wrapper

       2016 yil “28”  dekabr                                            83/18-5-son


Viloyat mahalliy byudjetning 2016 yildagi kutilayotgan ijrosi hamda    2017 yilgi byudjeti parametrlari to'g'risida

O'zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining  99-moddasi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2016 yil 13 dekabrdagi
SQ-122-III-sonli “O'zbekiston Respublikasining 2017 yilgi Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg'armalarining byudjetlari hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yo'nalishlari to'g'risida”gi hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi “O'zbekiston Respublikasining            2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to'g'risida”gi PQ-2699 sonli qaroriga muvofiq “Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida”gi Qonunining 24-moddasiga asosan Xalq deputatlari viloyat Kengashi

Q A R O R   Q I L A D I :

1. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2016 yil
13 dekabrdagi SQ-122-III-sonli “O'zbekiston Respublikasining 2017 yilgi Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg'armalarining byudjetlari hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yo'nalishlari to'g'risida”gi hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi “O'zbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to'g'risida”gi PQ-2699 sonli qarorlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. 2016 yil viloyat mahalliy byudjetining kutilayotgan ijrosi bo'yicha Qashqadaryo viloyat moliya boshqarmasi (A.Shukurov)ning axboroti tasdiqlansin.
3. 2017 yil viloyat mahalliy byudjetining daromadlari
1 trln. 771,3 mlrd so'm va xarajatlari 1 trln. 771,3 mlrd so'm miqdorida ilovaga asosan tasdiqlansin.
4. Viloyat hokimining o'rinbosari, shahar va tuman hokimlari:
viloyatda moliyaviy barqarorlikni ta'minlash, aholining daromadlari darajasini va turmush farovonligini oshirish yuzasidan choralar ko'rsinlar;
iqtisodiyot va aholi daromadlariga tushayotgan soliq yukini yanada kamaytirish, soliq solish tizimini soddalashtirish, soliq ma'muriyatchiligini takomillashtirish, yangi korxonalar barpo etish va ishlab chiqarish hajmini oshirish hisobiga soliq bazasini ko'paytirish bo'yicha choralar amalga oshirilishini ta'minlasinlar;
ijtimoiy sohaga yo'naltiriladigan byudjet xarajatlarini, shu jumladan ta'limni rivojlantirish, tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish xarajatlarini yanada ko'paytirish yo'li bilan aholi turmush farovonligini oshirish bo'yicha choralarni ro'yobga chiqarishni tashkil etsinlar;
viloyatda ishlab chiqarilayotgan tovarlar va ko'rsatilayotgan xizmatlarning ichki hamda tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini ta'minlash maqsadida iqtisodiyotda yangi yuqori texnologik korxonalar va ishlab chiqarishlar ildam rivojlantirilishini ta'minlashga, ishlab turgan quvvatlarni modernizasiyalash va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirishga qaratilgan tarkibiy o'zgartishlar dasturlarini amalga oshirishni, ishbilarmonlik muhitini hamda xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning moliyaviy barqarorligini davom ettirsinlar;
qishloq aholisining uy-joy sharoitlarini tubdan yaxshilash maqsadida qishloq joylarda tasdiqlangan namunaviy loyihalar asosida xususiy uy-joy qurilishi ko'lamini kengaytirish va sifatini oshirish bo'yicha choralar ko'rsinlar;
byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish va birinchi navbatdagi xarajatlarni mahalliy byudjetlardan o'z vaqtida va to'liq moliyalanishini ta'minlash bo'yicha ishlarni davom ettirsinlar;
byudjet mablag'laridan va byudjetdan tashqari mablag'lardan maqsadli, manzilli va samarali foydalanilishi ustidan qat'iy nazoratni o'rnatsinlar.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo'yicha doimiy komissiyasi  hamda viloyat hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmat ko'rsatish sohasi va tadbirkorlik masalalari bo'yicha o'rinbosari G'.Javliev zimmasiga yuklatilsin.
6. Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2015 yil 28 dekabrdagi
42/10-5 sonli qarori 2017 yil 1 yanvardan o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qaror rasman e'lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.


Xalq deputatlari viloyat
     Kengashining raisi                                                         Z.Ruziev

Attachments:
FileFile size
Download this file (qaror.doc)Qarorni yuklab olish65 kB
Download this file (ilova.xls)Qaror ilovasini yuklab olish130 kB
Matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing.

Bazaviy interaktiv xizmatlar

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 226 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Foydali resurslar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati
www.press-service.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
www.senat.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
www.parliament.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)
www.ombudsman.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
www.prokuratura.uz
   
 
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi
http://gis.uz/

 

Mobil ilovalar

Bosh sahifa

Qabul kunlari

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Reset