wrapper

 O'zbekiston Respublikasining «Dafn etish va dafn ishi to'g'risida»gi Qonuni, (O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2010 y., 52-son, 508-modda) O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 4 apreldagi 101-sonli «Dafn etish va dafn ishi to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida»gi qarori (O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2011 y., 14-son, 138-modda) hamda viloyat hokimining 2015 yil 6 fevraldagi «Viloyatdagi qabristonlarda dafn etish xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha tariflar miqdorini tasdiqlash to'g'risida»gi X-67/02-sonli qarori» («Qashqadaryo» gazetasi 2015 yil 7 fevral, 017 (14930)-son) ga asosan tuman tasarrufidagi dafn etish joylarini saqlash va obodonlashtirish maqsadida hamda O'zbekiston Respublikasi «Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida»gi Qonuni (O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993 y., 9-son, 320-modda)ning 6-moddasiga asosan qaror qilaman:

1. Viloyat hokimining 2015 yil 6 fevraldagi «Viloyatdagi qabristonlarda dafn etish xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha tariflar miqdorini tasdiqlash to'g'risida»gi X-67/02-sonli qarori ma'lumot va ijro uchun qabul qilinsin.

Mazkur qaror ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan «Tumandagi dafn etish joylarini saqlash qoidalari» ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari bilan hamkorlikda tumandagi qabristonlarni zarur darajada saqlash va obodonlashtirish ishlari hamda umumxalq hashari, xotirlash kunlari va boshqa tadbirlar tashkil etib borilsin.

3. Tuman obodonlashtirish boshqarmasi (M. Gulmurodov) va qabristonlarning ma'muriyati:

xizmatlar uchun qat'iyan belgilangan tariflar bo'yicha hisob-kitob qilgan holda fuqarolarning qabristonda ko'rsatiladigan xizmatlarga doir buyurtmalarini o'z vaqtida va sifatli bajarsinlar;

tumandagi qabristonlarning hududida «Tumandagi dafn etish joylarini saqlash qoidalari»ga hamda boshqa qonun hujjatlari talablariga qat'iy rioya etilishini ta'minlasinlar va amalga oshirilgan ishlar hamda qoidalar talablari buzilishi holatlari yuzasidan har chorakda tuman hokimligiga axborot taqdim etib borsinlar.

4. Tuman bosh arxitektori (I. Eshnazarov), tuman Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi (A. Abdullaev) va tuman tabiatni muhofaza qilish inspeksiyasi (Yu. Bo'ronov)ga:

qabristonlar tashkil etish uchun er uchastkasi tanlashni shaharsozlik hujjatlari, gidrogeologik tavsiflar, joy relefining xususiyatlari, tuproq tarkibi, atrof tabiiy muhitga eng ko'p yo'l qo'yiladigan ekologik yuklamalarni hisobga olgan holda aholi punktlari va hududlarni qurish qoidalariga, shuningdek sanitariya me'yorlari va qoidalariga muvofiq amalga oshirish;

qabristonlarning xizmat ko'rsatish davri muddatlariga rioya etilishini ta'minlash hamda ishlab turgan va loyihalashtirilayotgan qabristonlarning sanitariya-himoyalash zonasi hududida biror-bir turar joy va jamoat binolarini qurish yoki dafn etish uchun ajratilgan er uchastkalaridan noo'rin foydalanilishining oldini olish hamda ularga yo'l qo'ymaslik yuzasidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish topshirilsin.

5. Mazkur qaror «Sadoqat» gazetasida e'lon qilinsin.

6. Ushbu qaror rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

7. Ushbu qaror ijrosining nazorati tuman hokimining birinchi o'rinbosari F. Do'stmurodovga yuklatilsin.

Hokim N. XOLBOYEV

Kasbi t.,

2015 yil 23 fevral,

X-205/2-son

 

 

Attachments:
FileFile size
Download this file (LexUz_2608452.doc)Qarorni yuklab olish43 kB
Matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing.

Bazaviy interaktiv xizmatlar

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 297 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Foydali resurslar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati
www.press-service.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
www.senat.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
www.parliament.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)
www.ombudsman.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
www.prokuratura.uz
   
 
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi
http://gis.uz/

 

Mobil ilovalar

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Reset