wrapper

    Viloyat hokimining

    QARORI

    TUMAN (SHAHAR)LARDA KO‘CHMA SAVDO OBYEKTLARINING O‘RINLAR SONI, SOTILADIGAN TOVARLAR RO‘YXATI VA KO‘CHMA SAVDO DAVRI KO‘RSATILGAN KO‘CHMA SAVDO OBYEKTLARI JOYLASHISHI SXEMALARINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA


    Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada qo‘llab-quvvatlash, ularni jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 13-iyuldagi “Ko‘chma savdoga ruxsat berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 233-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan

    QAROR  QILAMAN:

1. Tuman (shahar)larda ko‘chma savdo obyektlarining o‘rinlar soni, sotiladigan tovarlar ro‘yxati va ko‘chma savdo davri ko‘rsatilgan ko‘chma savdo obyektlari joylashishi sxemalari Qarshi shahri bo‘yicha 1-ilovaga, G‘uzor tumani bo‘yicha 2-ilovaga, Dehqonobod tumani bo‘yicha 3-ilovaga, Qamashi tumani bo‘yicha 4-ilovaga, Kitob tumani bo‘yicha 5-ilovaga, Koson tumani bo‘yicha  6-ilovaga, Mirishkor tumani bo‘yicha 7-ilovaga, Muborak tumani bo‘yicha 8-ilovaga, Nishon tumani bo‘yicha 9-ilovaga, Shahrisabz tumani bo‘yicha 10-ilovaga, Qarshi tumani bo‘yicha 11-ilovaga, Kasbi tumani bo‘yicha 12-ilovaga, Chiroqchi tumani bo‘yicha 13-ilovaga, Yakkabog‘ tumani bo‘yicha 14-ilovaga va Shahrisabz shahri bo‘yicha 15-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. “Viloyat kompyuterlashtirish markazi” DUK, tuman (shahar)lar hokimliklari uch kun muddatda mazkur qaror bilan tasdiqlangan tuman (shahar)larda ko‘chma savdo obyektlarining o‘rinlar soni, sotiladigan tovarlar ro‘yxati va ko‘chma savdo davri ko‘rsatilgan ko‘chma savdo obyektlari joylashishi sxemalari hududlardagi “Yagona darcha” markazlarida hamda tuman (shahar)lar hokimliklarining rasmiy veb-saytlarida joylashtirilishini ta’minlasin.

3. Viloyat adliya va davlat soliq boshqarmalari, davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi, arxitektura va qurilish, Markaziy bank bosh boshqarmalari hamda tuman (shahar)lar hokimliklari:

ko‘chma savdo obyektining tasdiqlangan joylashish sxemasi ilova qilingan ruxsatnoma arizada ko‘rsatilgan vaqtga, biroq olti oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari orqali berilishi;

ko‘chma savdoni amalga oshirish ruxsatnomasini olgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan qonun hujjatlariga, shu jumladan, chakana savdo, sanitariya qoidalariga, normalarga va gigiyenik normativlarga majburiy rioya qilinishi;

xaridorlar bilan naqd pulda hisob-kitob qilishda fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarining qo‘llanishi;

bank plastik kartochkalardan foydalangan holda to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha hisob-kitob terminali mavjudligi;

ko‘chma savdo joyini va atrof-hududni zarur tarzdagi sanitariya holatida saqlash;

sotuvchilarda ko‘chma savdo obyekti ruxsatnomasi va uning joylashishi tasdiqlangan sxema va sotiladigan tovarlarning kelib chiqishi, sifati va xavfsizligini tasdiqlaydigan hujjatlar asl nusxalari bo‘lishi, shuningdek, ular nazorat organlarining mansabdor shaxslari talablariga ko‘ra ko‘rsatilishi;

ish kuni tamom bo‘lgandan keyin ko‘chma savdo obyektlari qismlarga ajratilishi yoki ko‘chirilishi va ko‘chma savdo joyi zarur tarzdagi sanitariya holatiga keltirilishini;

tovarlarning ruxsatnomaga muvofiq obyektlar orqali va ko‘chma savdo joyi bo‘yicha sotilishini nazoratga  olsin.

4. Tuman (shahar)lar hokimliklari hududlarda joylashtirilgan ko‘chma savdo obyektlarida faoliyat olib borish istagini bildirgan tadbirkorlik subyektlarining murojaatlari o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqilayotganligini doimiy muhokama qilib borsin.

5. “Viloyat kompyuterlashtirish markazi” DUK mazkur qarorning rasmiy e’lon qilinishini va www.qashqadaryo.uz veb-saytiga joylashtirilishini ta’minlasin.

6. Mazkur qaror qabul qilingandan so‘ng viloyat hokimining 2016-yil 30-dekabrdagi X-712/12-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi.

7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari X.Djurayev zimmasiga yuklatilsin.

 

Viloyat hokimi                                           Z.RUZIYEV

 

2017-yil 30-dekabr

Matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing.

Bazaviy interaktiv xizmatlar

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 322 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Foydali resurslar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati
www.press-service.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
www.senat.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
www.parliament.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)
www.ombudsman.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
www.prokuratura.uz
   
 
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi
http://gis.uz/

 

Mobil ilovalar

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Reset