wrapper

Viloyat hokimining

QARORI

    BOZORLAR VA SAVDO KOMPLEKSLARINING MA’MURIYATI TOMONIDAN UNDIRIB OLINADIGAN BIR MARTALIK YIG‘IMLAR, IJARA TO‘LOVI VA KO‘RSATILADIGAN XIZMATLAR QIYMATINING YANGI MIQDORLARINI BELGILASH HAQIDA


    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1326-sonli (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 17-son, 131-modda) hamda 2017-yil 7-iyundagi “Mahalliy budjetlarni shakllantirishda joylardagi davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5075-sonli farmoniga (O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 488-modda) asosan viloyatdagi bozorlar faoliyatini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, ular tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar turlari va hajmlarini kengaytirish, aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, bozorlar va savdo komplekslarida pul oqimlari to‘liqroq hisobga olinishini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) 6-moddasiga asosan

  QAROR QILAMAN:


1. Viloyat moliya va davlat soliq boshqarmalari hamda viloyat “Bozorsavdo” uyushmasi takliflari asosida bozorlar va savdo komplekslari ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar, ko‘rsatiladigan xizmatlar, bino-inshootlar va boshqa mol-mulkdan hamda infratuzilmadan foydalanganlik uchun ijara to‘lovlarining miqdorlari 1- va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.

2. Viloyat davlat soliq boshqarmasi (A.Yuldashev), viloyat “Bozorsavdo” uyushmasi ma’muriyatlari bilan birgalikda:

bozorlar va savdo komplekslaridan tushadigan yig‘imlarni belgilangan tartibda to‘liq undirilishini;

bozorlar va savdo komplekslari ma’muriyatlari tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar, ko‘rsatiladigan xizmatlar, bino, inshootlar va boshqa mol-mulkdan hamda bozor infratuzilmasidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovlari yig‘im miqdorlarini ko‘paytirish evaziga tushadigan daromadlarni O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan tartibda mahalliy budjetga yo‘naltirilishini ta’minlasinlar.

3. Moliya va davlat soliq xizmati organlari, shuningdek mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-iyundagi “Mahalliy budjetlarning daromadlar bazasini kengaytirish zaxiralarini aniqlash ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 445-son qarori 1-ilovasi 4-bobi, 2-ilovasi 1-bobi, 3-ilovasi 6-bobi doirasida ishlar tashkil qilsin.

4. Tumanlar va Qarshi, Shahrisabz shaharlari hokimliklari o‘z hududlaridagi bozorlar va savdo komplekslari ma’muriyatlari tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar, ko‘rsatiladigan xizmatlar, bino, inshootlar va boshqa mol-mulkdan hamda bozor infratuzilmasidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovlarining to‘liq undirilishi va ulardan maqsadli foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirsinlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1326-son qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi “Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 253-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-martdagi “2017-2019-yillar davrida dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualari qurish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2853-sonli qaroriga asosan dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualari qurish ishlari barcha shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga rioya etilgan holda amalga oshirilishini hamda ob’yektlarning Dasturda nazarda tutilgan muddatlarda foydalanishga topshirilishini ta’minlash bo‘yicha ish tashkil qilsinlar.

5. Ushbu qaror qabul qilinishi bilan viloyat hokimining 2017-yil 11-fevraldagi X-74/02-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

6. “Qashqadaryo” va “Novosti Kashkadari” gazetalarida mazkur qaror e’lon qilinsin.

7. Viloyat hokimligi huzuridagi “Viloyat kompyuterlashtirish markazi” DUK (O‘.Turdiyev) mazkur qaror viloyat hokimligining rasmiy veb-saytida joylashtirilishini ta’minlasin.

8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari X.Djurayev zimmasiga yuklatilsin.

 

Viloyat hokimi                                           Z.RO‘ZIYEV

Qarshi shahri, 2018-yil 23-fevral.

Matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing.

Bazaviy interaktiv xizmatlar

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 98 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Foydali resurslar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati
www.press-service.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
www.senat.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
www.parliament.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)
www.ombudsman.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
www.prokuratura.uz
   
 
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi
http://gis.uz/

 

Mobil ilovalar

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Reset