wrapper

Maxsus imkoniyatlar

Viloyat hokimining

 

QARORI

 

4R79 «QARSHI-CHIM-CHIROQCHI-SHAHRISABZ» AVTOMOBIL YO‘LIDAN KELAJAKDA MAQSADLI FOYDALANISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-fevraldagi "Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida"gi 31-sonli qaroriga asosan 4R79 "Qarshi-Chim-Chiroqchi-Shahrisabz" avtomobil yo‘li rekonstruksiya qilinishi belgilangan bo‘lib, bugungi kunda magistralning 10 kilometr qismida qurilish ishlari olib borilmoqda.

 

Ushbu yo‘lning rekonstruksiya qilingan qismini saqlash, harakat xavfsizligini ta’minlash va og‘ir vaznli yuk tashuvchi avtomobillar harakatini tartibga solish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi Qonunining 6-moddasiga asosan

 

QAROR QILAMAN:

 

1. 2017-yil 1-sentabrdan boshlab 4R79 "Qarshi-Chim-Chiroqchi-Shahrisabz" avtomobil yo‘lida mulkchilik shaklidan qat’i nazar, har bir o‘qga tushadigan vazni 11,5 tonnadan yuqori bo‘lgan avtomobillar harakati taqiqlansin.

2. Viloyat avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmasi (Rahimov) mazkur avtomobil yo‘li va yo‘lga kesishadigan chorrahalarga har bir o‘qga tushadigan vazni 11,5 tonnadan yuqori bo‘lgan avtomobillar harakati taqiqlanganini bildiruvchi yo‘l belgilari o‘rnatish ishlarini tashkillashtirsin.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi YHXB (Qayumov) bilan birgalikda og‘ir vaznli yuk tashuvchi avtomobillar M39 "Toshkent-Termiz" va A-380 "G‘uzor-Qarshi-Buxoro-Nukus-Beyneu" avtomobil yo‘llari orqali harakatlanishini ta’minlasinlar.

3. Viloyat ichki ishlar boshqarmasi YHXB (Qayumov) 4R79 “Qarshi-Chim-Chiroqchi-Shahrisabz” yo‘lida har bir o‘qga tushadigan vazni 11,5 tonnadan yuqori bo‘lgan avtomobillar harakati taqiqlanishi munosabati bilan mazkur avtomagistralda nazoratni yanada kuchaytirsin, qonunbuzarlarga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy jazo choralarini qo‘llasin.

4. "Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli" shu’ba korxonasi (Norqobilov) Qarshi-Shahrisabz yo‘nalishida yuk tashishga mo‘ljallangan poyezdlar  qatnovini ko‘paytirish choralarini ko‘rsin va yuklarni o‘z vaqtida tashishni tashkil qilsin.

5. Viloyat teleradiokompaniyasi (Pirmatov) va “Qashqadaryo” va “Novosti Kashkаdari” gazetalari tahririyati (Karimov)ga 4R79 “Qarshi-Chim-Chiroqchi-Shahrisabz” avtomobil yo‘lida har bir o‘qga tushadigan vazni 11,5 tonnadan yuqori bo‘lgan avtomobillar harakatini cheklash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni  yoritib borish tavsiya etilsin.

6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining o‘rinbosari M.Eshbabayev va viloyat ichki ishlar boshqarmasi YHXB boshlig‘i Z.Qayumov zimmalariga yuklatilsin.

Viloyat hokimi   Z.RUZIYEV

Qarshi shahri,

2017-yil 18-avgust

 

Matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing.

Bazaviy interaktiv xizmatlar

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 99 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Foydali resurslar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati
www.press-service.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
www.senat.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
www.parliament.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)
www.ombudsman.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
www.prokuratura.uz
   
 
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi
http://gis.uz/

 

Mobil ilovalar

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Reset