wrapper

Viloyat hokimining

QARORI

QASHQADARYO VILOYATIDA 2018-YILDA DAVLAT KO‘CHMAS MULKIDAN FOYDALANGANLIK UCHUN IJARA HAQINING YAGONA ENG KAM MIQDORINI BELGILASH TO‘G`RISIDA


    O‘zbekiston Respublikasining “Ijara to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi 1992-y., 1-son, 45-modda), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi 102-sonli “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 15-son, 186-modda) talablari asosida, viloyat hududidagi bo‘sh turgan bino-inshootlardan oqilona foydalanish, ularga bo‘lgan ehtiyojni to‘liq ta’minlash hamda kutilayotgan xarajatlar bilan korxona, tashkilot va muassasalarning ijara to‘lovidan tushadigan daromadlarni tartibga solish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi 1993-y., 9-son) ning 6-moddasiga asosan

    QAROR QILAMAN:

1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2018-yil 23-yanvardagi “Davlat ko‘chmas mulklari bo‘yicha kelishilgan ijara to‘lovlarining eng kam stavkalarining hisob-kitoblari SB-4-7/3-son, AX/08-01-32-14/29 va 50/01-17-sonli qo‘shma xatlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.

2. Viloyat hududida 2018-yilda eng kam ijara haqi stavkalari 1-ilovaga, ijara haqi stavkalariga qo‘llaniladigan koeffitsiyentlar va ijara haqlarini hisoblash tartibi 2-ilovaga hamda bino va inshootlarga biriktirilgan, shuningdek, alohida ajratilgan maydonlarda (asfaltlangan yoki betonlashtirilgan hududlarda) radio, uyali va peydjing aloqa antennalari o‘rnatilganda foydalaniladigan maydon uchun ijara haqi to‘lovlari hisoblanishi tartibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Viloyat xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, madaniyat, jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari va boshqa tegishli davlat mulkini balansda saqlovchi tashkilotlar va muassasalar rahbarlari:

har chorakda kamida bir marta tasarrufida bo‘lgan davlat mulkini to‘liq xatlovdan o‘tkazsinlar;

tasarrufidagi foydalanilmayotgan davlat mulki to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Qashqadaryo viloyat davlat mulkini ijaraga berish markazi” davlat unitar korxonasiga o‘z vaqtida, to‘liq topshirish, shuningdek, ijaraga berilayotgan mol-mulkning tiklanish qiymati to‘g‘risidagi taqdim etilgan axborotning ishonchliligiga shaxsan mas’ul ekanligi belgilansin;

davlat mulkini ijara shartnomasi tuzmasdan ijaraga berish, ijara shartnomasida ijaraga berilgan mulkning parametrlari va soni ataylab noto‘g‘ri qayd etilganligi, buning natijasida ijara to‘lovining yashirilishiga olib kelganligi uchun bevosita qonun hujjatlariga muvofiq javob berishi belgilab qo‘yilsin.

4. Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi viloyat hududiy boshqarmasi huzuridagi “Qashqadaryo viloyat davlat mulkini ijaraga berish markazi” DUK viloyatning shahar va tuman hokimliklari bilan hamkorlikda faoliyat ko‘rsatmayotgan bino-inshootlarni aniqlash yuzasidan xatlovlar o‘tkazish, ro‘yxatini yuritish hamda tasdiqlangan ijara haqi stavkalari bo‘yicha ijaraga berilishini ta’minlasin.

5. Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi viloyat hududiy boshqarmasi, viloyat moliya, nazorat-taftish, davlat soliq hamda  g‘aznachilik boshqarmalari ushbu qarorga muvofiq davlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlarda tekshirishlar va o‘rganishlar jarayonida ijaraga berilgan davlat mulklari ijara markazi orqali rasmiylashtirilgani va ijara haqlari to‘liq to‘langanini vakolati doirasida nazoratga olsinlar.

6. Viloyat matbuot va axborot boshqarmasi, viloyat teleradiokompaniyasi, “Qashqadaryo” va “Novosti Kashkadari” gazetalari tahririyatiga ushbu qarorning mazmun-mohiyatini keng aholi qatlamiga yetkazish maqsadida ommaviy axborot vositalari orqali yoritilishini ta’minlash tavsiya etilsin.

7. Viloyat hokimining 2016-yil 29-dekabrdagi X-708/12-sonli qarori 2017-yil 31-dekabrdan o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

8. Mazkur qaror talablari 2018-yil 1-yanvardan e’tiboran qo‘llaniladi.

9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari X.Djurayev, viloyat hokimining o‘rinbosari D.Allayev zimmasiga yuklansin.

Viloyat xokimi                                            Z.RUZIYEV

Qarshi shahri,

2018-yil 3-fevral

Attachments:
FileFile size
Download this file (Х-91-02     03.02.2018 й.pdf)Х-91-02 03.02.2018 й.pdf1865 kB
Matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing.

Bazaviy interaktiv xizmatlar

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 57 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Foydali resurslar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati
www.press-service.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
www.senat.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
www.parliament.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)
www.ombudsman.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
www.prokuratura.uz
   
 
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi
http://gis.uz/

 

Mobil ilovalar

Bosh sahifa

Qabul kunlari

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Reset