wrapper

Maxsus imkoniyatlar

"Aholini ish bilan ta'minlash to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi 1998 yil, 5-6-son,  17-modda), O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 12 oktyabrdagi 6-sonli yig'ilish bayoni, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2016 yil 28 oktyabrdagi 619-III-sonli va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2016 yil 13 dekabrdagi "Qashqadaryo viloyatida 2017 yilda aholi bandligini ta'minlash dasturi to'g'risida"gi SQ-124-III-sonli qarorlariga (O'zbekiston Respublikasi Oliy  Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014 y, 11-son, 317-modda) muvofiq, Qash-qadaryo viloyatida 2017 yilda aholi bandligini ta'minlash dasturi ijrosini ta'minlash maqsadida "Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida"gi Qonun (O'zbekiston  Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993 yil, 9-son, 24-modda)ga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashi
QAROR QILADI:
1. Qashqadaryo viloyatida 2017 yilda aholi bandligini ta'minlash Dasturi parametrlari 1-ilovaga hamda viloyat ishchi komissiyasi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ishchi komissiyaning hududlarga biriktirilgan a'zolariga:
yangidan tashkil etilgan va mavjud ish o'rinlari kamayishi hamda yo'qolib ketishining oldini olish uchun tegishli boshqarmalar, idora, tarmoq va tuman (shahar)lar hokimliklarini jalb etgan holda ta'sirchan nazorat mexanizmini joriy qilish;
yaratilayotgan ish o'rinlarining haqqoniyligini ta'minlash uchun zamonaviy elektron axborot tizimlaridan foydalangan holda yangi dastur ishlab  chiqish;
yoshlarning, ayniqsa, ta'lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini ta'minlashda belgilangan imtiyozlardan kengroq foydalangan holda ularning bandligini ta'minlashning yangi samarali shakl va uslublari joriy etilishiga qaratilgan takliflarni tayyorlash;
ishsiz aholini mehnat bozorida talab yuqori bo'lgan kasblarga qayta o'qitish orqali ularning ish bilan to'liq ta'minlanishiga erishish uchun tegishli chora-tadbirlar dasturini tayyorlash;
shaxsiy yordamchi va dehqon xo'jaliklarida chorva mollari, parrandalarni boqayotgan, baliqchilik va asalarichilik bilan shug'ullanayotgan va etishtirilgan mahsulotlar realizasiyasi bilan shug'ullanayotgan fuqarolarni yanada rag'batlantirish va bandligi ta'minlanishini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish;
har oyda biriktirilgan hududga chiqqan holda, 2017 yilda aholi bandligi dasturi ijrosini tanqidiy o'rganib, hokimliklar va mutasaddi tashkilotlar ishtirokida muhokama etib borish;
hududiy dasturlarni amalga oshirishda yo'l qo'yilayotgan sustkashlik va muammolarni aniqlab, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko'rish;
belgilangan vazifalarni talab darajasida bajarmagan tarmoqlar, hokimliklar, mas'ul davlat organlari, tijorat banklari va korxonalar rahbarlarining mas'uliyatini oshirish yuzasidan viloyat ishchi komissiyasiga takliflar kiritib borish tavsiya etilsin.
Ishchi komissiya a'zolari maqsadli dasturlarga kiritilgan ob'ektlarning o'z vaqtida ishga tushirilishi, dastur parametrlarining to'liq va sifatli bajarilishi ustidan qat'iy nazorat o'rnatsin.
3. Dastur parametrlarining:
investisiya dasturlari, sanoatni, xizmat ko'rsatish va servis sohasini rivojlantirish dasturlari, mahalliylashtirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, dehqon va fermer xo'jaliklarida oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish  va boshqa dasturlar parametrlaridan kelib chiqib, maxsus maqsadli dasturlarga kiritilgan ob'ektlar bo'yicha - viloyat hokimligi hududlarni kompleks rivojlantirish yig'ma boshqarmasi (R.Azimov), tuman (shahar)lar hokimliklari hamda yirik korxonalar rahbarlari bilan birgalikda;
qurilish sanoatini, muhandislik-kommunikasiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish dasturlari hamda qurilish sohasidagi korxona, tashkilotlarda mavsumiy va vaqtinchalik ishlarda band bo'lganlar bo'yicha - viloyat arxitektura va qurilish boshqarmasi (Sh.Qurbonov), tuman (shahar)lar hokimliklari hamda korxona, tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda;
xususiylashtirish va moliyaviy nochor korxonalarni sog'lomlashtirish dasturlari bo'yicha - Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasining hududiy  boshqarmasi (I.Jo'raev), tuman (shahar)lar hokimliklari hamda yirik korxonalar rahbarlari bilan birgalikda;
yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish bo'yicha - viloyat davlat soliq boshqarmasi (S.Eshmatov), tuman (shahar)lar hokimliklari bilan birgalikda;
tijorat banklari tomonidan moliyalashtirish ko'zda tutilgan kichik va xususiy tadbirkorlik loyihalari bo'yicha - Markaziy bank viloyat  boshqarmasi (A.Yaxyaev), barcha tijorat banklari rahbarlari bilan birgalikda;
qishloq xo'jaligi hamda qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasida vaqtinchalik va mavsumiy ishlarda band bo'lganlar hamda dehqon va fermer xo'jaliklarida oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish dasturlari bo'yicha - viloyat qishloq va suv xo'jaligi boshqarmasi (F.Qulmatov) hamda viloyat Fermerlar kengashi (E.Xonaliev);
aholining shaxsiy yordamchi, dehqon va tomorqa xo'jaligida hamda oilaviy tadbirkorlik, milliy hunarmandchilik sohasida o'z-o'zini band qilganlar bo'yicha - Pensiya jamg'armasi boshqarmasi (F.Yusupov) va "Mahalla" xayriya jamoat fondi viloyat bo'limi (Sh.Rajabov) tomonidan ta'minlanishi belgilab qo'yilsin.
4. Dastur ijro etilishining borishi to'g'risidagi ma'lumotlarni o'z vaqtida jamlash, Dastur bajarilishining tahlilini olib borish maqsadida: viloyat hokimligi hududlarni kompleks rivojlantirish yig'ma boshqarmasi, qishloq va suv xo'jaligi boshqarmasi, viloyat Fermerlar kengashi, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi boshqarmasi, oliy o'quv yurtlari, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi hududiy boshqarmasi, viloyat davlat soliq boshqarmasi, Markaziy bank viloyat  boshqarmasi, Pensiya jamg'armasi viloyat boshqarmasi, Mahalla" xayriya jamoat fondi viloyat bo'limi, viloyat arxitektura va qurilish boshqarmasi hamda tuman (shahar)lar hokimliklari, iqtisodiyot tarmoqlarining xo'jalik boshqaruvi organlari va yirik korxonalarga har oyning 5-sanasiga qadar amalga oshirilgan ishlar yuzasidan viloyat mehnat boshqarmasiga muntazam ravishda tegishli ma'lumotlarni taqdim etib borish tavsiya etilsin.
5. Viloyat mehnat boshqarmasi (A.Qodirov)ga:
2017 yil uchun tasdiqlangan parametrlarning so'zsiz bajarilishini ta'minlash yuzasidan o'z vaqtida chora-tadbirlar ko'rgan holda, tuman (shahar)lar, tarmoqlar va aniq korxonalar bo'yicha aholi bandligi dasturining amalga oshirilishini tizimli ravishda monitoring qilish va tahlil etishni ta'minlash;
tegishli davlat boshqaruvi organlari bilan hamkorlikda chuqur o'rganish asosida mehnat bozoridagi talab va taklifni baholashni amalga oshirish, uning natijalariga ko'ra aholini ish bilan ta'minlash yuzasidan zarur qo'shimcha chora-tadbirlarni ko'rish;
aholiga mehnat to'g'risidagi qonun hujjatlari, mustaqil ravishda ishga joylashish uchun ish joyi tanlash bo'yicha bepul maslahatlar berilishini yo'lga qo'yish;
o'zini o'zi band qilgan, shuningdek, qishloq xo'jaligi va qurilishda mavsumiy va vaqtinchalik ish bilan band bo'lgan aholi sonini aniqlash bo'yicha viloyat hokimligiga taklif kiritish;
viloyat statistika boshqarmasi, tuman (shahar)lar hokimliklari, manfaatdor boshqarmalar va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan 2017 yilda aholi bandligi Dasturining bajarilishi yuzasidan olib borilgan tizimli monitoring natijalari har chorakda viloyat hokimligiga kiritilishini ta'minlash;
viloyat statistika boshqarmasi bilan birgalikda tuman (shahar)lar hokimliklarining ish o'rinlari tashkil etish bo'yicha taqdim etilayotgan ma'lumotlari ishonchliligi yuzasidan tanlanma o'rganishlarni tashkil etish;
2017 yilda ishsizlarni, shu jumladan, ularni kasbga qayta o'qitish va tayyorlash orqali haq to'lanadigan jamoat ishlariga yuborish hamda vakant ish o'rinlari yarmarkalarini o'tkazish yo'li bilan ishga joylashtirish tadbirlari so'zsiz bajarilishini ta'minlash topshirilsin.
6. Viloyat hokimining o'rinbosarlari, boshqarmalar, idoralar va xo'jalik boshqaruvi organlari rahbarlariga:
bir oy muddatda viloyat mehnat boshqarmasi, viloyat hokimligi hududlarni kompleks rivojlantirish yig'ma boshqarmasi bilan kelishilgan holda 2017 yilda yangi ish o'rinlari tashkil etish tarmoq dasturlarini aniq korxonalar kesimida, shuningdek, ilgari tashkil etilgan ish o'rinlarining saqlab qolinishi va barqaror faoliyat yuritilishini so'zsiz ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlar kompleksini;
ikki hafta muddatda o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi boshqarmasi va viloyat mehnat boshqarmasi bilan kelishilgan holda oxirgi bosqich o'quvchilarining ishlab chiqarish amaliyotini o'tashini tashkil etish va keyinchalik egallagan mutaxassisligi bo'yicha ishga joylashishiga ko'maklashish uchun aniq korxonalarga biriktirishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar kompleksini tasdiqlash uchun kiritish;
tasarrufdagi boshqarmalar va idoralar bo'yicha 2016/2017-o'quv yili kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari bandligini ta'minlash masalalarini tanqidiy ko'rib chiqish yuklatilsin.
7. Tuman (shahar)lar hokimliklari, viloyat mehnat boshqarmasi hamda viloyat hokimligi hududlarni kompleks rivojlantirish yig'ma boshqarmasi bilan kelishilgan holda zarur moliyaviy, moddiy va boshqa resurslar  ajratilishi, shuningdek, ish o'rinlari tashkil etish uchun er uchastkalarini ajratishga alohida e'tibor qaratgan holda tegishli yo'nalishlar bo'yicha 2017 yilda ish o'rinlarini yaratish loyihalarining manzilli ro'yxatlarini;
(Bunda, STIR bo'yicha soliqlarni va ShJPHR bo'yicha badallarning to'lanishi orqali tasdiqlanmagan ob'ektlar ish o'rinlari yaratishni ta'minlovchi loyihalarning manzilli ro'yxatiga kiritilmaydi)
2017 yilda ish o'rinlari yaratishga qaratilgan loyihalarni so'zsiz amalga oshirish bo'yicha kompleks chora-tadbirlarni, jumladan, tarmoq jadvallarini tasdiqlasin.
Viloyat hokimligi hududlarni kompleks rivojlantirish yig'ma boshqarmasi (R.Azimov), tuman (shahar)lar hokimliklari hududlarni kompleks rivojlantirish bo'yicha yig'ma bo'limlari ish o'rinlari yaratish bo'yicha loyihalarning manzilli ro'yxatlarini sifatli va o'z vaqtida tuzish uchun shaxsiy javobgar ekanliklari belgilab qo'yilsin.
8. Markaziy bank viloyat boshqarmasi (A.Yaxyaev), barcha tijorat banklarining 2017 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlariga 873,1 milliard so'mdan kam bo'lmagan miqdorda kreditlar ajratish to'g'risidagi taklifiga  rozilik berilsin.
Markaziy bank viloyat boshqarmasiga bir oy muddatda 2017 yilda tijorat banklari tomonidan xo'jalik sub'ektlarining aholi bandligini ta'minlovchi loyihalarini moliyalashtirish, shuningdek, kollej bitiruvchilariga tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun banklar va hududlar kesimida ajratiladigan kredit mablag'larining prognoz parametrlarini ishlab chiqish va tasdiqlash tavsiya etilsin. Ushbu band ijrosi bo'yicha 2017 yilning 1 yanvariga qadar viloyat hokimligiga axborot taqdim etilsin.
9. O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi boshqarmasi (Q.Normuhammedov)ga, tuman (shahar)lar hokimliklari, manfaatdor boshqarmalar, xo'jalik birlashmalari hamda yirik korxonalar bilan birgalikda:
2016/2017-o'quv yili kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo'yicha aniq chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta'minlash;
ikki oy muddatda 2016/2017-o'quv yili kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining ishlab  chiqarish amaliyotini o'tashini tashkil etish va keyinchalik egallagan mutaxassisligi bo'yicha ishga joylashishiga ko'maklashish uchun ularni aniq korxonalarga biriktirishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va tasdiqlash topshirilsin.
10. Viloyat hokimligi hududlarni kompleks rivojlantirish yig'ma boshqarmasi (R.Azimov)ga mehnat boshqarmasi hamda statistika boshqarmasi bilan birgalikda:
2017 yilda aholi bandligini ta'minlash Dasturi ijrosining har oylik monitoringini hududlar va tarmoqlar kesimida olib borish,  dastur ijrosi haqida umumlashgan ma'lumotlarni viloyat hokimligiga har oyda taqdim etish,  dastur ijrosini ta'minlash yuzasidan hududlar, tarmoq va korxonalar bo'yicha aniq takliflar kiritish vazifalari topshirilsin.
11. Qarshi shahar va tumanlar hokimlariga:
2017 yil uchun aholi bandligi dasturi asosiy yo'nalishlari va parametrlarining tegishli hududlarda bajarilishini ta'minlash;
yangi ish o'rinlarini yaratish va ilgari tashkil etilgan ish o'rinlarining barqaror faoliyat ko'rsatishi uchun hududlarning hamda iqtisodiyot tarmoqlarining imkoniyatlari va zaxiralarini ishga solish, ish bilan ta'minlashning turli  shakllarini, ayniqsa, kichik biznes, kasanachilik va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko'rish;
manfaatdor davlat organlari va tadbirkorlik sub'ektlari bilan birgalikda yangi ishlab chiqarish sub'ektlarini ishga tushirish, amaldagi ishlab chiqarish quvvatlarini modernizasiya qilish, qayta jihozlash va ulardan yanada to'liqroq foydalanish, faoliyat ko'rsatmayotgan korxonalarni tiklash yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;
tuman (shahar)lar markazlarida, barcha hududlarda potensial ish beruvchilar, bo'sh ish o'rinlariga ega bo'lgan korxonalar va tashkilotlar ishtirokida ish o'rinlarining ixtisoslashtirilgan  yarmarkalarini tashkil etish;
"2017 yilda aholi bandligini ta'minlash  Dasturi" loyihasini tayyorlash va hududiy ishchi komissiyasi oldida taqdimot o'tkazish va tayyorlangan dastur loyihasining asoslanganligini himoya qilish;
2017 yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan loyihalarni ishlab chiqish, manzilli ro'yxatini shakllantirish va loyihalarni amalga oshirish bo'yicha tarmoq jadvallarini tayyorlash (jumladan, maqsadli dasturlarga, investisiya, hududlarning eksport salohiyatini oshirish, mahalliylashtirish dasturlariga kiritilgan loyihalarga, tuman (shahar)larning har biri bo'yicha sanoat salohiyatini yanada oshirish, xizmat ko'rsatish va servis sohasini rivojlantirish, oziq-ovqat sanoatining zaxira bazasini kengaytirish, jumladan, chorvachilik, parrandachilik xo'jaliklari va issiqxonalar tashkil etish, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga qaratilgan loyihalar asosida);
iqtisodiy nochor, zarar ko'rib ishlayotgan va quvvatlaridan kam darajada foydalanayotgan korxonalarni 2017 yilda moliyaviy sog'lomlashtirish dasturini va unga kiritiladigan loyihalar bo'yicha tarmoq jadvallarini ishlab chiqish hamda davlatga tegishli bo'sh turgan ob'ektlarni ijaraga berish, xususiylashtirish (shu jumladan, "nol" qiymatda berish) yuzasidan takliflar tayyorlash;
davlat aktivlari mavjud xo'jalik birlashmalari, korxonalarning bo'sh turgan bino-inshootlarini va foydalanilmayotgan er maydonlarini optimallashtirish bo'yicha takliflarni hamda ular negizida 2017 yilda ishga tushirilishi  rejalashtirilgan loyihalarni ishlab chiqish;
qishloq xo'jaligini zamonaviylashtirish va  barqaror rivojlantirish hamda  qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash tarmoqlarini tashkil etish va kengaytirishga qaratilgan dehqon va fermer xo'jaliklari loyihalarining manzilli ro'yxatini shakllantirish;
yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish orqali amalga oshiriladigan loyihalar bo'yicha dasturni shakllantirish;
qurilish ishlari boshlanmagan va yakunlanmagan er maydonlarida qurilishi belgilangan ob'ektlarni (shu jumladan, ajratilgan er maydonlarida qurilish ishlarini amalga oshirmaydigan tadbirkorlardan er maydonlarini qaytarib olish va salohiyatli tadbirkorlarga berish orqali) qurish ishlarini yakunlash va  2017 yilda ishga tushirish bo'yicha tarmoq jadvallarini ishlab chiqish;
kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari orasidan o'z biznes faoliyatini boshlash istagida bo'lganlari ro'yxatlarini kollejlar kesimida shakllantirish, bunda bitiruvchilarning 10-15 foizi qamrab olinishini nazarda tutish;
mahallalarda o'z biznesini ochishga istak bildirgan fuqarolar ro'yxatini va mahalla hududida talab etiladigan kichik xizmat ko'rsatish sub'ektlari tashkil etish bo'yicha takliflarni hamda mahallalar hududlarida foydanilmasdan turgan er maydonlari ro'yxatini ishchi komissiyaga taqdim etish;
2017 yilda aholi bandligini ta'minlash Dasturining bajarilishi yuzasidan qilingan ishlar to'g'risidagi ma'lumotlarni har oyning 1-sanasiga qadar viloyat hokimligi - ishchi komissiyasiga tasdiqlangan holda taqdim etib borish;
har bir tuman (shahar)lar hokimi boshchiligida tarkibiga manfaatdor tashkilotlar rahbarlari kiritilgan holda ishchi komissiyani tashkil etish, ular zimmasiga aholi bandligini ta'minlash va ish o'rinlarini tashkil etish choralarini ko'rish, manzilli dasturga kiritilgan korxonalarning tashkil etilishi va faoliyat yuritishini har tomonlama qo'llab-quvvatlash, jumladan, ro'yxatdan o'tkazish, moddiy-texnika resurslaridan va muhandislik-kommunikasiyalaridan foydalanish, dastlabki sarmoyani shakllantirish va kreditlar olish, soliqqa tortish, mahsulotni sotish kabi muammolarni aniqlash va joyida hal etish choralarini ko'rish vazifalari yuklatilsin.
12. Xalq deputatlari viloyat Kengashining  2015 yil 28 dekabrdagi "Qashqadaryo viloyatida 2016 yilda ish o'rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta'minlash dasturi to'g'risida"gi 44/10-5-sonli qarori 2016 yil 31 dekabrdan o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblansin.
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining doimiy komissiyalari raislari zimmasiga yuklatilsin.
14.  Ushbu qaror rasman e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.
 
Xalq deputatlari viloyat
Kengashining raisi                Z.RO'ZIYEV
 
Qarshi shahri,
2016 yil 28 dekabr

Matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing.

Bazaviy interaktiv xizmatlar

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 81 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Foydali resurslar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati
www.press-service.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
www.senat.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
www.parliament.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)
www.ombudsman.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
www.prokuratura.uz
   
 
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi
http://gis.uz/

 

Mobil ilovalar

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Reset