wrapper

Maxsus imkoniyatlar

O'zbekistonda etishtiriladigan, noyob iste'molbop xususiyatlarga ega sabzavot, meva, uzum va poliz mahsulotlari bilan xorijiy hamkorlarni keng ko'lamda tanishtirish, zamonaviy bozor mexanizmlari vositasida meva-sabzavot mahsulotlari etishtiruvchilar, qayta ishlovchilar va etkazib beruvchilar o'rtasida uzoq muddatli barqaror kooperasion aloqalar o'rnatish va shuning asosida yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarining hajmini oshirish hamda eksportga etkazib beriladigan turlarini kengaytirish, yangi bozorlarni o'zlashtirish maqsadida:
1. O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, O'zbekiston Fermerlar kengashi, «O'zbekoziqovqatxolding» XK, «O'zvinosanoat-xolding» XK hamda boshqa xo'jalik birlashmalari va fermer xo'jaliklarining:
2016 yil 12 iyuldan 14 iyulgacha Toshkent shahrida «O'zekspomarkaz» Milliy ko'rgazma kompaniyasi» AJning ko'rgazma maydonlarida navbatdan tashqari Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasini o'tkazish to'g'risidagi;
2016 yildan boshlab har yili oktyabr oyida tizimli va muntazam asosda xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi o'tkazilishini tashkil etish haqidagi takliflari qabul qilinsin.
Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasini har yili tashkil etish va o'tkazish bilan bog'liq barcha masalalarni hal etish uchun 1-ilovaga* muvofiq tarkibda Tashkiliy qo'mita tuzilsin.
2. Quyidagilar Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga olib chiqishning zamonaviy xalqaro talablari va standartlariga mos keladigan samarali, shaffof bozor mexanizmini shakllantirish;
O'zbekistonda ekologik sof, iste'molbop xususiyatlari bo'yicha tengi yo'q sabzavot, meva, uzum va poliz mahsulotlari etishtirishning g'oyat katta imkoniyatlari, shuningdek, ularning sanoat asosida qayta ishlangan tayyor sifatli mahsulotlari to'g'risida chet ellardagi qayta ishlovchi va savdo kompaniyalarini keng xabardor qilish;
hamkor sheriklarni izlash va ular o'rtasida meva-sabzavot mahsulotlari etkazib berish shartnomalarini tuzishda qulay shart-sharoitlar yaratish va bu borada har tomonlama ko'maklashish, meva-sabzavot mahsulotlari etishtiruvchilar, qayta ishlash korxonalari hamda chet ellardagi import qiluvchi kompaniyalar, dunyoga mashhur marketing tuzilmalari o'rtasida barqaror, uzoq muddatli kooperasion aloqalar tizimini shakllantirish;
jahon meva-sabzavot mahsulotlari bozorining rivojlanish tendensiyalari va istiqbollarini chuqur tahlil etish, mamlakatimizning mahsulot etishtiruvchilari va qayta ishlovchi korxonalarini tashqi bozorlarda doimiy xaridorgir bo'lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga, navbatdagi yil va o'rta muddatli istiqbolga mo'ljallangan buyurtmalar portfelini shakllantirishga yo'naltirish maqsadida ularni keng ko'lamda xabardor qilish.
3. Yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi ixtisoslashtirilgan «O'zagroeksport» tashqi savdo kompaniyasi tarkibida boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 15 kishidan iborat bo'lgan mas'uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi Direksiyasi 2-ilovaga* muvofiq tashkil qilinsin.

Attachments:
FileFile size
Download this file (LexUz_2971972.doc)Faylni yuklab olish31 kB
Matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing.

Bazaviy interaktiv xizmatlar

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 182 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Foydali resurslar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati
www.press-service.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
www.senat.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
www.parliament.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)
www.ombudsman.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
www.prokuratura.uz
   
 
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi
http://gis.uz/

 

Mobil ilovalar

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Reset