wrapper

Maxsus imkoniyatlar

Darhaqiqat, mustaqillik yillari yangidan yaratilgan Armiyamiz Vatanimiz sarhadlari daxlsizligini ta'minlab, biz uchun eng oliy qadriyatlar hisoblanadigan–MUSTAQILLIK, TINChLIK VA BUNYODKORLIKNING kafolatiga aylandi. U barchamizda tinchlik va osoyishtalikka, Vatanimiz harbiy salohiyatiga va qudratiga cheksiz ishonch hissini paydo qildi.
        Shu sababdan Qurolli Kuchlar bayrami – butun xalqimiz, mamlakatimiz uchun ham qadrli  bayramdir.
        Yoshlarni milliy istiqlol g'oyasi va ona-Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, milliy manfaatlarimizni himoya qilish va tinchlikni  ta'minlashga qodir insonlar qilib tarbiyalash  masalasi - keng jamoatchilik, ta'lim muassasalari, ayniqsa, oilada ota-onaning zimmasiga alohida mas'uliyat yuklaydi.
         2016  yil 5 yanvar  kuni  viloyat hokimligi kichik zalida “Mening o'g'lim - Vatan himoyachisi” mavzusidagi  Qarshi–Toshkent (teleko'prik) vidiokonferensiyasi o'tkazildi. Videokonferensiya  viloyat hokimining o'rinbosari, Xotin-qizlar qo'mitasi raisi R.Eshqobilovaning  tabrik so'zi bilan boshlandi.  Unda 30  nafar  Toshkent viloyatidan  Qashqadaryoda xizmat qilayotgan askarlar, hamda bizni viloyatdan Toshkent viloyatida xizmat qilayotgan 30 nafar askarlarning otalari va onalari  ishtirok  etdilar, shuningdek, jamoat tashkilotlari va Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindorlari ishtirok etdilar.
30 nafar askarlarga  viloyat hokimligi tomonidan  Erkin  Vohidovning  “Bahor tarovati” nomli asarlar to'plami  esdalik sovg'alari, shuningdek, Toshkentda  xizmat  qilayotgan  30 nafar askarlarning ota-onalariga viloyat xokimining tashakkurnomalari va gullar bilan birga topshirildi.

2016 yil 10 yanvar kuni  viloyat hokimligi kichik zalida Qarshi – Farg'ona  (teleko'prik) videokonferensiyasi o'tkazildi. Videokonferensiya  viloyat hokim o'rinbosari, xotin-qizlar qo'mitasi raisi R.Eshqobilovaning  tabrik so'zi bilan boshlandi. Unda 30 nafar Farg'ona viloyatidan  Qashqadaryoda xizmat qilayotgan askarlar, hamda bizni viloyatdan Farg'ona  viloyatida xizmat qilayotgan askarlarning 30 nafardan otalari va onalari ishtirok etdilar, shuningdek, jamoat tashkilotlari va Zulfiya  nomidagi  davlat mukofoti  sovrindorlari ishtirok etdilar.
30 nafar askarlarga  viloyat hokimligi tomonidan  Amur Temurning  2 tomli asarlar to'plami  esdalik sovg'alari, shuningdek,  Farg'ona xizmat  qilayotgan 30 nafar askarlarning ota-onalariga viloyat xokimining tashakkurnomalari va gullar bilan birga topshirildi.
      2016 yil  11 yanvar kuni Qarshi  shahridagi  Forovon  to'yxonasida «Vatan o'g'lonini unutmagaydir!» shiori asosida  “Askar onalarini sharaflaymiz” mavzusida bayram tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi. Bayram tadbirida viloyat hokimining o'rinbsari, xotin-qizlar qo'mitasi raisi  R.Eshqobilova tomonidan viloyat hokimi Z.Ruzievning bayram tabrigi o'qib eshittirildi. Vatanimiz sarhadlarini himoya qilish, o'z askarlik majburiyatlarini ado etish jarayonida vafot etgan harbiylarning oilalaridan iborat 30 nafar ayollar, Qashqadaryodan boshqa viloyatlarga o'z yigitlik burchini o'tab kelayotgan  askarlarnig onalari ( har bir tumandan  8 nafardan),  shuningdek,  ayni vaktda faol xizmat qilayotgan harbiy ayollar, ichki ishlar, prokuratura, chegara qo'shinlari va boshqa huquq organlari  xizmatchi  ayollaridan iborat 200 nafardan ortiq xotin-qizlarga bayram dasturxoni hamda ularning barchasiga viloyat hokimining  esdalik sovg'alari  topshirildi.
    Shuningdek, bayramda  o'zlari kutmagan holda  onalari  armiya safidan qaytib kelgan  6 nafar  farzandlarini  zalni o'zida kutib oldilar.  Bu holat ularga qo'shaloq bayramga aylandi. Askarlarga  viloyat hokimining  esdalik  sovg'alari  topshirildi.
        


Matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing.

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 78 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family