wrapper

Maxsus imkoniyatlar

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 9 fevraldagi PQ-2487-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Sog'lom ona yili” Davlat dasturi asnosida viloyatning hududiy Dasturi dasturi ishlab chiqilib, viloyat hokimining 2016 yil 19 fevraldagi X-88/02- sonli qarori bilan tasdiqlangan.
Ushbu dastur 11-bo'lim, 76 banddan iborat. Dasturda ko'zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun 808,7 mlrd. so'm va 17,0 mln.dollar  (respublika dasturining 11 foizi) xarajat qilinishi nazarda tutilgan.
Joriy yilning o'tgan 11 oy davomida 834,0 mlrd. so'm hamda
17.0 mln.dollar miqdoridagi ishlar amalga oshirilib, belgilangan yillik rejaga nisbatan 103,1 foizga bajarildi.
Sarflangan mablag'larning 335,0 mlrd. so'mi (40,1 %) byudjet va byudjetdan tashqari fondlar, 136,0 mlrd.so'mi (16,3%) homiylar va ijrochilar hamda 363,0 mlrd so'mi (43,6 %) bank kreditlari hissasiga to'g'ri keladi.
Dasturni ijrosini muvofiqlashtiruvchi, viloyat hokimi boshchiligidagi viloyat komissiyasi doimiy faoliyat yuritmoqda.
Viloyat hokimligida tuzilgan monitoring guruhi ma'lumotlari asosida har o'n besh kunda komissiya o'z yig'ilishlari o'tkazib bormoqda.
Bundan tashqari Dastur ijrosi viloyat hokimligining kengaytirilgan yig'ilishida 2 marotaba muhokama qilinib, dastur ijrosini ta'minlashda sustkashlikga yo'l qo'yayotgan boshqarma boshliqlari va tuman(shahar) hokimlari rasman ogohlantirilib tegishli ko'rsatmalar berib borilmoqda.
Dasturda 11 oylikda amalga oshirilishi rejalashtirilgan barcha bandlarning ijrosi ta'minlandi.
Olis va chekka qishloq tumanlarida yashayotgan aholi, ayniqsa ayollar uchun zarur ijtimoiy, maishiy va tibbiy nuqtai nazardan zarur sharoitlar yaratish, qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosidagi zamonaviy uy-joylar, ijtimoiy infratuzilma ob'ektlarini barpo etish, qishloq aholisini toza ichimlik suv, tabiiy gaz bilan ta'minlash, xizmatlar ko'rsatish va servis darajasini yuksaltirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Jumladan
Viloyatning olis qishloq joylarida banklarning imtiyozli kredit mablag'lari ajratish hamda er maydonlari taqdim etish orqali “Go'zallik saloni”, modalar atelesi, elektromaishiy texnikalar va oyoq kiyim ta'mirlashni o'z ichiga qamrab olgan 19 ta namunaviy maishiy xizmat komplekslarini tashkil etish rejalashtirilgan bo'lib, shundan  6 ta majmua ya'ni Dehqonobod tumanida Sho'rtangaz kimyo majmuasi tomonidan va Koson, Nishon, Shahrisabz tumanlarida 1 tadan, Muborak tumanida 2 ta ob'ektlar tadbirkorlar tomonidan qurib foydalanishga topshirildi va 13 tasida qurilish ishlari yakunlash arafasida.
Viloyatning qishloq joylaridagi 38 massivda namunaviy loyihalar bo'yicha 1526 ta yakka tartibdagi uy-joylar qurilib foydalashnisha topshirildi. Qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida quriladigan yakka tartibdagi uy-joylar 38,4 km elektr ta'minoti tarmoqlari va 23,9 km gaz ta'minoti tarmoqlari va 75,9 km suv ta'minoti tarmoqlari qurildi.
Tibbiyot muassasalarining, jumladan perinatal va skrining markazlarning moddiy-texnika bazasini va kadrlar salohiyatini yanada mustahkamlash, oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlarining ish samaradorligini oshirish, patronaj tibbiyot hamshiralarining sonini ko'paytirishni ta'minlash, akusher-ginekologlar va bolalar shifokorlari malakasini oshirish yo'nalishida bir qator ishlar amalga oshirildi.
Xususan, tug'ruqqa yordam beruvchi va bolalar tibbiyot muassasa-larining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash bo'yicha  6 ta (Koson, Mirishkor, Kasbi, Nishon, Shahrisabz va Qarshi) tuman tibbiyot muassasalarining bolalar bo'limlari va tug'ruqxona majmualarini hamda Shahrisabz 3-chi oilaviy poliklinikasida rekonstruksiya qilish, mukammal ta'mirlash ishlari amalga oshirildi.
Qarshi bolalar muruvvat uyini moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, mebel va asbob-uskunalar bilan jihozlash maqsadida 500, mln so'mlik homiylik yordami ko'rsatildi.
O'tgan vaqt davomida 1232943 nafar bolalar virusli va boshqariladigan infeksiyalarga qarshi, 1 yoshgacha bolalar orasidan            104175 nafari bola rotavirus va 109410 nafari pnevmokokkli infeksiyaga qarshi emlandi. OIV infeksiyasi yuqtirgan shaxslardan 476 nafar (shundan 163 nafar bolalar)i ARV –terapiya bilan qamrab olindi.
19 mart kuni viloyatga tashrif buyurgan Germaniyaning “Friedenzdorf-Interneyshil” xalqaro hayriya tashkiloti tomonidan  imkoniyati cheklangan bolalarni tanlab oluvchi tibbiy ko'rik tashkil etilib, jami 127 nafar bolalar tibbiy ko'rik o'tkazildi.
43 nafar onkogematologik bemor bolalarga polioximiyaterapiya preparatlari, jumladan “Sitazar”, “Doksorubisin”, “Meto-treksat” kabi dori preparatlari bilan, 24 nafar talassemiya kasalligi bilan og'rigan bemorlarga “Eksidjad” dori preparati bilan, 55 nafar gemofiliya bilan kasallangan bemor bolalar “Oktanat” (VIII-faktor) dori preparati bilan bepul ta'minlandi. Shuning hisobidan ushbu bemorlarning yashash davomiyligi uzaymoqda.
Joriy yilning o'tgan davri mobaynida 24928 ta nikohlar qayd etilib, nikohlanuvchilar tibbiy kurikdan o'tkazildi. Tibbiy ko'rik natijasida jami 170 nafar kasallik, jumladan 102 nafarida ruxiy,  7 nafarida sil, 10 nafarida giyohvandlik, 6 nafarida teri-tanosil va 27 nafarida OITS kasalliklari aniqlandi.
Tug'ma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlash maqsadida 3444 nafar homilador ayollar prenatal skrining tekshiruvidan o'tkazilib, 142 nafarida tug'ma nuqson va 107 nafarida akusherlik patologiyasi aniqlanib,  barchasi sun'iy tuxtatildi. 16400 nafar chaqaloq neonal skrining tekshiruvidan o'tkazilib, 5 ta TG “D” hisobga olindi. Birlamchi bo'g'ini birinchi darajasida 15305 nafar homilador ayollar ommaviy barvaqt perinatal ultratovush skrining tekshiruvidan o'tkazilib, 103 nafarida tug'ma nuqson va                           484 nafarida akusherlik patologiyasi aniqlanib,  barchasi sun'iy tuxtatildi
2016 yil o'tgan vaqt davomida 33125 nafar qishloqda yashovchi homilador ayollar polivitan komplekslari bilan ta'minlandi.
Yoshlar orasida jismoniy tarbiya va sportni keng ommalashtirish, yoshlarni, ayniqsa qishloq joylarda qizlarni sport bilan muntazam shug'ullanishga jalb etish, yangi sport ob'ektlarini qurish, ishlab turganlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy sport uskunalari va anjomlari bilan jihozlash, yuqori malakali trener kadrlar va murabbiylar bilan ta'minlash bo'yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.
2016 yilda 38 ta maktab sport zallarida qurilish-tiklash ishlari  olib borilib, 25760,0 mln so'm mablag' sarflandi. 
Har bir tumanda bittadan zamonaviy, zarur uskunalar bilan jihozlangan bolalar-o'smirlar sport maktablari, jami 16 ta bolalar-o'smirlar sport maktablari tashkil etildi.
Joriy yilda 2 ta (1 ta yangi Koson tumani, 1 ta kapital rekonstruksiya Kasbi tumani) suzish havzasi qurish hisobiga ularning umumiy sonini 17 taga etkazish maqsadida Koson, Kasbi tumanlaridagi bolalar va o'smirlar sport maktablari uchun suzish havzalarini qurish bo'yicha pudrat savdolari o'tkazilib, hozirga qadar 4465,0 mln so'm(95 foiz)lik ishlar amalga oshirildi
2,0 ming o'quvchi o'rni bo'lgan 8 ta yangi umumta'lim maktabi qurildi,, 25 ta maktab rekonstruksiya qilinidi va 10 ta maktab ta'mirlanib, yangi o'quv mebellari, o'quv-laboratoriya jihozlari va boshqa inventarlar bilan ta'minlandi.
 Kitob tumanida yangidan 22-son bolalar musiqa va san'at maktabi qurildi hamda Mirishkor tuman 21-son bolalar musiqa va san'at maktabini kapital rekonstruksiya qilish ishlar amalga oshirildi.
Xalq ta'limi tizimida barcha ta'lim muassasalarida har oyning oxirgi haftasining chorshanba kunini “Qiz bolalar sporti kuni” deb e'lon qilindi  va ular o'rtasida sport musobaqalarini belgilangan muddatda muntazam ravishda tashkil etilib kelinmoqda.
Qiz bolalarni - bo'lajak onalarni - jismonan sog'lom va intellektual rivojlangan tarzda voyaga etkazish, ularning akademik liseylar va kasb-hunar kollejlarida albatta ta'lim olishini, zamonaviy bilimlar va kasb-hunarlarga ega bo'lishlarini ta'minlash, ularning hayotda munosib o'rinni egallashlarida, kelajakda sog'lom va mustahkam oila qurishlarida asosiy shart hisoblanmish mustahkam hayotiy nuqtai nazarni va mustaqil fikrlashni shakllantirish borasida ham bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.
2015/2016 o'quv yilining 47655 nafar bitiruvchilari bilan                17,4 ming korxonalar va tashkilotlar, shuningdek ta'lim muassasalari ma'muriyatlari hamda tegishli hududlar hokimliklari o'rtasida majburiy tartibda ishlab chiqarish amaliyotini o'tash to'g'risida to'rt tomonlama shartnomalar tuzilishiga erishildi.
Bundan tashqari, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari o'quvchilarida tadbirkorlik faoliyati ko'nikmalarini shakllantirish maqsadida ular orasida muomalani va bilimlarni ayirboshlashni tashkil etish uchun kollejlar bazasida “Biznes-klublar” tashkil etildi.
Viloyatda 137 ta kollejlarini bitirayotgan 23111 nafar qizlardan tadbirkorlik qilish istagini bildirgan 778 nafar bitiruvchi qizlarning har biriga tadbirkor ayollar biriktirildi.
Shuningdek, 130 ta mahalladan qatnashi qiyin bo'lgan 10 nafardan qizlarga hunar o'rgatish bo'yicha tadbirkorlar biriktirildi.  
Yosh oilalarga, tadbirkor ayollarga, shu jumladan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun kollejlarning bitiruvchilariga 111822,0 mln so'm, oilaviy biznes va hunarmandchilikni qo'llab-quvvatlash bo'yicha 22048,6 mln so'm, yosh oilalarga uy-joy sotib olish, qurish va rekonstruksiya qilish uchun 20616,0 mln, so'm ipoteka va yosh oilalarga uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar xarid qilish uchun 4071,0 mln so'm iste'mol kreditlari ajratildi.
74 ta korxona tomonidan 737 ta yosh oilaga uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarni xarid qilish va uy-joy qurish uchun 19216,9 mln.so'mlik foizsiz csudalar ajratildi hamda 1755 ta korxona va tashkilotlar tomonidan 3449 nafar kam ta'minlangan yosh oilalarga 693,6 mln.so'mlik moddiy yordam ko'rsatildi.
Chin etimlar hamda mehribonlik uyi bitiruvchilarini uy-joy bilan ta'minlash maqsadida Qarshi shahri Shibaeva ko'chasida joylashgan “Gungon” savdo maj-muasi qayta rekonstruksiya qilinib,                25 ta xonadonlarga aylantirildi.
Aholining ijtimoiy zaif, kam ta'minlangan qatlamlari vakillari, “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilari, boquvchisini yo'qotgan oilalarning 246 nafar o'g'il bolalar sunnat tuylari o'tkazilib, har biriga 1,0 million so'mdan omonat hisob raqamlariga o'tkazib berildi.
Bolalarni tarbiyalashda katta avlod bilimlari va tajribasidan samarali foydalanish, yoshlarga an'analar va milliy qadriyatlar-ning ajralmasligini tushuntirish maqsadida “Ikki avlod uchrashuvi”  tadbirlarini tashkil etilmoqda.
Mahallada 30 yildan ortiq yashagan, o'z mehnati va jamiyatda erishgan obro'si bilan namuna bo'lgan oilalarning  turmush tarzi va hayotiy tajribasini ommalashtirishga yo'naltirilgan “E'zoz”, “Ehtirom” tadbirlari, suhbatlar va uchrashuvlarni mahallarda tashkil etilmoqda. Unda to'ng'ich avlod vakillarining oliyjanoblik, insoniylik va Vatanga, xalqqa sadoqat kabi fazilatlarini yoshlarga namuna sifatida ko'rsatilmoqda.
“Sog'lom ona va bola yili” Davlat dasturini maqsad va vazifalari haqida aholining barcha qatlamlari o'rtasida keng tushuntirish ishlarini tashkil qilish  maqsadida ommaviy axborot vositalarida “2016 yil – Sog'lom ona va bola yili”, “Sog'lom bola ― sog'lom oila mevasi”, “Bolalar sporti”, “Sog'lom bola– kelajagimiz”, “Buyuk ajdodlarimiz”, “Sog'lom oila”, “Nikoh va oila”, “Ta'lim va yoshlar”, “Mahalla har bir bola uchun mas'ul”, “Farzandlari sog'lom yurt” quyidagi maxsus ruknlarni tashkil etildi.
“Diyor yangiliklari”, “Viloyat hafta ichida” axborot dasturlarida keng yoritib borilmoqda.
“Sog'lom ona va bola yili” munosabati bilan o'tkaziladigan festival va seminarlar doirasida badiiy va fotoko'rgazmalar tashkil qilinmoqda. Joriy yilning 7-11 mart kunlari Qarshi san'at kollejida Respublika fotoko'rgazmasi tashkil etildi.

Matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing.

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 73 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family