wrapper

Maxsus imkoniyatlar

Viloyat hokimining
QARORI
QASHQADARYO VILOYATINING
2017 YILGI ASOSIY MAKROIQTISODIY KO'RSATKICHLARI PROGNOZI VA MAHALLIY BYUDJYETI PARAMYETRLARI TO' G'RISIDA

 

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik  palatasining 2016 yil 28 oktyabrdagi "O'zbekiston Respublikasining 2017 yilgi Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg'armalarining byudjetlari hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yo'nalishlari to'g'risida"gi 618-III-sonli qarori, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2016 yil 13 dekabrdagi "O'zbekiston Respublikasining 2017 yilgi Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg'armalarining byudjetlari hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yo'nalishlari to'g'risida"gi SQ-122-III-sonli qarori va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi  "O'zbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to'g'risida"gi PQ-2699-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi "Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida"gi Qonuni (O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993 y., 320-modda)ning 6-moddasiga asosan
QAROR QILAMAN:
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi "O'zbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to'g'risida"gi PQ-2699-sonli va xalq deputatlari viloyat Kengashining 2016 yil 28 dekabrdagi "Viloyat mahalliy byudjetining 2016 yildagi kutilayotgan ijrosi hamda 2017 yilgi byudjeti parametrlari to'g'risida"gi 83/18-5-sonli qarorlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlar  prognozi 1-ilovaga;
mahalliy byudjetning asosiy parametrlari 2-ilovaga;
Qarshi shahar hamda tumanlar mahalliy byudjetlarining daromadlar va xarajatlar hajmlari, viloyat byudjetidan beriladigan maqsadli subvensiyalarning va o'tkazib beriladigan daromadlarning cheklangan miqdorlari 3-ilovaga;
Qarshi shahar va tumanlar mahalliy byudjetlariga umumdavlat soliqlar tushumlaridan ajratmalar normativlari 4-ilovaga;
Qarshi shahar va tumanlar mahalliy byudjetlari aylanma kassa mablag'ining yo'l qo'yiladigan eng kam miqdorlari 5-ilovaga;
mahalliy soliqlar va yig'imlar stavkalari 6-ilovaga;
savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga, shuningdek, shu sohaga tegishli mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to'lovi stavkalari 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. 2017 yil uchun viloyat mahalliy byudjetining zaxira jamg'armasi 3570,9 million so'm miqdorida belgilansin.
4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi PQ-2699-sonli qaroriga asosan:
qo'shilgan qiymat solig'i stavkasi 20 foiz;
O'zbekiston Respublikasi rezidentlariga dividentlar va foizlar tarzida to'lanadigan daromad solig'i stavkalari 10 foiz;
belgilangan soliqqa tortish ob'ektlaridan O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasiga majburiy ajratmalar stavkalari 1,6 foiz, O'zbekiston Respublika Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo'l jamg'armasiga majburiy ajratmalar stavkalari 1,4 foiz va O'zbekiston Respublika Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari ta'lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta'mirlash va jihozlash jamg'armasiga majburiy ajratmalar stavkalari 0,5 foiz;
mablag'larni Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tash-qari pensiya jamg'armasi, Bandlikka ko'maklashish davlat jam-g'armasi va O'zbekiston Kasaba uyushmalari Federasiyasi Kengashi o'rtasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori tegishli ilovasida keltirilgan normativlarga muvofiq taqsimlangan holda yagona ijtimoiy to'lov stavkasi 25 foiz;
fuqarolarning O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasiga majburiy sug'urta badallari stavkasi 8 foiz miqdorida belgilanganligi;
yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) solig'i stavkalari;
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i stavkalari;
yagona soliq to'lovi stavkalari;
tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari bo'yicha yuridik shaxslardan va yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan qat'iy belgilangan soliq stavkalari;
yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan qat'iy belgilangan soliq stavkalari;
O'zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va uning hududiga chetdan keltiriladigan aksiz solig'iga tortiladigan tovarlarga aksiz solig'i stavkalari;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari;
er qa'ridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari;
imzolanadigan bonus va tijorat topilmasi bonusi stavkalari;
ayrim turdagi mahsulotlar bo'yicha qo'shimcha foyda solig'i stavkalari;
jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalari;
jismoniy va yuridik shaxslardan olinadigan er solig'i stavkalari;
yagona er solig'i stavkalari;
O'zbekiston Respublika Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo'l jamg'armasiga ajratmalar va yig'imlar stavkalari;
mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun ijara haqi stavkalari tasdiqlanganligi ma'lumot uchun qabul qilinsin.
5. Mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining barcha darajadagi mahalliy byudjetlar daromadlari va xarajatlarini shakllantirishdagi roli, mustaqilligi va mas'uliyatini oshirish, mahalliy byudjetlarning Davlat byudjetidagi ulushini ko'paytirish maqsadida quyidagi umumdavlat soliqlari:
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
yuridik va jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari bo'yicha qat'iy belgilangan soliq;
yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan qat'iy belgilangan soliq;
O'zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan o'simlik moyi va pivo mahsulotining aksiz solig'i bo'yicha tushumlar;
davlat boji, yig'imlar va jarimalar to'liq miqdorda shahar va tumanlarining mahalliy byudjetlar daromadlariga o'tkazilishi belgilab qo'yilganligi ma'lumot uchun qabul qilinib ijroga yo'naltirilsin.
6. Viloyat moliya boshqarmasiga mahalliy byudjetlarga byudjetdan maqsadli subvensiyalar va byudjet ssudalari (daromadlar va xarajatlar o'rtasidagi vaqtinchalik kassa tafovutlarini qoplash uchun) ajratishda ularning miqdorlarini hududlar bo'yicha barcha soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarning to'liq tushishidan, shuningdek, mahalliy byudjetning birinchi navbatdagi xarajatlarini (ish haqi, ish haqidan ajratmalar, stipendiyalar, nafaqalar va ularga tenglashtirilgan to'lovlarni) so'zsiz moliyalashtirish zarurligidan kelib chiqqan holda aniqlashtirish huquqi berilsin.
7. Viloyat hokimligi hududlarni kompleks rivojlantirish yig'ma boshqarmasi tegishli tashkilotlar bilan birgalikda 1-ilovaga muvofiq tasdiqlangan viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlar prognozi bajarilishini ta'minlash yuzasidan zarur choralar ko'rib borsin.
8. Viloyat moliya boshqarmasi, viloyat g'aznachilik boshqarmasi, Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi bilan birgalikda 2017 yilning yanvar oyida o'tkazilgan operasiyalarni 2016 yilgi mahalliy byudjetning ijrosi to'g'risidagi hisobotda aks ettirgan holda, 2016 yilgi mahalliy byudjet ijrosi bo'yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yakuniy operasiyalarni o'tkazsinlar.
9. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi PQ-2699-sonli qarorining 37-ilovasiga muvofiq 2017 yil 1 yanvardan e'tiboran O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilganligi va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga qo'shimchalar kiritilganligi;
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 22 dekabrdagi "O'zbekiston Respublikasining 2010 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari va Davlat byudjeti parametrlari to'g'risida"gi  PQ-1245-sonli qarori 24-bandining amal qilishi 2018 yilning 1 yanvarigacha uzaytirilgani;
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 17 apreldagi "O'zbekiston Respublikasida 2006-2010 yillarda xizmat ko'rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-325-sonli qarori 7-bandida o'rnatilgan mikrofirma va kichik korxonalarning xizmat ko'rsatishdan foyda solig'i va yagona soliq to'lovi to'lashdan imtiyozlari 35-ilovaga muvofiq amal qilishi 2020 yilning 1 yanvarigacha uzaytirilgani;
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining taklifiga muvofiq malakali kollejlarni saqlash xarajatlarini moliyalashtirish 2017 yilning 1 yanvaridan e'tiboran viloyat byudjetidan respublika byudjetiga o'tkazilganligi ma'lumot uchun qabul qilinsin.
Tuman (shahar)lar byudjetlari va viloyat byudjeti o'rtasida xarajat majburiyatlarini optimal taqsimlash maqsadida shahar va tumanlar byudjetidan moliyalashtiriladigan quyidagi xarajatlar viloyat byudjetiga o'tkazilganligi inobatga olinsin:   
nafaqa oluvchilarning yashash joyida nafaqalarni tayinlash va to'lash tartibi saqlangan holda ijtimoiy nafaqalar;
davlat sanitariya-epidemiologiya markazlarini saqlash xarajatlari; 
xo'jaliklararo qishloq avtomobil yo'llari, shuningdek, shahar ko'chalari, tuman markazlari, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarini kapital va joriy ta'mirlash xarajatlari.   
10. Viloyat hokimining 2016 yil 11 yanvardagi X-6/01-sonli qarori 2017 yil 1 yanvardan o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblansin.
11. Mazkur qaror rasman e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.
12. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi o'rinbosari X.Djuraev zimmasiga yuklatilsin.
 
Viloyat hokimi         Z.RO'ZIYEV
 
Qarshi shahri,
2017 yil 11 yanvar


Attachments:
FileFile size
Download this file (2017.doc)Qarorni yuklab olish56 kB
Matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing.

Bazaviy interaktiv xizmatlar

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 171 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Foydali resurslar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati
www.press-service.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
www.senat.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
www.parliament.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)
www.ombudsman.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
www.prokuratura.uz
   
 
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi
http://gis.uz/

 

Mobil ilovalar

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Reset