Welcome to Qashqadaryo viloyat hokimiyati   Click to listen highlighted text! Welcome to Qashqadaryo viloyat hokimiyati Powered By GSpeech

wrapper

Maxsus imkoniyatlar

Viloyat hokimligi apparatida 53 nafar mas'ul xodim faoliyat ko'rsatadi. Tashkiliy tuzilma viloyat hokimi, hokimning tumanlar va shaharlarni kompleks rivojlantirish, yoshlar siyosati, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosari, viloyat hokimining yo'nalishlar bo'yicha 5 ta o'rinbosari, ularning kotibiyatlari, tashkiliy –nazorat guruhi, axborot –tahlil guruhi, qishloq va suv xo'jaligi masalalari kotibiyati, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari bo'yicha guruhi, umumiy bo'lim, ishlar boshqarmasi, hokimning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha yordamchisi, axborot xizmati rahbari-matbuot kotibi va hokimning yordamchilaridan iborat.
Bo´linmalar faoliyati ularning rahbarlari tomonidan viloyat hokimining qarori bilan tasdiqlangan Nizomlar asosida tashkil etiladi.

Viloyat hokimligi apparati:

- sohalar va hududlarda o´tkazilayotgan islohotlarni chuqurlashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan maqsadli dasturlarning amalda bajarilishini ta´minlaydi;
- hokimlik muhokamasiga kiritilgan hujjatlar loyihalarini belgilangan muddatda ishlab chiqilishini tashkil qiladi. Yuqori tashkilotlar hamda hokimning qaror va farmoyishlarini mahalliy boshqaruv organlari hamda idoralari tomonidan o´z vaqtida bajarilishini va nazoratini tashkil qiladi;
- bo´lim, guruh va kotibiyatlar vakolatiga taaluqli masalalar bo´yicha tahliliy hujjatlarni tayyorlaydi va hokimlikka tushgan axborot, taklif va mulohazalarni umumlashtiradi. Viloyat hokimligi apparati ishiga viloyat hokimi rahbarlik qiladi. Hokimlikning ichki apparat va hujjatlar bilan ishlash borasidagi faoliyati tashkiliy - nazorat guruhi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.

 

Viloyat hokimligi boshqaruv apparatining tuzilmasi

 

Viloyat hokimligi boshqaruv apparati tuzilmasini takomillashtirish to'g'risida  (MS-Word, 646kb) 

Qaror (MS-Word, 108kb)
Hokimlik Nizomi (MS-Word, 141 kb)

 

Qashqadaryo viloyat hokimligi apparati xodimlari

RO'YXATI

Viloyat hokimining yordamchisi

 
Lavozimi

Viloyat hokimi yordamchisi

F.I.O

Sunnatov Anvar Ubaydullaevich

Telefon raqami

0(375)221-38-60

Elektron pochta
Pochta manzili 180100, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1

  • Funksiya va vazifa tavsifi

    O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va uning Devonining, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining, Vazirlar Mahkamasining bevosita hokimga yo'llangan yozma topshiriqlari to'g'risida o'z vaqtida axborot berilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta'minlaydi va hokimning rezolyusiyasiga muvofiq uning ijrosini tashkil etadi; -O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va uning Devoni, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Vazirlar Mahkamasining tegishli topshiriqlari bajarilishini nazorat qilish va tahlil etishni ta'minlaydi, topshiriqlarning bajarilishi va natijalari to'g'risida hokimga axborot beradi; -hokimning joriy ish rejalarini shakllantirishda ishtirok etadi va ularning ijrosini tashkil qiladi; -hokimning nomiga tushgan xat-xabarlarni tahlil qiladi, puxta ekspertizadan o'tkazadi, zaruriyat bo'lganda, boshqaruv apparatining tarkibiy bo'linmalari bilan birgalikda tegishli topshiriqlarni (rezolyusiyalarni) tayyorlaydi, tegishli materiallar haqida hokimga axborot beradi va imzolangan topshiriqlarning belgilangan tartibda ijrochilarga yuborilishini tashkil etadi; -hokim tomonidan yuklangan va funksional vazifalarda nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi; -hokimning kunlik, haftalik, oylik, choraklik va yillik ishlarini tashkillashtiradi; -har kuni viloyat hokimi qabuliga viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy hayoti bilan bog'liq bo'lgan masalalar bo'yicha kelgan mansabdor shaxslarni maqsadini o'rganib, belgilangan tartib asosida hokim qabuliga kiritadi. Hokim topshirig'iga ko'ra zarurat talab qiladigan vaqtlarda vaqtidan qat'iy nazar mas'ul shaxslarni hokim qabuliga taklif etadi; -xorijiy va hamdo'stlik davlatlaridan, qo'shni viloyatlardan turli masalalarda kelgan mansabdor shaxslar, mehmonlarni qabulxonada tegishli tartibda qabul qilib, hokim huzuriga tashrif buyurishlarini tashkil etadi; -O'zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni, Vazirlar Mahkamasi, Oliy Majlis, vazirliklar va boshqa barcha yuqori tashkilotlarning kundalik telefon qo'ng'iroqlariga belgilangan yo'riqnomalar asosida javob beradi, bu haqda viloyat hokimini xabardor qiladi va zarur hollarda tegishli mansabdor shaxslarga xabarlarni etkazadi; -hokim topshiriqlarini tezkor va sifatli bajaradi, ularni hisobga oladi va nazorat qiladi, ularning bajarilishi haqida hokimga axborot berib boradi; -viloyat hokimiga matbuotda chop etilayotgan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror va farmoyishlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari haqida o'z vaqtida axborot berib boradi. -hokim tomonidan o'tkaziladigan majlislarni tashkil etishda qatnashadi; -Respublika va viloyat gazetalari, jurnallari sahifalarida chop etilgan viloyat hayotiga oid nashrlar, maqolalar haqida hokimga axborot beradi, hokim nomiga kelayotgan muhim hujjatlar bilan ishlaydi, ularni hokim ko'rib chiqishi uchun tayyorlaydi. Shoshilinch xarakterdagi xabarnoma va topshiriqlardan zudlik bilan hokimni xabardor etadi; -hokimlik guruh va kotibiyatlari bilan hamkorlikda viloyat hokimligi apparat yig'ilishlari yuzasidan viloyat hokimini tegishli ma'lumotlar bilan ta'minlaydi. -viloyatdagi huquqni muhofaza qiluvchi organlardan tushayotgan tezkor axborot va ma'lumotlar haqida doimiy ravishda hokimga ma'lumot berib boradi, zarur hollarda bu haqda hokimlikdagi mansabdor rahbarlarga bildiradi. -har kuni shahar va tuman hokimliklariga telefon orqali bog'lanib, ob-havo, ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat bilan bog'liq bo'lgan masalalar, muhim voqealar haqida ma'lumot oladi va hokimga xabar beradi.

 

Viloyat hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi

Lavozimi

Guruh raxbar

F.I.O

Annaev Abror To´raevich

Telefon raqami

0(375)221-32-16

Elektron pochta
Pochta manzili 180100, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1

  • Funksiya va vazifa tavsifi

    O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 3 avgustdagi “Viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari tashkiliy-kadrlar xizmati maqomini o'zgartish to'g'risida”gi 303-sonli qaroriga asosan yuklatilgan vazifalarni amalga oshiradi: -kadrlarni rahbarlik lavozimlarga tayyorlash, ularni joy-joyiga qo'yish tizimini yaratish va muvofiqlashtirish; -hududlarda kadrlarga bo'lgan ehtiyoj asosida amaldagi va istiqbolli kadrlar zahirasini shakllantirish, ularni bosqichma-bosqich mo'ljallangan lavozimlarga tayyorlab borish, qayta o'qitish (malaka oshirish) va pirovard natijada zamonaviy rahbar tayyorlash tizimini yaratish; -hududlarda muntazam ravishda kadrlar bilan ishlashning ahvolini tahlil qilish, yosh iste'dodli, mustaqilligimiz g'oyalariga sodiq bo'lgan vatanparvar, fidoyi kadrlarni tanlash; -rahbar kadrlar almashinuvi (rotasiya) jarayonlarini o'rganib borish va takliflar kiritish; -tasdiqlangan lavozimlar nomenklaturasiga muvofiq kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo'yish, mutaxassislarni tayinlash va lavozimidan ozod qilish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirish, ko'rib chiqilayotgan nomzodlarni har tomonlama o'rganishni va ular bo'yicha ishonchli materiallar tayyorlanishini ta'minlash; -kelgusida davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari hududiy bo'linmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rahbarlik lavozimlariga ko'tarish uchun boshqaruv kadrlari zaxirasini shakllantirish ishlarini tashkil etish; -davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari hududiy bo'linmalarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining boshqaruv kadrlari faoliyatining tizimli monitoringini olib borish; -boshqaruv kadrlarini hisobga olish, ularning shaxsiy hujjatlar yig'majildlarini shakllantirish va yuritish ishlarini tashkil qilish; -zaxiraga kiritilgan boshqaruv kadrlarining kasbiy bilimlarini doimiy takomillashtirish, malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayonini tashkil qilish; -hokimlarning mutasaddilik qiladigan o'rinbosarlari bilan birgalikda hokimlik apparati kadrlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish bo'yicha takliflar tayyorlash; -davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari hududiy bo'linmalarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining boshqaruv kadrlari va ularning zaxirasi to'g'risidagi ma'lumotlar bazasini shakllantirish va doimiy yangilab borilishini ta'minlash; -ta'lim muassasalari va o'quv yurtlari bilan kadrlarga bo'lgan ehtiyojni qondirish yuzasidan hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish; -hududlardagi kadrlar to'g'risidagi ma'lumotlarni o'zida jamlagan yagona kompyuter ma'lumotlar bazasini yaratish va undan samarali foydalanishni tashkil etish; -tuman va shahar hokimliklarining kadrlarni tanlash, tayinlash va joy-joyiga qo'yish, kadrlarning amaldagi va istiqbolli zaxirasini yaratish va shakllantirish yuzasidan amalga oshirgan ishlari, shuningdek, ularning o'z hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, aholini ijtimoiy himoyalash va vakolatlari doirasidagi boshqa ishlarining ahvolini o'rganish; -viloyat hokimi qarori bilan tasdiqlangan rahbar kadrlar lavozimlari ro'yxati ustidan doimiy ravishda ish olib borish, viloyatdagi barcha rahbar kadrlarni hisobga olish hamda kadrlarni tanlash, o'rganish, joy-joyiga qo'yish, tayinlash va ozod etish bo'yicha takliflarini viloyat hokimiga hamda xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyasi tasdig'iga kiritish, bu borada rahbariyatga axborotlar tayyorlash; -mahalliy davlat hokimiyati organlariga referendum va saylovlar to'g'risidagi qonunlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish borasida takliflarni tayyorlash, barcha turdagi saylov komissiyalarning mustaqil va oshkora ishlashlari uchun sharoitlar yaratib berishga ko'maklashish; -xalq deputatlari Kengashining, uning komissiyalarining va boshqa ishchi organlarning faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan ta'minlash, deputatlarga ularning o'z vakolatlarini amalga oshirishda ko'maklashish; -fuqarolarning mahalla yig'inlari raislari (oqsoqollari) saylovlarini tashkil etish va o'tkazishda hududiy davlat organlariga ko'maklashish; -o'zini-o'zi boshqarish organlarida faoliyat yuritayotgan kadrlarni (saylovlar oldidan yangi saylanadigan nomzodlar) sifat tarkibini o'rganish va yaxshilashga qaratilgan takliflar tayyorlash, ular bilan seminarlar va boshqa turli xil o'quvlarni tashkil etish; -fuqarolar yig'inlarida ko'rilayotgan masalalarni o'rganib turish, amaldagi qonunlarda ko'rsatilgan vakolatlarini to'la bajarilishi, hisobot va tartibni, saylov va boshqa yig'ilishlarini o'z vaqtida o'tishini ta'minlash maqsadida tuman va shahar hokimliklariga yordam sifatida tegishli tavsiyalar berish; -xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari, ular tarkibidagi doimiy komissiyalar, barcha deputatlar ish faoliyatini tashkil etish, sessiyalarni tayyorlash va o'tkazishga ko'maklashish, muvofiqlashtirish va amaliy yordam ko'rsatish, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Qonunchilik palatasi bilan hamkorlikda uzviy ish olib borish; -Davlat mukofotlariga tavsiya etish yuzasidan tegishli hujjatlarni viloyat hokimligining bo'lim va boshqarmalari, hududdagi korxonalar, tashkilot, muassasalar, tuman, shahar hokimliklarining takliflarini olish, ularni ishchi guruh bilan birgalikda o'rganib chiqib, viloyat hokimiga kiritish; -O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasiga nomzodlarini tanlash, o'rganish va viloyat hokimiga takliflar kiritish. Ushbu Akademiyani bitirganlarning keyingi ish faoliyati to'g'risida monitoringni yuritib borish; -ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirish hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan O'zbekiston Respublikasi qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, shuningdek xalq deputatlari Kengashi va hokimning hujjatlari bajarilishi holatini o'rganish; -hokimlik tarkibiy bo'linmalari, boshqarmalar va boshqa korxona hamda tashkilotlarda ijro intizomiga rioya etilishi, hujjatlar bilan ishlash ahvoli, O'zbekiston Respublikasi Qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror va farmoyishlari, hukumat va viloyat hokimligi hujjatlari ijrosi bo'yicha ma'lumotlar tayyorlash va viloyat hokimi muhokamasiga kiritish; -belgilangan tartibda hokimlik ish rejasi loyihasini shakllantirish, uning bajarilishi yuzasidan nazoratni tashkil etish; -tashkiliy-kadrlar masalalari bo'yicha hokimning qarorlari va boshqa huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, hokim rahbarligida o'tkaziladigan yig'ilishlar, majlislar, uchrashuvlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish chora-tadbirlarini ko'rish; Bundan tashqari, Tashkiliy-nazorat guruhi boshqaruv apparati rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ularni rag'batlantirish va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo'llash to'g'risidagi takliflarni hokimga ko'rib chiqish uchun belgilangan tartibda kiritadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati bilan o'zaro hamkorlik qiladi. Tashkiliy-nazorat guruhi hokimning qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.  

Qashqadaryo viloyati hokimining iqtisodiy va tadbirkorlik masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosari
kotibiyati mudiri

Lavozimi

Kotibiyat mudir

F.I.O

Temirov Narzullo Norboevich

Telefon raqami

0(375)221-01-28

Elektron pochta
Pochta manzili 180100, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1

  • Funksiya va vazifa tavsifi

    Bo'lim vakolatiga kiruvchi masalalar bo'yicha hokimlik tarkibiy bo'linmalari bilan doimiy o'zaro hamkorlikni amalga oshiradi; Hudud aholisining demografik jarayonlarini va jins-yosh tarkibini, ularning bandligi darajasi va tarkibini, ta'lim, sog'liqni saqlash, madaniyat va sport tarmoqlarini, aholi hayoti darajasini, shuningdek madaniy-ma'rifiy ishlar sohasidagi ishlarning holatini tizimli tahlil qiladi; Aholi daromadlari o'sishini ta'minlash, xarid qobiliyati darajasini oshirish va ichki iste'mol bozorini to'ldirish masalalari bo'yicha takliflar ishlab chiqadi; Aholiga tibbiy, ta'lim va ijtimoiy-madaniy xizmat ko'rsatishni yanada takomillashtirish, aholining alohida toifalarini manzilli ijtimoiy qo'llab-quvvatlash va himoya qilishni rivojlantirish bo'yicha takliflar ishlab chiqadi; Oliy va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida mutaxassisliklar nomenklaturasini takomillashtirish va o'zgartirish, shuningdek oliy ma'lumotli mutaxassislarga bo'lgan real ehtiyojdan kelib chiqqan holda oliy ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilish parametrlari bo'yicha takliflar ishlab chiqadi; Mehnat bozorini rivojlantirish va tartibga solish, aholi bandligini ta'minlash, demografik omillarni va hudud iqtisodiyotini rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda ishga joylashtirishning ilg'or shakllarini joriy etish bo'yicha takliflar ishlab chiqadi; Aholining, ayniqsa yoshlarning dam olishini tashkil etish, sport-sog'lomlashtirish xizmatlari ko'rsatish ro'yxatini kengaytirish va sifatini oshirish. madaniy dam olish muassasalari faoliyatini rivojlantirish, ehtiyojmand talabalarni ijtimoiy himoya qilishga yordam berish, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan bevosita aloqalarni mustahkamlash bo'yicha takliflar tayyorlaydi; Ta'lim, sog'liqni saqlash, madaniyat va sport tarmoqlarini rivojlantirish dasturlarini, aholi bandligini ta'minlash dasturlarini amalga oshirish yakunlari bo'yicha, shuningdek demografik jarayonlar dinamikasi va aholi hayoti darajasi, amalga oshiriladigan madaniy-ma'rifiy ishlarning holati va natijalari to'g'risidagi tahliliy materiallarni tayyorlaydi; O'ziga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi; O'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga va qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Viloyat hokimligining boshqaruv apparati to'g'risidagi hamda Viloyat hokimligining hududni kompleks rivojlantirish yig'ma boshqarmasi to'g'risidagi Nizomlarga amal qiladi.

Qashqadaryo viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo'jalik masalalari bo'yicha o'rinbosari kotibiyati

Lavozimi

Kotibiyat mudiri

F.I.O

Avazov Ulug'bek Raximberdievich

Telefon raqami 0(375)221-16-20
Elektron pochta
Pochta manzili 180100, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1

  • Funksiya va vazifa tavsifi

    Bo'lim vakolatiga kiruvchi masalalar bo'yicha hokimlik tarkibiy bo'linmalari bilan doimiy o'zaro hamkorlikni amalga oshiradi; Sanoat mahsulotlarining raqobatbardoshli turlarini, shu jumladan mahalliylashtiriladigan mahsulotlarni ishlab chiqarishni ta'minlaydigan industrial siyosatni amalga oshirishning asosiy yo'nalishlari va yo'llarini kompleks, tizimli tahlil qiladi; Hududning sanoat salohiyatini jadal rivojlantirish, mineral-xomashyo va qishloq xo'jaligi xomashyosini sanoat yo'li bilan yanada chuqur qayta ishlash bo'yicha yangi yuqori texnologik ishlab chiqarishlarni tashkil etish bo'yicha takliflar tayyorlaydi; Yuqori qo'shilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish, shuningdek ishlab chiqariladigan mahsulotlarning hajmini ko'paytirish va turlarini kengaytirish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqadi; Hududiy investisiya loyihalari amalga oshirilishi, yangi ishlab chiqarishlarni qurish va o'z vaqtida ishga tushirish hamda ishlab turganlarini modernizasiyalash ustidan doimiy monitoring olib boradi; Pudrat tashkilotlarini mutanosib rivojlantirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo'yicha takliflar ishlab chiqadi; Hududiy investisiya loyihalarini amalga oshirishga xorijiy investorlarni jalb etishni hisobga olgan holda takliflar tayyorlaydi; Investisiya dasturlariga, sanoatni rivojlantirish dasturlariga kiritish uchun mahalliylashtiriladigan va eksportga yo'naltirilgan ishlab chiqarishlar, shu jumladan ularni ilg'or, resurslarni tejaydigan va energiya jihatidan samarali texnologiyalar asosida modernizasiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash bo'yicha takliflar tayyorlaydi; Energiyaning tiklanadigan manbalaridan, shu jumladan yoqilg'ining muqobil va past sortli turlaridan foydalangan holda energetika qurilmalarini sanoatda foydalanishga joriy etish bo'yicha takliflar ishlab chiqadi; Sanoatni rivojlantirishning holati, shu jumladan mahalliylashtirish, energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini amalga oshirish to'g'risida, shuningdek qurilish kompleksi va qurilish industriyasini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish yakunlari bo'yicha tahliliy materiallar tayyorlaydi; Hisobotlar va axborotlarning belgilangan muddatlarga muvofiq o'z vaqtida taqdim etilishini ta'minlaydi; O'ziga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi; O'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga va qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Viloyat hokimligining boshqaruv apparati to'g'risidagi hamda Viloyat hokimligining hududni kompleks rivojlantirish yig'ma boshqarmasi to'g'risidagi Nizomlarga amal qiladi.

Qashqadaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo'jaligi masalalari bo'yicha o'rinbosari kotibiyati

Lavozimi

Kotibiyat mudiri vazifasini bajaruvchisi

F.I.O Serkaev Mahmud Pardaevich
Telefon raqami

0(375)221-33-23

Elektron pochta
Pochta manzili 180100, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1

  • Funksiya va vazifa tavsifi

    Bo'lim vakolatiga kiruvchi masalalar bo'yicha hokimlik tarkibiy bo'linmalari bilan doimiy o'zaro hamkorlikni amalga oshiradi; Qishloq xo'jaligini yanada rivojlantirish, er-suv resurslaridan oqilona foydalanish va qishloq xo'jaligi ekinlarini maqbul joylashtirish bo'yicha takliflar tayyorlaydi; Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni va suv iste'molini joriy etish uchun qo'shimcha zaxiralarni aniqlash ishlarini amalga oshiradi; Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, qishloq xo'jaligi xomashyosini chuqur qayta ishlash hamda meva-sabzavot va go'sht-sut mahsulotlarini saqlash bo'yicha sovutish quvvatlarini tashkil etish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi; Hududdagi er va suv resurslarining qisqa muddatli va o'rta muddatli balanslarini ishlab chiqadi; Paxtachilik, g'allachilik, sholichilikni rivojlantirish, meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum etishtirish, chorvachilik, parrandachiliq, baliqchilik va qishloq xo'jaligining boshqa asosiy yo'nalishlarini rivojlantirishning prognoz parametrlarini ishlab chiqadi; Kelib tushayotgan hujjatlarni va xat-xabarlarni bo'lim xodimlari o'rtasida taqsimlaydi; Hisobotlar va axborotlarning belgilangan muddatlarga muvofiq o'z vaqtida taqdim etilishini ta'minlaydi; O'ziga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi; O'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga va qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Viloyat hokimligining boshqaruv apparati to'g'risidagi hamda Viloyat hokimligining hududni kompleks rivojlantirish yig'ma boshqarmasi to'g'risidagi Nizomlarga amal qiladi.

Viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari kotibiyati

 

Lavozimi

Kotibiyat mudiri vazifasini bajaruvchisi

F.I.O Jo'raev Behzod Xonimqulovich
Telefon raqami

0(375)221-33-23

Elektron pochta
Pochta manzili 180100, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1

  • Funksiya va vazifa tavsifi

    O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, "Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni, O'zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari,  O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan hokimlikka yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi; O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining tegishli xizmatlari,  O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o'rinbosarlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparati, hokim va uning o'rinbosarlari topshiriqlari bo'yicha tegishli tahliliy, ma'lumotnoma, statistik materiallar va takliflarni umumlashtiradi va tayyorlaydi; O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ko'rib chiqish uchun kiritiladigan, shuningdek xalq deputatlari viloyat Kengashi va viloyat hokimi tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining har tomonlama iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o'tkazilishini ta'minlaydi; O'zbekiston Respublikasi qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni tashkil etadi, ularning bajarilishini ta'minlash bo'yicha tashkiliy chora-tadbirlarni va nazorat rejalarini ishlab chiqadi; muammoli masalalarni hal etish hamda viloyat va Toshkent shahrini, shuningdek iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish yuzasidan takliflar va aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi hamda hokimga  va uning o'rinbosarlariga taqdim etadi; ijtimoiy sohaning muhim ustuvor vazifalari, davlat dasturlari amalga oshirilishi, O'zbekiston Respublikasi qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari bajarilishi bo'yicha tegishli tizimlangan ma'lumotlar bazasini shakllantiradi va yuritadi; xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyalari, hududlarning faollari yig'ilishlari, hokim va uning o'rinbosarlari ishtirokida o'tkaziladigan yig'ilishlar va boshqa tadbirlar o'tkazilishini ta'minlaydi, qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishini nazorat qiladi; xalq deputatlari viloyat Kengashi va hokimlikning komissiyalari va boshqa ishchi organlari ishlarini tashkil etadi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi; viloyat hokimining mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim va dolzarb masalalari bo'yicha hisoboti xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan eshitilishini tashkillashtirishda sohaga taalluqli materiallarni tayyorlaydi; viloyat hokimligining ish rejasiga kotibiyat yo'nalishi bo'yiyacha masalalarga doir takliflarni kiritadi; jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko'rib chiqadi;  xalq deputatlari viloyat Kengashi va viloyat hokimligining faoliyati to'g'risida jamoatchilikni belgilangan tartibda xabardor qilishni tashkil etadi. Kotibiyat qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajaradi.

 

Viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo'yicha o'rinbosari kotibiyati

Lavozimi

Kotibiyat mudir

F.I.O

Shodmonov Davron

Telefon raqami

0(375)221-40-20

Elektron pochta
Pochta manzili 180100, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1

  • Funksiya va vazifa tavsifi

    I. Umumiy qoidalar

    1. Ushbu Nizom “Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy ijroiya hokimimyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to'g'risida” 2016 yil 22 dekabrdagi PQ-2691-son qaroriga muvofiq viloyat hokimining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo'yicha o'rinbosari kotibiyatining (keyingi o'rinda kotibiyat)  vazifalari, funksiyalari, huquqlari, mas'uliyatini hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. 2. Kotibiyat o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga, “Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga va O'zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, xalq deputatlari viloyat Kengashining va viloyat hokimining hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi. 3. Kotibiyat o'z faoliyatini viloyat hokimining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo'yicha o'rinbosari rahbarligida amalga oshiradi. 4. Kotibiyat o'ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarishda viloyat hokimining o'rinbosari ko'rsatmasaiga asosan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining tegishli xizmatlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, shaharlar va tumanlar hokimliklari, shuningdek davlatning boshqa organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan o'zaro hamkorlik qiladi.

    II. Kotibiyatning vazifalari va funksiyalari

    5. Quyidagilar kotibiyatning vazifalari hisoblanadi: viloyat hokimining O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida, O'zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida”gi Qonunida va O'zbekiston Respublikasining boshqa qonunlarida, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vakolatlari amalga oshirilishini davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ta'minlash; O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan eng muhim ustuvor vazifalarga muvofiq viloyatini, shaharlar va tumanlarni kompleks rivojlantirish  bo'yicha takliflar ishlab chiqish; mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risidagi qonun hujjatlariga muvofiq ijtimoiy va diniy masalalarni hal etishda yagona siyosat olib borish; davlat organlarining viloyatda joylashgan jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan o'zaro aloqasi va hamkorligini ta'minlash; qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tgan diniy tashkilotlarning manfaatlarini hisobga olish bo'yicha davlat siyosatini amalga oshirish; davlat organlarining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan o'zaro harakatlarini muvofiqlashtirish hamda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risidagi qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish; “Haj” va “Umra” tadbirlarini o'tkazishda mahalliy davlat, jamoatchilik va diniy tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish; ma'naviy va milliy qadriyatlarga, xalqimizning diniy e'tiqodlari va urf-odatlariga qarshi yo'naltirilgan mafkuraviy tahdidlarga qarshi samarali kurashish, yot g'oyalarni tarqatishga qarshi kurash olib borish tadbirlari  amalga oshirilishini ta'minlash; millatlararo totuvlikni va diniy bag'ri kenglikni ta'minlashda davlat organlarining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan hamkorligini muvofiqlashtirish; millatlararo do'stlik prinsiplarini qaror toptirishga, millatlararo munosabatlar madaniyatini rivojlantirishga yo'naltirilgan jamoatchilik tashabbuslarini rag'batlantirish, muvofiqlashtirish va taqdirlash chora-tadbirlarini ko'rish; O'zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg'armasining, O'zbekiston "Mahalla" xayriya jamoat fondining va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining mintaqaviy tuzilmalari faoliyatiga ko'maklashish. 6. Kotibiyat o'ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni, O'zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan hokimlikka yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi; O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining tegishli xizmatlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o'rinbosarlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparati, hokim va uning o'rinbosarlari topshiriqlari bo'yicha tegishli tahliliy, ma'lumotnoma, statistik materiallar va takliflarni umumlashtiradi va tayyorlaydi; O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ko'rib chiqish uchun kiritiladigan, shuningdek, xalq deputatlari viloyat Kengashi va viloyat hokimi tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining har tomonlama iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o'tkazilishini ta'minlaydi; O'zbekiston Respublikasi qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni tashkil etadi, ularning bajarilishini ta'minlash bo'yicha tashkiliy chora-tadbirlarni va nazorat rejalarini ishlab chiqadi; muammoli masalalarni hal etish hamda viloyat va Toshkent shahrini, shuningdek iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini  amalga oshirish yuzasidan takliflar va aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi hamda hokimga  va uning o'rinbosarlariga taqdim etadi; iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning muhim ustuvor vazifalari, davlat dasturlari amalga oshirilishi, O'zbekiston Respublikasi qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari bajarilishi bo'yicha tegishli tizimlangan ma'lumotlar bazasini shakllantiradi va yuritadi; xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyalari, hududlarning faollari yig'ilishlari, hokim va uning o'rinbosarlari ishtirokida o'tkaziladigan yig'ilishlar va boshqa tadbirlar o'tkazilishini ta'minlaydi, qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishini nazorat qiladi; xalq deputatlari viloyat Kengashi va hokimlikning komissiyalari va boshqa ishchi organlari ishlarini tashkil etadi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi; viloyat hokimining mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim va dolzarb masalalari bo'yicha hisoboti xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan eshitilishini tashkillashtirishda sohaga taalluqli materiallarni tayyorlaydi; viloyat hokimligining ish rejasiga kotibiyat yo'nalishi bo'yiyacha masalalarga doir takliflarni kiritadi; jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko'rib chiqadi;   xalq deputatlari viloyat Kengashi va viloyat hokimligining faoliyati to'g'risida jamoatchilikni belgilangan tartibda xabardor qilishni tashkil etadi. Kotibiyat qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajaradi.

    III. Kotibiyatning huquqlari va javobgarligi

    7. Kotibiyat o'ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega: hokimlikda ko'rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va ishlab chiqish uchun zarur bo'lgan materiallar va ma'lumotlarni davlat va xo'jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo'linmalaridan, shaharlar va tumanlar hokimliklaridan, boshqa tashkilotlardan  belgilangan tartibda so'rash va olish; zarurat bo'lganda, hokimlikda ko'rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish, axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek xalq deputatlari viloyat Kengashi va viloyat hokimining hujjatlari  loyihalarini tayyorlash uchun davlat va xo'jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo'linmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari rahbarlari va xodimlarini taklif etish, ushbu maqsadlar uchun vaqtinchalik ekspert guruhlari tashkil etish; davlat va xo'jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo'linmalaridan, shaharlar va tumanlar hokimliklaridan, boshqa tashkilotlardan ular tomonidan kiritilgan xalq deputatlari viloyat Kengashi va viloyat hokimining hujjatlari va qarorlari loyihalarini puxta qayta ishlashni belgilangan tartibda talab qilish; hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari davlat va xo'jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo'linmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari, boshqa tashkilotlar rahbarlari va xodimlari ishtirokida ko'rib chiqilishi  va muhokama qilinishini tashkil etish; davlat va xo'jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo'linmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari, boshqa tashkilotlar rahbarlariga tezkorlik bilan hal etishni talab qiladigan hamda boshqaruv apparatiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog'liq bo'lgan masalalar bo'yicha belgilangan tartibda topshiriqlar berish; davlat va xo'jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo'linmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari, boshqa tashkilotlarning normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarning, xalq deputatlari viloyat Kengashi hujjatlari, viloyat hokimining hujjatlari va topshiriqlari, uning o'rinbosarlari topshiriqlari bajarilishi yuzasidan  ishlarini belgilangan tartibda o'rganish. 8. Kotibiyat: o'ziga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning sifatli va o'z vaqtida bajarilishi; O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari apparatlari hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining topshiriqlariga muvofiq takliflar va hujjatlar loyihalari har tomonlama va o'z vaqtida tayyorlanishi; ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendensiyalarining, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishining tizimli monitoringi olib borilishi, viloyat hokimining ko'rib chiqishi va qaror qabul qilishini talab etuvchi muammoli masalalarning kelib chiqishi sabablari o'z vaqtida aniqlanishi va takliflar tayyorlanishi; davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan viloyat hokimligiga kiritiladigan takliflar va hujjatlar sifatli va o'z vaqtida ishlab chiqilishining tashkil etilishi, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o'tkazilishi, shuningdek asoslangan xulosalar tayyorlanishi; O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, xalq deputatlari viloyat Kengashiga ko'rib chiqish uchun kiritiladigan hujjatlar va takliflar loyihalarini ishlab chiqish va ekspertizadan o'tkazish sifati, shuningdek kiritilgan loyihalar va qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari; O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to'g'risida” 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomi ta'minlanishi; O'zbekiston Respublikasi qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, shuningdek viloyat hokimi va uning o'rinbosari topshiriqlarining davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilishi holatining  o'z vaqtida o'rganilishi uchun javob beradi.

    IV. Kotibiyatning tuzilmasi

    9. Kotibiyat tuzilmasi kotibiyat mudiridan iborat bo'ladi. Kotibiyatning tuzilmasi va xodimlarining cheklangan soni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy ijroiya hokimimyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to'g'risida” 2016 yil 22 dekabrdagi PQ-2691-son qarori bilan belgilanadi. 10. Kotibiyatning ishlari viloyat hokimi tomonidan tasdiqlanadigan Boshqaruv apparati va xodimlarning funksional vazifalari to'g'risidagi Nizomga va ushbu Nizomga muvofiq tashkil etiladi. 11. Kotibiyat o'z faoliyatida  viloyat hokimining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo'yicha o'rinbosari o'rinbosariga bo'ysunadi. Viloyat hokimi o'rinbosarining kotibiyati mudiri hokimning o'rinbosari taqdimnomasi bo'yicha viloyat hokimining qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

    V. Kotibiyat faoliyatini tashkil etish

    12. Kotibiyatning ishlari O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga, “Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga, O'zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlariga, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlariga, O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o'rinbosarlari topshiriqlariga, viloyat hokimi va uning o'rinbosarlarining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek hokimlik, tarkibiy bo'linmalar, ularning rahbarlari va mutaxassislarining ish rejalari asosida tashkil etiladi. 13. Kotibiyat faoliyati viloyat hokimining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo'yicha o'rinbosari  faoliyatiga kiruvchi O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, "Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni, O'zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari bilan hokimlikka yuklangan vazifalarni bajarish bo'yicha aniq chora-tadbirlarning samarali, sifatli va natijali amalga oshirilishini ta'minlashga uzviy yo'naltiriladi. 14. Viloyat hokimining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo'yicha o'rinbosari bo'yicha kotibiyati mudiri: kotibiyatga bevosita rahbarlik qiladi hamda kotibiyatga mazkur Nizomda belgilangan va yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning bajarilishi yuzasidan shaxsan javob beradi; kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini ko'rib chiqishda davlat prinsiplariga qat'iy rioya qilinishini ta'minlaydi, ularning ekspert jihatidan ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qo'yadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta'minlaydi; tasdiqlangan tuzilmaga va shtatlar ro'yxatiga muvofiq lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlar, mutaxassislarning kasbiy darajasini va ish malakasini oshirish, ularni rag'batlantirish va ularga jazo choralari ko'rish bo'yicha takliflarni puxta ishlab chiqadi va kiritadi; vazifalar taqsimotini, shuningdek bo'linmaning yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va tasdiqlashga kiritadi, mutaxassislarning ish rejalarini tasdiqlaydi; viloyat hokimi yoki uning o'rinbosari o'tkazadigan yig'ilishlarda, shu jumladan har haftalik apparat yig'ilishlarida va komissiyalar majlislarida, shuningdek kotibiyatning ish yuritish sohasiga kiruvchi masalalar bo'yicha o'tkaziladigan boshqa yig'ilishlarda qatnashadi; ish yuritishni belgilangan tartibda olib borishni ta'minlaydi, chiquvchi  xat-xabarlarni imzolaydi. funksional vazifalarga muvofiq takliflar va hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi, ishonchliligi va o'z vaqtida tayyorlanishi hamda  funksional vazifalarga muvofiq topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning ta'minlanishi uchun shaxsan javob beradi; tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular bo'yicha tahliliy materiallarni va ekspert takliflarni tayyorlaydi, shuningdek ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda zarur tarzda kelishilishini ta'minlaydi; materiallar va hujjatlar loyihalari to'g'risida kotibiyat mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda hokimning o'rinbosariga axborot beradi; qabul qilingan hujjatlar bo'yicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari bo'yicha – O'zbekiston Respublikasi qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari,  O'zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, xalq deputatlari Kengashi va hokimning hujjatlari bajarilishini tahlil qiladi; tegishli funksional masalalar va hujjatlar bo'yicha tizimlashtirilgan ma'lumotlar bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilanishini tashkil etadi; davlat va xo'jalik boshqaruvi organlarining tegishli hududiy bo'linmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari apparatlarining tarkibiy bo'linmalari (iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy xizmatlar) ishlarining holati va natijadorligini doimiy ravishda o'rganadi, ular faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritadi; viloyat hokimi va/yoki uning o'rinbosari tomonidan o'tkaziladigan majlislarda, shu jumladan har haftalik apparat yig'ilishlarida va o'ziga biriktirilgan masalalar bo'yicha har xil komissiyalar majlislarida belgilangan tartibda ishtirok etadi; tegishli bo'linmalar to'g'risidagi nizomga va funksional vazifalarga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.

Qashqadaryo viloyati hokimining o'rinbosari - xotin-qizlar qo'mitasi raisi kotibiyati mudiri

Lavozimi

Kotibiyat mudir

F.I.O

Ochilova  Manzira Xongeldievna

Telefon raqami

0(375)221-17-04

Elektron pochta
Pochta manzili 180100, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1

  • Funksiya va vazifa tavsifi

    I. Umumiy qoidalar

    1. Ushbu Nizom “"Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy ijroiya hokimimyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to'g'risida” 2016 yil 22 dekabrdagi PQ-2691-son qaroriga muvofiq viloyat hokimining o'rinbosari-xotin-qizlar qo'mitasi raisi kotibiyatining (keyingi o'rinda kotibiyat)  vazifalari, funksiyalari, huquqlari, mas'uliyatini hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. 2. Kotibiyat o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga, “Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga va O'zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, xalq deputatlari viloyat Kengashining va viloyat hokimining hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi. 3. Kotibiyat o'z faoliyatini viloyat hokimining o'rinbosari –xotin-qizlar qo'mitasi raisi rahbarligida amalga oshiradi. 4. Kotibiyat o'ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarishda viloyat hokimining o'rinbosari ko'rsatmasaiga asosan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining tegishli xizmatlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, shaharlar va tumanlar hokimliklari, shuningdek davlatning boshqa organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan o'zaro hamkorlik qiladi.

    II. Kotibiyatning vazifalari va funksiyalari

    5. Quyidagilar kotibiyatning vazifalari hisoblanadi: viloyat hokimining O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida, O'zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida”gi Qonunida va O'zbekiston Respublikasining boshqa qonunlarida, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vakolatlari amalga oshirilishini davlat organlari  va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ta'minlash; O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan eng muhim ustuvor vazifalarga muvofiq viloyatini, shaharlar va tumanlarni kompleks rivojlantirish  bo'yicha takliflar ishlab chiqish; xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish, oilada, jamiyatda va davlat qurilishi vazifalarini hal etishda ularning rolini oshirish ishlarining holatini muntazam o'rganish va baholash; xotin-qizlar bandligini ta'minlash, ularni ishga joylashtirishga har tomonlama ko'maklashish, ayollar tadbirkorligining har xil shakllarini rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va qabul qilish; xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar bajarilishini ta'minlash; xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirishga yo'naltirilgan tadbirlarni tayyorlash va amalga oshirish, mamlakatning ijtimoiy, siyosiy hayotida, xalqaro xotin-qizlar harakatida ayollar nodavlat notijorat tashkilotlarining faol ishtirok etishiga ko'maklashish. Viloyat hokimining o'rinbosarlari qonun hujjatlariga va hokim tomonidan tasdiqlanadigan funksional vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajaradilar.   6. Kotibiyat o'ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni, O'zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan hokimlikka yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi; O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining tegishli xizmatlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o'rinbosarlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparati, hokim va uning o'rinbosarlari topshiriqlari bo'yicha tegishli tahliliy, ma'lumotnoma, statistik materiallar va takliflarni umumlashtiradi va tayyorlaydi; O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ko'rib chiqish uchun kiritiladigan, shuningdek xalq deputatlari viloyat Kengashi va viloyat hokimi tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining har tomonlama iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o'tkazilishini ta'minlaydi; O'zbekiston Respublikasi qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni tashkil etadi, ularning bajarilishini ta'minlash bo'yicha tashkiliy chora-tadbirlarni va nazorat rejalarini ishlab chiqadi; muammoli masalalarni hal etish hamda viloyat va Toshkent shahrini, shuningdek iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish yuzasidan takliflar va aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi hamda hokimga va uning o'rinbosarlariga taqdim etadi; xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyalari, hududlarning faollari yig'ilishlari, hokim va uning o'rinbosarlari ishtirokida o'tkaziladigan yig'ilishlar va boshqa tadbirlar o'tkazilishini ta'minlaydi, qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishini nazorat qiladi; xalq deputatlari viloyat Kengashi va hokimlikning komissiyalari va boshqa ishchi organlari ishlarini tashkil etadi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi; viloyat hokimining mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim va dolzarb masalalari bo'yicha hisoboti xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan eshitilishini tashkillashtirishda sohaga taalluqli materiallarni tayyorlaydi; viloyat hokimligining ish rejasiga kotibiyat yo'nalishi bo'yiyacha masalalarga doir takliflarni kiritadi; jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko'rib chiqadi;   xalq deputatlari viloyat Kengashi va viloyat hokimligining faoliyati to'g'risida jamoatchilikni belgilangan tartibda xabardor qilishni tashkil etadi. Kotibiyat qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajaradi.

    III. Kotibiyatning huquqlari va javobgarligi

    7. Kotibiyat o'ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega: hokimlikda ko'rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va ishlab chiqish uchun zarur bo'lgan materiallar va ma'lumotlarni davlat va xo'jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo'linmalaridan, shaharlar va tumanlar hokimliklaridan, boshqa tashkilotlardan  belgilangan tartibda so'rash va olish; zarurat bo'lganda,  hokimlikda ko'rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish, axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek xalq deputatlari viloyat Kengashi va viloyat hokimining hujjatlari loyihalarini tayyorlash uchun davlat va xo'jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo'linmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari rahbarlari va xodimlarini taklif etish, ushbu maqsadlar uchun vaqtinchalik ekspert guruhlari tashkil etish; davlat va xo'jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo'linmalaridan, shaharlar va tumanlar hokimliklaridan, boshqa tashkilotlardan ular tomonidan kiritilgan xalq deputatlari viloyat Kengashi va viloyat hokimining hujjatlari va qarorlari loyihalarini puxta qayta ishlashni belgilangan tartibda talab qilish; hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari davlat va xo'jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo'linmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari, boshqa tashkilotlar rahbarlari va xodimlari ishtirokida ko'rib chiqilishi  va muhokama qilinishini tashkil etish; davlat va xo'jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo'linmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari, boshqa tashkilotlar rahbarlariga tezkorlik bilan hal etishni talab qiladigan hamda boshqaruv apparatiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog'liq bo'lgan masalalar bo'yicha belgilangan tartibda topshiriqlar berish; davlat va xo'jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo'linmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari, boshqa tashkilotlarning normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarning, xalq deputatlari viloyat Kengashi hujjatlari, viloyat hokimining hujjatlari va topshiriqlari, uning o'rinbosarlari topshiriqlari bajarilishi yuzasidan  ishlarini belgilangan tartibda o'rganish. 8. Kotibiyat: o'ziga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning sifatli va o'z vaqtida bajarilishi; O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari apparatlari hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining topshiriqlariga muvofiq takliflar va hujjatlar loyihalari har tomonlama va o'z vaqtida tayyorlanishi; ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendensiyalarining, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishining tizimli monitoringi olib borilishi, viloyat hokimining ko'rib chiqishi va qaror qabul qilishini talab etuvchi muammoli masalalarning kelib chiqishi sabablari o'z vaqtida aniqlanishi va takliflar tayyorlanishi; davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan viloyat hokimligiga kiritiladigan takliflar va hujjatlar sifatli va o'z vaqtida ishlab chiqilishining tashkil etilishi, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o'tkazilishi, shuningdek asoslangan xulosalar tayyorlanishi; O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, xalq deputatlari viloyat Kengashiga ko'rib chiqish uchun kiritiladigan hujjatlar va takliflar loyihalarini ishlab chiqish va ekspertizadan o'tkazish sifati, shuningdek kiritilgan loyihalar va qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari; O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to'g'risida” 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomi ta'minlanishi; O'zbekiston Respublikasi qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, shuningdek viloyat hokimi va uning o'rinbosarlari topshiriqlarining davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilishi holatining  o'z vaqtida o'rganilishi uchun javob beradi.

    IV. Kotibiyatning tuzilmasi

    9. Kotibiyat tuzilmasi kotibiyat mudiri va bosh mutaxassisdan iborat bo'ladi. Kotibiyatning tuzilmasi va xodimlarining cheklangan soni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy ijroiya hokimimyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to'g'risida” 2016 yil 22 dekabrdagi PQ-2691-son qarori bilan belgilanadi. 10. Kotibiyatning ishlari viloyat hokimi tomonidan tasdiqlanadigan Boshqaruv apparati va xodimlarning funksional vazifalari to'g'risidagi Nizomga va ushbu Nizomga muvofiq tashkil etiladi. 11. Kotibiyat o'z faoliyatida  viloyat hokimining o'rinbosari –xotin-qizlar qo'mitasi raisiga bo'ysunadi. Viloyat hokimi o'rinbosarining kotibiyati mudiri hokimning o'rinbosari taqdimnomasi bo'yicha viloyat hokimining qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

    V. Kotibiyat faoliyatini tashkil etish

    12. Kotibiyatning ishlari O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga, “Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga, O'zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlariga, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlariga, O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o'rinbosarlari topshiriqlariga, viloyat hokimi va uning o'rinbosarlarining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek hokimlik, tarkibiy bo'linmalar, ularning rahbarlari va mutaxassislarining ish rejalari asosida tashkil etiladi. 13. Kotibiyat faoliyati viloyat hokimining o'rinbosari-xotin-qizlar qo'mitasi raisi  faoliyatiga kiruvchi O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni, O'zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari bilan hokimlikka yuklangan vazifalarni bajarish bo'yicha aniq chora-tadbirlarning samarali, sifatli va natijali amalga oshirilishini ta'minlashga uzviy yo'naltiriladi: 14. Viloyat hokimining  o'rinbosari-xotin-qizlar  qo'mitasi raisi  kotibiyati mudiri Kotibiyatga bevosita rahbarlik qiladi, o'z mutaxassislarning ishlarini tashkil qiladi hamda kotibiyatga mazkur Nizomda belgilangan va yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning bajarilishi yuzasidan shaxsan javob beradi; kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini ko'rib chiqishda davlat prinsiplariga qat'iy rioya qilinishini ta'minlaydi, ularning ekspert jihatidan ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qo'yadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta'minlaydi; tasdiqlangan tuzilmaga va shtatlar ro'yxatiga muvofiq lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlar, mutaxassislarning kasbiy darajasini va ish malakasini oshirish, ularni rag'batlantirish va ularga jazo choralari ko'rish bo'yicha takliflarni puxta ishlab chiqadi va kiritadi; mutaxassislar o'rtasida vazifalar taqsimotini, shuningdek bo'linmaning yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va tasdiqlashga kiritadi, mutaxassislarning ish rejalarini tasdiqlaydi; viloyat hokimi yoki uning o'rinbosari o'tkazadigan yig'ilishlarda, shu jumladan har haftalik apparat yig'ilishlarida va komissiyalar majlislarida, shuningdek kotibiyatning ish yuritish sohasiga kiruvchi masalalar bo'yicha o'tkaziladigan boshqa yig'ilishlarda qatnashadi; ish yuritishni belgilangan tartibda olib borishni ta'minlaydi, chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi. 15. Viloyat hokimining o'rinbosari-xotin-qizlar qo'mitasi kotibiyatining bosh mutaxassisi: bevosita kotibiyat mudiri rahbarligida ish olib boradi; funksional vazifalarga muvofiq takliflar va hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi, ishonchliligi va o'z vaqtida tayyorlanishi hamda  funksional vazifalarga muvofiq topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning ta'minlanishi uchun shaxsan javob beradi; tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular bo'yicha tahliliy materiallarni va ekspert takliflarni tayyorlaydi, shuningdek ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda zarur tarzda kelishilishini ta'minlaydi; materiallar va hujjatlar loyihalari to'g'risida kotibiyat mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda hokimning o'rinbosariga axborot beradi; qabul qilingan hujjatlar bo'yicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari bo'yicha – O'zbekiston Respublikasi qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, xalq deputatlari Kengashi va hokimning hujjatlari bajarilishini tahlil qiladi; tegishli funksional masalalar va hujjatlar bo'yicha tizimlashtirilgan ma'lumotlar bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilanishini tashkil etadi; davlat va xo'jalik boshqaruvi organlarining tegishli hududiy bo'linmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari apparatlarining tarkibiy bo'linmalari (iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy xizmatlar) ishlarining holati va natijadorligini doimiy ravishda o'rganadi, ular faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritadi; viloyat hokimi va/yoki uning o'rinbosari tomonidan o'tkaziladigan majlislarda, shu jumladan har haftalik apparat yig'ilishlarida va o'ziga biriktirilgan masalalar bo'yicha har xil komissiyalar majlislarida belgilangan tartibda ishtirok etadi; tegishli bo'linmalar to'g'risidagi nizomga va funksional vazifalarga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.

Qashqadaryo viloyati hokimligi harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari guruhi

Lavozimi

Guruh raxbar

F.I.O

Arslonov Ilxom Qurbonovich

Telefon raqami 0(375)221-51-22
Elektron pochta
Pochta manzili 180100, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1

  • Funksiya va vazifa tavsifi

    Harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalariga oid qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda viloyat hokimining qaror va farmoyishlarini joylarda ijrosini ta'minlanishini nazoratini tashkil qiladi;

    -qonun hujjatlariga muvofiq harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar bo'yicha hokimlikka yuklangan vazifalarning amalga oshirilishini ta'minlaydi; -mudofaa qudratini ta'minlash, harbiy xizmatga majbur shaxslarni hisobga olish chora-tadbirlarini amalga oshirish, bronga qo'yish masalalari bo'yicha davlat va xo'jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo'linmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi; -favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini tugatish, tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa ekstremal holatlarda tegishli organlarning ishlarini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi; -hokim tomonidan o'tkaziladigan harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari bo'yicha yig'ilishlarning kun tartibi loyihalarini shakllantiradi, hokimga tasdiqlatadi va tegishli hujjatlarning tayyorlanishini ta'minlaydi; -hokim tomonidan o'tkaziladigan harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari bo'yicha yig'ilishlarni tashkil qiladi, topshiriqlarni umumlashtiradi, ularning bajarilishini nazorat qiladi, ularning bajarilishi va natijalari to'g'risida hokimni belgilangan muddatlarda xabardor qiladi; -shahar va tumanlar hokimliklari, viloyatdagi qurilish, sanoat, kommunal xo'jalik, qishloq va suv xo'jaligi korxonalari va boshqa korxona, tashkilot, muassasalarda harbiy safarbarlik tayyorgarligi hamda favqulodda vaziyatlarda tashkil etiladigan masalalarga oid ishlarni muvofiqlashtiradi;   Harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar bo'yicha tayyorgarlik ishlarini yaxshilash yuzasidan viloyat hokimligi rahbariyatiga takliflar kiritadi.

 

Voyaga etmaganlar ishlari bo´yicha komissiya ma´sul kotibi

Lavozimi

Masu´l kotib

F.I.O Raxmatov Nuriddin Shamsiddinovich
Telefon raqami

0(375)221-02-08

Elektron pochta
Pochta manzili 180100, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1

  • Funksiya va vazifa tavsifi

    O'zbekiston Respublikasining “Voyaga etmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarlikning profilaktikasi to'g'risida”gi qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 21 sentyabrdagi “Voyaga etmaganlar ishlari bo'yicha komissiyalar faoliyatini takomillashtirish to'g'risida”gi 360-sonli,  2011 yil 17 yanvardagi “Voyaga etmaganlar ishlari bo'yicha komissiyalar faoliyatini takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi 13-sonli qarorlari talablari asosida faoliyat yuritadi; -voyaga etmaganlarga oid qonunchilik va jinoyatchilik ahvolini tahlil qiladi, umumlashtiradi bu haqda viloyat hokimiga axborot, takliflar kiritadi. -viloyat komissiyasining qarorlari ijrosini hamda qarorlarning bajarilishi bo'yicha yo'l qo'yilgan kamchiliklar xususida ko'rsatma, topshiriqlar yuborib, ularni ijrosini ta'minlaydi; -O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Voyaga etmaganlar ishlari bo'yicha komissiyasi qarorlari ijrosini hamda qarorlarning bajarilishi bo'yicha yo'l qo'yilgan kamchiliklar xususida tegishli boshqarma va idoralarga ko'rsatma, topshiriqlar tayyorlaydi va ularni ijrosini ta'minlaydi; -voyaga etmaganlar nazoratsizligi va huquqbuzarligini oldini olish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari bo'yicha guruh rahbariga umumlashtirilgan ma'lumotlar tayyorlaydi; -komissiya yig'ilishiga hujjatlarini tayyorlaydi, yig'ilish bayonnomalarini rasmiylashtiradi, ularni joylarda ijrosini ta'minlanishi ustidan nazorat qiladi; -voyaga etmaganlar ishlari bo'yicha komissiyasi ishlar nomenklaturasiga asosan sohaga oid boshqarma va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirgan holda yig'ma jildlarni belgilangan tartib asosida yuritadi; -belgilangan tartibda sohaga oid boshqarma va idoralardan har chorak yakunlari bo'yicha statistik hisobotlarni qabul qiladi, hisobotlarni umumlashtirgan holda    O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi voyaga etmaganlar ishlari bo'yicha komissiyaga yuborilishini ta'minlaydi; -tuman, shahar hokimliklari huzuridagi voyaga etmaganlar ishlari bo'yicha komissiya faoliyatini nazorat qiladi va amaliy yordam ko'rsatadi.


Yuridik hizmat

Lavozimi

Boshlig'i

F.I.O Usmanov Dilshod Salimovich
Telefon raqami

0(375)221-12-35

Elektron pochta
Pochta manzili 180100, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1

  • Funksiya va vazifa tavsifi

    O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 24 avgustdagi 182-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat boshqaruv organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik xizmati to'g'risida”gi Nizomga asosan quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: -huquq ijodkorligi va huquqni qo'llash amaliyoti, huquqiy madaniyatni oshirishda bevosita qatnashadi; -normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda va ularni huquqiy ekspertizadan o'tkazish, davlat ro'yxatiga olish uchun yuborishda qatnashadi. Kelishish uchun taqdim qilingan normativ huquqiy hujjatlar loyihalarini huquqiy ekspertizadan o'tkazadi. Ularning qonunchilikka va qonunchilik texnikasi talablariga muvofiqligi yuzasidan huquqiy xulosalar tayyorlaydi. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari bo'yicha e'tiroz va takliflar bo'lmasa ularga viza qo'yadi. Unda loyihalarga yuridik xizmat tomonidan davlat organining boshqa vakolatli tarkibiy bo'linmalaridan (xodimlaridan) keyin viza qo'yadi; -kelib tushgan va viloyat hokimligi tomonidan chiqarilgan normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini belgilangan talablarga muvofiq yuritadi, ularning saqlanishini va nazorat qilinishini ta'minlaydi; -xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish tadbirlarini tashkil etish to'g'risida takliflar kiritadi, ushbu tadbirlarni o'tkazishda qatnashadi. Qonunchilikni targ'ib qilish ishlarini amalga oshiradi; -viloyat hokimiga taqdim qilinadigan farmoyishlar, qarorlar va huquqiy tusdagi hujjatlar loyihalarini ularning qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o'tkazadi hamda ular bo'yicha e'tiroz va takliflar bo'lmasa, viza qo'yadi. Bunda loyihalarga yuridik xizmat tomonidan boshqa vakolatli bo'linmalar (xodimlaridan)dan keyin viza qo'yadi; -mustaqil ravishda yoki boshqa bo'linmalar (xodimlar) bilan birgalikda farmoyishlar, qarorlar va huquqiy tusdagi boshqa hujjatlarga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish, shuningdek ularni o'z kuchini yo'qotgan deb topish haqida takliflar tayyorlaydi; -shahar, tuman hokimliklarida huquqni qo'llash amaliyotini o'rganadi, tahlil qiladi va umumlashtiradi. Uni takomillashtirish bo'yicha takliflar tayyorlaydi va viloyat hokimiga taqdim etadi; -mehnat haqidagi qonunga rioya etilishini ta'minlashda, shu jumladan mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy hujjatlarni (mehnat shartnomasi, jamoaviy shartnoma, jamoaviy bitim va boshqalarni) ishlab chiqishda qatnashadi. Ushbu hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligini tekshiradi va xuquqiy baho beradi; -shartnomalar tayyorlanishi va tuzish ishlariga qatnashadi, ularning qonunchilikka muvofiqligini tekshiradi va shartnomalar loyihalariga viza qo'yadi. Qonunchilikda belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorining ikki yuz baravaridan ortiq summadagi shartnomalarning qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan yozma xulosalarni tayyorlaydi va imzolaydi. Shartnomaviy huquqiy, talabnoma-da'vo ishlarini amalga oshiradi; -shahar, tuman hokimliklari yuristlaridan statistik hisobotlarni qabul qiladi, umumlashtiradi, ular faoliyatiga amaliy yordam ko'rsatadi;    -tarkibiy bo'linmalar (xodimlar) bilan birgalikda viloyat hokimligi tizimiga kiradigan mansabdor shaxslar faoliyatida qonuniylikning buzilishi ko'rsatilgan arizalar, shikoyatlar va boshqa murojaatlarni ko'rib chiqadi; -viloyat, shahar, tuman hokimliklarining qonun hujjatlari bajarilishini ta'minlamayotgan yoxud ularni buzayotgan rahbarlar va xodimlarini javobgarlikka tortish haqida rahbariyatga takliflar kiritadi.

 

Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot-tahlil xizmati

Lavozimi

Xizmat rahbari vazifasini bajaruvichi

F.I.O

Juraev Ismoil Shodievich

Telefon raqami

0(375)221-18-20

Elektron pochta
Pochta manzili 180100, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1

  • Funksiya va vazifa tavsifi

    Hokimlikning ish rejasi bajarilishi monitoringini tashkil etadi, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati bilan o'zaro hamkorlik qiladi; -ekspertiza natijalari bo'yicha hujjatlar loyihalari haqida hokimga axborot beradi, hokim tomonidan imzolangan hujjatlarga viza qo'yadi va ularning chiqarilishini tashkil etadi; -hududni kompleks rivojlantirish yig'ma boshqarmasi bilan birgalikda hokim tomonidan o'tkaziladigan majlislarda, shu jumladan har haftalik apparat yig'ilishlari va turli komissiyalarning kun tartibi loyihalarini shakllantiradi, hokimga tasdiqlatadi va tegishli hujjatlar tayyorlanishini ta'minlaydi; -hokim tomonidan o'tkaziladigan majlislarni tashkil etadi, topshiriqlarni umumlashtiradi, ularning bajarilishini nazorat qiladi, hokimni va hududni kompleks rivojlantirish yig'ma boshqarmasi boshlig'ini ularning bajarilishi va natijalari to'g'risida belgilangan muddatlarda xabardor qiladi; -boshqaruv apparatining tarkibiy bo'linmalari bilan birgalikda hokimning ko'rib chiqishi uchun axborot-ma'lumotnoma va boshqa materiallarni, shuningdek hokimning ma'ruzalari va nutqlarini tayyorlaydi; -xalq deputatlari Kengashi hamda hokimning hujjatlari loyihalarini ekspertizadan o'tkazishni tashkil etish va sifatli tayyorlash bo'yicha hokimning o'rinbosarlari bilan o'zaro mustahkam hamkorlik qiladi; -amalga oshirilayotgan xatti-harakatlar to'g'risida jamoatchilikni darhol xabardor qilish hamda hokimlikning faoliyati matbuot, radio, televidenie va butunjahon Internet axborot tarmog'ida xolisona yoritilishi uchun boshqaruv apparatining ommaviy axborot vositalari bilan o'zaro hamkorligini ta'minlaydi; -hokim va hokimlikning boshqa mansabdor shaxslarini aholi bilan matbuot anjumanlarini, uchrashuvlarni tashkil qilish hamda ularni OAVda yoritish, televidenie, radio orqali chiqishlarini, jonli muloqotlarini tashkil qiladi; -internet tarmog'ida viloyat hokimligining veb-portalini tashkil  etadi, ularni samarali faoliyatini ta'minlaydi. Shuningdek, viloyat  hayotida ro'y berayotgan ijobiy o'zgarishlar, tashkil etilayotgan tadbir va anjumanlar tafsilotlari, yangilik va xabarlar bilan muntazam tarzda to'ldirib boradi. Viloyatda AKTni rivojlantirish bo'yicha viloyat  hokimligi huzuridagi kompyuterlashtirish markazi bilan hamkorlikda ishlaydi; -xalq deputatlari Kengashining va hokimlikning faoliyatini yanada to'liq va xolisona yoritish maqsadida milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari hamda jurnalistlar bilan o'zaro hamkorlik qiladi; -matbuot konferensiyalari, brifinglar o'tkazish, intervyular olishni va hokimlikning rahbariyati va xodimlari bilan ommaviy axborot vositalari vakillarining boshqa uchrashuvlarini tashkil qiladi; -xalq deputatlari Kengashining va hokimlikning faoliyati masalalari yuzasidan jamoatchilik fikrini hamda milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari nuqtai nazarini o'rganish bo'yicha tahliliy ishlarni amalga oshiradi, hokimlik rahbariyatiga axborot berish uchun matbuotda e'lon qilingan dolzarb materiallar sharhlarini tayyorlaydi; -ommaviy axborot vositalari bilan axborot-ma'lumotnomalarni e'lon qilish ishlarini amalga oshirish uchun xalq deputatlari Kengashi va hokimlik faoliyati to'g'risidagi tahliliy, statistik va boshqa materiallar ma'lumotlarining tizimlashtirilgan bankini tashkil qiladi; -ommaviy axborot vositalari uchun xabarlarni (press-relizlar, byulletenlar, obzorlar va shu kabilarni) tayyorlaydi va tarqatadi. Viloyat hokimligi  faoliyatiga doir masalalar bo'yicha bosma materialarni   tayorlaydi, teleradio eshittirishlarni tashkil etadi; -viloyat hokimi tomonidan belgilangan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda qatnashadi, viloyat hokimining qarorlari va farmoyishlarini mahalliy ommaviy axborot vositalarida e'lon qilinishini ta'minlaydi; Kutilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko'rsatkichlari bo'yicha tahliliy ma'lumotlarni, shu bilan birga viloyat hokimligi hududlarni kompleks rivojlantirish boshqarmasi hamda tegishli viloyat tashkilotlari bilan birgalikda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish prognoz ko'rsatkichlarini ishlab chiqadi va bajarilishi yuzasidan viloyat hokimligi rahbariyatiga axborotlar kiritib boradi.       

 



Ishlar boshqarmasi

Lavozimi

Boshqarma boshlig´

F.I.O

Nurullaev Baxrom Xayitovich

Telefon raqami 0(375)221-15-15
Elektron pochta
Pochta manzili 180100, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1

  • Funksiya va vazifa tavsifi

    Hokimlik apparatida ish sharoitlarini yaxshilash, avtotransport vositalaridan, xizmat xonalaridan to'g'ri maqsadda foydalanishlarini va texnik vositalarning yaroqlilik holatini to'liq ta'minlaydi. Shahar, tuman hokimliklarining xo'jalik-moliyaviy faoliyatlarini muvofiqlashtiradi; Hokimlik apparati bo'yicha ichki buyruqlar chiqaradi, ish yuritish va hujjatlar bilan ishlash, ariza va shikoyatlar hamda kompyuterlashtirish masalalariga rahbarlik qiladi, apparat xodimlarining samarali ishlashi uchun zarur bo'lgan shart-sharoitlarni yaratilishini tashkiliy-texnik jihatdan ta'minlaydi, axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish yo'li bilan ishlar sifatini yaxshilashni amalga oshiradi; Viloyat hokimligi boshqaruv apparatining tarkibiy bo'linmalari faoliyatini muvofiqlashtirib boradi. Viloyat hokimligi apparati guruh va kotibiyatlari bilan hamkorlikda xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyalari qarorlari, hokimning qaror va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlashni tashkil etadi; Viloyat hokimligi boshqaruv apparati tarkibiy bo'linmalari bilan birgalikda xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyalariga va boshqa yig'ilishlarga texnik xizmat ko'rsatishni tashkil qiladi; Hokimlik uyi, mehmonxonasi va avtogarajidan foydalanishni tashkil etadi va nazorat qiladi. Xodimlarni zarur ish jihozlari bilan  ta'minlash, hokimlik apparati xodimlarining ish sharoitlarini doimiy yaxshilash, xizmat xonalarining tozaligi va moliya-xo'jalik ishlarini ko'rib chiqadi; Hokimlik apparati xodimlari va shahar, tuman hokimlari, tegishli tashkilotlar rahbarlariga guvohnomalar berilishini va xalq deputatlari viloyat Kengashining faxriy yorliqlarini tayyorlanishini tashkillashtiradi; Viloyat hokimligida rejim (kirish-chiqish)ni tartibga soladi va kunlik nazoratni olib boradi; “Buxgalteriya hisobi to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni va Moliya vazirligining “Davlat byudjetida turadigan muassasa va tashkilotlarda buxgalteriya hisobini yuritish to'g'risida”gi qo'llanmasi asosida buxgalteriya hisobini tashkil etadi; Viloyat hokimligi smeta xarajatlariga ajratilgan mablag'larni belgilangan limit doirasida sarflanishini ta'minlaydi; Hokimlik xodimlariga tasdiqlangan ish tabeliga muvofiq oylik ish haqlari va pensiya, kasallik varaqalari, safar xarajatlari o'z vaqtida shtat jadvali asosida to'lab berilishini ta'minlaydi; Xodimlar ish haqlaridan ushlab qolingan va hisoblangan majburiy to'lovlarni pensiya jamg'armasi, daromad solig'i, kasaba uyushmasi badallarini va boshqa to'lovlarini o'z vaqtida to'lov topshiriqnomasi orqali o'tkazib boradi; O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon, qaror va farmoyishlari hamda Vazirlar Mahkamasi qaror va farmoyishlariga asosan hokimlikning tashkiliy tuzilmasiga o'zgartirishlar kiritilganda yoki shtat birliklari qisqartirilganda belgilagan moliyaviy hamda mehnat qonunlari asosida ish haqi kompensasiyalari to'lanishini ta'minlaydi va shtatlar jadvallarini moliya boshqarmasidan o'z vaqtida ro'yxatdan o'tkazib boradi; Viloyat hokimligi boshqaruv apparatining moliyaviy bank muassasalari va xo'jalik faoliyatini yuritishdagi barcha tashkilotlar o'rtasida tuziladigan shartnomalarni qonuniyligini tahlil etish va hokimlik apparati uchun zarur bo'lgan inventar, orgtexnika jihozlari va kanselyariya mollarini belgilangan tartibda sotib olinishi yuzasidan ish olib boradi; Viloyat hokimligi apparatining tashkilotlar o'rtasidagi muddati o'tgan debitor va kreditor qarzdorliklarni o'z vaqtida qoplash va bartaraf etish yuzasidan rahbariyatga va viloyat moliya boshqarmasiga tahliliy axborot berib boradi; Viloyat hokimligi hisobidagi barcha asosiy vositalarni kirim va sarflanishini hisobxona hisobi bo'yicha to'g'ri yo'lga qo'yish, muddati o'tib bo'lgan inventar, orgtexnika jihozlarini belgilangan normativlar asosida hisobdan chiqarishni tashkil etadi; Hokimlik hisobxonasida bank-xazina hisobotlarini tasdiqlangan normativlar asosida yuritish naqd pul kirimi va qonuniy saflanishi ustidan nazorat qilib boradi; Viloyat hokimligining moliyaviy va buxgalteriya hisobotlarini tegishli organlarga har oy, chorak va yil yakunlari bo'yicha o'z vaqtida topshirilishini ta'minlaydi; Tasdiqlangan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq ish yuritish va arxiv ishlarini tashkil etishni ta'minlaydi, tushadigan xat-xabarlarni qabul qilish, ro'yxatdan o'tkazish, hisobga olish, taqsimlash va mansubligiga ko'ra yuborishni, chiquvchi xat-xabarlarni qabul qilish va jo'natishni tashkil qiladi; Viloyat hokimligida ish yuritish, hujjatlarni qabul qilish, ro'yxatdan o'tkazish va taqsimlashni tashkil etadi. Viloyat hokimligida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to'g'risida”gi 12-sonli hamda 1999 yil 29 martdagi “O'zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo'yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqidagi” 140-sonli qarorlari, shuningdek, viloyat hokimligida ish yuritish tartibi asosida ish yuritish qo'llanmasi, tavsiya va yo'riqnomalari asosida ish yuritishni ta'minlaydi; Viloyat hokimi apparati arxivining ish faoliyatini nazorat qilib boradi. Kotibiyatlar, guruhlar va yig'ma boshqarma tomonidan hujjatlar nomenklaturasiga amal qilishini o'rganib boradi va amaliy yordam beradi; Viloyat hokimligi kotibiyatlari, guruhlari va yig'ma boshqarma bilan ish yuritish yuzasidan munosabat yuritadi. Shahar va tumanlar hokimliklarida ish yuritish ahvolini o'rganadi va amaliy yordam ko'rsatadi; Viloyat hokimining qaror va farmoyishlari loyihalari tayyorlanishini puxta tahlil qilinganligi hamda tegishli mas'ullar tomonidan viza qo'yilganligini ko'rib chiqib, viloyat hokimiga kiritilishini ta'minlaydi, hokim imzosidan keyin rasmiylashtiradi va qaror, farmoyishni tayyorlagan bo'linma mas'ul xodimi tomonidan jo'natish varaqasida ko'rsatilgan nusxa soniga ko'ra nusxa olishga ruxsat beradi hamda ijrochilarga etkazilishini ta'minlaydi; Hokimning qaror va farmoyishlari hamda hokimlik devoniga kelgan hujjatlarni muqovalashga tayyorlaydi, to'liqligiga qarab muqovalashtirishni tashkil etadi va nazorat olib boradi; Viloyat hokimining qaror, farmoyishlari, hokimlikning chiqish hujjatlari va yig'ilish bayonnomalarini ijrochi tomonidan berilgan jo'natish varaqasi asosida nusxa ko'paytirib olishga hamda arxiv hujjatlarini olish va foydalanishni tegishli soha bo'yicha hokim o'rinbosarining yozma ruxsati asosida hujjatlarning asl nusxasini taqdim etishni faqat viloyat hokimining aniq ko'rsatmasiga ko'ra amalga oshiradi; Hokimlik apparatiga ishga qabul qilingan xodimlarni hokimlik tuzilmasi, ish yuritish yo'riqnomasi va ijroni nazorat qilish va tekshirish bo'yicha asosiy qoidalar, ichki mehnat tartibi qoidalari va hokimlik faoliyatini tartibga soluvchi boshqa me'yoriy hujjatlar bilan tanishtiradi; Xalq deputatlari viloyat Kengashi va hokimning hujjatlarini ro'yxatdan o'tkazish, hisobga olish, rasmiylashtirish, ko'paytirishni va shu jumladan elektron pochta orqali jo'natishni ta'minlaydi; Viloyat hokimi va hokim o'rinbosarlari raisligida bo'lib o'tgan yig'ilishlar bayonnomalarini ro'yxatdan o'tkazadi va ularning saqlanishini ta'minlaydi; Yuqori organlardan kelgan hujjatlarni muhimligi aniq muddatlari ko'rsatilgan hujjatlar hamda viloyat hokimining topshiriq ko'rsatmalariga qarab hujjatlarni nazoratga oladi va yo'riqnomada ko'rsatilgan tartibda “N” belgisini qo'yadi; Shahar, tuman hokimliklari va viloyat tashkilotlari devonxona xodimlariga (mudirlariga) amaliy yordam ko'rsatadi va seminarlar tashkil etadi. “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ravishda viloyat hokimligida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ish olib boradi; Barcha yozma murojaatlarni mazmunidan kelib chiqqan holda ijro etuvchiga viloyat hokimi yoki birinchi o'rinbosari nomidan uning yo'naltiruvchi xatini tayyorlab imzo uchun kiritadi; Viloyat hokimi va hokim o'rinbosarlari tomonidan imzolangan topshiriq bilan birga murojaatlarni ijrochilarga elektron hujjatlar aylanmasi orqali jo'natadi yoki shaxsan topshiradi; Murojaatlarni Qonunda belgilangan muddatlarda ijro etilganligi haqidagi javob xatlarini talab qilib oladi va ijrosi ta'minlangan murojaatlarni viloyat hokimiga va hokim o'rinbosarlariga kiritib murojaatni nazoratdan chiqarish yuzasidan ko'rsatmasini oladi hamda nazoratdan chiqaradi; Yuqori organlardan ijro etish uchun yuborilgan murojatlarni alohida ro'yxatga oladi va Qonun bilan belgilangan muddatlarda ijro etilishi hamda javob xatlarini olib murojaat ijrosi haqida yuqori tashkilotlarga ma'lumot berilishini nazorat qilib boradi; Jismoniy va yuridik shaxslarning og'zaki murojaatlarini ro'yxatga olib boradi va ularning ijro etilishini nazorat qiladi; Hokimning yordamchisi va hokim o'rinbosarlarining kotibiyatlari bilan birgalikda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini belgilangan tartibda ko'rib chiqishni tashkil qiladi; Viloyat hokimi va hokim o'rinbosarlari tomonidan o'tkaziladigan qabullarini tashkil etadi va murojaatlarni ijro etish yuzasidan viloyat hokimi va hokim o'rinbosarlari tomonidan berilgan topshiriqlarni tegishli rahbar xodimlar bilan birgalikda ijro etilishini ta'minlaydi. Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari (og'zaki yoki yozma) yuzasidan hisobotlar olib boradi va tahlillar tayyorlaydi hamda hisobotlarni yuqori organlar va viloyat hokimiga belgilangan muddatlarda taqdim etadi; Yo'riqnomaga asosan maxfiy hujjatlar ish yuritishini mustaqil olib boradi va xizmat doirasida foydalanish uchun hamda xukumat telegrammalarini rasmiylashtirish, ijrosini ta'minlash, ijrochilarga to'g'ri va belgilangan tartib asosida etkazish hamda saqlanishi javob beradi; Maxfiylik rejimini va davlat sirlari hisoblanadigan ma'lumotlarni yoki qonun bilan qo'riqlanadigan boshqa sirlarni himoya qilishni ta'minlaydi; Yo'riqnoma talablariga to'liq rioya qilingan holda maxfiy hujjatlar bilan ish yuritishni olib boradi va ijrosini ta'minlaydi; Lavozimlar nomenklaturasiga asosan viloyat hokimligi mas'ul xodimlarini hamda tuman, shahar hokimliklari xodimlariga maxfiy hujjatlar bilan ishlashga ruxsatnoma olish uchun hujjatlarni tayyorlaydi va 26-shaklni milliy xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi orqali rasmiylashtiradi; Shifr aloqadan olingan maxfiy hukumat telegrammalarini rasmiylashtiradi va ijrosi bo'yicha nazorat olib boradi; Hujjatlarni kirish, chiqish jurnallari (elektron hujjat aylanish tizimi orqali) va kartochkalarga to'g'ri rasmiylashtiradi; Viloyat hokimligiga kelgan hujjatlarni, konvertlarni ochgandan keyin to'g'riligini, hujjatlar o'ramining butunligi va ilovalari bor yo'qligini tekshirib, hujjatlarning raqamlarini konvertda ko'rsatilgan raqamlar bilan solishtiradi; Hujjatlarning to'liqligini, hamda ochiq kelgan hujjatlarni rasmiylashtirilishi va ilovalar mosligini inobatga olib, ro'yxatga oladi; Devonxonaga kelib tushgan barcha hujjatlarni hokim va hokim o'rinbosarlari ko'rsatmasidan so'ng ijrochilarga etkazadi; Hujjatlarni to'g'ri jo'natilishini tashkil qiladi va viloyat hokimligi xodimlari tomonidan hujjatlarni olishda kartochka va daftarlarga to'g'ri hamda aniq yozilishini ta'minlaydi hamda barcha hujjatlarni ijrochilarga etkazilishini ta'minlaydi; Viloyat hokimligidan chiquvchi hujjatlarni belgilangan tartibda oluvchiga (maxsus), feldeger aloqa tarmoqlari orqali etkazilishini ta'minlaydi.


 

Matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing.

Bazaviy interaktiv xizmatlar

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 295 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Foydali resurslar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati
www.press-service.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
www.senat.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
www.parliament.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)
www.ombudsman.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
www.prokuratura.uz
   
 
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi
http://gis.uz/

 

Mobil ilovalar

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Reset
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech