wrapper

Ekskavatorlar va gusenisali texnikani ta'mirlash hamda ularning muttasil kengayib borayotgan parkini qayta tiklash uchun texnologik jihatdan yuqori darajada jihozlangan zamonaviy ishlab chiqarish bazasini shakllantirish va shuning asosida ulardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida:
1. O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va «O'zbekiston temir yo'llari» aksiyadorlik jamiyatining 2016-2017 yillarda «O'zbekiston temir yo'llari» AJning Sirdaryo viloyati Yangier shahrida joylashgan teplovoz deposi negizida ekskavatorlar va gusenisali texnikani ta'mirlash zavodini qurish bo'yicha mo'ljaldagi qiymati 29,0 mln AQSh dollari ekvivalentiga teng investisiya loyihasini amalga oshirish to'g'risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Quyidagilar belgilab qo'yilsin:
ekskavatorlar va gusenisali texnikani ta'mirlash zavodini qurish bo'yicha investisiya loyihasi bir bosqichli tartibda, loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqqan holda amalga oshiriladi;
«O'zbekiston temir yo'llari» aksiyadorlik jamiyati loyihaning amalga oshirilishi uchun mas'ul hisoblanadi;
«O'zbekiston temir yo'llari» AJning shaxsiy mablag'lari loyihani moliyalashtirish manbai hisoblanadi.
3. Ekskavatorlar va gusenisali texnikani ta'mirlash zavodini qurish bo'yicha investisiya loyihasini amalga oshirish doirasida:
«O'zbekiston temir yo'llari» AJ — buyurtmachi;
«Boshtransloyiha» AJ — bosh loyiha tashkiloti;
«O'zbekiston temir yo'llari» AJning tarkibiy bo'linmalari — bosh pudratchi tashkilotlar etib belgilansin.
4. «O'zbekiston temir yo'llari» AJ 2016 yilning 1 dekabriga qadar muddatda ekskavatorlar va gusenisali texnikani ta'mirlash zavodini qurish bo'yicha investisiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
5. Istisno tariqasida, «O'zbekiston temir yo'llari» aksiyadorlik jamiyatiga:
loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishi tasdiqlangunga qadar parallel ravishda loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlarini bajarishga;
ishlab chiqaruvchi zavodlar yoki ularning rasmiy dilerlari (distribyutorlari) bilan, tender savdolari o'tkazmasdan, import qilinayotgan tovarlarni ortib jo'natishdan oldin albatta tekshirib ko'rgan holda, asbob-uskunalar va materiallar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar va uzellarni eng maqbul takliflarni tanlab olish asosida etkazib berish to'g'risida shartnomalar tuzishga ruxsat berilsin.
6. O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi belgilangan tartibda:
«O'zqurilishmateriallari» AK, «O'zbekneftgaz» MXK va «O'zmetkombinat» AJ bilan birgalikda «O'zbekiston temir yo'llari» AJ buyurtmanomalariga ko'ra loyihani amalga oshirish uchun zarur bo'lgan sementni — tartibga solib turiladigan narxlarda, yonilg'i-moylash materiallarini — shartnomaviy narxlarda va metall prokatini — birja kotirovkalarini hisobga olgan holda ajratilishi hamda to'g'ridan to'g'ri shartnomalar bo'yicha etkazib berilishini;
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda — loyihaning O'zbekiston Respublikasining 2016 yilgi va keyingi yillardagi Investisiya dasturiga kiritilishini ta'minlasin.
7. «O'zbekiston temir yo'llari» AJ kafolat muddati davrida respublikada ishlatilayotgan ekskavatorlar va gusenisali texnikani ta'mirlash va xizmat ko'rsatishga tegishli lisenziya yoki sertifikatlarni xorijiy ishlab chiqaruvchilardan olishni ta'minlasin.
8. Ekskavatorlar va gusenisali texnikani ta'mirlash zavodini qurish bo'yicha investisiya loyihasini amalga oshirish doirasida:
«O'zbekiston temir yo'llari» AJ bo'linmalari tomonidan bajariladigan qurilish-montaj ishlari hajmi — qo'shilgan qiymat solig'idan hamda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo'l jamg'armasiga, Byudjetdan tashqari umumta'lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik liseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta'mirlash va jihozlash jamg'armasiga majburiy ajratmalar to'lashdan;
respublikamizda ishlab chiqarilmaydigan, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro'yxatlar bo'yicha olib kelinadigan mashina va uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, asboblar va texnologik jihozlar — boj to'lovlari (bojxona yig'imlaridan tashqari) to'lashdan ozod qilinsin.
9. O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi «O'zbekiston temir yo'llari» AJning buyurtmanomalariga ko'ra ushbu loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari rasmiylashtirilishini ta'minlasin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoev zimmasiga yuklansin.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2016 yil 3 iyun,
PQ-2543-son

Attachments:
FileFile size
Download this file (LexUz_2976467.doc)Faylni yuklab olish25 kB
Matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing.

Bazaviy interaktiv xizmatlar

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 135 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Foydali resurslar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati
www.press-service.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
www.senat.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
www.parliament.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)
www.ombudsman.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
www.prokuratura.uz
   
 
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi
http://gis.uz/

 

Mobil ilovalar

Bosh sahifa

Qabul kunlari

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Reset