wrapper

O'zbekiston Respublikasi «Aholini ish bilan ta'minlash to'g'risida»gi Qonun (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 y., 5-6-son, 97-modda) va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 20 avgustdagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan «Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o'rinlarini band qilib qo'yish tartibi to'g'risida»gi nizom (O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2008 y., 34-son, 333-modda)da belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash hamda tumanda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun 2015 yilda ish o'rinlarini band qilib qo'yish maqsadida «Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida»gi Qonunning (O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993 y., 9-son, 320-modda) 6-moddasiga asosan qaror qilaman:

1. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o'rinlarini band qilib qo'yish xodimlarining ro'yxat bo'yicha o'rtacha soni yigirma nafardan ko'pni tashkil etadigan korxona, muassasa va tashkilotlar uchun xodimlarning ro'yxat bo'yicha o'rtacha sonidan 135 kishini tashkil etadigan 7 foiz miqdorida, shu jumladan:

o'n to'rt yoshgacha bolalari va nogiron bolalari bo'lgan yolg'iz ota, yolg'iz ona va ko'p bolali ota-onalar uchun — 16 foiz (22 kishi);

Kasb-hunar kollejlarini hamda oliy o'quv yurtlarini grant asosida tugatgan yoshlar uchun — 54 foiz (73 kishi);

O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari safidan muddatli harbiy xizmatdan bo'shatilganlar uchun — 7 foiz (9 kishi);

nogironlar uchun — 3 foiz (4 kishi);

Bandlikka ko'maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun — 4 foiz (6 kishi);

jazoni o'tash muassasalaridan ozod qilingan, jazoni o'tayotgan yoki sud qaroriga ko'ra tibbiy xarakterdagi majburiy choralarga tortilgan shaxslar uchun — 3 foiz (4 kishi);

odam savdosidan jabrlanganlar uchun — 4 foiz (5 kishi);

boshqa toifalar uchun — 9 foiz (12 kishi), shu jumladan safarbarlik chaqiruvi zaxirasiga kiritilgan shaxslar 2 kishi, kichik yoshli bolalari bo'lgan ishlamayotgan ayollar 4 kishi, atrofdagilar uchun xavfli bo'lmagan ijtimoiy ahamiyatli kasalliklar bilan og'riyotgan shaxslar uchun 6 kishi miqdorida ish o'rinlari zaxirasi belgilansin.

2. 2014 yilda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan fuqarolarni ishga joylashtirish uchun ish o'rinlarini 2015 yil uchun band qilib qo'yish bo'yicha ishchi komissiya tarkibi 1-ilovaga va ish o'rinlari band qilingan korxona, tashkilot, muassasalar ro'yxati 2-ilovaga asosan tasdiqlansin.

3. Ish beruvchilar ushbu toifa shaxslar uchun ish o'rinlarini xodimlar tomonidan o'zlarining mehnat majburiyatlarini to'siqlarsiz bajarishini ta'minlaydigan sanitariya-gigiena normalari va mehnat sharoitlariga muvofiq bo'lishini ta'minlasin.

Bunda:

o'n to'rt yoshga to'lmagan bolalari va nogiron bolalari bo'lgan yolg'iz ota, yolg'iz ona va ko'p bolali ota-onalar uchun bolalarni tarbiyalash va mehnat majburiyatlari bo'yicha vazifalarni uyg'unlashtirish imkonini beradigan, o'zgaruvchan ish jadvaliga ega bo'lgan ish o'rinlari;

o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarini tamomlagan yoshlarga, shuningdek oliy o'quv yurtlarining davlat grantlari asosida ta'lim olgan bitiruvchilar uchun ularning kasb bo'yicha tayyorgarligiga muvofiq bo'lgan ish o'rinlari;

O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridan muddatli harbiy xizmatdan bo'shatilganlar uchun ularning kasb bo'yicha tayyorgarligiga muvofiq bo'lgan ish o'rinlari;

nogironlar uchun mehnat sharoitlari bo'yicha attestasiyadan o'tkazilgan hamda xodimga ish jarayonlarini to'sqinliksiz bajarish imkonini (sog'lig'ining ahvoli va mehnat faoliyatiga nisbatan belgilangan zid ko'rsatkichlar hisobga olingan holda) beradigan ish o'rinlari;

Bandlikka ko'maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun maxsus malakani talab qilmaydigan ish o'rinlari;

jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qaroriga ko'ra tibbiy yo'sindagi majburlov choralariga tortilgan shaxslar uchun ularning kasb bo'yicha tayyorgarligi hisobga olingan holdagi ish o'rinlari, muayyan kasb-hunarga, malakaga ega bo'lmagan shaxslar uchun esa maxsus malakani talab qilmaydigan ish o'rinlari bo'lishi kerak.

4. Tumandagi korxona, muassasa va tashkilotlar 2015 yil boshlangungacha 10 kundan kechikmay ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun band qilib qo'yilgan ish o'rinlari umumiy sonining kamida 25 (yigirma besh) foizi hajmida ish o'rinlari band qilib qo'yilishini va tayyor bo'lishini ta'minlasinlar hamda bu to'g'rida tuman Bandlikka ko'maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga yil boshlangungacha axborot bersinlar.

5. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish o'rinlarining qolgan qismini band qilib qo'yish korxona, muassasa, tashkilotlar (ish beruvchi) tomonidan kalendar yilning birinchi choragi mobaynida amalga oshirib, bu to'g'rida tuman Bandlikka ko'maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga yilning birinchi choragi tugagandan keyin 10 kundan kechikmay yozma ravishda axborot berish topshirilsin.

6. Nogironlar uchun band qilib qo'yiladigan ish o'rinlarining belgilangan sonidan ortiqcha nogironlar uchun ish o'rinlarining tashkil etgan tashkilotlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyoz olish huquqiga egadirlar.

7. Ushbu qarorni bajarmagan tashkilotga O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 20 avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o'rinlarini band qilib qo'yish tartibi to'g'risida»gi nizomning 15-bandiga muvofiq jarima solinadi.

8. «Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o'rinlarini band qilib qo'yish tartibi to'g'risida»gi nizomga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qo'yiladigan ish o'rinlarini tuman hokimi tomonidan belgilangan miqdordan ortiqcha tashkil etgan korxona, tashkilot va muassasalar ushbu ish o'rinlarini tashkil etishga sarflangan mablag'larning bir qismini tuman Bandlikka ko'maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi bilan tuzilgan shartnoma asosida Bandlikka ko'maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish jamg'armasi mablag'lari hisobidan qoplash huquqiga ega ekanliklari inobatga olinsin.

9. Tuman Bandlikka ko'maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori A. Xolovga bir hafta muddatda mazkur qarorni tegishli korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlari e'tiboriga etkazsin hamda uning bajarilishi ustidan qat'i nazoratni ta'minlasin.

10. Dehqonobod tuman hokimining 2013 yil 24 oktyabrdagi «Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o'rinlarini 2014 yil uchun band qilib qo'yish to'g'risida»gi X-650/09-sonli qarori 2014 yil 31 dekabrdan o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblansin.

11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining o'rinbosari K. Holiqov zimmasiga yuklatilsin.

12. Mazkur qaror rasman e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

Hokim A. OMONOV

Dehqonobod t.,

2014 yil 20 oktyabr,

X-680/10-son

 

 

Attachments:
FileFile size
Download this file (LexUz_2610753.doc)Qarorni yuklab olish77 kB
Matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing.

Bazaviy interaktiv xizmatlar

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 106 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Foydali resurslar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati
www.press-service.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
www.senat.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
www.parliament.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)
www.ombudsman.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
www.prokuratura.uz
   
 
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi
http://gis.uz/

 

Mobil ilovalar

Bosh sahifa

Qabul kunlari

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Reset