wrapper

Viloyat hokimining
QARORI
QASHQADARYO VILOYATINING 2018-YILGI ASOSIY MAKROIQTISODIY KO‘RSATKICHLARI PROGNOZI VA MAHALLIY BYUDJET PARAMETRLARI TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y. 52-1-son) 28-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2017-yil 13-dekabrdagi 1341-III sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining byudjetlari hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2017-yil 20-dekabrdagi SQ-241-III sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining byudjetlari hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi qarori va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-3454-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y. 320-modda)ning 6-moddasiga asosan
QAROR QILAMAN:
1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-3454-sonli va xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashining 2017-yil 30-dekabrdagi “Viloyat mahalliy byudjetining 2017-yilda kutilayotgan ijrosi hamda 2018-yilgi byudjet parametrlari to‘g‘risida”gi 123/27-5-sonli qarorlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-sonli qaroriga asosan:
qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 20 foiz;
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlariga dividendlar va foizlar tarzida to‘lanadigan daromad solig‘i stavkalari 10 foiz;
belgilangan soliqqa tortish obyektlaridan Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalar stavkalari, respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar stavkalari hamda ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasiga majburiy ajratmalar stavkalarini qo‘shgan holda 3,2 foiz;
mablag‘larni Pensiya jamg‘armasi, Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori tegishli ilovasida keltirilgan normativlarga muvofiq taqsimlangan holda yagona ijtimoiy to‘lov stavkasi 25 foiz;
fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy sug‘urta badallari stavkasi 8 foiz miqdorida belgilanganligi;
respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlar va ajratmalar;
yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) solig‘i stavkalari;
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari;
yagona soliq to‘lovi stavkalari;
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va uning hududiga chetdan keltiriladigan aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlarga aksiz solig‘i stavkalari;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari;
yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari;
imzolanadigan bonus va tijorat topilmasi bonusi stavkalari;
ayrim turdagi mahsulotlar bo‘yicha qo‘shimcha foyda solig‘i stavkalari;
jismoniy va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i stavkalari;
yagona yer solig‘i stavkalari;
mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun ijara haqi stavkalari;
mobil aloqa xizmati ko‘rsatuvchi kompaniyalar yuridik shaxslar uchun abonent raqamidan foydalanganlik uchun  to‘lov miqdori;
maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarning ta’minoti uchun ota-onalar badal to‘lovi miqdorlari;
soliq to‘lovchilarning qarzlarni undirishni mol-mulkga qaratish uchun soliq qarzdorligining eng kam miqdorlari tasdiqlanganligi;
byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar:
mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining barcha darajalardagi mahalliy byudjetlar daromadlari va xarajatlarini shakllantirishdagi roli, mustaqilligi va mas’uliyatini oshirish, ijtimoiy soha va infratuzilma obyektlarini yetarli darajada saqlash va rivojlantirishni ta’minlash;
joylardagi davlat hokimiyati organlarining tegishli byudjet daromadlarini shakllantirish sohasidagi vakolatlarini aniq belgilash;
joylardagi davlat hokimiyati organlariga mahalliy soliqlarning alohida turlari bo‘yicha stavkalarni kamaytirish yoki ko‘paytirish bo‘yicha vakolatlarni taqdim etish;
ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha va ko‘zda tutilmagan boshqa xarajatlarni moliyalashtirishda joylardagi davlat hokimiyati organlarining mustaqilligini oshirish belgilanganligi;
2018-yil 1-yanvardan boshlab:
a) tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy va yuridik   shaxslarning daromad solig‘i, jismoniy shaxslar mol-mulkidan olinadigan solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i, bozorlar daromadidan tushum, alohida tovar va xizmatlarni chakana sotish huquqi uchun yig‘imlardan tushumlarni shaharlar va tumanlar mahalliy byudjetlariga to‘liq;
yuridik shaxslar yer solig‘i, yuridik shaxslar mol-mulk solig‘i, yagona soliq to‘lovidan byudjetga ajratmalar, benzin-dizel yonilg‘isi va gaz iste’moli uchun soliq, jismoniy shaxslar daromadidan soliqlar bir qismining qoldirilishi;
b) viloyat byudjetidan shaharlar va tumanlar byudjetlariga xalq ta’limi muassasalarining ish haqi va yagona ijtimoiy to‘lovi xarajatlari uchun maqsadli transfert mablag‘lari ajratilishi;
bunda, shaharlar va tumanlar byudjeti daromadlar bazasi ko‘payishidan qat’i nazar ajratiladigan maqsadli transfert mablag‘lari miqdori kamaytirilmasligi;
quyidagilar:
daromadlar prognoz ko‘rsatkichlarining oshirib bajarilgan qismini shaharlar va tumanlar mahalliy byudjetlaridan viloyat byudjetiga olish;
mahalliy byudjet parametrlarida ko‘zda tutilgan xarajatlarni asossiz qisqartirish taqiqlanganligi;
mazkur qarorning 33-ilovasiga muvofiq, 2018-yil 1-yanvardan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-1245-sonli qarori 24-bandining amal qilishi 2019-yilning 1-yanvarigacha uzaytirilgani inobatga olinib ijroga yo‘naltirilsin.
3. Viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi 1-ilovaga;
mahalliy byudjetning asosiy parametrlari 2-ilovaga;
shaharlar hamda tumanlar mahalliy byudjetlarining daromadlar va xarajatlar hajmlari, viloyat byudjetidan beriladigan maqsadli ijtimoiy transfertlarning miqdorlari 3-ilovaga;
shaharlar va tumanlar mahalliy byudjetlariga umumdavlat soliqlar tushumlaridan ajratmalar normativlari 4-ilovaga;
viloyat, shaharlar va tumanlar mahalliy byudjetlari aylanma kassa mablag‘ining yo‘l qo‘yiladigan eng kam miqdorlari 5-ilovaga;
mahalliy soliqlar va yig‘imlar stavkalari 6-ilovaga;
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan qat’iy belgilangan daromad solig‘i stavkalari 7-, 8- ilovalarga;
jismoniy va yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i stavkalari 9-ilovaga muvofiq tasdiqlansin;
2018-yil uchun viloyat, shaharlar va tumanlar mahalliy byudjetlari zaxira jamg‘armasi 10-ilovaga muvofiq belgilansin.
4. Shaharlar va tumanlar moliya bo‘limlari tomonidan xarajatlar smetasi ijrosi davomida to‘rtinchi guruh xarajatlaridan maqbullashtirilgan byudjet mablag‘lari viloyat byudjeti zaxira jamg‘armasiga yo‘naltirilsin.
5. Viloyat hokimligi moliya bosh boshqarmasiga mahalliy byudjetlarga byudjetdan maqsadli transfert mablag‘lari va byudjet ssudalari (daromadlar va xarajatlar o‘rtasidagi vaqtinchalik kassa tafovutlarini qoplash uchun) ajratishda ularning miqdorlarini hududlar bo‘yicha barcha soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘liq tushishidan, shuningdek, mahalliy byudjetning birinchi navbatdagi xarajatlarini (ish haqi, ish haqidan ajratmalar, stipendiyalar, nafaqalar va ularga tenglashtirilgan to‘lovlarni) so‘zsiz moliyalashtirish zarurligidan kelib chiqqan holda aniqlashtirish huquqi berilsin.
6. Viloyat iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish boshqarmasi tegishli tashkilotlar bilan birgalikda 1-ilovaga muvofiq tasdiqlangan viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozining bajarilishini ta’minlash yuzasidan zarur choralar ko‘rib borsin.
7. Viloyat hokimligi moliya bosh boshqarmasi viloyat g‘aznachilik boshqarmasi Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi bilan birgalikda 2018-yilning yanvar oyida o‘tkazilgan operatsiyalarni 2017-yilgi mahalliy byudjetning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotda aks ettirgan holda, 2017-yilgi mahalliy byudjet ijrosi bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yakuniy operatsiyalarni o‘tkazsin.
8. Tuman (shahar)lar byudjetlari va viloyat byudjeti o‘rtasida xarajat majburiyatlarini optimal taqsimlash maqsadida shahar va tumanlar byudjetidan moliyalashtiriladigan G‘uzor tumani 68-sonli davlat ixtisoslashtirilgan umumiy ta’lim maktab-internati, G‘uzor tumani 77-sonli ixtisoslashtirilgan umumiy ta’lim maktab-internati, Shahrisabz davlat 1-sonli ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktab-internati, Shahrisabz davlat 2-sonli ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktab-internati, Kitob davlat 1-sonli ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktab-internati, Kitob davlat 2-sonli ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktab-internatini saqlash xarajatlari viloyat byudjetiga o‘tkazilsin.
9. Viloyat hokimining 2017-yil 11-yanvardagi X-20/01-sonli qarori 2018-yil  1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
10. Mazkur qaror rasman e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
11. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari X.Djurayev zimmasiga yuklatilsin.
Viloyat hokimi           Z.Ruziyev
Qarshi shahri, 2018-yil 9-yanvar

Matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing.

Bazaviy interaktiv xizmatlar

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 123 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Foydali resurslar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati
www.press-service.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
www.senat.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
www.parliament.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)
www.ombudsman.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
www.prokuratura.uz
   
 
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi
http://gis.uz/

 

Mobil ilovalar

Bosh sahifa

Qabul kunlari

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Reset