaligi mavsumi oldidan fermerlar bilan hamda viloyat iqtisodiyoti tarmoqlari rahbarlari bilan har oyda an´anaviy uchrashuvlari o´tkaziladi. Hokim tomonidan viloyat hokimligida va hududlarda fuqarolar sayyor qabul qilinadi.
Hokim o´rinbosarlari ´ majmualar rahbarlari o´z sohalari bo´yicha yig´ilishlarni va o´zlari rahbarlik qilayotgan komissiya va ishchi guruhlar yig´ilishlarini yuqoridagilardan kelib chiqib rejalashtiradilar.
Viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo´yicha qabul qilingan maqsadli dasturlar ijrosini tashkil etish bo´yicha tuzilgan ishchi guruhlari har oy yakunlari bo´yicha o´z yig´ilishlarini o´tkazadilar. Ushbu yig´ilishlar soat 17.00 dan keyin o´tkaziladi.
Asosiy tadbirlar, kengashlar va ishchi guruhlarining yig´ilishlari unga rahbarlik qiluvchi tomonidan hududlarda sayyor tarzda o´tkazilishi ham mumkin.
Asosiy tadbirlarni tayyorlash ishlari viloyat hokimligining tegishli bo´linmalari tomonidan amalga oshiriladi va muvofiqlashtirish ishlari tashkiliy-nazorat guruhi rahbari va ishlar boshqaruvchisi zimmalariga yuklatiladi. Sayyor tadbirlarni tayyorlash uchun mas´uliyat tegishli bo´linma va hudud rahbari zimmalariga yuklatiladi.

VI. O´zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O´zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, Vazirlar Maxkamasi qaror va farmoyishlari bilan ishlash

1. Hokimlikka kelgan Prezident Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oliy Majlis palatalari qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qaror hamda farmoyishlari umumiy bo´limda ro´yxatga olingandan viloyat hokimi, u bo´lmagan hollarda hokim tomonidan vakolat berilgan o´rinbosarga tanishish hamda ko´rsatma (rezolyusiya) qo´yish uchun kiritiladi.
2. Viloyat hokimining ko´rsatmasiga binoan ushbu hujjatlar umumiy bo´lim orqali ijrochiga etkaziladi.
3. Tegishli kotibiyat, bo´lim yoki guruh o´zining bo´linmalari bilan birgalikda qaror va farmoyishda boshqa muddat ko´rsatilmagan bo´lsa, uch kunlik muddat ichida hujjatning ijrosini ta´minlash maqsadida hokim qarori yoki 2 kunlik muhlatda farmoyish loyihasini tayyorlab, belgilangan tartibda tegishli mas´ullarning vizalarini to´plagandan so´ng Axborot-tahlil va tashkiliy-nazorat guruhlari rahbarlariga ko´rib chiqish va vizalash uchun taqdim etadi. Hujjat loyihasi hokim yordamchisi orqali viloyat hokimiga imzo uchun kiritiladi.

VII. Hokimlik apparati xizmatida foydalanadigan hujjatlar bilan ishlash

1. Viloyat hokimligi apparatida hujjatlar bilan ishlash ushbu reglament asosida olib boriladi.
2. Viloyat hokimligi apparatiga keladigan barcha hujjatlarni umumiy bo´lim qabul qilib oladi va ularni ro´yxatdan o´tkazadi. Kelgan hujjatlarga viloyat hokimligida qabul qilingan yil, kun va oy hamda tartib raqami yoziladi. Umumiy bo´lim hujjatlarni tushgan kuniyoq ularning mohiyati va mazmuniga ko´ra viloyat hokimiga, uning o´rinbosarlari, tegishli bo´lim, guruh rahbarlari va ishlar boshqaruvchisiga tanishish hamda ko´rsatma berish uchun taqdim etadi.
Hokim topshiriqlari bo´lgan hujjatlarga nazorat kartochkasi to´ldiriladi va nazoratga olingandan keyin tegishli idoralarga yoki mansabdor shaxslarga umumiy bo´lim orqali ijro etish uchun yuboriladi. Guruh, bo´lim va kotibiyatlar tomonidan qabul qilingan hujjatlar ham umumiy bo´limdan ro´yxatdan o´tkazilishi shart.
Z. Viloyat hokimligiga kelib tushadigan barcha maxfiy bo´lmagan xat-xabarlar umumiy bo´lim tomonidan, ishdan tashqari vaqtlarda esa masul navbatchi yoki hokim yordamchisi tomonidan qabul qilib olinadi, ular navbatchiliqdan so´ng xat-xabarlarni umumiy bo´limga topshirishga majburdirlar. Xat-xabarlarni bevosita hokimlik kotibiyatlarida, guruhlarida va bo´limlarida qabul qilib olishga ruxsat etilmaydi.
Kadrlar masalalari bo´yicha kelgan hujjatlar tashkiliy-nazorat guruhida ro´yxatga olinadi va ushbu hujjatlar bilan "Viloyat hokimligida kadrlar bilan ishlash tartibi" asosida ish olib boriladi.
4. Hujjatlarni hokimlik apparati bo´linmalari o´rtasida bir-biriga o´tkazish umumiy bo´lim orqali amalga oshiriladi.
5. Yuqori organlardan kelgan hujjatlarga ijro etish uchun yuborishdan oldin ´Qaytarilishi lozim´ belgisi qo´yiladi. Qaytarilishi lozim bo´lgan hujjatlar ijro etilgach, saqlash uchun ijrochi tomonidan umumiy bo´limga topshiriladi. Nazorat kartochkalarida hamda kompyuter dasturida mavjud bo´lgan varaqaga ijrochi tomonidan bajarilgan ishlar qayd etiladi, qaytarilmaydigan hujjatlar esa yig´ma jildlar ro´yxatiga muvofiq guruh, bo´lim va kotibiyatlarda saqlanadi hamda ikki yil muddat o´tgandan so´ng arxivga topshiriladi.
Yuqori tashkilotlardan kelgan huquqiy kuchga ega bo´lgan barcha me´yoriy hujjatlar va Qonun loyihalari tanishish uchun tegishli xodimlar bilan bir qatorda huquqshunosga kiritiladi. Kelgusida bu hujjatlarga yuqori tashkilotlar tomonidan kiritiladigan barcha qo´shimcha o´zgartirishlar huquqshunos tomonidan o´z vaqtida belgilanib boriladi.
6. Hokimlik apparatidan chiqadigan hujjatlar ijrochilarning vizalari hamda rahbariyatning imzosidan so´ng, tegishli ijrochilarga jo´natilishi qayd etilgan buyurtma bilan birga soat 16-00 ga qadar umumiy bo´limga topshiriladi. (tegishli hokim o´rinbosari, guruh rahbari va bo´lim mudiri imzosi bilan).
7. Boshqaruv lavozimlariga nomzodlar tavsiya etish bo´yicha viloyat hokimligidan chiqadigan xatlar tashkiliy-nazorat guruhida alohida ro´yxatdan o´tkaziladi va nusxasi guruh rahbarida saqlanadi.
8. Hujjatlardan nusxa olish uchun buyurtmalar guruh rahbarlari, bo´lim va kotibiyat mudirining imzosi bilan qabul qilinib, umumiy bo´lim mudirining ruxsati asosida nusxa olinadi. Viloyat hokimligi faoliyatiga tegishli bo´lmagan hujjatlardan nusxa olib ko´paytirish qat´iyan ta´qiqlanadi.
9. Axborot va ma´lumotnoma tusidagi yozma axborotlar, ma´lumotnomalar va boshqa hujjatlar ijro etuvchilar tomonidan vizalanadi va tegishli xizmatlar tomonidan imzolanadi. Yuqori tashkilotlarga yuboriladigan xizmat xatlari hokim o´rinbosarlari tomonidan uning nusxa varag´ining pastki qismida o´ng tomonidan vizalanadi va hokimning imzosi qo´yiladi. Hujjatlarning to´g´riligi uchun mas´uliyat uni tayyorlagan hokim o´rinbosarlari zimmasiga yuklatiladi.
10. Chiqariladigan hujjatlar feldeger aloqasi, modem aloqasi, faks va Hukumat aloqasi tizimi orqali tegishli organ va tashkilotlarga bir kunlik muddatda umumiy bo´lim orqali jo´natiladi. Jo´natilayotgan hujjatlarning to´liqligi uchun mas´uliyat umumiy bo´lim mudiri zimmasiga yuklanadi.
11. Hokimlik apparati umumiy bo´lim mudiri hokimlikning muhr, tamg´a va blankalarning saqlanishi hamda ulardan foydalanish uchun mas´ul shaxs hisoblanadi, ushbu anjomlar maxsus ajratilgan xonada belgilangan tartibda saqlanadi.
12. Umumiy bo´lim mudiri xizmat hujjatlarining belgilangan tartibdagi harakatini ta´minlaydi, hokimlik apparatida hujjatlar bilan ishlashning holatini har oyda tahlil etadi va viloyat hokimiga axborot beradi.
13. Maxfiy hujjatlarni hisobga olish viloyat hokimligining huquqni muhofaza qiluchi organlar va favqulodda vaziyatlar masalalar bo´yicha guruh mutaxassisi tomonidan amalga oshiriladi.


VIII. O´zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish uchun qarorlar loyihalarini tayyorlash

1. O´zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentining 18-bandiga muvofiq Vazirlar Mahkamasiga ko´rib chiqish uchun masalalar viloyat hokimi, istisno hollarda esa viloyat hokimining ruxsati bilan hokimning birinchi o´rinbosari tomonidan kiritilishi mumkin.
Hujjatlar loyihasining asoslanganligi va sifati, keltirilgan ma´lumotlar va boshqa materiallarning to´g´riligi, shuningdek ularning tegishli organlar va tashkilotlarda kelishib olinishi uchun javobgarlik viloyat hokimi, istisno hollarda esa viloyat hokimining birinchi o´rinbosari zimmasiga yuklanadi.
Kelishib olish uchun yuborilgan hujjatlar loyihalariga tegishli organlar va tashkilotlarning birinchi rahbarlari tomonidan: qonun loyihalari bo´yicha - 7 kalendar kun mobaynida, O´zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari loyihalari bo´yicha - 3 kalendar kun, Vazirlar Mahkamasi farmoyishlari loyihalari bo´yicha ko´pi bilan 2 kalendar kun mobaynida rozilik imzosi qo´yiladi.
2. O´zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentining 34-bandiga muvofiq O´zbekiston Respublikasi Prezidenti, O´zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, O´zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o´rinbosarlaridan yuborilgan topshiriqnomalarga muvofiq yoxud tashabbus ko´rsatish tartibida viloyat hokimligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari loyihalari tayyorlanishi mumkin.
Ishlab chiqilgan hukumat qarorlari va farmoyishlarining loyihalari belgilangan tartibda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan hamda majburiy tartibda O´zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishib olingandan keyin viloyat hokimi, istisno hollarda esa viloyat hokimining birinchi o´rinbosari tomonidan Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi. Loyihalarga mazkur qarorni qabul qilish zururiyatini asoslashdan iborat bo´lgan viloyat hokimi tomonidan imzolangan tushuntirish xati, zarur hisob-kitoblar va ko´rib chiqish materiallari, taqdim etilayotgan loyihalarni amalga oshirish natijalari, qiymati ilova qilinadi.

IX. Viloyat_hokimining_qaror_va_farmoyishlari loyihalarini tayyorlash, rasmiylashtirish va tarqatish

a) Qaror va farmoyish loyihalarining tayyorlanishini tashkil etish
1. Viloyat hokimining qaror va farmoyishlari hokim tomonidan, u bo´lmagan hollarda imzo qo´yish vakolatiga ega bo´lgan hokimning birinchi o´rinbosari yoki hokim belgilagan o´rinbosar tomonidan imzolanadi.
2. Qaror va farmoyish loyihalari viloyat hokimi o´rinbosarlarining kotibiyatlari, bo´lim va guruhlari tomonidan bir nusxada tayyorlanadi.
Iqtisodiyotning alohida tarmoqlari, davlat boshqaruvining boshqa sohalariga doir qaror va farmoyish loyihalarini tayyorlashga tegishli tarmoqlar va boshqaruv sohalarining holati va rivojlanishi uchun mas´ul bo´lgan idoralar jalb etiladi.
3. Normativ xususiyatiga ega bo´lgan qaror loyihasini tayyorlash uchun qoida tariqasida komissiya tuziladi. Loyihani tayyorlashga manfaatdor davlat organlari, ilmiy muassasalar va ayrim fuqarolar jalb etilishi mumkin.
4. Qaror va farmoyish loyihasida mavjud imkoniyatlarni hisobga olgan holda muhokama qilinadigan masalalarga to´liq baho berilishi, amaldagi qonunchilikka mos bo´lishi, chuqur tahlil qilinib, ahvol ob´ektiv ravishda talqin qilinmog´i lozim. Takliflarda muammoni hal qilish bo´yicha aniq masalalar va tadbirlar davlat tilida bayon etilishi, ijrochilar tomonidan bajarilishining, shuningdek, qaror va farmoyishlarni to´liq ijro etilishining aniq muddatlari va nazoratga oluvchi shaxs ko´rsatilmog´i zarur.
5. Qaror va farmoyishlar loyihalari, uni tayyorlovchi kotibiyat mudiri, tegishli hokim o´rinbosarlari, mazkur hujjatni bajarish bilan bog´liq bo´lgan barcha tashkilotlar rahbarlari, axborot-tahlil va tashkiliy-nazorat guruhlari rahbarlari, umumiy bo´lim mudiri, huquqshunos tomonidan vizalanishi lozim. Qaror va farmoyishga ilovalar, uni tayyorlovchi kotibiyat, bo´lim va guruh rahbari tomonidan imzolanadi, tegishliligiga qarab viloyat hokimi o´rinbosari vizasi olinadi. Qaror va farmoyish loyihasiga vizalar hujjatning oxirgi betida o´ng tomonida mavzudan bo´sh joyda qo´yilib, familiyasi, lavozimi va imzo chekkan vaqti ko´rsatilishi lozim. Qaror, farmoyish loyihasi yoki uning alohida bandlari to´g´risida boshqacha fikrlar bo´lsa, ularni asoslovchi ma´lumotnoma taqdim qilinadi. Qaror va farmoyish loyihasiga ushbu hujjatni tarqatish varaqasi tegishli hokim o´rinbosari imzosi bilan ilova qilinadi. Barcha vizalar qo´yilgan qaror yoki farmoyish loyihasi umumiy bo´lim tomonidan ko´rib chiqilgandan keyin hokim yordamchisi orqali viloyat hokimiga imzo uchun kiritiladi.
6. Viloyat hokimligida tayyorlanadigan barcha qaror va farmoyishlar loyihalari tegishli rahbarlarga vizalashga kiritilishidan oldin, hujjatni ekspert baholash uchun axborot-tahlil guruhi rahbari va huquqiy baho berish uchun huquqshunosning imzolari olinishi shart.
Loyihada huquqiy aktlarni qabul qilinishi uchun asos bo´ladigan barcha me´yoriy va tegishli hujjatlar ilova qilingan bo´lishi lozim.
Huquqshunos hujjatlarni atroflicha tahlil qilgach, huquqiy baho bergan holda o´z vizasini qo´yadi yoki qayta ishlash uchun yuboradi.
7. Xalq deputatlari viloyat Kengashida tasdiqlanishi nazarda tutilgan viloyat hokimi qarorlari loyihalarini tayyorlash Kengashning tegishli doimiy komissiyalari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

b)Viloyat hokimining qaror va farmoyishlari loyihalarining ekspertizasi

Viloyat hokimining normativ xususiyatga ega bo´lgan qarorlari loyihalarining yuridik ekspertizasi viloyat adliya boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi. Loyiha sifatiga baho berish uchun hujjat boshqa xil (iqtisodiy, moliyaviy, ilmiy-texnikaviy, ekologiya va o´zga) ekspertizadan ham o´tkazilishi mumkin. Ekspertlar sifatida tegishli loyihani tayyorlashda ilgari bevosita ishtirok etmagan tashkilotlar va shaxslar jalb etiladi.

v) Viloyat hokimining qaror va farmoyishlari mazmuniga nisbatan qo´yiladigan talablar

Qaror va farmoyishlar loyihalari matni lo´nda, oddiy va ravon tilda bayon etiladi. Hujjatda foydalaniladigan tushunchalar va atamalar ularning amaldagi qonun hujjatlarida qabul qilingan mazmuniga muvofiq, turlicha sharhlash imkoniyatini istisno etadigan tarzda bir xil qo´llaniladi. Eskirgan hamda ko´p ma´noni anglatadigan so´zlar va iboralar, majoziy taqqoslashlar, sifatlashlar qo´llanilishiga yo´l qo´yilmaydi.
Hujjat loyihasida uni amalga oshirshning huquqiy vositalari, shu jumladan moliyalashtirish manbalari va nazorat qilish chora-tadbirlari ko´rsatilishi mumkin.
Qaror va farmoyish loyihalarida ko´rsatmalar tartib raqamiga ega bo´lgan bandlar tarzida bayon etiladi. Bandlar xatboshilarga bo´linishi mumkin.
Hujjat loyihasida uni qabul qilish sabablari va maqsadlarini tushuntirishdan iborat bo´lgan muqaddima kiritilishi mumkin.
Yangi qaror qabul qilinganligi munosabati bilan ilgari shu masala bo´yicha qabul qilingan qarorlarga zarur o´zgartirishlar yoki qo´shimchalar kiritiladi hamda ilgari barcha hujjatlar yoki ularning qismlari, agar ular yangi qaror ko´rsatmalariga zid bo´lsa yoxud yangi hujjat bilan to´laligicha qamrab olingan yoki amalda o´z ahamiyatini yo´qotgan, lekin rasman o´z kuchini yo´qotgan deb e´tirof etilmagan bo´lsa, o´z kuchini yo´qotgan deb e´tirof etilmog´i kerak.

g)Viloyat hokimining qaror va farmoyishlari rekvizitlari

Qaror va farmoyishlar quyidagi rekvizitlarga ega bo´ladi:
-hujjatning turi va nomi (qaror yoki farmoyish);
-hujjat qabul qilingan joy, sana va hujjat raqami;
-hujjatni imzo qo´yib tasdiqlashga rasman vakolati bo´lgan shaxsning-viloyat hokimining familiyasi, lavozimi va imzosi.

d) Viloyat hokiminingqaror va farmoyishlarini rasmiylashtirish


Viloyat hokimi tomonidan imzolangan qaror va farmoyishlarni umumiy bo´lim mudiri hokim yordamchisidan qabul qilib oladi. Bo´limning bosh mutaxassisi imzolangan qarorlarga sana qo´yadi va ro´yxatga oladi. Qaror va farmoyishlar, agar ushbu hujjatlarda boshqa muddatlar belgilanmagan bo´lsa, imzolangan vaqtdan boshlab kuchga kiradi.
Ro´yxatga olingan qaror va farmoyishlarga ularning bajarilishini ta´minlash yuzasidan guruh, bo´lim va kotibiyatlar tomonidan 5 kunlik muddatda nazorat rejasi tuziladi va hokim tomonidan tasdiqlanadi.

e)Viloyat hokimining qaror va farmoyishlarini tarqatish

Rasmiylashtirilgan qaror va farmoyishlar tegishli hokim o´rinbosari, bo´lim yoki guruh rahbarining imzosi bilan tayyorlangan tarqatish varaqasi bilan birgalikda umumiy bo´lim mudiri tomonidan qabul qilib olinadi va ko´paytirish uchun topshiriq beriladi.
Intizomiy jazo chorasi qo´llash to´g´risidagi qaror va farmoyishlar nusxasi umumiy bo´lim tomonidan tashkiliy-nazorat guruhiga beriladi, guruh tomonidan bunday qaror va farmoyishlar kadrlarning yig´ma jildiga tikib boriladi va umumlashtiriladi.
Viloyat hokimining qaror va farmoyishlari ´Qashqadaryo´ va ´Novosti Kashkadari´ gazetalarida chop qilinishi, televidenie va radio orqali eshittirilishi mumkin. Hujjat rasman e´lon qilinganda uning barcha rekvizitlari ko´rsatiladi.

X. Fuqarolarning murojaatlarini ko´rib chiqish hamda fuqarolarni qabul qilish

1. Viloyat hokimligi apparatida fuqarolarning og´zaki yoki yozma shakldagi ariza, taklif va shikoyatlari bilan ishlash hamda fuqarolarni qabul qilish O´zbekiston Respublikasining ´Fuqarolarning murojaatlari to´g´risida´gi Qonuni asosida amalga oshiriladi.
2. Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash uchun mas´uliyat viloyat hokimi o´rinbosarlari, umumiy bo´lim, guruh rahbarlari va kotibiyat mudirlari zimmasiga yuklanadi.
3. Viloyat hokimligida fuqarolar viloyat hokimi, hokim o´rinbosarlari, hokimlik apparatining kotibiyat, bo´lim va guruh rahbarlari tomonidan fuqarolarni qabul qilish xonasida qabul qilinadi. Fuqarolarni qabul qilish viloyat hokimi qarori bilan tasdiqlangan jadval asosida amalga oshiriladi. Qabul jadvali fuqarolar e´tiboriga etkaziladi.
4. Viloyat hokimi va hokim o´rinbosarlari tomonidan fuqarolar hududlarda maxsus jadval asosida sayyor qabul qilinadi.
5. Har bir fuqaroning qabulidan so´ng qabul varaqalari rasmiylashtiriladi. Unda qabul qilingan fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi, aniq istiqomat joyi, murojaatning qisqacha mazmuni yozib qo´yiladi. Qabul varaqasi umumiy bo´limda ro´yxatdan o´tkaziladi. Qabulda ko´tarilgan muammo hal etish uchun tegishli ijrochilarga yuboriladi va uning nazorati hokimlik apparatining tegishli bo´linmasi va umumiy bo´lim tomonidan nazorat qilinadi.
6. Fuqarolarni qabul qilishni tashkil etish uchun mas´uliyat viloyat hokimligi umumiy bo´lim mudiri zimmasiga yuklatiladi.
7. Viloyat hokimi nomiga kelgan ariza, taklif va shikoyatlar umumiy bo´limning mutaxassisi tomonidan ro´yxatga olinadi hokim yordamchisi orqali viloyat hokimiga ko´rib chiqish uchun kiritiladi. Viloyat hokimi tomonidan murojaatni o´rganish bo´yicha berilgan topshiriq umumiy bo´lim tomonidan tegishli ijrochilarga etkaziladi va uning bajarilishi nazoratga olinadi.
Fuqarolarning murojaatlarini o´rganib chiqish uchun viloyat hokimi yoki ushbu murojaat ko´rib chiqish uchun yuborilgan hokim o´rinbosari tomonidan tegishli mutaxassislardan iborat ishchi guruh tuzilishi mumkin.
8. Fuqarolarning takliflari tushgan kundan e´tiboran bir oygacha bo´lgan muddat ichida ko´rib chiqiladi, qo´shimcha o´rganish talab etiladigan takliflar bundan mustasno va bu haqda taklif kiritgan shaxsga o´n kunlik muddat ichida mu´lum qilinadi.
Ariza va shikoyatlar viloyat hokimligiga tushgan kunidan e´tiboran bir oygacha bo´lgan muddat ichida, qo´shimcha o´rganishni va tekshirishni talab etmaydigan ariza va shikoyatlar esa o´n besh kundan kechiktirmay ko´rib chiqiladi.
Ariza yoki shikoyatni ko´rib chiqish uchun tekshirish o´tkazish, qo´shimcha materiallar talab qilib olish yoki boshqa chora-tadbirlar ko´rish zarur bo´lgan hollarda, ariza yoki shikoyatni ko´rib chiqish muddati viloyat hokimi tomonidan istisno tariqasida uzog´i bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin va bu haqda ariza yoki shikoyat bergan shaxsga ma´lum qilinadi.
Viloyat hokimligiga qabulga kelgan fuqarolarga murojaatlari bo´yicha o´sha paytda tushuntirish beriladi, masalaning mohiyatiga qarab uning ko´rib chiqilishi natijalari to´g´risida murojaat mualliflariga yozma shaklda xabar berilishi ham mumkin.
9. Fuqaroning familiyasi(ismi, otasining ismi), yashash joyi to´g´risidagi ma´lumotlar ko´rsatilmagan yoki u haqda soxta ma´lumotlar ko´rsatilgan, shuningdek imzo qo´yilmagan yozma murojaatlar anonim deb hisoblanadi va ko´rib chiqilmaydi.
Fuqarolarning murojaatlarida qo´yilgan masalalarni hal etish viloyat hokimligining vakolatiga kirmaydigan bo´lsa, uzog´i bilan besh kunlik muddat ichida tegishli organlarga jo´natiladi va bu haqda fuqaroga xabar qilinadi.
11. Umumiy bo´lim har oy yakunlari bo´yicha viloyat hokimligiga fuqarolardan kelgan murojaatlarni umumlashtiradi va ularni muzmuni bo´yicha tahlil qiladi. Tahliliy hujjatlar viloyat hokimlik soati va apparat yig´ilishlari muhokamasiga kiritiladi.

XI.Mukofotlash bo´yicha hujjatlarni tayyorlash tartibi

1. Mukofotlash bo´yicha hjaligi mavsumi oldidan fermerlar bilan hamda viloyat iqtisodiyoti tarmoqlari rahbarlari bilan har oyda an
Hokimujjatlarning o´tish tartibi ´O´zbekiston Respublikasi Davlat mukofotlari´ hamda ´Xalq deputatlari viloyat Kengashi Faxriy Yorlig´i bilan taqdirlash to´g´isida´gi Nizomlar asosida amalga oshiriladi.
2. O´zbekiston Respublikasi Davlat mukofotlari bilan taqdirlashga nomzodlarni tavsiya etish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
-mukofotga tavsiya etilayotgan shaxsning pasporti nusxasi, uning mehnat faoliyati to´g´risidagi varaqa (2 dona 4x6 o´lchamdagi rangli fotosurat bilan), jamoat tashkiloti, mehnat jamoasining yig´ilishi bayonnomasi, korxona rahbariyati yoki shahar, tuman hokimliklari tomonidan berilgan tavsifnoma hamda shahar, tuman hokimi bilan kelishilgan, muhr va imzosi mavjud bo´lgan tasdiqlangan shakldagi mukofot varaqasi belgilangan tartibda va talab darajasida to´ldirilib, mukofot topshirilishi lozim bo´lgan muddatdan uch oy ilgari viloyat hokimligi tashkiliy-nazorat guruhiga taqdim etiladi;
-mukofotga tavsiya etilgan nomzodning mehnat faoliyati to´g´risida belgilangan shaklda o´zbek va rus tillarida elektron ma´lumotnoma tayyorlanadi va u Prezident devoniga taqdim etiladi;
-Respublika tashkilotlari, vazirlik va konsernlar tomonidan Davlat mukofotlariga nomzodlar ko´rsatilgan taqdirda yuqorida ko´rsatilgan hujjatlarga qo´shimcha ravishda yuqori turuvchi tashkilot rahbarining viloyat hokimi nomiga bu borada yozgan xati ilova qilinadi;
-mukofotga tavsiya etilgan nomzodlar viloyat hokimligi apparati tashkiliy-nazorat guruhi tomonidan viloyat hokimining tegishli o´rinbosarlari bilan hamkorlikda o´rganib chiqiladi va xulosalar viloyat hokimiga taqdim etiladi. Viloyat hokimi ijobiy qarorga kelgan taqdirda hujjatlar majmui Prezident Devoniga yuboriladi.
Mukofotga taqdim etilgan nomzodlar to´g´risidagi barcha ma´lumotlar hokimlik tizimida joriy etilgan ´Mukofot´ kompyuter dasturiga kiritiladi.
Z. Viloyat hokimligi apparati tashkiliy-nazorat guruhi Davlat mukofotlari bilan takdirlanganlar ro´yxatini yuritadi.
4. Xalq deputatlari viloyat Kengashining Faxriy yorlig´i bilan taqdirlash uchun korxona, tashkilot, muassasa yoki jamoat tashkilotlari tomonidan viloyat hokimiga taqdimnoma kiritilib, ushbu taqdimnomaga Faxriy yorliq bilan taqdirlashga tavsiya etilgan nomzodga berilgan, korxona rahbari va kasaba uyushmasi qo´mitasi raisi tomonidan imzolangan tavsifnoma ilova qilinadi. Viloyat hokimligining tegishli kotibiyat, bo´lim yoki guruhi tomonidan taqdim etilgan shaxsning xizmatlari o´rganib chiqilgandan so´ng viloyat hokimining qarori loyihasi hamda tasdiqlangan shakldagi Faxriy yorliq tayyorlanadi va imzolash uchun kiritiladi.
Viloyat hokimligi apparati tashkiliy-nazorat guruhi xalq deputatlari viloyat Kengashining Faxriy yorlig´i bilan taqdirlanganlar hisobini yuritadi.

XII.Hokimlik apparatida hujjatlarning saqlanishini ta´minlash

1. Hokimlik apparati hujjatlar yig´ma jildlari nomenklaturasi umumiy bo´lim tomonidan ishlab chiqiladi va hokim tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatlar yig´ma jildlari nomenklaturasi hokimlik apparatining vazifasi va tuzilmasi tubdan o´zgargan taqdirda, ammo, besh yilda kamida bir marta qayta tuzilishi va qayta tasdiqlanishi lozim.
2. Hujjatlar yig´ma jildlari nomenklaturasiga hokimlik faoliyatini aks ettiruvchi barcha hujjatlar yig´ma jildlari, ma´lumotnoma, shaxsiy hujjatlar, doimiy va vaqtinchalik komissiyalar hujjatlari hamda jamoat tashkilotlarining hujjatlar yig´ma jildlari kiradi.
Z. Hujjatlar yig´ma jildlarini shakllantirishda quyidagi umumiy qoidalarga rioya qilinishi shart:
-yig´ma jildga faqat bajarilgan, to´g´ri rasmiylashtirilgan hujjatlar
solish;
-bitta masalani hal etishga doir barcha hujjatlarni bitta yig´ma jildga solish;
-ilovalarni asosiy hujjatlar bilan joylashtirish;
(yig´ma jildda bir kalendar yil hujjatlarini guruhlash keyingi yilga o´tadigan yig´ma jildlar bundan mustasno)
-saqlash muddatlari doimiy va vaqtincha bo´lgan hujjatlarni yig´ma jildda alohida guruhlash.
4. Yig´ma jildda qaytarilishi lozim bo´lgan hujjatlar, hujjatlarning ortiqcha nusxalari, qo´lyozmalar to´planmasligi lozim.
5. Viloyat hokimligi apparati tashkiliy-nazorat guruhida viloyat hokimligi tasarrufiga kiritilgan lavozimlardagi kadrlarning shaxsiy hujjatlar yig´ma jildlari shakllantiriladi va saqlanadi. Viloyat hokimi qarori bilan tasdiqlangan jildlarda jamlanadigan hujjatlar ro´yxati asosida ish olib boriladi. Kadrlarning yig´ma jildlaridagi hujjatlar bilan tanishish viloyat hokimi yoki tashkiliy-nazorat guruhi rahbari ruxsati bilan amalga oshiriladi. Yig´ma jildlardagi hujjatlar zaruriyatga qarab ´Kadr-4´ kompyuter dasturiga ham kiritiladi.
6. Viloyat hokimligi apparatida hujjatlarning saqlanishini hokimlik arxivini boshqarayotgan umumiy bo´lim etakchi mutaxassisi ta´minlaydi va hujjatlarning guruh va kotibiyatlarda saqlanishi yuzasidan rahbariyatga axborot berib boradi.
7. Tugallangan hujjatlar yig´ma jildlari ikki yil mobaynida xizmatda foydalanish uchun apparatning guruh, kotibiyat va bo´limlarida saqlanadi.
8. Saqlanadigan yig´ma jildlar arxivga ro´yxat bo´yicha topshiriladi.
9. Hokimlik arxiviga topshirilishi lozim bo´lgan hujjatlar yig´ma jildlari tartibga solinishi davlat arxivi xodimlari tomonidan hokimlik bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
10. Xodim ishdan bo´shaganda yoki boshqa ishga o´tganda uning mehnat faoliyatiga tegishli barcha hujjatlar yig´ma jildlari tarkibiy bo´linma rahbari yoki lavozimga tayinlangan xodimga dalolatnoma asosida umumiy bo´lim mas´ul xodimi ishtirokida topshiriladi.
11. Mas´ul xodim ishdan bo´shagandan ilgari olingan barcha me´yoriy hujjatlarni (ish tartibi, ish yuritish bo´yicha yo´riqnoma va boshqalarni) umumiy bo´limga topshirishi shart.
Umumiy bo´limda viloyat hokimligiga kelgan barcha hujjatlar saqlanadi.

XIII. Korporativ kompyuter tarmog´i va axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan samarali foydalanish

1. Viloyat hokimligida kompyuterlashtirish va axborot-kommunikasiya
texnologiyalarini keng joriy etish O´zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 8 iyuldagi ´Axborot-kommunikasiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo´shimcha chora-tadbirlar to´g´risida´gi PQ-117-sonli Qarori talablari asosida amalga oshiriladi.
2. Viloyat hokimligining ichki va tashqi hujjat almashinuvida elektron shaklda almashiniladigan hujjatlarning ulushi barqaror o´sib boradi. Almashiniladigan elektron hujjatlar elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanganda, O´zbekiston Respublikasining ´Elektron imzo to´g´risida´gi Qonuniga asosan to´la huquqiy kuchga ega bo´ladi.
Z. Hokimlik apparatida barcha mas´ul xodimlariga zamonaviy kompyuter va boshqa zarur jihozlar ishlar boshqaruvchisining buyrug´i asosida biriktiriladi. Mas´ul xodim o´ziga biriktirilgan asosiy vositalardan to´g´ri foydalanilishi va ularning saqlanishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
4. Viloyat hokimligining barcha mas´ul xodimlarga internet tarmog´i, korporativ kompyuter tarmog´i, ichki va tashqi elektron pochta xizmati hamda kompyuter markazining malakali texnik xizmatidan foydalanish imkoniyati yaratib beriladi.
5. Viloyat hokimligida barcha mas´ul xodimlar uchun viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan o´quv rejasi asosida doimiy ravishdagi ´Kompyuter savodxonligi´ o´quvlari o´tkazib boriladi.
6. Viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid ma´lumotlar maxsus kompyuter dasturlari va korporativ kompyuter tarmog´i vositasida viloyat hokimligi serverida to´planadi, tahlil qilinadi va ular asosida tegishli chora-tadbirlar belgilanadi.
7. Hokimlik rasmiy veb-sayti doimiy ravishda yangiliklar bilan boyitib boriladi. Veb-saytda yangi ma´lumotlarning joylashtirib borilishi bo´yicha mas´uliyat viloyat hokimligi apparati matbuot kotibi zimmasiga, veb-saytni texnik jihatda takomillashtirish va barqaror ishlashini ta´minlash bo´yicha mas´uliyat kompyuter markaziga yuklatiladi.
8. Kompyuter markazi viloyat hokimligining lokal va korporativ kompyuter tarmog´idagi ma´lumotlarni begonalar ta´siridan, internet orqali bo´ladigan hujumlardan, viruslar hamda xakerlardan himoyalaydi. Kompyuter markaziga biror sohaga tegishli ma´lumotlarni shu soha rahbarining ruxsatisiz tarqatish huquqi berilmaydi.
9. Viloyat hokimligi tomonidan qabul qilingan barcha hujjatlar (2007 yil 1 yanvardan boshlab) elektron ko´rinishda maxsus ´Hujjatlar banki´ dasturida umumiy bo´lim tomonidan to´plab boriladi. Hujjatni imzoga kiritgan kotibiyat, imzolangan hujjatning elektron nusxasini ´Hujjatlar banki´ dasturiga kiritish uchun umumiy bo´limga taqdim etishi shart.
10. Kadrlar to´g´risidagi ma´lumotlar bazasi tashkiliy-nazorat guruhi kompyuterida saqlanadi va tanishish uchun asos bo´lgan taqdirda viloyat hokimi roziligi bilan kompyuterga kirishga ruxsat beriladi.
11. Mas´ul xodimning e´tiborsizligi yoki boshqa aybi bilan unga biriktirilgan kompyuter texnikasiga jiddiy zarar etkazilganda, etkazilgan zarar mas´ul xodimning hisobidan qoplanadi.

XIV.Viloyat hokimligi tomonidan nazorat vakolatlarining amalga oshirilishi

1.O´zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qaror va farmoyishlari, viloyat hokimining qaror va farmoyishlari bajarilishini tashkil etish Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli qarorida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
2. Viloyat hokimligi apparatida ijrosi nazoratga olinadigan hujjatlar:
-O´zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari;
-O´zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari;
-O´zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoyishlari;
-O´zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni bayonnomalari;
-O´zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlari (yozma va og´zaki);
-O´zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari;
-O´zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining
topshiriqlari;
-O´zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari,
farmoyishlari;
-O´zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlislari
bayoni, topshiriqlari;
-Xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyalari qarorlari;
-Viloyat hokimi qaror va farmoyishlari;
-Viloyat faollar yig´ilishlari, hokimlik soatlari yig´ilishlari va hokim rahbarligida o´tkaziladigan majlislar bayonnomalari;
-Viloyat hokimi topshiriqlari (yozma yoki og´zaki);
-Viloyat hokimi o´rinbosarlarining topshiriqlari;
- Apparat yig´ilishlari bayonnomalari:
-ro´yxati ish yuritish bo´yicha yo´riqnomada belgilanadigan boshqa
hujjatlar.
Hujjatlarning ko´rsatib o´tilgan turlari bajarilishi bo´yicha ishlarni tashkil etish viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari apparatlari, korxonalar rahbarlari, tegishli tarkibiy bo´linmalarning mas´ul xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
3. Ijrosi ta´minlanishi shart bo´lgan har bir huquqiy hujjatning nazorati, tegishli kotibiyat, bo´lim yoki guruhlar tomonidan alohida yig´ma jildda olib boriladi. Ushbu yig´ma jildda:
-xujjatlarning bajarilishini va nazorat qilinishini tashkil etish;
-viloyat, tarmoq va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim va ustuvor masalalari, shuningdek, uzoq davrga mo´ljallangan hujjatlar bo´yicha nazorat rejasini ishlab chiqish va hayotga tadbiq etish;
-tasdiqlangan muddatlarda tegishli tarkibiy bo´linmalar, mansabdor shaxslar va xodimlar tomonidan amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish;
-bajarilishini tuman va shahar hokimliklarida, bevosita korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda maqsadli o´rganish hamda viloyat, tuman hamda shahar hokimliklari yig´ilishlariga muhokama qilish uchun kiritish;
-tuman va shahar hokimliklari, bevosita korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning aytib o´tilgan hujjatlarni bajarish yuzasidan qabul qilingan o´z qarorlarining bajarilishi yuzasidan monitoring o´tkazish buyicha hujjatlar jamlanadi.
4. O´zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarida, O´zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hamda viloyat hokimining qarorlari va farmoyishlarida qo´yilgan vazifalarning o´z vaqtida va to´liq amalga oshirilishini ta´minlamagan rahbarlar, mansabdor shaxslar va xodimlarga nisbatan Qonunda belgilangan tartibda shaxsiy javobgarlik choralari ko´riladi.
5. Nazoratga olingan hujjatlarning bajarilishi to´g´risidagi yakuniy axborot nazoratdan chiqarish yoki muddatini uzaytirish taklifi bilan viloyat hokimiga imzo uchun kiritiladi.
Nazoratga olingan qaror va farmoyishlarni nazoratdan chiqarish tegishli qaror va farmoyish bilan amalga oshiriladi.
6. Nazoratga olingan hujjatlarning ijro muddatlari va bajarilishi to´g´risida umumiy bo´lim har oy tahliliy ma´lumot tayyorlab viloyat hokimiga taqdim etadi.
7. Maxfiy hujjatlarni bajarilishiga oid topshiriqlarning o´z vaqtida ijrosini ta´minlash huquqni muhofaza qiluchi organlar va favqulodda vaziyatlar masalalar bo´yicha guruh mutaxassisi tomonidan amalga oshiriladi.
8. Nazoratdan chiqarilgan xujjatlarning yig´ma jildi umumiy bo´limga topshiriladi.

XV. Xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyalarini tayyorlash va o´tkazish

1. Viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim masalalari bo´yicha xalq deputatlari viloyat Kengashining sessiyalari ish rejasiga binoan, yilida kamida ikki marta hokim tomonidan chaqiriladi.
2. O´zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a´zolarini saylash bo´yicha viloyat, tuman va shahar Kengashlarining qo´shma majlisi Markaziy saylov komissiyasining qarori bilan chaqiriladi va ´O´zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a´zolarini saylash tartibi to´g´risida Nizom´ asosida o´tkaziladi.
Sessiyani chaqirish to´g´risidagi qarordan deputatlar sessiya ochilishidan kamida etti kun oldin xabardor qilinadi. Sessiya, shuningdek xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari kamida uchdan ikki qismining tashabbusiga binoan ham chaqirilishi mumkin. Kengashning faoliyati o´zining ish tartibiga muvofiq tashkil etiladi.
3. Xalq deputatlari viloyat Kengashining doimiy komissiyalari viloyat Kengashi tomonidan tuziladi. Ularning faoliyati viloyat Kengashi tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida amalga oshiriladi.
4. Sessiya hujjatlari belgilangan kun tartibiga muvofiq xalq deputatlari viloyat Kengashining doimiy komissiyalari va sessiyani tayyorlash bo´yicha ishchi guruhi tomonidan tashkiliy-nazorat guruhi yordamida tayyorlanadi. Barcha hujjatlar sessiyadan 5 kun oldin Kengash raisi-viloyat hokimiga takdim qilinishi shart.
5. Tashkiliy-nazorat guruhi Kengashning doimiy komissiyalari bilan birgalikda sessiyani tayyorlash va o´tkazish bo´yicha tadbirlarni ishlab chiqadi, qatnashchilar tarkibini aniqlaydi va ro´yxatini tuzadi.
6. Barcha tadbirlar viloyat hokimi tomonidan tasdiqlanadi va ishchi guruhi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
7. Sessiyaga taklif etiladiganlar ro´yxati doimiy komissiyalar, sessiyani tayyorlash bo´yicha ishchi guruhi tomonidan tashkiliy-nazorat guruxiga bilan hamkorlikda tayyorlanadi.
8. Xalq deputatlari viloyat Kengashining har bir sessiyasida bayonnoma olib boriladi. Bayonnoma sessiya kotibi hamda hokim tomonidan imzolanganidan so´ng umumiy bo´limda saqlanadi, so´ngra esa doimiy saqlash uchun arxivga topshiriladi.
Sessiya bayonnomalari Kengash deputatlarining talabiga binoan, ularga tanishib chiqish uchun beriladi.
9. Kengash qarorlari o´n kunlik muddatdan kechiktirilmay doimiy komissiyalarga, hokimlik bo´linmalariga, dalat boshqaruvi organlariga, tuman va shahar hokimliklariga tarqatiladi.
10. Xalq deputatlari viloyat Kengashi qarorlarining ijro etilishi yuzasidan nazorat tegishli doimiy komissiya tomonidan amalga oshiriladi va uning natijalari to´g´risida keyingi sessiyada axborot berib boriladi.

XVI. Viloyat faollari yigilishlarini o´tkazish tartibi

1. Faollar yig´ilishi viloyat iqtisodiyoti va ijtimoiy hayotiga taalluqli turli masalalar bo´yicha viloyat hokimligining ish rejasiga asosan hamda viloyat hokimi yoki uning o´rinbosarlari taklifiga binoan yoki hukumat topshirig´i asosida o´tkaziladi.
2. Faollar yig´ilishlarini tayyorlash va o´tkazish bilan bog´liq tadbirlar viloyat hokimi tomonidan tasdiqlanadi.
3. Viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning chorak va yil yakunlari bo´yicha faollar yig´ilishlari Axborot-tahlil guruhi tomonidan hokimlikning tegishli bo´linmalarini jalb etgan holda tayyorlanadi. Axborot-tahlil guruhi yig´ilishni tayyorlash va o´tkazish bo´yicha tadbirlarni ishlab chiqadi, qatnashchilar miqdorini aniqlaydi va boshqa tegishli hujjatlarni (kun tartibi, tahliliy hujjatlar, bayon loyihalari) tayyorlaydi.
4. Viloyat ijtimoiy-siyosiy hayotining boshqa dolzarb masalalari bo´yicha faollar yig´ilishlari tegishli hokim o´rinbosarlari tomonidan tashkiliy-nazorat guruhi bilan hamkorlikda tayyorlanadi va barcha hujjatlar besh kun oldin viloyat hokimiga taqdim qilinadi.
5. Faollar yig´ilishi bayoni uni tayyorlagan axborot-tahlil guruhi yoki tegishli hokim o´rinbosarlari kotibiyatlari tomonidan yuritiladi va viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangandan so´ng rasmiylashtirish uchun umumiy bo´limga topshiriladi. Umumiy bo´lim bayonni ro´yxatga oladi, unga tartib raqam beradi. Yig´ilish bayonining nazorat rejasi tuzilib, hokim tomonidan tasdiqlanadi.
6. Faollar yig´ilishlari bayonlari ijrosining monitoringi tegishliliga qarab viloyat hokimligining tarkibiy bo´linmalari tomonidan olib boriladi.
7. Viloyat hokimligi apparati ishlar boshqarmasi faollar yig´ilishlarini o´tkazish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini ta´minlaydi.

XVII. Viloyat xokimlik soati yig´ilishi

1. Viloyatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayotidagi muhim va dolzarb masalalarni muhokama qilish, mavjud muammolarni tezkorlik bilan hal qilish, keyingi oydagi vazifalarni belgilash maqsadida viloyat hokimlik soati yig´ilishi o´tkaziladi. Yig´ilishga viloyat hokimi raislik qiladi.
Hokimlik soati yig´ilishi har oyning birinchi dushanba kuni soat 9-00 da o´tkaziladi.
2. Hokimlik soati yig´ilishiga quyidagi masalalar qoida tariqasida kiritiladi:
-kadrlar masalalari;
-viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning oylik yakunlari va kelgusi oydagi vazifalar;
-O´zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va hukumat qarorlari ijrosining holati;
-hududlarda va tarmoqlarda iqtisodiy islohotlarning borishi;
-viloyat hokimligiga kelgan fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning oylik tahlili;
-nazorat va ijroning holati;
-dolzarb masalalar.
3. Hokimlik soati yig´ilishi kun tartibi yig´ilish o´tkazilishidan 20 kun oldin axborot-tahlil guruhi va umumiy bo´lim tomonidan tashkiliy-nazorat guruhi bilan hamkorlikda tayyorlanib, ijrochilarga etkaziladi.
4. Hokimlik soati yig´ilishlariga masalalarni tayyorlash viloyat hokimi o´rinbosarlari, viloyat hokimligining tarkibiy bo´linmalari hamda iqtisodiyot bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi. Zarur hollarda masalalarni tayyorlash uchun viloyat hokimi tomonidan komissiyalar tashkil etilishi mumkin.
Hokimlik soati yig´ilishi muhokamasiga kiritiladigan masalalar bo´yicha hujjatlar yig´ilishdan 5 kun oldin viloyat hokimiga taqdim etiladi.
5. Hokimlik soati yig´ilishi ishtirokchilari tarkibi hokim tomonidan belgilanadi. Qo´shimcha taklif qilinadiganlar ro´yxati besh kun oldin bo´lim, guruh va kotibiyatlar tomonidan umumiy bo´limga taqdim qilinadi.
6. Hokimlik soati yig´ilishiga sohalar bo´yicha ishtirokchilarni taklif qilish tegishli kotibiyat, bo´lim hamda guruhlar tomonidan amalga oshiriladi, umumiy bo´lim tomonidan umumlashtiriladi.
7. Yig´ilishni tashkiliy-texnik tomonidan ta´minlash ishlar boshqaruvchisi tomonidan amalga oshiriladi.
8. Yig´ilish bayoni umumiy bo´lim tomonidan rasmiylashtiriladi bir kunlik muddatda imzolash uchun viloyat hokimiga taqdim etiladi. Tasdiqlangan bayon kechi bilan ikki kunlik muddatda barcha ijrochilarga etkaziladi.
9. Yig´ilish bayonlari ijrosining nazorati umumiy bo´lim tomonidan amalga oshiriladi. Umumiy bo´lim navbatdagi hokimlik soatida oldingi yig´ilishda berilgan topshiriqlarning ijrosi to´g´risida axborot kiritadi.

XVIII. Viloyat hokimligi apparati yig´ilishi

1. Viloyat hokimligi appaarti yig´ilishi viloyat hokimi tomonidan har oyning birinchi dushanba kuni o´tkaziladi. Yig´ilishda apparatning oy davomidagi faoliyatiga yakun yasaladi va kelgusi oydagi vazifalar belgilanadi.
2. Apparat yig´ilishiga apparatning mas´ul xodimlaridan tashqari hokimlik boshqarmalari boshliqlari, iqtisodiyot bosh boshqarmasi, tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo va investisiyalar boshqarmasi boshliqlari, ´Bolalar sportini rivojlantirish´ jamg´armasi viloyat filiali direktori ham taklif etilishi mumkin.
3. Apparat yig´ilish kun tartibi tasdiqlangan ish rejasiga asosan belgilanadi. Yig´ilishda qoida tariqasida quyidagi masalalar muhokama etiladi:
-kadrlar bilan ishlashning holati;
-oylik ish rejalarida belgilangan tadbirlarning ijrosi;
-ijro intizomining ahvoli;
-fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashning holati.
Apparat yig´ilishida hokimlik tomonidan o´tkaziladigan tadbirlar, majlislar, qabul qilinadigan qarorlar, yig´ilish bayonlari va boshqa tahliliy materiallarni tayyorlash, qabul qilingan qarorlar va berilgan topshiriqlarning ijrosini nazorat qilish bilan bog´liq masalalar ko´rib chiqiladi. Hokim o´rinbosarlari, kotibiyat, guruh, bo´lim rahbarlari va mutaxassislarning hisobotlari eshitiladi. Muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinadi.
4. Apparat yig´ilishining bayoni umumiy bo´lim tomonidan yuritiladi va yig´ilishdan so´ng ikki kunlik muddatda imzolash uchun viloyat hokimiga taqdim etiladi. Bayon hokim tomonidan tasdiqlangandan so´ng bir kunlik muddatda viloyat hokimligi apparatining barcha tarkibiy bo´linmalariga etkaziladi.
5. Apparat yig´ilishida berilgan topshiriqlar umumiy bo´lim tomonidan nazorat qilinadi va monitoringi yuritiladi, ijrosi to´g´risidagi axborot kelgusi oydagi apparat yig´ilishi muhokamasiga kiritiladi.

XIX. Viloyat hokimligi xuzuridagi komissiyalar va boshqa ishchi organlari ishini tashkil etish

1. Viloyat hokimi qaror va farmoyishlarini hayotga tadbiq etishga ko´maklashish, tuman va shahar hokimliklari, davlat boshqaruvi organlari faoliyatini muvofiqlashtirib borish maqsadida viloyat hokimligi huzurida komissiyalar va boshqa ishchi organlar (kengashlar, ishchi guruhlar) tuzilishi mumkin. Komissiyalar va boshqa ishchi organlar tarkibi viloyat hokimi qarori bilan tasdiqlanadi.
2. Tuziladigan komissiyalar va boshqa ishchi organlarning huquqiy maqomi, vakolatlari va vazifalari hokim qarorida yoki ushbu qaror bilan tasdiqlanadigan nizomlarda belgilanadi.
3. Viloyat hokimligi huzuridagi komissiyalar hamda ishchi organlarining asosiy ish shakli majlis bo´lib hisoblanadi. Majlisda komissiyalar va ishchi organlar faoliyatini tashkil etish bilan bog´liq masalalar ko´rib chiqiladi. Majlis hujjatlari bayonlari bilan rasmiylashtiriladi va tegishli ijrochilarga etkaziladi. Ko´rsatib o´tilgan komissiyalar va ishchi organlarning majlis bayonlari ularga boshchilik qilayotgan rahbarlar tomonidan imzolanadi.
4. Komissiyalar va ishchi organlar tomonidan ko´rib chiqilishi kerak bo´lgan materiallarni tayyorlash hamda komissiyalar tavsiyalari bajarilishini nazorat qilish hokimlikning tegishli kotibiyatlari, bo´limlari va guruhlari, ularga texnikaviy xizmat ko´rsatish esa ishlar boshqaruvchisi tomonidan amalga oshiriladi. Zarurat bo´lganda bu materiallarni tayyorlashga viloyat hokimligi mutaxassislari va boshqa tegishli tashkilotlarning mutasaddi xodimlari jalb qilinishi mumkin.

XX. Viloyat hokimi qabulxonasida navbatchilikni tashkil etish

1. Viloyat hokimi qabulxonasida navbatchilik ´Viloyat hokimi qabulxonasida navbatchilikni tashkil etish bo´yicha yo´riqnoma´ga asosan tashkil etiladi.
2. Viloyat hokimi qabulxonasida navbatchilik soat 18-00 dan boshlanadi va kelgusi kun soat 9-00 da tugaydi. Navbatchilar ro´yxati huquqni muhofaza qiluvchi organlar va favqulodda vaziyatlar, harbiy safarbarlik masalalari guruhi tomonidan har chorakning oxirgi oyning 25 kunida kelgusi chorak uchun tuziladi va viloyat hokimi yoki hokimning birinchi o´rinbosari tomonidan tasdiqlanadi. Oddiy kunlarda navbatchilar soat 18.00 dan navbatchilikni qabul qilib, keyingi kun ertalab soat 9.00 da o´zidan keyingi xodimga qayd daftari orqali navbatchilikni topshiradi.
3. Bayram kunlari navbatchilik alohida tuzilgan jadval asosida hokim tasdiqlagandan keyin viloyat hokimi o´rinbosarlari va viloyat hokimligi guruh, bo´lim va kotibiyatlari rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi. Bunday kunlarda kotibiyat, bo´lim va guruh rahbarlari viloyat hokimi qabulxonasida, viloyat hokimi o´rinbosarlari esa o´z xizmat xonalarida bo´lishlari lozim. Navbatchilikning keyingi kuni navbatchilik vaqtiga mutanosib ravishda belgilangan tartibda xodimlarga dam olish vaqti beriladi.
4. Viloyat hokimining ruxsatisiz jadvaldan tashqari xodimlarning navbatchilik qilishlari, navbatchilik vaqtini o´zgartirishlari yoki boshqa xodim bilan almashtirishlari ta´qiqlanadi.
Belgilangan vaqtda navbatchilikka sababsiz kelmaslik holatlari mehnat intizomini buzish sifatida baholanadi va bunday xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari ko´riladi.
5. Navbatchilikni tashkil etish uchun mas´uliyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar va favqulodda vaziyatlar, harbiy safarbarlik masalalari guruhi rahbari va ishlar boshqarmasi boshlig´i zimmasiga yuklatiladi.


Qashqadaryo viloyat hokimining qaror va ilovasini ko´chirib olish (MS-Word, 399Kb)

Matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing.

Bazaviy interaktiv xizmatlar

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 153 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Foydali resurslar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati
www.press-service.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
www.senat.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
www.parliament.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)
www.ombudsman.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
www.prokuratura.uz
   
 
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi
http://gis.uz/

 

Mobil ilovalar

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Reset