wrapper

Maxsus imkoniyatlar

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 6 dekabrdagi 345-son «Qishloq xo'jaligi va meliorativ texnikani, asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori (O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2012 y., 50-son, 559-modda) va O'zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo'jaligi vazirining 2013 yil 2 apreldagi 58-son buyrug'i bilan tasdiqlangan Qishloq xo'jaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik ko'rikdan o'tkazish tartibi to'g'risidagi nizom (ro'yxat raqami 2452, 2013 y. 25 aprel), (O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2013 y., 17-son, 229-modda) ijrosini ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi «Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida»gi Qonuni (O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993 y., 9-son, 320-modda) 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Tumandagi mulkchilik shaklidan qat'i nazar (tuman mudofaa ishlari bo'limi, tuman ichki ishlar bo'limi, tuman Milliy xavfsizlik xizmatidagi qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida band bo'lmagan texnikalar bundan mustasno) korxonalar, tashkilotlar, fermer xo'jaliklari hamda jismoniy shaxslarning qishloq xo'jaligi va meliorativ texnikalari, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalari 1-ilovaga muvofiq 2015 yil uchun yillik texnik ko'rikdan o'tkazilsin.
2. Qishloq xo'jaligi va meliorativ texnikani, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini 2015 yil uchun yillik texnik ko'rikdan o'tkazish uchun tuman ishchi guruhi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman qishloq xo'jaligi texnikalari bo'yicha inspektori Sh. Sharipovga;
qishloq xo'jaligi va meliorativ texnikalari, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini yillik texnik ko'rikdan o'tkazish to'g'risidagi ish rejani yuridik va jismoniy shaxslarga etkazish;
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 6 dekabrdagi 345-son «Qishloq xo'jaligi va meliorativ texnikani, asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori va «Qishloq xo'jaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik ko'rikdan o'tkazish tartibi to'g'risida»gi nizomga muvofiq texnikalarni texnik ko'rikdan o'tkazilganligi uchun eng kam oylik ish haqi miqdorida, traktorlar, traktor tirkamalari, meliorativ texnika va o'ziyurar mashinalarga — 0,18 foiz, qishloq xo'jaligi mashinalariga — 0,10 foiz, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalaridan — 0,37 foiz miqdorida yig'im undirish;
texnikani qayta ko'rikdan o'tkazish uchun mulkdordan yig'im undirilmaslik topshirilsin.
4. Kasbi tuman hokimining 2014 yil 14 fevraldagi «Traktorlar, o'zi yurar shassilar, meliorativ yo'l-qurilish mashinalari va traktor tirkamalarini majburiy texnik ko'rikdan o'tkazish to'g'risida»gi X-121/02-sonli qarori o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman Qishloq va suv xo'jaligi bo'limi boshlig'i A. Arabovga yuklatilsin.
6. Mazkur qaror matbuotda e'lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Hokim N. XOLBOYEV
Kasbi t.,
2015 yil 27 yanvar,
X-70/1-son


Attachments:
FileFile size
Download this file (LexUz_2626623.doc)Qarorni yuklab olish230 kB
Matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing.

Bazaviy interaktiv xizmatlar

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 257 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Foydali resurslar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati
www.press-service.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
www.senat.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
www.parliament.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)
www.ombudsman.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
www.prokuratura.uz
   
 
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi
http://gis.uz/

 

Mobil ilovalar

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Reset