wrapper

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 4 dekabrdagi «O'zbekiston Respublikasining 2015 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to'g'risida»gi PQ-2270-son (O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2014 y., 50-son, 590-modda) qarori hamda Qashqadaryo viloyat hokimining 2014 yil 19 dekabrdagi «Qashqadaryo viloyatining 2015 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari prognozi va mahalliy byudjeti parametrlari to'g'risida»gi 376/12-sonli qarorlarini ijrosini ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi «Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida»gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 4 dekabrdagi PQ-2270-sonli (O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2014 y., 50-son, 590-modda) «O'zbekiston Respublikasining 2014 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to'g'risida»gi, Qashqadaryo viloyat hokimining 2014 yil 19 dekabrdagi «Qashqadaryo viloyatining 2015 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari prognozi va mahalliy byudjeti parametrlari to'g'risida»gi 376/12-sonli qarorlari hamda xalq deputatlari Qarshi shahar Kengashining 2014 yil 12 dekabrdagi «Shahar mahalliy byudjetining 2014 yildagi ijrosi hamda 2015 yildagi mahalliy byudjeti to'g'risida»gi 177/39-4-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Qarshi shahrining 2015 yilgi shahar mahalliy byudjetining parametrlari 1-ilovaga va shahar mahalliy byudjetining 2015 yilgi naqd pul aylanmasining yo'l qo'yiladigan eng kam miqdorlari 2-ilovaga asosan tasdiqlansin.
Qarshi shahri mahalliy byudjetining aylanma kassa mablag'i me'yorini amaldagi qonunlar bilan ko'zda tutilgan muddatlarda saqlash topshirilsin.
3. 2015 yilda umumdavlat soliqlaridan tushumlarni shahar mahalliy byudjetiga ajratmalar me'yorlari 3-ilovaga asosan tashkil topishi inobatga olinsin.
4. 2015 yilda mahalliy soliqlar va yig'imlar stavkalari 4-ilovaga va savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, shu jumladan, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to'lovining stavkalari 5-ilovaga asosan belgilansin.
5. Qarshi shahar hokimligi moliya bo'limi (G'. Axmedov), Qarshi shahar G'aznachilik bo'linmasi (O. Sharopov), Qarshi shahar Davlat soliq inspeksiyasi (F. Muxammadiev) hamda shahar tashkilotlari rahbarlari byudjetga to'lovlar to'liq tushishini hamda shahar mahalliy byudjeti ijrosi jarayonida uning muvozanatini ta'minlash hamda qo'shimcha daromad manbalarini qidirib topish, mahalliy byudjetning xarajatlar qismi ijrosini ta'minlashga javobgar ekanliklari, shuningdek byudjet tashkilotlarida byudjet mablag'larining sarflanishi ustidan qattiq nazorat o'rnatishlari belgilab qo'yilsin.
6. Belgilab qo'yilsinki, byudjetdan mablag' bilan ta'minlanadigan barcha tashkilot va muassasalar rahbarlari byudjet parametrlariga kiritilmagan tadbirlarni mablag' bilan ta'minlanganliklari hamda kreditor qarzlarni vujudga keltirganliklari uchun amaldagi qonunchilikka asosan shaxsan javobgardirlar.
7. Qarshi shahar hokimligi moliya bo'limi, Qarshi shahar G'aznachilik bo'linmasi hamda Qarshi shahar Davlat soliq inspeksiyasi shaharning 2015 yilgi mahalliy byudjeti parametrlarining bajarilishi yuzasidan tahlillarni har chorak yakuni bilan shahar hokimi muhokamasiga kiritib borsinlar.
8. Qarshi shahri hokimining 2014 yil 15 martdagi X-348/3 sonli qarori o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblansin.
9. Mazkur qarorning ijrosini ta'minlash Qarshi shahar hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo'yicha o'rinbosari Sh. Xolmurodov zimmasiga yuklansin.
10. Mazkur qaror kuchga kirgandan keyin «Nasaf» gazetasida e'lon qilinsin.
Hokim A. AChILOV
Qarshi sh.,
2014 yil 26 dekabr,
X-1480/12-son


Attachments:
FileFile size
Download this file (LexUz_2635588.doc)Qarorni yuklab olish130 kB
Matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing.

Bazaviy interaktiv xizmatlar

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 77 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Foydali resurslar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati
www.press-service.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
www.senat.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
www.parliament.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)
www.ombudsman.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
www.prokuratura.uz
   
 
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi
http://gis.uz/

 

Mobil ilovalar

Bosh sahifa

Qabul kunlari

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Reset