wrapper

Maxsus imkoniyatlar

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil  5 apreldagi “2017-2018 yillarda Qashqadaryo viloyatida sanoat, qishloq xo'jaligi va xizmat ko'rsatish loyihalarning ko'rsatkich-larini tasdiqlash to'g'risida”gi 183-sonli qaroriga asosan viloyatning “2017-2018 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish” Dasturi ishlab chiqilgan.
Dasturiga asosan 2017 yilda 2 trln 10,8 mlrd so'm (shundan;  812 mlrd so'm bank krediti, 64 mln dollar xorijiy investisiya) evaziga 2756 ta loyihalarni amalga oshirish va 22508 ta ish o'rinlari yaratilish belgilangan. Mazkur loyihalarning 798 tasi sanoat, 1119 tasi xizmat ko'rsatish va  839 tasi qishloq xo'jaligi sohasiga to'g'ri keladi.
Joriy yilning 1 yarim yilligi mobaynida qiymati 1 trln 100,3 mlrd so'm mablag' hisobiga 1210 ta loyihalar amalga oshirilishi natijasida 7168 ta ish o'rinlari yaratildi.
Jumladan;
Sanoat sohasida qiymati 962,7 mlrd.so'mlik 310 ta sanoat loyihalar apmalga oshirilishi natijasida 2402 ta ish o'rinlari yaratildi. Ushbu amalga oshirilgan loyihalarning 124 tasi oziq-ovqat sanoati, 123 tasi qurilish materiallari, 18 tasi egil sanoat va 45 tasi boshqa sanoati loyihalarini tashkil etadi.
    Jumladan, Qarshi shahrida ishga tushirilgan viloyatda yagona bo'lgan yiliga 25 mln.kv.dmterni qayta ishlash quvvatiga ega “Qarshi lezer” MChJ tomonidan 470 ming dollarlik teri qayta ishlandi va Xitoy davlatiga eksport qilindi, bundan tashqari Yakkabog' tumanila "Yakkabog' Voha teks" MChJning yiliga 3 ming tonna kalava ip, Shaxrisabz tumanida "Katod trans" MChJ ning yiliga 1 mln muft paypoq va Kitob tumanidagi  "SAFIT CARP" MChJning yiliga 30 tonna voda emulsiya ishlab chiqarish loyihalari ishga tushirildi.
Xizmat ko'rsatish yo'nalishida qiymati 75,2 mlrd so'mlik 498 ta xizmat ko'rsatish loyihalarini amalga oshirilishi natijasida 2259 ta  ish o'rinlari yaratildi. Ushbu amalga oshirilgan loyihalarning 271 tasi savdo va umumiy ovqatlanish, 36 tasi shaxsiy xizmat, 7 tasi moliya xizmati, 15 tasi ijara va prokat xizmatlari, 29 tasi sog'liqni saqlash xizmatlari, 54 transport xizmatlari va 86 tasini xizmatning boshqa turlari tashkil etadi.
Jumladan, Qarshi shahrida "Xamkor universal kapital servis" MChJ tomonidan jami 650 mln so'm (Asaka bank krediti 200 mln so'm) xisobiga umumiy ovkatlanish majmuasi tashkil etildi, Dehkonobod tumanida "Muqaddasbonu Baxor" xususiy korxonasi jami 350 mln so'm (Xalq banki 220 mln so'm) mablag' xisobiga to'yxona xizmatini tashkil etildi.
Yakkabog' tumanida "Shoira Shukurovna" xususiy korxonasi tomonidan jami 430 mln.so'm mablag' (Qishloq qurilish bank 300 mln.so'm) xisobiga Diognastika markazini tashkil etish xizmati tashkil etildi.
Qishloq xo'jaligi yo'nalishida qiymati 63,1 mlrd so'mlik  402 ta  loyihalarini amalga oshirilishi natijasida 2507 ta  ish o'rinlari yaratildi. Ushbu amalga oshirilgan loyihalarning 185 tasi chorvachilik, 16 tasi parrandachilik, 19 tasi baliqchilik, 19 tasi asalarichilik, 5 tasi quyonchilik, 58 tasini bog'dorchilik, 15 tasini uzumchilik, 27 tasini sabzavotchilik, 9 tasini sovutkichli sig'imlar va 49 tasini issiqhona yo'nalishi tashkil etadi.
Jumladan, Dehqonobod tumanida "Shoyimov Duskobil" f.x tomonidan jami 521 mln so'm (Xalq bank krediti 500 mln so'm) hisobiga qo'ychilik tashkil etildi, Shahrisabz tumanida "Eko parranda" MChJ tomonidan jami 4800 mln so'm (Qishloq qurilish bank krediti 2800 mln so'm) mablag' xisobiga parrandachilik va "Kesh Nektar" qo'shma korxonasi tomonidan jami 800 mln so'm (Mikrokreditbank 600 mln so'm) mablag' xisobiga 3 gektarga issiqxona tashkil etildi. Koson tumanida "OQQUSH AVTO" MChJ tomonidan jami 2000 mln so'm mablag' (Milliy bank 1500 mln so'm) xisobiga 300 tonnaga mo'ljallangan sovutkichli kamera tashkil etildi.
Dasturga asosan 2017 yilning 2-yarmida 910,5 mlrd so'm (shundan; 683,3 mlrd so'm bank krediti, 63,7 mln dollar xorijiy investisiya) evaziga 1546 ta loyihalarni amalga oshirish va 15340 ta ish o'rinlari yaratilish belgilangan. Mazkur loyihalarning 488 tasi sanoat, 621 tasi xizmat ko'rsatish va  437 tasi qishloq xo'jaligi sohasiga to'g'ri keladi.
Sanoat sohasida qiymati 1 trln 47 mlrd so'mlik 488 ta sanoat loyihalar apmalga oshirilishi natijasida 9045 ta ish o'rinlari yaratildi. Yangi ishga tushirilgan loyihalar hisobiga qo'shimcha 300 mlrd so'mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqariladi.
         Xizmat ko'rsatish yo'nalishida qiymati 182,0 mlrd so'mlik  (68,8 mlrd so'm o'z mablag'i, 113,1 mlrd so'm bank  krediti) 621 ta loyiha amalga oshirilishi natijasida 3512 ta ish o'rinlari yaratiladi.
Qishloq xo'jaligi yo'nalishida qiymati 329,2 mlrd so'mlik  (151,1 mlrd so'm o'z mablag'i, 178,0 mlrd so'm bank  krediti) 437 ta  loyihalarini amalga oshirilishi natijasida 2783 ta yangi ish o'rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

Matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing.

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 76 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family