wrapper

Maxsus imkoniyatlar

Viloyat hokimi

Viloyat hokimi

Ruziev Zafar Sharopovich

Manzil: Qarshi shahri, Mustaqillik maydoni 1-uy
Telefon: 0(375)221-12-88
Faks: 0(375)221-12-88
E-mail:
Fuqarolarni qabul qilish kunlari: Haftaning juma kuni soat 10:00 dan - 13:00 gacha viloyat hokimligi binosi Fuqarolarni qabul qilish xonasida (1-qavat)

 

  • Funksiya va vazifasi

    Viloyat hokimi

     

    Viloyat hokimi viloyatda oliy mansabdor shaxs bo'lib, ayni bir vaqtda hududda vakillik va ijroiya hokimiyatini boshqaradi. O'z vakolatlarini yakkaboshchilik asosida amalga oshiradi.

     Viloyat hokimi O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan belgilangan vakolatlar doirasida ijroiya  hokimiyati faoliyatini tashkil etadi.

     Viloyatda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalarining amalga oshirilishini, joylarda Qonunlar, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari hamda Vazirlar Mahkamasi va xalq deputatlari viloyat Kengashi qabul qilgan hujjatlar ijrosini tashkil etilishini, davlat boshqaruvi organlari bilan fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari o'rtasidagi aloqalarning samaradorligini hamda aholini viloyat, tuman va shaharni boshqarishga jalb etishni ta'minlaydi.

     Viloyatda qonuniylikni, jamoat tartibiga rioya etilishi va jinoyatchilikka qarshi kurash, fuqarolarning xavfsizligini ta'minlash, ularning huquqlarini himoya qilish va salomatligini muhofaza etish bilan bog'liq chora-tadbirlarni ko'radi, tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda holatlarda tegishli ishlarni tashkil etadi. Mudofaa, safarbarlik, favqulodda vaziyatlar hamda huquq-tartibot organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bilan shug'ullanadi.

     Hokim rejalashtirish, byudjet, moliya, hisob-kitob, viloyat, tuman, shahar mulkini boshqarish, mulkchilikning turli shakliga mansub korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bilan hamjihatlik qilish, qishloq xo'jaligi, er va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish, tabiatni muhofaza qilish, qurilish, transport, yo'l xo'jaligi va aloqa, aholiga kommunal, savdo va ijtimoiy-madaniy xizmat ko'rsatish, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, qonuniylik, huquq-tartibot va xavfsizlikni ta'minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish sohasida qonun hujjatlarida o'z vakolatiga berilgan boshqa masalalarni ham hal etadi.

     Kadrlar siyosatini amalga oshiradi.

     Respublikada va xorijda viloyatning rasmiy vakili sifatida ish ko'radi.

     Viloyat hokimligi apparatini boshqaradi. Hokim yordamchisi, hokim o'rinbosarlari, hokimlik apparatining tashkiliy-nazorat guruhi, axborot-tahlil xizmati, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari guruhi, hududlarni kompleks rivojlantirish yig'ma boshqarmasi, voyaga etmaganlar ishlari bo'yicha komissiyaning mas'ul kotibi, yurist hamda ishlar boshqarmasiga bevosita rahbarlik qiladi.

     Davlat mukofotlari bilan taqdirlashga doir iltimosnomalarni ko'rib chiqadi va takliflar kiritadi.

     Hududiy boshqaruv organlari, shaharlar va tumanlar hokimliklari faoliyatiga umumiy rahbarlikni hamda ular tomonidan qonunlar, qarorlar    va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta'minlaydi.

     Viloyat Fuqaro muhofazasi boshlig'i hisoblanadi.

     Quyidagi komissiyalar va kengashlar ishiga rahbarlik qiladi:

     -nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi viloyat hududiy komissiyasi;

     -narkotik moddalarni nazorat qilish mintaqaviy viloyat komissiyasi;

     -viloyat epidemiyaga qarshi kurash favqulodda komissiyasi;

     -aholi va hududlarni sel, suv toshqini, qor ko'chkisi va ko'chki xodisalari bilan bog'liq favqulodda vaziyatlardan himoyalash bo'yicha viloyat komissiyasi;

     -kadrlar tayyorlash Milliy dasturi amal oshirilishini tashkil etish;

     -voyaga etmaganlar ishlari bo'yicha viloyat komissiyasi;

     -odam savdosiga qarshi kurashish bo'yicha viloyat idoralararo komissiyasi;

     -qishloq xo'jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo'yicha viloyat komissiyasi;

     -chorvachilik kompleksini rivojlantirish va ularda yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish bo'yicha viloyat komissiya;

     -O'zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasi viloyat filiali homiylik Kengashi;

     -“Ma'naviyat va ma'rifat” masalalari bo'yicha viloyat kengashi;

     -“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat bo'limi Vasiylik Kengashi;

     

    Quyidagi tashkilotlarning tegishli masalalari ko'rib chiqilishini muvofiqlashtiradi:

     

    -milliy xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi;

    -janubiy-g'arbiy maxsus harbiy okrugi;

    -xo'jalik, jinoyat va fuqarolik ishlari bo'yicha sudlar;

    -viloyat prokuraturasi;

    -viloyat adliya boshqarmasi;

    -viloyat ichki ishlar boshqarmasi;

    -viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi;

    -viloyat davlat bojxona xizmati;

    -viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi;

    -Bosh prokuratura huzuridagi soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat bo'limi.

  • Biografiyasi

    2013 yil 27 sentyabrdan Qashqadaryo viloyati hokimi 

    Tug'ilgan yili: 19.12.1964.

    Tug'ilgan joyi: Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani

    Millati: O'zbek.

    Partiyaviyligi: O'zbekiston liberal-demokratik partiyasi a'zosi.

    Ma'lumoti: oliy

    Tamomlagan: 1989 y. Toshkent irrigasiya va qishloq xo'jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti (kunduzgi). 1998 y. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi

    Ma'lumoti bo'yicha mutaxassisligi:muhandis-mexanik

    Ilmiy darajasi: yo'q . Ilmiy unvoni: yo'q

    Qaysi chet tillarini biladi:rus tili 

    Davlat mukofotlari bilan taqdirlanganmi (qanaqa): 2011 y. “Mehnat shuhrati” ordeni

    Xalq deputatlari respublika, viloyat, shahar va tuman Kengashi deputatimi yoki boshqa saylanadigan organlarning a'zosimi (to'liq ko'rsatilishi lozim):

    2015 y.  -  h.v. - Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashi deputati, 2015 y.  -  h.v. - O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zosi

    Mehnat faoliyati

    1981-1982 yy. - Kitob tumanidagi “Sharq yulduzi”  xo'jaligi mexanizatori

    1982-1989 yy. - Toshkent irrigasiya va qishloq xo'jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti talabasi (1983-1985 yy. - harbiy xizmatda)

    1989-1991 yy. - Kitob tumanidagi “Sharq yulduzi” xo'jaligi usta chilangari

    1991-1995 yy. - Kitob tumanidagi Sh.Umarov nomli shirkat xo'jaligi bosh muhandisi, mexanizasiya shirkati raisi

    1995-1996 yy. - Kitob tumani Mashina-traktor parki bo'lim boshlig'i

    1996-1998 yy. - Kitob tumanidagi Sh.Umarov nomli shirkat xo'jaligi boshqaruvi raisi

    1998-2001 yy. - Kitob tumani hokimining birinchi o'rinbosari - tuman qishloq va suv xo'jaligi boshqarmasi boshlig'i

    2001-2002 yy. - Qashqadaryo viloyati hokimligining agrosanoat kompleksi kotibiyati mudiri

    2002-2003 yy. - Qashqadaryo viloyati qishloq va suv xo'jaligi boshqarmasi boshlig'ining agrotexnologiya masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosari

    2003-2008 yy. - Yakkabog' tumani hokimi

    2008-2009 yy. - O'zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo'jaligi vazirining agrotexnologiya masalalari bo'yicha o'rinbosari

    2009-2009 yy. - O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining o'rinbosari - Tashkiliy-nazorat xizmatining Nazorat inspeksiyasi rahbari

    2009-2010 yy. - O'zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo'jaligi vaziri vazifasini bajaruvchi

    2010-2013 yy. - O'zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo'jaligi vaziri

    2013 y.  -  h.v. - Qashqadaryo viloyati hokimi

 Viloyat hokimi birinchi o´rinbosari

images/djuraev_h.jpg 

Viloyat hokimining iqtisodiy va tadbirkorlik masalalari bo’yicha birinchi o’rinbosari

Djuraev Xurram Abduroziqovich

Manzil: Qarshi shahri, Mustaqillik maydoni 1-uy
Telefon: 0(375)221-13-23
Faks: 0(375)221-02-34
E-mail:
Fuqarolarni qabul qilish kunlari: Haftaning chorshanba kuni soat 10:00 dan - 13:00 gacha viloyat hokimligi binosi Fuqarolarni qabul qilish xonasida (1-qavat)

  • Funksiya va vazifasi

    Viloyat  hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosari

    1. Quyidagilar viloyat  hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

    O'zbekiston Respublikasi Qonunlarida hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan hujjatlarda belgilanadigan iqtisodiy, ijtimoiy va tadbirkorlik sohasining eng muhim ustuvor vazifalariga muvofiq hududni kompleks rivojlantirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish. Respublika miqyosida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan maqsadli dasturlarni ijrosini ta'minlash; viloyat, shahar va tumanlarning makroiqtisodiy ko'rsatkichlarini, shu jumladan, yalpi hududiy mahsulot, sanoat, investisiya, xizmat ko'rsatish, chakana savdo aylanmasi, eksport, inflyasiya, bandlik, mahalliy byudjetning har yilgi prognoz parametrlarini asoslangan holda ishlab chiqish va uni samarali ijrosini tashkil qilish, debitor-kreditor qarzdorliklarni yuzaga kelishini oldini olish yuzasidan tizimli ishlarni amalga oshirish va qarzdorlikni bartaraf qilishning samarali usullarini joriy etish; iqtisodiyot masalalari bo'yicha tegishli vazirlik, idoralar, qo'mitalar, tijorat banklarining hududiy tuzilmalari ish faoliyatini muvofiqlashtirish, aholini tadbirkor qilish maqsadida ular bilan tijorat banklari o'rtasida muloqot o'rnatish uchun har bir xonadonga kompleks bank va moliyaviy xizmatlarni taklif qilish orqali imtiyozli kreditlash dasturlarini ishlab chiqish va so'zsiz amalga oshirish; tarmoq va hududiy boshqaruv organlari uzviy hamkorligini yo'lga qo'yish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini, shu jumladan, bazaviy tarmoqlarini uzviy rivojlanishi, bunda tuman, shahar va viloyat kesimida ishlab chiqarish va mehnat resurslarini oqilona joylashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarishni modernizasiyalash, tarkibiy o'zgartirish va diversifikasilashni amalga oshirish, investisiyalarni, shu jumladan to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investisiyalarni moliyaviy mablag' hamda zamonaviy texnologiyalar shaklida jalb qilish, korxonalar o'rtasida kooperasiya aloqalarini kengaytirish; iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, hudud iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasini kompleks rivojlantirishning asosiy dasturlarini, shu jumladan, sanoat, investisiya, mahalliylashtirish, qishloq xo'jaligini barcha sohasini, ayniqsa paxta tolasini va mevasabzavotni qayta ishlash, xizmatlar sohasini rivojlantirish kabi maqsadli dasturlarni kafolatlangan moliyaviy manbaalarini aniqlagan holda tuman, shahar va viloyatning mahalliy byudjeti parametrlari bilan uzviy tarzda ishlab chiqish va so'zsiz amalga oshirishni ta'minlash; hududiy investisiya dasturlari amalga oshirilishini, respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning o'rtacha va uzoq muddatli dasturlariga kiritilgan yirik investisiya loyihalarini amalga oshirishga ko'maklashish; xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish va korxonalarning ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarini xususiy investorlarga, shu jumladan, xorijiy investorlarga sotish hisobiga respublika iqtisodiyotida xususiy mulkning darajasi va rolini oshirish; kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo'llab-quvatlash, ularning huquqlarini himoya qilish va erkinliklarining kafolatlarini ta'minlash, qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, yangi korxonalar, shu jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida korxonalarni tashkil etish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, yangi ish o'rinlarini yaratish va aholining turli qatlamlari bandligi masalalarini hal etish orqali mahalliy byudjetning daromad bazasini kengaytirish, respublika va mahalliy byudjetga tushumlar hajmini oshirish hisobiga mahalliy byudjet subvensiyasi hajmini bosqichma-bosqich qisqartirish va bartaraf etish; qishloq xo'jaligi sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, ko'p tarmoqli fermer xo'jaliklarini moliyaviy qo'llab-quvvatlash, bu sohani industriyalashgan tarmoqqa aylantirish maqsadida qishloq xo'jaligining barcha turdagi mahsulotlarini qayta ishlash va eksport qilishni keskin kengaytirish uchun maxsus dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; ishlab chiqarilgan mahsulotlarni, hududiy sanoat mahsulotlarini eksport qilish dasturlarini ishlab chiqish, dunyodagi narx kon'yukturasini o'rganib tahlil qilib borish va yangi turdagi mahsulotlarni o'zlashtirish hamda ularni yangi bozorlarda eksport qilishini ta'minlash bo'yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish; inson manfaatlarini ta'minlash, ayniqsa aholining qishloq joylarda hayot darajasini va sifatini oshirish, yanada farovon hayot kechirishi uchun pensiya va nafaqalar, real daromadlarini barqaror oshirish manbaalarini yaratish, zamonaviy bank va moliya infratuzilmasini yaratish hisobiga naqd pul to'lovlarini o'z vaqtida amalga oshirishni yangi mexanizmi va tizimini joriy qilish; iqtisodiyotda va ijtimoiy sohada ilmiy va texnologik salohiyatni, innovasion texnologiyalarni yanada rivojlantirishga yo'naltirilgan chora-tadbirlarning, amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlar va texnologik ishlanmalarning darajasi, sifati va samaradorligini oshirish, ularning natijalaridan amalda keng foydalanishni tashkil etish; turizmni rviojlantirish, turizm infratuzilmalarini shakllantirish, yangi turistik marshrutlar tashkil etish va chet davlatlarda hududning turistik salohiyatini keng targ'ib qilish; chakana va ulgurji savdoni, xizmatlar ko'rsatish sohasini tashkil etish tizimini takomillashtirish, savdoni tashkil etish va xizmatlar ko'rsatishning yangi shakllari va usullarini keng joriy etish, aholini iste'mol tovarlari va xizmatlar bilan ta'minlash bo'yicha marketing tadqiqotlari yuzasidan bozorlar, yarmarka va ko'rgazmalar faoliyatini muvofiqlashtirish; “yagona darcha” tamoyili bo'yicha tadbirkorlik sub'ektlariga davlat xizmatlari ko'rsatuvchi yagona markazlarning va davlat xizmatlari ko'rsatuvchi boshqa vakolatli organlarning faoliyatini, shuningdek davlat organlari bilan tadbirkorlik sub'ektlari o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning bevosita aloqasiz shakllarini joriy etishning holatini tahlil qilish; ishbilarmonlik muhiti indikatorlarini baholash va tadbirkorlik sub'ektlari o'rtasida o'tkazilgan so'rovlar natijalari asosida tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish yuzasidan ko'rilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligi to'g'risidagi tahliliy materiallarni tayyorlash va keyinchalik ularni O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga kiritish; hududda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashga, shuningdek tadbirkorlik sub'ektlarining huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga hamda kichik va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishni rag'batlantirishga yo'naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqish; tadbirkorlikni rivojlantirishdagi eng muhim muammolar bo'yicha seminarlar va davra suhbatlarini muntazam o'tkazish, shuningdek tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash yuzasidan ko'rilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi to'g'risidagi materiallarni ommaviy axborot vositalarida e'lon qilish yo'li bilan tadbirkorlik sub'ektlari orasida axborot va tushuntirish ishlarini tashkil etish; davlat organlarida, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish hamda axborot xavfsizligini ta'minlash, shuningdek pochta va telekommunikasiyalarni rivojlantirish, axborot faoliyati, arxiv ishi, intellektual mulk ob'ektlariga huquqlarni huquqiy muhofaza qilish samaradorligini oshirish; O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ko'rib chiqish uchun kiritiladigan, shuningdek xalq deputatlari viloyat  Kengashi va viloyat  hokimi tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining har tomonlama iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o'tkazish; tasarrufidagi kotibiyat va tegishli tashkilot hamda muassasalarda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to'g'risida”gi hamda 1999 yil 29 martdagi 140-sonli “O'zbekiston Respublikasi hokimiyat va boshqaruv organlarida ish yuritish va nazoratni tashkil etish bo'yicha me'yoriy xujjatlarni tasdiqlash to'g'risida”gi qarorlarining talablari asosida ish tashkil etish va ijro intizomini mustahkamlash; jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko'rib chiqish; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajaradi.

    2. Quyidagilarning ish faoliyatini tashkil etadi:

    to'lov muddati o'tgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va byudjetga to'lovlar intizomini mustahkamlash viloyat  komissiya; jazoni o'tash joylaridan ozod etilgan shaxslarga ijtimoiy-maishiy jihatdan va ishga joylashishida yordam ko'rsatish bo'yicha viloyat  hokimligi huzuridagi maxsus komissiyasi; harbiy xizmatga majburlarni zaxiralashtirish masalalari bo'yicha viloyat  komissiyasi; Qurolli kuchlarda xizmat qilishga chaqiriluvchi yoshgacha bo'lgan va chaqiriluv yoshidagi yigitlarni tayyorlash holatini tekshirish va amaliy yordam berish komissiyasi; tariflar va uy-joy kommunal xo'jaligidagi iqtisodiy islohotlar Dasturi bajarilishini monitoringini olib borish viloyat  komissiyasi. viloyat  pul-kredit siyosati komissiyasi; kompyuterlashtirish va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish bo'yicha viloyat  muvofiqlashtiruvchi kengash;  qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladigan boshqa hududiy komissiyalar va kengashlar.

    3. Quyidagi tashkilot, muassasa va korxonalarning viloyat  hokimligi bilan o'zaro faoliyatini muvofiqlashtirib boradi:

    viloyat  iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi; viloyat  moliya boshqarmasi; viloyat  G'aznachilik boshqarmasi; Moliya vazirligi viloyat bo'yicha nazorat-taftish boshqarmasi; byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasi viloyat  boshqarmasi; viloyat  davlat soliq boshqarmasi; viloyat  statistika boshqarmasi xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish hududiy boshqarmasi; viloyat  Mehnat boshqarmasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo boshqarmasi; Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasining hududiy boshqarmasi; “O'zbekinvest” kompaniyasi, “O'zagrosug'urta” AJ, “Kafolat” AJ, “Madad” sug'urta agentligi viloyat  bo'limi va boshqa sug'urta kompaniyalari filiallari; Markaziy bank viloyat  bosh boshqarmasi va barcha tijorat banklari hududiy bo'limlari; Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalvrni rivojlantirish boshqarmasi; “O'zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati viloyat  bo'limi; “O'zbektelekom” kompaniyasi viloyat  filiali; tovar xom-ashyo birjasi; viloyat dagi ulgurji sharob bazalari; viloyat dagi barcha avtodilerlar; viloyat dagi ulgurji savdo bazalari; viloyat  bozorlari va savdo komplekslari uyushmasi. viloyat  “Hunarmand” uyushmasi, Savdo-sanoat palatasi viloyat  boshqarmasi.

  • Biografiyasi

    2017 yil 11 yanvardan: Qashqadaryo viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosari

    Tug'ilgan yili: 27.04.1964

    Tug'ilgan joyi: Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani

    Millati: o'zbek    

    Partiyaviyligi: O'zbekiston liberal-demokratik partiyasi a'zosi

    Ma'lumoti: oily.Tamomlagan: 1989 y. Toshkent xalq xo'jaligi instituti (kunduzgi), 2002 y. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi

    Ma'lumoti bo'yicha mutaxassisligi: iqtisodchi

    Ilmiy darajasi: yo'q. Ilmiy unvoni: yo'q

    Qaysi chet tillarini biladi: rus tili

    Davlat mukofotlari bilan taqdirlanganmi (qanaqa): yo'q

    Xalq deputatlari respublika, viloyat, shahar va tuman Kengashi deputatimi yoki boshqa saylanadigan organlarning a'zosimi (to'liq ko'rsatilishi lozim):yo'q

     Mehnat faoliyati

     xxxxx

     

 

Viloyat hokimi o´rinbosarlari

Viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo'jalik masalalari bo'yicha o'rinbosari

Eshbabaev Maxmud Mustafaevich

Manzil: Qarshi shahri, Mustaqillik maydoni 1-uy
Telefon: 0(375)221-02-26
Faks: 0(375)221-02-38
E-mail:
Fuqarolarni qabul qilish kunlari: Haftaning seshanba kuni soat 10:00 dan - 13:00 gacha viloyat hokimligi binosi Fuqarolarni qabul qilish xonasida (1-qavat)

  • Funksiya va vazifasi

    Viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo'jalik masalalari bo'yicha o'rinbosari

     Viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo'jalik masalalari bo'yicha o'rinbosari O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni, viloyat hokimligining ish tartibi (Reglamenti) hamda mazkur vazifalar taqsimoti asosida faoliyat ko'rsatadi.

     Viloyatda sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo'jalik majmuiga rahbarlik qiladi.

     Viloyatda:

     -O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo'jaligi masalalari yuzasidan qabul qilgan qarorlari, farmoyishlari, yig'ilish bayonnomalari va boshqa tegishli hujjatlarning ijrosini tashkil etadi hamda bajarilishini nazorat qilib boradi;

     -kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, loyihalashning zamonaviy uslublarini joriy etish, pudrat ishlari      bozorini shakllantirish va qurilish materiallari savdosi   ulgurji bozorlari monitoringini amalga oshirish;

     -hududning sanoat salohiyatini jadal rivojlantirish, yuqori qo'shilgan qiymatli, raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarish bo'yicha ishlab chiqarishlarni kengaytirish asosida hududning eksport salohiyatini oshirishga yo'naltirilgan mineral-xomashyoni va qishloq xo'jaligi xomashyosini sanoat yo'li bilan yanada chuqur qayta ishlash bo'yicha yangi, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish dasturiy chora-tadbirlarini amalga oshirish;

    -sanoatning ishlamayotgan korxonalari faoliyatini tiklash chora-tadbirlari amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;

    -mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallarni mahalliylashtirish dasturlari amalga oshirilishini ta'minlash;

    -viloyatda standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish sohasida yagona davlat siyosati o'tkazilishini tashkil etish, xalqaro standartlarni qo'llash, shu jumladan sifatni boshqarish tizimi bo'yicha mahsulotlarning sifati va raqobatbardoshliligini oshirish;

    -shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;

    -shaharsozlik hujjatlari, shu jumladan shaharlar, shahar tipidagi posyolkalar va qishloq aholi punktlarining bosh rejalari, mufassal rejalashtirish loyiha (PDP)lari  ishlab chiqishni tashkil qilish;

    -kapital qurilishni tashkil etish va pudrat ishlari dasturlarini amalga oshirish;

    -pudrat tashkilotlarini mutanosib rivojlantirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;

    -pudratchi tashkilotlar va qurilish industriyasi korxonalarining ishlab chiqarish va iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash;

    -qurilish industriyasini va qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish;

    -yoqilg'i-energetika, neft va gaz sanoati korxonalari hamda boshqa biriktirilgan korxona va tashkilotlarda iqtisodiy islohotlarni izchillik bilan amalga oshirilishini ta'minlash;

    -muhandislik va yo'l-transport infratuzilmasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

    -avtomobil yo'llaridan foydalanish va ta'mirlash, ularni qurish va moliyalashtirish, transport va aloqa sohalarida bozor munosabatlarini joriy qilish va islohotlarni chuqurlashtirishni muvofiqlashtirish, yo'l harakati xavfsizligini ta'minlashni tashkil etish;

    -transport xizmati ko'rsatishni yaxshilash;

    -ko'rsatilayotgan uy-joy-kommunal xizmatlar darajasi va sifatini oshirishga yo'naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

    -kommunal xizmat ko'rsatish sohasida iqtisodiy islohotlarning joriy qilinishini tashkil qilish, iste'molchilarni elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvi, issiq suv va issiqlik energiyasi bilan ta'minlashni yaxshilash;

    -aholini sifatli ichimlik suv bilan va sanitariya jihatidan tozalash tizimi bilan ta'minlash;

    -qishloq aholisining toza ichimlik suvi va tabiiy gaz ta'minotini yaxshilash choralarini ko'rish;

    -kasb-hunar kollejlari, akademik liseylar, umumta'lim ob'ektlari va bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasi ob'ektlari hamda muhim xalq xo'jaligi ahamiyatiga ega bo'lgan qurilishlarning borishini nazorat qilish;

    -ikkilamchi qora metall va rangli metall parchalarini yig'ish va davlatga topshirishni ta'minlash va nazorat qilish;

    -aholi punktlarini obodonlashtirish, kommunal xo'jaligini rivojlantirish;

    -viloyat markazi Qarshi shahri, tumanlar markazlari, qishloqlar va  aholi punktlarini obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlarini muvofiqlashtirish;

    -biriktirilgan sohalarda ijro intizomini mustahkamlash va ulardagi ahvolni tanqidiy tahlil qilish, viloyat hokimligi tashkiliy-nazorat  guruhi bilan hamkorlikda kadrlarni tanlash, tarbiyalash va o'qitish masalalari bilan shug'ullanadi.

    Xalq deputatlari viloyat Kengashining Sanoat, transport, qurilish, kommunal xo'jaligi masalalari va aholiga xizmat ko'rsatish bo'yicha doimiy komissiyasi bilan hamkorlikda ish olib boradi.

    O'z tasarrufidagi sohalarda rahbar kadrlarni tanlash, tarbiyalash, joy-joyiga qo'yish bo'yicha viloyat hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi bilan kelishilgan holda viloyat hokimiga taklif kiritadi.

    Viloyat xokimining o'rinbosari kotibiyatiga rahbarlik qiladi. Kotibiyat xodimlari o'rtasida vazifalarni taqsimlaydi hamda ularning huquq va majburiyatlarini belgilaydi.

    Quyidagi komissiyalar ishiga rahbarlik qiladi:

     -kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo'yicha viloyat komissiyasi;

     -neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilg'i quyish shahobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotish faoliyatini lisenziyalash bo'yicha viloyat komissiyasi;

     -iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha muassasalari va uy-joy fondini kuz-qish mavsumi davrida barqaror ishlashga tayyorlash masalalari bo'yicha viloyat komissiyasi;

     -uy-joy, shaharsozlik qonunchiligiga rioya qilinishi ustidan nazorat qilish bo'yicha viloyat komissiyasi;

     -shahar atrofi va shaharlararo, viloyat ichki yo'lovchi tashish yo'nalishlarida yo'lovchilar tashishni tashkil etish bo'yicha viloyat komissiyasi;

     -qora va rangli metall parchalari va chiqindilarini tayyorlash hamda qayta ishlashga topshirishni nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo'yicha viloyat komissiyasi;

     -kapital qurilishda pudrat savdolari (tenderlar)ni tashkil etish va o'tkazish bo'yicha viloyat komissiyasi;

     -yoqilg'i-energetika resurslarini tejash bo'yicha viloyat komissiyasi;

     Quyidagi korxona va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi, ular faoliyati bilan bog'liq masalalarning ko'rib chiqilishini ta'minlaydi:

     Qurilish majmuasiga kiruvchi tashkilotlar:

     -yagona buyurtmachi xizmati - viloyat hokimligi injiniring kompaniyasi;

     -viloyat arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi;

     -viloyat davlat arxitektura va qurilish nazorati inspeksiyasi;

     -“Qishloqqurilishinvest” injiniring kompaniyasi viloyat filiali;

     -viloyat kapital qurilishda tender savdolarini tashkil qilish va narxlarni shakllantirish konsalting markazi;

     - Qashqadaryo viloyat xo'jalik hisobidagi davlat idoradan tashqari ekspertiza boshqarmasi;

     -janubiy xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yo'llardan foydalanish va ta'mirlash hududiy korxonasi;

     -“Qashqadaryoavtoyo'l” yo'llardan foydalanish korxonasi;

     -viloyat standartlash va metrologiya boshqarmasi;

     -viloyat sinov va sertifikatlash markazi;

     -“Tallimarjon issiqlik elektr stansiyasi”; sho''ba korxonasi

     -“Talimarjon issiqlik elektr stansiyasi qurilish”  sho''ba korxonasi

     -“Muborak issiqlik elektr markazi” aksiyadorlik jamiyati;

     -“Qashqadaryo elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati;

     -“O'zenergonazorat” inspeksiyasi viloyat bo'limi;

     -“O'zgeoburg'uneftgaz” aksiyadorlik kompaniyasi;

     -“Sho'rtan gaz kimyo majmuasi” unitar sho''ba korxonasi;

     -“Muborakneftgaz” unitar sho''ba korxonasi;

     -“Muborak gazni qayta ishlash zavodi” unitar sho''ba korxonasi;

     -“Shurtanneftgaz” unitar sho''ba korxonasi;

     -“Janubgazta'minot” unitar korxonasi;

     -“O'zneftgaznazorat” inspeksiyasi viloyat bo'limi;

     - Dehqonobod kaliyli o'g'itlar zavodi” unitar korxonasi;

     -“Qarshi neft bazasi” unitar korxonasi;

     -“Shahrisabz neft bazasi” unitar korxonasi;

     -viloyat hokimligi “Suvoqova” davlat unitar korxonasi;

     -viloyat “Issiqlik manbai” aksiyadorlik jamiyati;

     -“O'zavtodaryotrans” agentligi viloyat hududiy bo'limi;

     -Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida Qarshi shahar ichimlik suv ta'minoti tizimini takomillashtirish loyihasini amalga oshirish guruhi;

     -Qarshi aeroporti;

     -Qarshi temir yo'l uzeli;

     -“Qashqadaryotelekom” sho''ba korxonasi;

     -“O'zbektelekom Interneyshnl” O'zbek-Indoneziya qo'shma korxonasi;

     “O'zI-Qarshi” filiali;

     - Qarshi ikkilamchi qora metall shu'ba korxonasi;

     -boshqa aloqador korxona, tashkilot va muassasalar.

     

  • Biografiyasi

    2016 yil 19 yanvardan: Qashqadaryo viloyati hokimining kapital qurilish, kommunikasiyalar, kommunal xo'jalik va obodonlashtirish masalalari bo'yicha o'rinbosari

    Tug'ilgan yili: 10.02.1962

    Tug'ilgan joyi: Qashqadaryo viloyati, Yakkabog' tumani   Millati:  o'zbek 

    Partiyaviyligi: O'zbekiston xalq demokratik partiyasi a'zosi

    Ma'lumoti: oliy

    Tamomlagan: 1985 y. Toshkent politexnika instituti (kunduzgi)

    Ma'lumoti bo'yicha mutaxassisligi:  muhandis-geodezist

    Ilmiy darajasi: yo'q

    Ilmiy unvoni: yo'q

    Qaysi chet tillarini biladi: rus tili

    Davlat mukofotlari bilan taqdirlanganmi (qanaqa): yo'q

    Xalq deputatlari respublika, viloyat, shahar va tuman Kengashi deputatimi yoki boshqa saylanadigan organlarning a'zosimi (to'liq ko'rsatilishi lozim): yo'q

    Mehnat faoliyati

    1980-1985 yy. - Toshkent politexnika instituti talabasi 1985-1986 yy. - Toshkent shahar geodeziya va kartografiya bosh boshqarmasi muhandis-geodezisti 1986-1988 yy. - Qashqadaryo viloyati agrosanoat uyushmasiga qarashli kapital qurilish boshqarmasi texnika bo'limi muhandisi 1988-1993 yy. - Qashqadaryo viloyati agrosanoat uyushmasiga qarashli kapital qurilish boshqarmasi loyihalash bo'limi boshlig'i 1993-1996 yy. - Qashqadaryo viloyati “Qishloq qurilish” davlat korxonasi bo'lim boshlig'i 1996-2000 yy. - Qashqadaryo viloyati qishloq va suv xo'jaligi boshqarmasiga qarashli 7-qurilayotgan korxonalar direksiyasi bo'lim boshlig'i 2000-2001 yy. - Qashqadaryo viloyati hokimligi kapital qurilish boshqarmasi bo'lim boshlig'i 2001-2002 yy. - Yakkabog' tumani hokimining qurilish, transport, uy-joy va kommunikasiya masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosari 2002-2009 yy. - Qashqadaryo viloyati hokimligi injiniring kompaniyasi texnik nazoratchisi 2009-2009 yy. - Qashqadaryo viloyati hokimligi yagona buyurtmachi xizmati-injiniring kompaniyasi bosh muhandisi vazifasini bajaruvchi 2009-2012 yy. - Qashqadaryo viloyati hokimligi yagona buyurtmachi xizmati-injiniring kompaniyasi bosh muhandisi 2012-2015 yy. - Qashqadaryo viloyati hokimligi yagona buyurtmachi xizmati-injiniring kompaniyasi direktori vazifasini bajaruvchisi 2015-2017 yy. - Qashqadaryo viloyati hokimligi yagona buyurtmachi xizmati-injiniring kompaniyasi direktori 2017 y.  -  h.v. - Qashqadaryo viloyati hokimning sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish,kommunikasiyalar va kommunal xo'jalik masalalari bo'yicha o'rinbosari 1978-1979 yy. - Yakkabog' tuman kinofikasiya bo'limi kinomexanigi 

     

 

Viloyat hokimining qishloq va suv xo'jaligi masalalari bo'yicha o'rinbosari

Xayitmuradov Muxtar Kuldashevich

Manzil: Qarshi shahri, Mustaqillik maydoni 1-uy
Telefon: 0(375)221-03-04
Faks: 0(375)221-03-04
E-mail:
Fuqarolarni qabul qilish kunlari: Haftaning seshanba kuni soat 10:00 dan - 13:00 gacha viloyat hokimligi binosi Fuqarolarni qabul qilish xonasida (1-qavat)

  • Funksiya va vazifasi

    Viloyat hokimining qishloq va suv xo'jaligi masalalari bo'yicha o'rinbosari O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni, viloyat hokimligining ish tartibi (Reglamenti) hamda mazkur vazifalar taqsimoti asosida faoliyat ko'rsatadi.    

    Viloyatda:

    -O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va viloyat hokimligining tegishliligi bo'yicha qabul qilingan qarorlari, farmoyishlari, yig'ilish bayonlari va boshqa rahbarlik hujjatlarining ijrosini tashkil qilish hamda bajarilishini nazorat qilish; -qishloq xo'jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, fermerlik harakatini rivojlantirish ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini tarkibiy o'zgartirishni ta'minlash; -qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari va ularning hamkorlari o'rtasida mulk shaklini va iqtisodiy o'zaro munosabatlarni takomillashtirish; -qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalar ishlarini muvofiqlashtirish; -xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish, qishloqda bozor tuzilmalarini shakllantirish, dehqon va fermer xo'jaliklarini rivojlantirish; -dehqonchilik va agrotexnologiyalarning ilg'or usullarini joriy etish chora-tadbirlarini ko'rish, qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga bozor tamoyillari va mexanizmlari asosida xizmat ko'rsatuvchi tarmoqlar, bo'g'inlar va tuzilmalarning faoliyatini muvofiqlashtirish; -suv resurslaridan oqilona foydalanish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish, suvdan foydalanish va suv iste'molining bozor tamoyillari va mexanizmlarini joriy etish, suv xo'jaligi ob'ektlaridan foydalanish ishlarining va sug'oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlarining bajarilishini muvofiqlashtirish; -tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularning saqlanishi ta'minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, tabiatni muhofaza qilish faoliyatining samaradorligini oshirish; -erlardan oqilona va samarali foydalanish, suv xo'jaligi xavza tizimi va qurilishi tashkilotlarini qo'llab-quvvatlash; -qishloq xo'jaligini, suv xo'jaligini va o'rmon xo'jaligini rivojlantirish hududiy dasturlarini ishlab chiqish ishlarini tashkil etish, ushbu sohalarga tashqi va mahalliy investisiyalarni jalb etish chora-tadbirlarini ko'rish; -chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikning ozuqa bazasini mustahkamlash, naslchilik ishlarini rivojlantirish, hayvonlarni sun'iy urug'lantirish xizmatlarini kengaytirish, zooveterinariya xizmati ko'rsatish tarmog'ini rivojlantirish ishlarini tashkil etish; -ipakchilikning ozuqa bazasini kengaytirish va mustahkamlash, yuqori mahsuldor tut ipak qurtini etishtirish, tirik pilla etishtirishni ko'paytirish; -qishloq xo'jaligi mahsulotlarini tayyorlash, saqlash, dastlabki qayta ishlash korxonalarini tashkil etish va mahsulotlarni eksport qilish, shuningdek qishloqda ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi ob'ektlarini rivojlantirish chora-tadbirlarini  amalga oshirish; -fermer xo'jaliklariga minitexnologiyalarni olib kelish va ishlatishda ko'maklashish, qishloq xo'jaligida innovasion loyihalarni joriy qilish; -Biriktirilgan sohalarda ijro intizomini mustahkamlash choralarini ko'radi va ulardagi ahvolni tanqidiy tahlil qiladi. Xalq deputatlari viloyat Kengashining Agrar, suv xo'jaligi masalalari va ekologiya bo'yicha doimiy komissiyasi bilan xamkorlikda                ish olib boradi. O'z tasarrufidagi sohalarda kadrlarni tanlash, tarbiyalash, joy-joyiga qo'yish bo'yicha viloyat hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi bilan kelishilgan holda viloyat hokimiga taklif kiritadi. Viloyat hokimining qishloq va suv xo'jaligi masalalari bo'yicha o'rinbosari kotibiyatiga rahbarlik qiladi. Kotibiyat xodimlari o'rtasida vazifalarni taqsimlaydi hamda ularning huquq va majburiyatlarini belgilaydi.

    Qo'yidagi korxonalar va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi, ular faoliyati bilan bog'liq masalalarning ko'rib chiqilishini ta'minlaydi:

    -viloyat qishloq va suv xo'jaligi boshqarmasi;   -“Amu-Qashqadaryo" irrigasiya tizimlari havza boshqarmasi; -“Amu-Qashqadaryo” irrigasiya tizimlari havza boshqarmasi qoshidagi nasos stansiyalari energetika va aloqa boshqarmasi; -“Amu-Qashqadaryo” irrigasiya tizimlari havza boshqarmasi qoshidagi meliorativ ekspedisiyasi; -viloyat “Suvnazorat” inspeksiyasi; -Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi; -Qarshi magistral kanali irrigasiya tizimi boshqarmasi; -Mirishkor irrigasiya tizimi boshqarmasi; -“Yakkabog'-G'uzor” irrigasiya tizimi boshqarmasi; -“Oq-suv” irrigasiya tizimi boshqarmasi; -Qashqadaryo magistral tizimi boshqarmasi; -Tallimarjon suv omboridan foydalanish boshqarmasi; -Hisorak suv omboridan foydalanish boshqarmasi; -Chimqo'rg'on suv omboridan foydalanish boshqarmasi; -Pachkamar suv omboridan foydalanish boshqarmasi; -viloyat kichik nasos stansiyalaridan foydalanish boshqarmasi; -8-sonli qurilayotgan korxonalar birlashgan direksiyasi; -“Davsuvxo'jaliknazorat” davlat inspeksiyasining viloyat bo'yicha vakilligi; -viloyat mashina-traktor parklari aksiyadorlik jamiyati; -“O'zdavtexnazorat” davlat bosh inspeksiyasining viloyat bo'limi; -“O'zqishloqxo'jalikmashlizing” kompaniyasi viloyat bo'limi; -“O'zqishloqxo'jalikmashxolding” kompaniyasi viloyat texnik markazi; -“O'zKeysServis” qo'shma korxonasi viloyat servis markazi; -viloyat “Qishloqxo'jalikkimyo” aksiyadorlik jamiyati; -viloyat O'simliklarni himoya qilish markazi; -viloyat Chigirtkaga qarshi kurash ekspedisiyasi; -viloyat Agrokimyo stansiyasi; -viloyat o'simliklar karantini Davlat inspeksiyasi; -viloyat fermerlar kengashi; -viloyat pilla aksiyadorlik birlashmasi; -viloyat er resurslari va davlat kadastr boshqarmasi; -viloyat er tuzish va ko'chmas mulk kadastri xizmati davlat unitar korxonasi; -“O'zdaverloyiha” instituti Qashqadaryo bo'linmasi; -viloyat davlat veterinariya boshqarmasi; -viloyat veterinariya laboratoriyasi; -viloyat hokimligi huzuridagi Chorvachilik-naslchilik ishlari davlat inspeksiyasi; -viloyat “Naslchilik” birlashmasi; -viloyat chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar uyushmasi; -viloyat “Qorako'l” birlashmasi; -viloyat tabiatni muhofaza qilish qo'mitasi; -viloyat markaziy o'rmon xo'jaligi boshqarmasi; -“Qashqadaryopaxtasanoat hududiy filiali” mas'uliyati cheklangan jamiyati; -viloyat “Davurug'nazoratmarkazi”; -viloyat “G'o'za urug'chiligi” birlashmasi; -Qashqadaryo boshoqli don ekinlari seleksiyasi va urug'chiligi ilmiy- tadqiqot instituti; -“Qashqadaryodonmahsulot” aksiyadorlik jamiyati; -“Dunyo-M” aksiyadorlik jamiyati; -“Qamashi don qabul qilish” aksiyadorlik jamiyati; -“Don halq rizqi” aksiyadorlik jamiyati; -“Koson don mahsulotlari qabul qilish” mas'uliyati cheklangan jamiyati; -“O'zdavdoninspeksiyasi”ning Qashqadaryo viloyat bo'limi; -Respublika qishloq xo'jalik ilmiy-ishlab chiqarish markazining viloyat bo'limi; -viloyat gidrometrologiya boshqarmasi; -“Koson yog'-ekstraksiya” aksiyadorlik jamiyati; -“Qarshi yog'-ekstraksiya” aksiyadorlik jamiyati; -boshqa aloqador korxona, tashkilot va muassasalar.  

  • Biografiyasi

    2016 yil 19 apreldan: Qashqadaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo'jaligi masalalari bo'yicha o'rinbosari

    Tug'ilgan yili: 25.01.1970                                    

    Tug'ilgan joyi: Qashqadaryo viloyati, Yakkabog' tumani

    Millati:  o'zbek 

    Partiyaviyligi: O'zbekiston liberal-demokratik partiyasi a'zosi

    Ma'lumoti: oliy

    Tamomlagan: 1992 y. Toshkent davlat agrar universiteti (kunduzgi), 1997 yil, O'zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi (kunduzgi)

    Ma'lumoti bo'yicha mutaxassisligi:  iqtisodchi

    Ilmiy darajasi: yo'q

    Ilmiy unvoni: yo'q

    Qaysi chet tillarini biladi: rus tili

    Davlat mukofotlari bilan taqdirlanganmi (qanaqa): 2011 y. “Do'stlik” ordeni

    Xalq deputatlari respublika, viloyat, shahar va tuman Kengashi deputatimi yoki boshqa saylanadigan organlarning a'zosimi (to'liq ko'rsatilishi lozim): 2015 y.  -  h.v. - Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati va Nishon tumani Kengashlari deputati

    Mehnat faoliyati

    1986-1987 yy. - Qashqadaryo viloyati G'uzor tumanidagi “Xalqobod” xo'jaligi ishchisi 1987-1992 yy. - Toshkent davlat agrar universiteti talabasi 1992-1993 yy. - G'uzor tumani moliya bo'limi mutaxassisi 1993-1996 yy. - Qashqadaryo viloyati moliya boshqarmasi byudjet bo'limi 1-darajali iqtisodchisi 1996-1996 yy. - Qashqadaryo viloyati moliya boshqarmasi daromadlarni rejalantirish va iqtisodiy tahlil qilish bo'limi boshlig'i o'rinbosari, bo'lim boshlig'i 1996-1997 yy. - O'zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi tinglovchisi 1997-2000 yy. - O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hududlar moliyasi va tashkiliy uslubiyot ishlari boshqarmasining mahalliy byudjetlar bo'limi bosh iqtisodchisi, bo'lim boshlig'i o'rinbosari 2000-2004 yy. - Qashqadaryo viloyati moliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari 2004-2006 yy. - Qashqadaryo viloyati iqtisodiyot bosh boshqarmasi boshlig'i 2006-2012 yy. - Qashqadaryo viloyati hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo'yicha o'rinbosari 2012-2016 yy. - Nishon tumani hokimi 2016 y.  -  h.v. - Qashqadaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo'jaligi masalalari bo'yicha o'rinbosari

 

Viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari

Allaev Dolli Xakimovich

Manzil: Qarshi shahri, Mustaqillik maydoni 1-uy
Telefon: 0(375)221-04-20
Faks: 0(375)221-03-04
E-mail:
Fuqarolarni qabul qilish kunlari: Haftaning payshanba kuni soat 10:00 dan - 13:00 gacha viloyat hokimligi binosi Fuqarolarni qabul qilish xonasida (1-qavat)

  • Funksiya va vazifasi

    Yoshlar siyosati sohasida: yoshlar, ya'ni o'ttiz yoshdan oshmagan shaxslar, xususan, ta'lim bilan qamrab olingan yoshlar, uyushmagan yoshlar, yosh mutaxassislar, tadbirkor yoshlar, yosh fermerlar, yosh oilalarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish; umumta'lim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilarini kasbga yo'naltirish va ularni keyinchalik o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimida o'qish bilan to'liq qamrab olish, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo'yicha tizimli ishlarni tashkil etish; akademik liseylar faoliyatini samaradorligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, jumladan, ularni hududlar kesimida optimal joylashtirish, iste'dodli yoshlarni qamrab olish, o'quv jarayoni sifatini oshirish; oliy ta'lim yo'nalishlari va oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlash ko'rsatkichlarining hududlar bo'yicha optimal taqsimoti yuzasidan asoslangan taklif ishlab chiqish, bitiruvchilarni chuqur professional bilimlarga ega bo'lishlarga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish; ta'lim tizimining barcha bosqichlarida o'quv jarayoni sifatini, o'quvchi-talabalarning davomatini ta'minlash yuzasidan aniq choralarni ko'rish va nazorat qilish, bu borada ta'lim muassasasi, mahalla, nodavlat va notijorat tashkilotlari, profilaktika inspektorlari va ota-onalarni o'zaro hamkorlikdagi ishlarini muvofiqlashtirish; aholi, yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng yaxshi namunalarini keng targ'ib qilish, “ommaviy madaniyat”ning ko'rinishlariga qarshi ma'naviy profilaktika ishlariga rahbarlik qilish; ta'lim tizimining barcha bosqichlarida chet tillariga, kompyuter texnologiyalari va internet-resurslaridan foydalanishning ilg'or ko'nikmalariga o'rgatish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar bajarilishini nazorat qilish; yoshlarni bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo'yicha ularning mulohazalari va takliflarini inobatga olgan holda aniq va manzilli chora-tadbirlar dasturlari ishlab chiqish, turli to'garaklarga, shu jumladan, bolalar musiqa va san'at, bolalar va o'smirlar sport maktablariga qamrab olish ishlarini tizimli tashkil etish; yoshlarni yuksak axloqiy tarbiyalash, ularni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish va jamiyatda yuksak ma'naviyatini qaror toptirish borasidagi ishlarga rahbarlik qilish; yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash, aholining ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlar tarbiyasi masalasida jamoatchilik nazoratini tashkil etish, jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni ta'minlash sohasidagi vazifalarni samarali bajarishga yo'naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish; ota-onalarning pedagogik madaniyatini yuksaltirishga, barkamol avlod tarbiyasida “oila-mahalla-ta'lim muassasasi” hamkorlik konsepsiyasini amalga oshirishga rahbarlik qilish; uyushmagan yoshlarning manfaatlarini ro'yobga chiqarishda ishtirok etuvchi davlat organlari, muassasalar va nodavlat notijorat tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish hamda yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan ustuvor yo'nalishlarni belgilash; uyushmagan yoshlarning muammolarini aniqlash va hal qilish uchun ularning ehtiyojini aniqlash bo'yicha monitoring olib borish va baholash, kasbga o'rgatish, ishga joylashtirish, jumladan, kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikka keng jalb etish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash; yosh mutaxassislarni ishga joylashtirishning tizimli monitoringini tashkil etish, mehnat bozorida ularning raqobatbardoshligini ta'minlashga qaratilgan maxsus dasturlarni ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish,  yosh kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo'yicha ishlarni amalga oshirish; yoshlarni tadbirkorligi hamda yosh fermerlar faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, yoshlar tadbirkorligini tashkil etishda ko'maklashish, imtiyozli kreditlar berish, joy ajratish, moddiy va texnik vositalar bilan ta'minlanishiga doir dasturlarni ishlab chiqish va ro'yobga chiqarish; yosh oilalarni ma'naviy va moddiy jihatdan qo'llab-quvvatlash, ular uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni tashkil etish bo'yicha  chora-tadbirlar tizimini amalga oshirish, kam ta'minlangan yosh oilalarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda moddiy yordam berish choralarini ko'rish. Ijtimoiy rivojlantirish sohasida: aholiga ijtimoiy xizmat ko'rsatish darajasi va sifatini oshirish, hayot va mehnat faoliyati, malakali tibbiy yordam olish, madaniy meroslardan baxramand bo'lish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanish, dam   olishini tashkil etish uchun qulay tashkiliy-huquqiy va ijtimoiy shart-sharoitlarni yaratish hamda sifat jihatdan yangi darajaga ko'tarish bo'yicha tizimli ishlarni amalga oshirish; aholining ijtimoiy ehtiyoj va talablarini o'rganish asosida hududlarda ijtimoiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va ijrosini monitoring qilish; sog'liqni saqlash izimini isloh qilish, aholiga yuqori malakali tibbiy yordamni ko'rsatish, sog'liqni saqlash muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash va kadrlar saloxiyatini oshirish borasida tizimli ishlarni amalga oshirish; qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalarning ish samaradorligini oshirish, har bir inson va butun oila darajasida eng ko'p uchraydigan kasalliklar profilaktikasi va davolash jarayonini tashkil etish, oilalarni patronaj tizimi bilan to'liq qamrab olish, aholining tibbiy madaniyatini oshirish, sog'lom turmush tarzini, shu jumladan sog'lom ovqatlanishni targ'ib qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish; aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalar, bolalar va o'smirlar sog'lig'ini muhofaza qilish, tug'ma va irsiy kasalliklarni oldini olish, rivojlanish nuqsoni bo'lgan bolalarni tibbiy-ijtimoiy reabilitasiya qilish sisatini oshirish, ularning jamiyat hayotida to'laqonli qatnashishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish; aholiga tashxis qo'yishning zamonaviy usullarini joriy etish va yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko'lamini yanada kengaytirish. Jahon standartlari darajasidagi eng samarali, murakkab va yuqori texnologiyali usullarga bo'lgan aholi ehtiyojini qondirishga yo'naltirilgan tadbirlar ijrosini ta'minlash; aholini dori vositalari bilan ta'minlashni yanada yaxshilash, mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilag sifatli dori vositalar va tibbiy buyumlar bilan ta'minot darajasini oshirish, mahalliy farmasevtika sanoatiga investisiyalar kiritish uchun chet el etakchi kompaniyalari va investorlarini jalb qilish bo'yicha tadbirlarni amalga oshirish; sport sohasida olib borilayotgan ishlar ko'lamini yanada kengaytirish, sportni ommaviyligini oshirish, qizlar o'rtasida sportni rivojlantirish, barcha hududlar, ayniqsa eng chekka qishloqlarida xalqaro talablarga javob beradigan moddiy-texnik bazaga ega zamonaviy sprot inshootlarini barpo etish; aholini turmush madaniyatini, hayot sifatini oshirishga qaratilagn ta'lim, dam olish va hordiq chiqarish, bandlik, maishiy xizmatlar ko'rsatish, madaniyat, san'at va sport sohalari muassasalaridan foydalanish ko'lamini kengaytirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish; mahalla fuqarolar yig'inlari, xotin-qizlar, nuroniylar, yoshlar tashkilotlari, fuqarolik jamiyatlari institutlari, ommaviy axborot vositalarining tinch osoyishta hayotimizni asrash va mustahkamlashga qaratilgan vazifalar ijrosini muvofiqlashtirish. Ma'naviy-ma'rifiy ishlar sohasida: aholi o'rtasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlari, keng ko'lamli islohotlarning mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va davlat dasturlari ahamiyatining targ'ibot va tashviqotini tashkil qilish; aholining ma'naviy muammo va ehtiyojlarini o'rganib borish asosida hududda ma'naviy muhit sog'lomligini ta'minlash, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat'i nazar barcha tashkilotlarning ma'naviy-ma'rifiy faoliyatini muvofiqlashtirish va rahbarlik qilish; aholining ma'naviy-axloqiy, diniy-ma'rifiy, madaniy saviyasini oshirish va uning doimiy ravishda o'sib borayotgan intellektual, estetik va madaniy ehtiyojlarini ta'minlash, ma'naviy-ma'rifiy merosni, urf-odat va qadriyatlarni saqlash, targ'ib qilish ishlariga rahbarlik qilish; hududda sog'lom turmush tarzi, millatlararo totuvlik, o'zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga qaratilgan ommaviy tadbirlarni tayyorash   va tashkil etish masalalarini muvofiqlashtirish, tadbirlarning maqsadli, rejali, tartibli tashkil etish va tarbiyaviy samaradorligini ta'minlash chora-tadbirlarini ko'rish; hududda jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish, odamlarni hushyorlik va ogohlikka da'vat etish, yoshlarda yot g'oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolarda qonunga hurmat, huquqbuzarlik holatlariga murosasizlik hissini kuchaytirishga qaratilgan samarali targ'ibot tizimini yo'lga qo'yish; aholi orasida diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migrasiya, “ommaviy madaniyat” tahdidlaridan ogoh qilishga qaratilgan profilaktik ma'rifiy, tarbiyaviy chora-tadbirlarga rahbarlik qilish; aholi orasida mehr-oqibat, mehr-shafqat, muruvvat va himmat, insofu diyonat, vijdoniylik, ahillik va totuvlik, fidoyilik, vatanparvarlik, olijanoblik va boshqa fazilatlarni targ'ib qilish hamda ma'naviy-ma'rifiy ishlarni rivojlantirishda mahalla institutining o'rni va rolini oshirish borasidagi ishlarga rahbarlik qilish; mamlakatda olib borilayotgan ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha siyosatning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, hududda tashkil etiladigan chora-tadbirlar mazmuni, samaradorligini tahlil qilish, sohalarning tizimli faoliyatini tashkil qilish.

     

  • Biografiyasi

    2017 yil 18 martdan: Qashqadaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari

    Tug'ilgan yili: 03.07.1965    Tug'ilgan joyi:Qashqadaryo viloyati, Koson tumani 

    Millati:  o'zbek   Partiyaviyligi:   yo'q

    Ma'lumoti:  oliy   Tamomlagan:   1989 y. Qarshi davlat pedagogika instituti (kunduzgi)

    Ma'lumoti bo'yicha mutaxassisligi:    tarix va jamiyatshunoslik fani o'qituvchisi    Ilmiy darajasi:   yo'q  Ilmiy unvoni: yo'q

    Qaysi chet tillarini biladi:rus tili

    Davlat mukofotlari bilan taqdirlanganmi (qanaqa): yo'q 

    Xalq deputatlari respublika, viloyat, shahar va tuman Kengashi deputatimi yoki boshqa saylanadigan organlarning a'zosimi (to'liq ko'rsatilishi lozim): yo'q    

    Mehnat faoliyati

    1982-1989 yy. - Qarshi davlat pedagogika instituti talabasi (1983-1985 yy. - harbiy xizmatda) 1989-1990 yy. - Qarshi davlat pedagogika instituti yoshlar tashkiloti qo'mitasi kotibi o'rinbosari 1990-1993 yy. - Qarshi shahar yoshlar ittifoqi qo'mitasi tashkiliy va kadrlar bo'limi mudiri,birinchi kotibi 1993-1996 yy. - Qashqadaryo viloyati yoshlar ittifoqi qo'mitasi birinchi kotibi 1996-1999 yy. - “Kamolot” jamg'armasi Qashqadaryo viloyati bo'limi raisining tashkiliy, kadrlar, jamoat tashkilotlari va tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash masalalari bo'yicha o'rinbosari 1999-2004 yy. - “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Qashqadaryo viloyati Kengashi raisi 2004-2005 yy. - Qashqadaryo viloyati hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo'yicha o'rinbosari kotibiyati etakchi mutaxassisi 2005-2011 yy. - O'zbekiston “Mahalla” xayriya jamg'armasi Qashqadaryo viloyati bo'limi boshqaruvi raisi 2011-2017 yy. - O'zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi boshqaruvi raisining fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlariga uslubiy-amaliy ko'maklashish, huquq-tartibot, yoshlar va voyaga etmaganlar, sport masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosari 2017 y. - h.v.   - Qashqadaryo viloyati hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari

 

Viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo'yicha o'rinbosari 

Qodirov Baxodir Raximovich

Manzil: Qarshi shahri, Mustaqillik maydoni 1-uy
Telefon: 0(375)221-36-76
Faks: 0(375)221-40-20
E-mail:
Haftaning juma kuni soat 10:00 dan - 13:00 gacha viloyat hokimligi binosi Fuqarolarni qabul qilish xonasida (1-qavat)

  • Funksiya va vazifasi

    Viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo'yicha o'rinbosari

    Viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo'yicha o'rinbosari O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, “Mahalliy Davlat hokimiyati to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni, viloyat hokimligining ish tartibi  (Reglamenti)  hamda mazkur vazifalar taqsimoti asosida faoliyat ko'rsatadi. Viloyatda jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlarning faoliyatiga ko'maklashadi va ularning o'zaro hamkorlikdagi faoliyatlarini muvofiqlashtiradi. Viloyatda: -O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va viloyat hokimligining tegishliligi bo'yicha qabul qilingan qarorlari, farmoyishlari, yig'ilish bayonlari va boshqa rahbarlik hujjatlarining ijrosini tashkil qilish hamda bajarilishini nazorat qilish; -mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risidagi qonun hujjatlariga muvofiq ijtimoiy va diniy masalalarni hal etishda yagona siyosat olib borish; -davlat organlarining viloyatda joylashgan jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan o'zaro aloqasi va hamkorligini ta'minlash; -qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tgan diniy tashkilotlarning manfaatlarini hisobga olish bo'yicha davlat siyosatini amalga oshirish; -davlat organlarining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan o'zaro harakatlarini muvofiqlashtirish hamda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risidagi qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish; -“Haj” va “Umra” tadbirlarini o'tkazishda mahalliy davlat, jamoatchilik va diniy tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish; -ma'naviy va milliy qadriyatlarga, xalqimizning diniy e'tiqodlari va urf-odatlariga qarshi yo'naltirilgan mafkuraviy tahdidlarga qarshi samarali kurashish, yot g'oyalarni tarqatishga qarshi kurash olib borish tadbirlari amalga oshirilishini ta'minlash; -millatlararo totuvlikni va diniy bag'ri kenglikni ta'minlashda davlat organlarining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan hamkorligini muvofiqlashtirish; -millatlararo do'stlik tamoyillarini qaror toptirishga, millatlararo munosabatlar madaniyatini rivojlantirishga yo'naltirilgan jamoatchilik tashabbuslarini rag'batlantirish, muvofiqlashtirish va taqdirlash chora-tadbirlarini ko'rish; -O'zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg'armasining, O'zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining mintaqaviy tuzilmalari faoliyatiga ko'maklashish; -madaniy me'ros ob'ektlarini saqlash masalalarida tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan birgalikdagi harakati; -viloyat adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlarning O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga rioya etishini ta'minlash kabi ishlarni olib boradi.

    Xalq deputatlari viloyat Kengashining:

    -ijtimoiy-madaniy rivojlanish masalalari doimiy komissiyasi; -qonuniylik, huquq tartibot va fuqarolar xavfsizligini ta'min-lash masalalari doimiy komissiyalari bilan hamkorlikda ish olib boradi. O'z tasarrufidagi sohalarda amaldagi qonunchilik doirasida kadrlarni tanlash, tarbiyalash, joy-joyiga qo'yish bo'yicha viloyat hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi bilan kelishilgan holda viloyat hokimiga taklif kiritadi. Viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo'yicha o'rinbosari kotibiyatiga rahbarlik qiladi. Kotibiyat mudirining vazifalarini tasdiqlaydi hamda huquq va majburiyatlarini belgilaydi.

    Quyidagi korxona va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi, ular faoliyati bilan bog'liq masalalarning ko'rib chiqilishini ta'minlaydi:

    -viloyat kasaba uyushmalari kengashi; -“Nuroniy” jamg'armasi viloyat bo'limi; -Respublika “Ma'naviyat targ'ibot markazi viloyat bo'limi; -“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat bo'limi; “Mahalla” jamg'armasi viloyat bo'limi; -O'zbekiston Musulmonlar idorasi viloyat vakilligi; -davlat ro'yxatidan o'tgan siyosiy partiyalar; -“Vatanparvar” tashkiloti viloyat kengashi; -savdo-sanoat palatasining viloyat boshqarmasi; -“Amir Temur” jamg'armasi viloyat bo'limi; -“Mehr-shafqat” jamg'armasi viloyat bo'limi; -nogironlar jamg'armasi viloyat bo'limi; -“Qizil yarim oy” jamiyati viloyat bo'limi; -“Oltin meros” jamg'armasi viloyat bo'limi; -viloyat “Sog'lom  avlod  uchun” jamg'armasi; -Respublika yozuvchilar uyushmasi viloyat bo'limi; - O'zbekiston ekologik harakati Qashqadaryo hududiy bo'linmasi; -“Tasviriy oyna” ijodiy uyushmasining viloyat bo'limi; -“Hunarmand” uyushmasi; -milliy-madaniy markazlar; -boshqa aloqador nodavlat va notijorat tashkilotlar.

  • Biografiyasi

    Tug'ilgan yili: 23.12.1976

    Tug'ilgan joyi: Surxondaryo viloyati

    Millati: o'zbek

    Partiyaviyligi: yo'q

    Ma'lumoti: oliy

    Tamomlagan: 2001 y. Toshkent davlat yuridik instituti (kunduzgi), 2006 y. O'zbekiston Respublikasi strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabi

    Ma'lumoti bo'yicha mutaxassisligi: huquqshunos

    Ilmiy darajasi: yo'q

    Ilmiy unvoni: yo'q

    Qaysi chet tillarini biladi: rus, ingliz tillari

    Davlat mukofotlari bilan taqdirlanganmi (qanaqa): 2010 y.  “Jasorat” medali

    Xalq deputatlari respublika, viloyat, shahar va tuman Kengashi deputatimi yoki boshqa saylanadigan organlarning a'zosimi (to'liq ko'rsatilishi lozim): yo'q

    Mehnat faoliyati

    1997-2001 yy. - Toshkent davlat yuridik instituti talabasi

    2001-2004 yy. - Surxondaryo viloyati Adliya boshqarmasi etakchi maslahatchisi, bosh maslahatchisi

    2004-2006 yy. - O'zbekiston Respublikasi strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabi tinglovchisi

    2006-2015 yy. - Toshkent shahar 51411 - sonli harbiy qism harbiy xizmatchisi

    2015 y.  -  h.v. - Qashqadaryo viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo'yicha o'rinbosari

Qashqadaryo viloyat hokimining o´rinbosari, xotin-qizlar qo´mitasi raisi

Eshqobilova Risolat Xolmamatovna

Manzil: Qarshi shahri, Mustaqillik maydoni 1-uy
Telefon: 0(375)221-08-10
Faks: 0(375)221-08-10
E-mail:
Fuqarolarni qabul qilish kunlari: Haftaning dushanba kuni soat 10:00 dan - 13:00 gacha viloyat hokimligi binosi Fuqarolarni qabul qilish xonasida (1-qavat)

  • Funksiya va vazifasi

    Viloyat hokimining o'rinbosari-xotin-qizlar qo'mitasi raisi Viloyat  hokimining  o'rinbosari–xotin-qizlar  qo'mitasi  raisi O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, “Mahalliy Davlat hokimiyati to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni, viloyat hokimligining ish tartibi (Reglamenti) hamda mazkur vazifalar taqsimoti asosida faoliyat ko'rsatadi.     Viloyatda:

    -xotin-qizlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy-siyosiy va mehnat faolligini oshirish, ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yanada  yaxshilash bo'yicha tizimli, puxta va  samarali faoliyatni tashkil etish; -xotin - qizlarning ma'naviy - ahloqiy, intellektual va kasbiy salohiyatini oshirish; -xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish, oilada, jamiyatda va davlat qurilishi vazifalarini hal etishda ularning rolini oshirish ishlarining holatini muntazam o'rganish va baholash; -xotin-qizlar bandligini ta'minlash, ularni ishga joylashtirishga har tomonlama ko'maklashish, ayollar tadbirkorligining har xil shakllarini rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va qabul qilish; -ayollarning jamiyatdagi mavqeini oshirish borasidagi davlat siyosatini amalga oshirish; -xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar bajarilishini ta'minlash; -xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirishga yo'naltirilgan tadbirlarni tayyorlash va amalga oshirish, mamlakatning ijtimoiy, siyosiy hayotida, xalqaro xotin-qizlar harakatida ayollar nodavlat notijorat tashkilotlarining faol ishtirok etishiga ko'maklashish. -xotin-qizlarning sog'ligini muhofaza qilish bo'yicha davlat dastur-larini amalga oshirilishida qatnashish, sog'lom oilani shakllantirish masalalari bo'yicha davlat va jamoat tashkilotlari bilan o'zaro hamkorlik qilish, oilaviy sportni rivojlantirishga ko'maklashish, sog'lom turmush tarzini tashkil etish borasida targ'ibot-tashviqot ishlarini olib borish; -viloyatlar va xorijiy mamlakatlar xotin-qizlar tashkilotlarining ijobiy ish tajribasini ommalashtirish; -xotin-qizlarning norasmiy diniy oqimlar ta'siriga tushib qolishi, ekstremistik va terroristik faoliyatga aralashib qolishini oldini olish, odam savdosidan himoyalash borasida targ'ibot-tashviqot ishlarini yuritish hamda bu borada viloyat hokimining ma'muriy masalalar, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, o'zini o'zi boshqarish organlari va yoshlar siyosati bo'yicha birinchi o'rinbosari, viloyat hokimining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo'yicha o'rinbosari, shuningdek mutasaddi idoralar va tashkilotlar bilan hamkorlik qilish; -xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash masalalarini hal etishda, ularning mehnat sharoitlarini (ayniqsa qishloq joylarda) yaxshilash, korxonalarda muassasalarda va tashkilotlarda ularning ijtimoiy ximoyalanganlik darajasini oshirish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish  va  amalga oshirish; -iste'dodli yoshlarni aniqlash, rahbarlik lavozimlariga kadrlar zahirasini shakllantirishda xotin-qizlardan nomzodlar tavsiya etish, mehnatda va ijtimoiy faoliyatda katta yutuqlarga erishgan xotin-qizlarni davlat mukofotlari bilan taqdirlashga tavsiya etish; -biriktirilgan  sohalarda  ijro  intizomini  mustahkamlash choralarini tashkil qilish va ulardagi ahvolni tahlil qilib borish ishlari bilan shug'ullanadi.   -hokimning o'rinbosarlari qonun hujjatlariga va hokim tomonidan mas'ul qilib biriktirilgan boshqa vazifalarni ham bajaradilar.

    Xalq deputatlari viloyat Kengashining:     

    -ijtimoiy-madaniy rivojlanish masalalari doimiy  komissiyasi; -yoshlar siyosati va sog'lom avlod masalalari bo'yicha doimiy  komissiyalari  bilan  hamkorlikda ish olib boradi. O'z tasarrufidagi bo'linmalar rahbar kadrlarini tanlash, tarbiyalash, joy-joyiga qo'yish bo'yicha viloyat hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi bilan kelishilgan holda viloyat hokimiga taklif kiritadi. Viloyat xokimining o'rinbosari – xotin-qizlar qo'mitasi raisi kotibiyatiga rahbarlik qiladi. Kotibiyat xodimlari o'rtasida vazifalarni taqsimlaydi hamda ularning huquq va majburiyatlarini belgilaydi.

    Quyidagi  komissiyalar ishiga rahbarlik qiladi:

    -O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston xotin-qizlar qo'mitasi faoliyatini qo'llab-quvvatlash borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” 2004 yil 25- maydagi PF-3434-son Farmoni amalga oshirilishini ta'minlash ishlarini muvofiqlashtirish bo'yicha Doimiy komissiya; -oilada tibbiy madaniyatni yuksaltirish, ayollar sog'lig'ini mustahkamlash, sog'lom avlod tug'ilishi va uni tarbiyalashning ustuvor yunalishlarini  amalga oshirish bo'yicha maqsadli tadbirlar dasturining bajarilishini ta'minlash bo'yicha viloyat komissiyasi; -yod tanqisligi kasalliklarini oldini olish bo'yicha viloyat muvofiqlashtirish komissiyasi; -viloyat favqulodda epidemiyaga qarshi kurashish komissiyasining OIV/OITS epedimiyasi tarqalishiga qarshi kurashish Respublika  Strategik dasturining viloyatdagi muvofiqlashtiruvchi komissiyasi; -Zulfiya  nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash bo'yicha viloyat  komissiyasi. Quyidagi korxona va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi, ular faoliyati bilan bog'liq masalalarning ko'rib chiqilishini ta'minlaydi: -viloyat xotin-qizlar qo'mitasi; -viloyat sog'liqni  saqlash bosh boshqarmasi (boshlang'ich xotin-qizlar, onalik va bolalikni muhofaza qilish masalalari bo'yicha); -viloyat o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi boshqarmasi (boshlang'ich xotin-qizlar, “Orasta qizlar” to'garaklari, bitiruvchi qizlarni ish bilan ta'minlash); -viloyat xalq ta'limi boshqarmasi (boshlang'ich xotin-qizlar, “Orasta qizlar” to'garaklari, 9 sinf bitiruvchi qizlarni kasb-hunar kollejlariga joylashtirish bo'yicha); -viloyat  madaniyat va sport ishlari boshqarmasi (boshlang'ich xotin-qizlar qo'mitasi, xotin-qizlar sportini rivojlantirish bo'yicha); -viloyat  mehnat  bosh boshqarmasi (xotin-qizlarni  ish bilan  ta'minlash  va  ijtimoiy  himoya  qilish bo'yicha); -viloyat Ona va bola skrining markazi; -viloyat “Sog'lom  avlod  uchun” jamg'armasi; -viloyat “Tadbirkor  ayol” uyushmasi; -fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari (mahalla maslahatchilari); -viloyat “Ayollar maslahat markazi”; -respublika “Salomatlik  instituti”  viloyat  filiali; -“Kamolot”  YoIH ( xotin-qizlar masalasi); -boshqa aloqador korxona, tashkilot va muassasalar.

  • Biografiyasi

    Tug'ilgan yili: 10.08.1970

    Tug'ilgan joyi:  Qashqadaryo viloyati, G'uzor tumani

    Millati:  o'zbek

    Partiyaviyligi:  O'zbekiston xalq demokratik partiyasi a'zosi

    Ma'lumoti:  oliy

    Tamomlagan: 1994 y. Qarshi davlat universiteti (sirtqi)

    Ma'lumoti bo'yicha mutaxassisligi: filolog

    Ilmiy darajasi: yo'q

    Ilmiy unvoni: yo'q

    Qaysi chet tillarini biladi: rus tili

    Davlat mukofotlari bilan taqdirlanganmi (qanaqa): yo'q

    Xalq deputatlari respublika, viloyat, shahar va tuman Kengashi deputatimi yoki boshqa saylanadigan organlarning a'zosimi (to'liq ko'rsatilishi lozim): 2015 y.  -  h.v. - Xalq deputatlari G'uzor tumani Kengashi deputati

    Mehnat faoliyati

    1986-1987 yy. - Muborak tumanidagi xo'jalik ishchisi

    1987-1988 yy. - Muborak tumanidagi "G'uncha" bolalar bog'chasi tarbiyachisi

    1988-2001 yy. - G'uzor tumanidagi 54-umumiy o'rta ta'lim maktabi mehnat o'qituvchisi

    2001-2014 yy. - G'uzor tumanidagi 54-umumiy o'rta ta'lim maktabi direktori

    2014-2016 yy. - G'uzor tumani hokimining o'rinbosari, xotin-qizlar qo'mitasi raisi

    2016 y.  -  h.v. - Qashqadaryo viloyati hokimining o'rinbosari - xotin-qizlar qo'mitasi raisi

 

Attachments:
FileFile size
Download this file (Х-705-12 - Структура-2016.PDF)Qarorni yuklab olish1039 kB
Matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing.

Bazaviy interaktiv xizmatlar

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 131 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Foydali resurslar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati
www.press-service.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
www.senat.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
www.parliament.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)
www.ombudsman.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
www.prokuratura.uz
   
 
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi
http://gis.uz/

 

Mobil ilovalar

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Reset