wrapper

Maxsus imkoniyatlar

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishlari bo'yicha Harakatlar strategiyasi doirasida “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da belgilangan tadbirlarni amalga oshirishga oid dasturi asnosida viloyatning hududiy Dasturi dasturi ishlab chiqilib, viloyat hokimining 2017 yil 7 fevraldagi
X-100/02- sonli qarori bilan tasdiqlangan.
Ushbu dastur 5 yo'nalishdagi 23-bo'lim, 246 banddan iborat. Dasturda ko'zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun
2,69 trln so'm va 204,1 mln dollar xarajat qilinishi nazarda tutilgan.
Viloyat hokimligida tashkil etilgan monitoring guruhi tomonidan dasturing to'rtinchi “Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari” bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar hisobi yuritilmoqda.
Ushbu yo'nalishda 1,84 trln so'm va 4,0 mln dollar evaziga 85 ta banddan iborat chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilangan bo'lib, amalda joriy yil 25 iyun holatida 1,25 trln so'm hamda 3,9 mln dollar miqdoridagi ishlar amalga oshirilib, belgilangan yillik rejaga nisbatan 68,3 foizga bajarildi.
Sarflangan mablag'larning 42,7 mlrd so'mi (3,4 %) byudjet va byudjetdan tashqari fondlar, 440,7 mlrd so'mi (35,1 %) homiylar va ijrochilar hamda 770,5 mlrd so'mi (61,4%) bank kreditlari hissasiga to'g'ri keladi.
2017 yilda aholi bandligini ta'minlash dasturiga muvofiq,
16638 ta aholining bandligi ta'minlanib dastur ko'rsatkichi
100,6 foizga bajarilgan.
Fuqarolarning shaxsiy yordamchi xo'jaliklarida qishlok xo'jaligi mahsulotlarini etishtirish, qoramol, qo'y, echki, quyon boqish va go'sht etishtirish, parrandachilik va asalarichilikni rivojlantirish ixcham issiqxonalar tashkil etish, xizmat ko'rsatish va servis sohasini yanada rivojlantirish, ayollarning tadbirkorligini moliyaviy qo'llab-quvvatlash maqsadida tijorat banklari tomonidan 289,6 mlrd so'm miqdorida kreditlar ajratildi.
2017 yilning 27-28 mart kunlari Oqrabot-Dehqonobod-Toshkent yo'nalishida “Salomatlik poezdi” tashkil etildi.
Tibbiy ko'rik “O'zbekiston temir yo'llari” AJning “Salomatlik tibbiy-sanitariya yordam poezdi” shifokorlari, fondning Qashqadaryo viloyati filiallari ko'chma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadalari mutaxassislari shuningdek, Qashqadaryo viloyati sog'liqni saqlash boshqarmasining malakali shifokorlari tomonidan amalga oshirildi.
“Salomatlik poezdi” mutaxassislari tomonidan Qashqadaryo  viloyatidan ijtimoiy himoyaga muhtoj bo'lgan jami 1974 nafar aholi chuqur tibbiy ko'rikdan o'tkazilib, ularga 2874 ta tor mutaxassislik bo'yicha konsultasiyalar berildi:
 Shifokorlar tomonidan kasalligi aniqlangan bemorlarga sog'lomlashtirish yuzasidan tavsiya va maslahatlar berilib, viloyat va tuman shifoxonalariga davolanish maqsadida yo'naltirildilar.
Shuningdek, fondning viloyat filiali ko'chma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadalari hamkorligida jami 1066 nafar aholi hamda viloyatdagi sog'liqni saqlash tizimidagi shifoxonalarga 1384,4 mln so'mlik dori-darmon, poyafzal, uy-ro'zg'or buyumlari va sanitariya-gigiena vositalaridan iborat insonparvarlik yordamlari etkazib berildi.
Respublikaning etakchi shifokorlari Qashqadaryo viloyatiga kelib 7232 nafar bemorlar tibbiy ko'rikdan o'tkazildi.
Tibbiy ko'rikdan o'tkazilgan fuqarolarning 6160 nafariga  ambulator sharoitida davolanishga tavsiya berildi, 716 nafari viloyat, tuman, shahar shifoxonalariga yotqizilib davolandi,
14 nafarida respublika tasarrufidagi ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari mutaxassislari tomonidan jarrohlik amaliyotlari o'tkazildi.
Ixtisoslashtirilgan markazlarning mutaxassislari tomonidan viloyatning markazi va tumanlarda 26 ta seminar-mashg'ulotlar  o'tkazildi. Mazkur. seminarlarga viloyatdagi 603 nafar mutaxassislar jalb qilindi. Ixtisoslashtirilgan markazlarining mutaxassislari ishtirokida 1586 nafar fuqaro tibbiy ko'rikdan o'tkazilib, 11 nafar bemorlar jarrohlik amaliyoti o'tkazildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 4 apreldagi  PQ-2865-sonli “Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorining ijrosini ta'minlash maqsadida 2017 yil  27 aprel kuni Qarshi shahrida yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Chernenko Ivan Petrovichga Qarshi shahridagi yangi zamonaviy qurilgan uy-joylardan Nasaf ko'chasida joylashgan ko'p qavatli 3-xonadon (1- qavat, 2 xonali) 2017 yil 28 aprel kuni G'uzor tumanida yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Safarov Yusuf boboga G'uzor tumani “Navro'z” MFY O'zbekiston ko'chasidagi 2-uy
12 -xonadon  (2- qavat, 3 xonali) sovg'a sifatida topshirildi.
Ularga yangi uy-joy bilan birga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning tabriklari, ko'krak nishoni, bayrog'imiz ramzi tushirilgan lenta, avtomashinalarni imtiyozli xarid qilish bo'yicha sertifikat, 2 mln so'm pul mukofoti, eshitish moslamasi, foydalanish uchun aravacha, shuningdek esdalik sovg'alari topshirildi. Tadbir jarayonida keng jamoatchilik, ayniqsa yoshlar, rus milliy madaniy markaz vakillari faol ishtirok etdilar. Jarayonlarni ommaviy axborot vositalari orqali xalqimizga namoyish etish uchun to'liq tasvirga olindi.
Shuningdek, 12 nafar faxriylarning  uy-joylarini ta'mirlash belgilanib, ta'mirlash ishlari nihoyasiga etkazildi. Urush qatnashchi-larining 12 nafariga aravacha, 30 nafariga eshitish moslamasi va
11 nafariga hassa berildi.
Bundan tashqari viloyatdagi umumta'lim maktablar, kasb-hunar kollej va akademik lisey hamda oliy ta'lim muassasalarida
400 marotaba “Qaxramonlik burch va fidoyilik” mavzularida ma'na-viy-ma'rifiy uchrashuv va tadbirlar, 85 marotaba “Uch avlod uchrashuv”lari o'tkazildi hamda joriy yilning 9-may kuni viloyatdagi “Qashqadaryo daryo transport” uyushmasi bilan hamkorlikda bayram munosabati bilan keksa-nuroniy faxriylarga har tomonlama ko'mak berish maqsadida, bepul taksi xizmatlarini tashkil etish yuzasidan “Kamolot taksi” loyihasi o'tkazilildi.
Ushbu o'tkazilgan barcha tadbir va loyihalarda jami 45800 nafar yoshlar va 60000 dan ortiq aholi qamrab olindi.
2017 yil 20 iyun kuni viloyat xotin-qizlar qo'mitasi xodimlari ishtirokida Ramazon Xayiti kuni munosabati bilan 50 nafar 80-100 yoshli onaxonlar xonadonlariga tashrif buyurilib, tadbirkor ayollar g'amkorligida xayriya sovg'alari taqdim etildi.
2017 yil 25 iyun holatiga viloyatda 8599 ta juftliklarning nikohlari qayd etilib,. 16020 nafari yoshlar tibbiy ko'rikdan o'tkazildi. Tibbiy ko'rikdan o'tkazilgan nikohlanuvchilarning 82 nafa-rida kasallik aniqlandi va kasallik aniqlangan nikohlanuvchilar dispanser nazoratiga olindi. 
2017 yil davomida jami 78806 nafar, shundan 3155 nafar pensionerlar, 2015 nafar nogironlar, 233 nafar yolg'iz keksalar,
1314 nafar xavf guruhiga kiruvchi aholi flyuorografik tekshiruvdan o'tkazildi. Ularning 115 nafarida sil kasalligi borligi aniqlandi. Viloyat skrining markazlari tomonidan tug'ma gipotireoz va fenilketonuriya kasalligiga tekshiruviga  yangi tug'ilgan chaqaloqlar         100 foiz qamrab olingan.
 “Salomatlik-3” loyihasi doirasida barcha tuman (shahar) tibbiyot birlashmalariga jami 974 dona 930,3 mln so'mlik tibbiy jihozlar, ya'ni 13 ta tuman tibbiyot birlashmasining markaziy shifoxonasi laboratoriya bo'limlariga 12 turdagi va tuman ko'p tarmoqli markaziy poliklinikalari-ning laboratoriya bo'limlariga 6 turdagi laboratoriya stol-stul va tibbiy anjomlari hamda 1 donadan havo almashtiruvchi (vtyajnoy) shkaflar, har bir tuman markaziy shifoxonasiga matrasli funksional krovatlar, g'ildirakli tokchali bog'lov stoli, yo'rgaklash stoli va kattalar uchun g'ildirakli tibbiy kreslolar berildi.
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va fronti ortida mehnat qilgan 308 nafar va 1174 nafar  nogiron, yolg'iz qariyalar va aholining boshqa nochor qatlamlari sanatoriylarda bepul sog'lomlashtirildi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrdagi “2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyiha-lar bo'yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to'g'risida”gi PQ-2639 sonli qaroriga asosan viloyatning 32 ta massivida jami 1523 ta, shundan
236 ta 2 va 3 qavatli, 410 ta 1 qavatli 2 sotixli, 460 ta 4 xonali,
2 qavatli, 4 sotixli hamda 417 ta 6 sotixli amaldagi loyihalar asosida uy-joylar qurilishi belgilangan.
Viloyatning 32 ta massivida jami 1523 ta, shundan 236 ta 2 va
3 qavatli, 410 ta 1 qavatli 2 sotixli, 460 ta 4 xonali  2 qavatli
4 sotixli va 417 ta 6 sotixli amaldagi loyihalar asosida uy-joylar qurilishi belgilangan.
Massivlarda 63,6 km. suv tarmoqlari, 138 dona ichimlik suv hovuzlari, 27,6 km. ichki yo'llar, 37,1 km. elektr tarmoqlari, 30 dona transformator o'rnatish, 9 ta massivda 18,9 km. tabiiy gaz tarmoqlari tortish va qolgan 23 massivda muqobil yoqilg'i (gaz ballonlari) tarqatish ko'zda tutilgan.
Uy-joylar qurilishi bo'yicha tender savdolari to'liq o'tkazilib, salohiyatli pudrat tashkilotlari tanlab olingan va pudrat tashkilotlari bilan buyurtmachi o'rtasida 233,5 mlrd so'mlik shartnomalar imzolangan.
Joriy yilda viloyatda yangilangan namunaviy loyihalar asosida 1523 ta uy-joylar qurilishi 6 ta tijorat banklari “Qishloq Qurilish Bank” ATB, TIF “Milliy bank”, “O'zsanoatqurilishbank” ATB, AT “Xalq banki” “Asaka” ATB va “Ipoteka bank” ATIB viloyat bo'limlari tomonidan moliyalashtirilmoqda.  Dastur bo'yicha rejalashtirilgan
54,9 mlrd so'm boshlang'ich badal mablag'lari to'liq shakllantirilgan. Pudratchilarga 15 foiz avans mablag'lari bilan birga 119,6 mlrd so'm (51 foiz) mablag' to'lab berilgan.
Yangilangan namunaviy arzon uy-joylarda 148 ta pudrat tashkilotlari tomonidan kurilish-montaj ishlari amalga oshirilmoqda va qurilish ishlariga  bugungi kungacha pudrat tashkilotlari tomonidan 140,1 mlrd so'mlik yoki 60 foiz qurilish-montaj ishlari bajarilib, qurilish ishlariga 13170 nafar (o'rtacha 1 uyga 11 nafar) ishchilar jalb qilingan.
Joriy yil 1 iyul holatida jami 320 ta (Qarshida 94 ta, Kitobda 60 ta, Chiroqchida 30 ta,  Shahrisabzda 71 ta, Yakkabog'da 25 ta, Muborak 10 ta va G'uzorda 30 ta) uy-joylarda qurilish-montaj ishlari yakunlanib, belgilangan tartibda foydalanishga topshirish dalolatnomalari rasmiylashtirilmokda.
Muhandislik tarmoqlarini tortish bo'yicha bugungi kunga qadar barcha materiallar zahirasi to'liq yaratilib, 22,4 km. ichimlik suvi tarmoqlari va 72 ta hovuz qurilgan, 5,1 km. ichki yo'l qurilish ishlari, 10,1 km. elektr tarmog'i tortilgan va 8 dona transformator o'rnatildi hamda 3,2 km. gaz tarmog'i tortilgan.
2.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 22 noyabrdagi
“2017-2020 yillarda shaharlarda arzon, ko'p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish Dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-2660 sonli qaroriga asosan 2017-2020 yillarda Qarshi shahrida jami 40 ta 1701 xonadonli ko'p qavatli turar joy binolari qurilishi belgilangan.
2017 yilda 7 ta 5 qavatli  315 xonadonli uy-joy qurilishi rejalashtirilib,  (qiymati 30,6 mlrd so'm) aholining 25 foizlik boshlang'ich  badali 7,7 mlrd so'm va “Ipoteka bank” tomonidan yo'naltiriladigan mablag' 23 mlrd so'mni tashkil etadi.
Bugungi kunda 1-uyning 5-qavati temir beton plita bilan yopilib tom yopish ishlari, 2-uyning tomi temir beton plita bilan yopilib, tom yopish ishlari, 3-uy beton plita bilan yopilib, tom yopish ishlari,
5-uynnig beton plita bilan yopilib, tom yopish ishlari  yakunlanmoqda.
4-uyning 4 qavatida, 6-uyning 5 qavatida va 7-uyning 4 qavatida g'isht terish ishlari davom etmoqda. Barcha uylarda ichki kommunikasiya ishlari amalga oshirilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24-25 fevral kunlari viloyatga tashrifi chog'ida berilgan topshiriqlariga asosan Qarshi shahrida qo'shimcha 7 ta ko'p qavatli uy-joyni qurish belgilangan. Qarshi shahar hokimining qarori bilan “O'zbekiston” ko'chasidan 5 ta ko'p qavatli turar joy uchun 0,95 gektar va “Jayxun” ko'chasida 2 ta ko'p qavatli turar joy qurish uchun 5530 kv metr er maydoni ajratilgan. Bugungi kunda qurilish maydonlarida er ishlari yakuniga etkazilib, poydevor ishlari olib borilmoqda. 

Matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing.

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 127 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family