wrapper

Maxsus imkoniyatlar

“30”   dekabr  2016 yil              X-712/12-sonli                                  Qarshi shahri

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada qo'llab-quvvatlash, ularni jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 13 iyuldagi “Ko'chma savdoga ruxsat berish tartibi to'g'risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 233-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, O'zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida”gi Qonunining (O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993 yil9-son, 320-modda) 6-moddasiga asosan,

QAROR QILAMAN:

1. Qarshi shahar va tumanlarda ko'chma savdo ob'ektlarining o'rinlar soni, sotiladigan tovarlar ro'yxati va ko'chma savdo davri ko'rsatilgan ko'chma savdo ob'ektlari joylashishi sxemalari Qarshi shahar bo'yicha 1-ilovaga, G'uzor tumani bo'yicha 2-ilovaga, Dehqonobod tumani bo'yicha 3-ilovaga, Qamashi tumani bo'yicha
4-ilovaga, Kitob tumani bo'yicha 5-ilovaga, Koson tumani bo'yicha 6-ilovaga, Mirishkor tumani bo'yicha 7-ilovaga, Muborak tumani bo'yicha 8-ilovaga, Nishon tumani bo'yicha 9-ilovaga, Shahrisabz tumani bo'yicha 10-ilovaga, Qarshi tumani bo'yicha 11-ilovaga, Kasbi tumani bo'yicha 12-ilovaga, Chiroqchi tumani bo'yicha
13-ilovaga, Yakkabog' tumani bo'yicha 14-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Viloyat hokimining o'rinbosari (G'.Djavliev), “Viloyat kompyuterlashtirish markazi” DUK (O'.Turdiev), tuman (shahar) hokimliklari:
uch kun muddatda mazkur qaror bilan tasdiqlangan Qarshi shahar va tumanlarda ko'chma savdo ob'ektlarining o'rinlar soni, sotiladigan tovarlar ro'yxati va ko'chma savdo davri ko'rsatilgan ko'chma savdo ob'ektlari joylashishi sxemalari hududlardagi “Yagona darcha” markazlarida hamda tuman (shahar) hokimliklarining rasmiy veb-saytlarida joylashtirilishini ta'minlasin.
3. Qarshi shahar va tumanlar hokimlari, viloyat Davlat soliq boshqarmasi (S.Eshmatov), viloyat Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi (O.Murtozaev), Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi (Sh.Qurbonov), Markaziy bank (A.Yahyaev):
ko'chma savdo ob'ektining tasdiqlangan joylashish sxemasi ilova qilingan ruxsatnoma arizada ko'rsatilgan muddatga, biroq olti oydan ko'p bo'lmagan muddatga tadbirkorlik sub'ektlariga “yagona darcha” tamoyili bo'yicha davlat xizmatlari ko'rsatish yagona markazlari orqali berilishi;
ko'chma savdoni amalga oshirish ruxsatnomasini olgan tadbirkorlik sub'ektlarini qonun hujjatlariga, shu jumladan chakana savdo qoidalariga, sanitariya qoidalariga, normalarga va gigienik normativlarga majburiy rioya qilish;
xaridorlar bilan naqd pulda hisob-kitob qilishda fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini qo'llash;
bank plastik kartochkalardan foydalangan holda to'lovlarni qabul qilish bo'yicha hisob-kitob terminali mavjudligi;
ko'chma savdo joyini va atrof hududni zarur tarzdagi sanitariya holatida saqlash;
sotuvchilarda ko'chma savdo ob'ekti ruxsatnomasining va uning joylashishining tasdiqlangan sxemasining va sotiladigan tovarlarning kelib chiqishi, sifati va xavfsizligini tasdiqlaydigan hujjatlarning asl nusxalari bo'lishi, shuningdek ular nazorat organlarining mansabdor shaxslari talablariga ko'ra ko'rsatilishi;
ish kuni tamom bo'lgandan keyin ko'chma savdo ob'ektlarini qismlarga ajratish yoki ko'chirish va ko'chma savdo joyini zarur tarzdagi sanitariya holatiga keltirish;
tovarlarni ruxsatnomaga muvofiq ob'ektlar orqali va ko'chma savdo joyi bo'yicha sotilishi bo'yicha nazorat o'rnatilsin.
4. Viloyat hokimining o'rinbosari (G'.Djavliev):
Qarshi shahar va tumanlar hududida joylashtirilgan ko'chma savdo ob'ektlarida faoliyat olib borish istagini bildirgan tadbirkorlik sub'ektlarining murojaatlari o'z vaqtida va sifatli ko'rib chiqilayotganligi doimiy muhokama qilib borilsin.
5. “Qashqadaryo” va “Novosti Kashkadari” gazetalari tahririyati (K.Karimov), viloyat teleradiokompaniyasi (Pirmatov), “Qashqadaryo” va “Novosti Kashkadari” gazetalari tahririyati (Karimov)ga ushbu Qonunning mazmun-mohiyatini keng aholi qatlamiga etkazish maqsadida ommaviy axborot vositalari orqali yoritilishini ta'minlash tavsiya etilsin.
6. “Viloyat kompyuterlashtirish markazi” DUK (O'.Turdiev): mazkur qarorni rasmiy e'lon qilinishini va  www.qashqadaryo.uz  veb-saytiga joylashtirilishini ta'minlansin.
7. Mazkur qaror rasmiy e'lon qilingan kundan uch oy muddat o'tganidan so'ng qonuniy kuchga kiradi.
8. Mazkur qaror qabul qilingandan so'ng viloyat hokimining 2016 yil
11 noyabrdagi X-640/11-sonli qarori o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblanadi.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining o'rinbosari G'.Djavliev zimmasiga yuklatilsin.

Viloyat  hokimi                    Z.Ruziev



Matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing.

Bazaviy interaktiv xizmatlar

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 164 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Foydali resurslar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati
www.press-service.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
www.senat.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
www.parliament.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)
www.ombudsman.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
www.prokuratura.uz
   
 
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi
http://gis.uz/

 

Mobil ilovalar

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Reset