wrapper

Maxsus imkoniyatlar

O'zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining (O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2013 y., 52-I-son) 28-moddasi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2014 yil 22 oktyabrdagi 991-II sonli «O'zbekiston Respublikasining 2015 yilgi Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg'armalarining byudjetlari hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yo'nalishlari to'g'risida»gi qarori, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2014 yil 13 noyabrdagi SQ-453-II-sonli «O'zbekiston Respublikasining 2015 yilgi Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg'armalarining byudjetlari hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yo'nalishlari to'g'risida»gi qarori va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 4 dekabrdagi «O'zbekiston Respublikasining 2015 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to'g'risida»gi PQ-2270-sonli (O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2014 y., 50-son, 590-modda) hamda Qashqadaryo viloyat hokimining 2014 yil 19 dekabrdagi «Qashqadaryo viloyatining 2015 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari prognozi va mahalliy byudjeti parametrlari to'g'risida»gi X-376/12-sonli qarorlarini ijrosini ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi «Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida»gi Qonuni (O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993 y., 9-son, 320-modda) ning 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Qashqadaryo viloyat hokimining 2014 yil 19 dekabrdagi «Qashqadaryo viloyatining 2014 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari prognozi va mahalliy byudjeti parametrlari to'g'risida»gi X-376/12-son va Xalq deputatlari Kitob tuman kengashining 2014 yil 12 dekabrdagi «Tuman mahalliy byudjetining 2014 yildagi kutilayotgan ijrosi hamda 2015 yilgi byudjeti parametrlari to'g'risida»gi IV/32-107-sonli qarorlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlar prognozi 1-ilovaga;
mahalliy byudjetning asosiy parametrlari 2-ilovaga;
tuman mahalliy byudjetining daromadlar va xarajatlar hajmlari, viloyat byudjetidan beriladigan maqsadli subvensiyalarning va o'tkazib beriladigan daromadlarning cheklangan miqdorlari 3-ilovaga;
tuman mahalliy byudjetiga umumdavlat soliqlar tushumlaridan ajratmalar normativlari 4-ilovaga;
tuman mahalliy byudjeti aylanma kassa mablag'ining yo'l qo'yiladigan eng kam miqdorlari 5-ilovaga;
mahalliy soliqlar va yig'imlar stavkalari 6-ilovaga;
savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga, shuningdek shu sohaga tegishli mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to'lovi stavkalari 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 4 dekabrdagi PQ-2270-son qarori (O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2014 y., 50-son, 590-modda)ga asosan:
qo'shilgan qiymat solig'i stavkasi 20 foiz;
O'zbekiston Respublikasi rezidentlariga dividendlar va foizlar tarzida to'lanadigan daromad solig'i stavkalari 10 foiz;
belgilangan soliqqa tortish ob'ektlaridan O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasiga majburiy ajratmalar stavkalari 1,6 foiz, O'zbekiston Respublika Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo'l jamg'armasiga majburiy ajratmalar stavkalari 1,4 foiz va O'zbekiston Respublika Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Ta'lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta'mirlash va jihozlash jamg'armasiga majburiy ajratmalar stavkalari 0,5 foiz;
mablag'larning byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi, Bandlikka ko'maklashish davlat jamg'armasi va O'zbekiston Kasaba uyushmalari Federasiyasi Kengashi o'rtasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarorining tegishli ilovasida keltirilgan normativlarga muvofiq taqsimlangan holda yagona ijtimoiy to'lov stavkasi 25 foiz;
fuqarolarning O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasiga majburiy sug'urta badallari stavkasi 7,0 foiz miqdorida belgilanganligi;
yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) solig'i stavkalari;
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i stavkalari;
yagona soliq to'lovi stavkalari;
tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo'yicha yuridik shaxslardan va yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan qat'iy belgilangan soliq stavkalari;
yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan qat'iy belgilangan soliq stavkalari;
O'zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va uning hududiga chetdan keltiriladigan aksiz solig'iga tortiladigan tovarlarga aksiz solig'i stavkalari;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari;
er qa'ridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari;
imzolanadigan bonus va tijorat topilmasi bonusi stavkalari;
ayrim turdagi mahsulotlar bo'yicha qo'shimcha foyda solig'i stavkalari;
yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalari;
yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan er solig'i stavkalari;
yagona er solig'i stavkalari;
O'zbekiston Respublika Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo'l jamg'armasiga ajratmalar va yig'imlar stavkalari;
mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun ijara haqi stavkalari tasdiqlanganligi ma'lumot uchun qabul qilinsin.
4. Mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarning barcha darajalardagi mahalliy byudjetlar daromadlari va xarajatlarini shakllantirishdagi roli, mustaqilligi va mas'uliyatini oshirish, mahalliy byudjetlarning Davlat byudjetidagi ulushini ko'paytirish maqsadida quyidagi umumdavlat soliqlari:
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
yuridik va jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo'yicha qat'iy belgilangan soliq;
yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan qat'iy belgilangan soliq;
O'zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan o'simlik moyi va pivo mahsulotining aksiz solig'i bo'yicha tushumlar;
davlat boji, yig'imlar va jarimalar to'liq miqdorda tumanning mahalliy byudjet daromadlariga o'tkazilishi belgilab quyilganligi ma'lumot uchun qabul qilinib ijroga yo'naltirilsin.
5. Tuman iqtisodiyot bo'limi tegishli tashkilotlar bilan birgalikda 1-ilovaga muvofiq tasdiqlangan tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlar prognozining bajarilishini ta'minlash yuzasidan zarur choralar ko'rib borsin.
6. Tuman hokimligi moliya bo'limi, tuman g'aznachilik bo'linmasi, tuman tijorat banklari bilan birgalikda 2015 yilning yanvar oyida o'tkaziladigan operasiyalarni 2014 yilgi mahalliy byudjetning ijrosi to'g'risidagi hisobotda aks ettirgan holda, 2014 yilgi mahalliy byudjet ijrosi bo'yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yakuniy operasiyalarni o'tkazsinlar.
7. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 4 dekabrdagi PQ-2270-son qarori (O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2014 y., 50-son, 590-modda)ning 36-ilovasiga muvofiq. 2015 yil 1 yanvardan e'tiboran O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilganligi va 2015 yil 1 yanvardan e'tiboran O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga qo'shimchalar kiritilganligi;
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 22 dekabrdagi «O'zbekiston Respublikasining 2010 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to'g'risida»gi PQ-1245-sonli Qarori 24-bandining amal qilishi 2016 yilning 1 yanvarigacha uzaytirilgani ma'lumot uchun qabul qilinsin.
8. Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2014 yil 12 fevraldagi «Tumanning 2014 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari prognozi va mahalliy byudjeti parametrlari to'g'risida» gi X-144/2-sonli qarori o'z kuchini yo'qotgan deb topilsin.
9. Mazkur qaror rasman e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.
10. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining o'rinbosari O. Qobulov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim U. XUDOYQULOV
Kitob sh.,
2015 yil 14 yanvar,
X-160/1-son


Attachments:
FileFile size
Download this file (LexUz_2587497.doc)Qarorni yuklab olish137 kB
Matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing.

Bazaviy interaktiv xizmatlar

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 289 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Foydali resurslar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati
www.press-service.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
www.senat.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
www.parliament.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)
www.ombudsman.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
www.prokuratura.uz
   
 
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi
http://gis.uz/

 

Mobil ilovalar

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Reset