wrapper

Maxsus imkoniyatlar

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 31 yanvardagi 54-sonli qarori (O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2003 y., 1-2-son, 17-modda) bilan tasdiqlangan «Transport vositalarini majburiy texnik ko'rikdan o'tkazish tartibi to'g'risida»gi nizomi (O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2012 yil, 17-son, 229-modda) ijrosini ta'minlash maqsadida Qashqadaryo viloyati Adliya boshqarmasining 2015 yil 29 yanvardagi 4-07-98/4-sonli xatini va xulosasini inobatga olib «Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida»gi Qonuni (O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993 y., 9-son, 320-modda)ning 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Tuman hududida joylashgan barcha yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo'lgan transport vositalari majburiy texnik ko'rikdan o'tkazilsin.
2. Majburiy texnik ko'rikdan o'tkazish bo'yicha tuman komissiyasining tarkibi 1-ilovaga, texnik ko'rikdan o'tkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Transport vositalari quyidagi davriylikka muvofiq texnik ko'rikdan o'tkazilsin:
tijorat asosida yo'lovchilar tashish uchun foydalaniladigan engil avtomobillar, avtobuslar va o'tiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq bo'lgan, odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, og'ir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar — bir yilda ikki marta;
ishlab chiqarilganligiga besh yildan ko'p bo'lmagan transport vositalari (mazkur bandning ikkinchi xatboshida ko'rsatilgan transport vositalaridan tashqari) — ikki yilda bir marta;
ishlab chiqarilgan yilini hisobga olgan holda ishlab chiqarilganligiga besh yildan ortiq bo'lgan transport vositalari, shuningdek ishlab chiqarilgan vaqti aniqlanmagan transport vositalari (mazkur bandning ikkinchi xatboshida ko'rsatilgan transport vositalaridan tashqari) — bir yilda bir marta;
tirkamalar ko'rikka transport vositasi — shatakchi uchun belgilangan muddatlarda.
4. Qarorning 3-bandi ikkinchi xatboshida ko'rsatilgan transport vositalarining texnik ko'rigi:
birinchi marta 1 mart — 30 iyunda;
ikkinchi marta 1 sentyabr — 31 oktyabrda o'tkaziladi.
yuridik shaxslarga tegishli bo'lgan transport vositalarining texnik ko'rigi 1 mart — 30 iyunda o'tkaziladi.
jismoniy shaxslarga tegishli bo'lgan transport vositalarining texnik ko'rigi 1 yanvar — 31 avgustda o'tkazilsin.
5. Transport vositalarini majburiy texnik ko'rikdan o'tkazish tuman komissiyasi rahbariga:
transport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan samarali nazoratni tashkil etish;
transport vositalarining texnik holati va uskunalari yo'l harakati xavfsizligi standartlari, qoidalari, normalariga muvofiqligini baholash yuklatilsin.
6. Tumandagi barcha transport vositalari egalari bo'lgan yuridik va jismoniy shaxslarga transport vositalarini texnik pasporti bilan birgalikda texnik ko'rikdan o'tkazilishini, ularning texnik jihatdan sozligini va o'z vaqtida reja jadval asosida ko'rikdan o'tkazish majburiyati yuklatilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 31 yanvardagi 54-son «Transport vositalarini majburiy texnik ko'rikdan o'tkazish tartibi to'g'risida nizomni tasdiqlash to'g'risida»gi qarori 3-bandiga ko'ra O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligining ichki va soqchilik qo'shinlari, Milliy xavfsizlik xizmatining harbiy bo'linmalari transport vositalari ko'rsatib o'tilgan idoralar tomonidan belgilangan tartibda majburiy texnik ko'rikdan o'tkazilishi inobatga olinsin.
8. Transport vositalari texnik ko'rikdan o'tkazilganligi uchun Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 31 yanvardagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan «Transport vositalarini majburiy texnik ko'rikdan o'tkazish tartibi to'g'risida»gi nizomga muvofiq yig'im undirilsin.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi o'rinbosari S. Samadov zimmasiga yuklatilsin.
10. Mazkur qaror rasman e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.
Hokim A. OMONOV
Dehqonobod t.,
2015 yil 29 yanvar,
X-85/01-son


Attachments:
FileFile size
Download this file (LexUz_2629198.doc)Qarorni yuklab olish74 kB
Matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing.

Bazaviy interaktiv xizmatlar

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 284 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Foydali resurslar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati
www.press-service.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
www.senat.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
www.parliament.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)
www.ombudsman.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
www.prokuratura.uz
   
 
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi
http://gis.uz/

 

Mobil ilovalar

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Reset