wrapper

Maxsus imkoniyatlar

Hududlarni kompleks va mutanosib tarzda rivojlantirishni ta'minlash, mintaqalarning mavjud tabiiy-xomashyo, ishlab chiqarish va mehnat salohiyatidan oqilona foydalanish, ishlab chiqarish kuchlarini optimal joylashtirish hamda aholining turmush darajasi va sifatini izchil oshirib borish, shuningdek mahalliy ijroiya hokimiyat organlari faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish bo'yicha tizimli dasturiy chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida:
1. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda Moliya vazirligining:
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining boshqaruv apparati tuzilmasida, tegishli ravishda viloyatlar va Toshkent shahrining iqtisodiyot bosh boshqarmalarini tugatib, hududni kompleks rivojlantirish yig'ma boshqarmalarini;
tuman va shahar hokimliklarining boshqaruv apparati tuzilmasida tugatilayotgan tuman va shahar iqtisodiyot bo'limlari negizida hududni kompleks rivojlantirish bo'limlarini tashkil etish bo'yicha taklifi qabul qilinsin.
2. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bir oy muddatda Qoraqalpog'iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining faoliyatini yanada takomillashtirish va mustahkamlash bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
3. Hududlarni kompleks rivojlantirish yig'ma boshqarmalarining asosiy vazifalari va yo'nalishlari etib quyidagilar belgilansin:
hududlarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasini tizimli asosda tahlil qilib borish, mavjud nomutanosibliklar, zaxiralar va ishlab chiqarishga jalb etilmagan mineral-xomashyo, mehnat va ishlab chiqarish salohiyatini aniqlash, uning asosida va mamlakatni istiqbolda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik ustuvor yo'nalishlaridan kelib chiqqan holda, hududlarni kompleks taraqqiy ettirishning joriy va o'rta muddatli dasturlarini ishlab chiqish, mintaqalar iqtisodiyotini chuqur tarkibiy o'zgartirish va diversifikasiyalash;
tarmoq tuzilmalari bilan birgalikda mintaqalarning sanoat potensialini jadal rivojlantirish, mineral-xomashyo va qishloq xo'jaligi mahsulotlarini sanoat asosida yanada chuqur qayta ishlash bo'yicha yangi yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish, yuqori qo'shilgan qiymatli raqobatdosh mahsulotlar chiqarishni tashkil etish va shuning asosida eksportga etkazib berilayotgan mahsulotlar hajmi va turlarini ko'paytirish bo'yicha dasturiy chora-tadbirlar ishlab chiqish;
hududiy investisiya dasturlari ishlab chiqishni ta'minlash va amalga oshirilishi, yangi ishlab chiqarish ob'ektlari qurish va o'z vaqtida ishga tushirish hamda amaldagilarini modernizasiyalashning borishi ustidan monitoring olib borish, respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning o'rta va uzoq muddatli tasdiqlangan dasturlariga kiritilgan yirik investisiya loyihalarini bajarishda ko'maklashish, pudrat tashkilotlarini mutanosib tarzda rivojlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlarini ro'yobga chiqarish, mintaqaviy investisiya dasturlarini amalga oshirishga xorijiy investorlarni jalb etish bo'yicha faol ish olib borish;
muhandislik, yo'l-transport va telekommunikasiya infratuzilmasini ildam rivojlantirish, transport xizmati ko'rsatishni yanada yaxshilash, uy-joy — kommunal xizmatlari ko'rsatish darajasi va sifatini tubdan oshirish, aholini sifatli ichimlik suvi va sanitar tozalash tizimi bilan ta'minlash, aholi punktlarini obodonlashtirish bo'yicha dasturiy chora- tadbirlar ishlab chiqish;
qishloq xo'jaligini yanada rivojlantirish, er-suv resurslaridan oqilona foydalanish va qishloq xo'jaligi ekinlarini maqbul joylashtirish, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini tarkibiy jihatdan o'zgartirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni va suvdan tejamli foydalanish usullarini joriy etish, erlarning meliorativ holatini yaxshilash, qishloq xo'jaligi xom ashyosini yanada chuqur qayta ishlash hamda meva-sabzavot va go'sht-sut mahsulotlarini saqlash uchun muzlatish quvvatlarini tashkil etishni chuqur tahlil qilish va bu ishlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
mintaqadagi demografik jarayonlar hamda aholining jins va yosh tarkibini, uning bandlik darajasi va tarkibini tizimli tahlil qilish, shuning asosida ishlab chiqarish kuchlarini maqbul joylashtirish va yangi ish o'rinlari yaratish hisobidan band bo'lmagan aholini, ayniqsa yoshlarni ish bilan ta'minlash, aholi turmush darajasi va sifatini yanada oshirish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, uy-joy sharoitlarini yaxshilash, aholiga tibbiy, ta'lim va ijtimoiy-madaniy xizmat ko'rsatishni yanada takomillashtirish bo'yicha takliflar tayyorlash.
4. Quyidagilar:
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari boshqaruv apparatining hududlarni kompleks rivojlantirish yig'ma boshqarmalarining namunaviy tuzilmalari 1 va 1a-ilovalariga* muvofiq;
hududlarni kompleks rivojlantirish yig'ma boshqarmalari va bo'limlari xodimlarining cheklangan soni 2 va 2a-ilovalariga* muvofiq;
hududlarni kompleks rivojlantirish yig'ma boshqarmalari xodimlarining mehnatiga haq to'lashning tabaqalashtirilgan razryadlari 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
5. Belgilansinki:
hududlarni kompleks rivojlantirish yig'ma boshqarmalari viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga, hududlarni kompleks rivojlantirish bo'limlari esa, tegishli ravishda shahar va tuman hokimlariga bevosita bo'ysunadi;
hududlarni kompleks rivojlantirish yig'ma boshqarmalarining boshliqlari O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan holda tegishli viloyat va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari bilan lavozimlarga tayinlanadilar va ozod etiladilar;
shahar va tuman hokimliklarining hududlarni kompleks rivojlantirish bo'limlari boshliqlari lavozimiga tegishli viloyat va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishilgan holda tuman va shahar hokimlarining qarorlari bilan lavozimlarga tayinlanadilar va ozod etiladilar.
6. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining hududlarni kompleks rivojlantirish yig'ma boshqarmalarini kadrlar bilan to'ldirish va suhbat o'tkazish Komissiyasi 4-ilovaga* muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
* 1 — 4-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Komissiya (R. Azimov) viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan birgalikda:
ikki oy muddatda suhbat o'tkazib, yig'ma boshqarmalarni malakali kadrlar bilan to'ldirsin, unda ularning kasbiy tayyorgarligi, hudud iqtisodiyotini rivojlantirish masalalarini chuqur bilishi, iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan o'zgartirishni chuqurlashtirish va diversifikasiyalash vazifalarini hal etishdagi tashabbuskorligiga alohida e'tibor qaratsin;
yig'ma boshqarmalar va bo'limlar xodimlarining malakasini oshirish, shu jumladan ularni o'quv kurslariga yuborish, respublikaning vazirlik va idoralarida, shuningdek etakchi xorijiy o'quv markazlarida stajirovkadan o'tish tizimini tashkil etish choralarini ko'rsin.
7. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Moliya vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda hududlarni kompleks rivojlantirish yig'ma boshqarmalarining Namunaviy nizomini, shuningdek, shtatlar jadvali va mas'ul xodimlarning xizmat vazifalarini belgilangan tartibda tasdiqlasin.
8. Viloyatlar, Toshkent shahri, shahar va tumanlar hokimliklari bir hafta muddatda hududlarni kompleks rivojlantirish yig'ma boshqarmalari va bo'limlarini joylashtirib, ularni zarur uskunalar, kompyuter texnikasi, mebel va aloqa vositalari bilan ta'minlasin.
9. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining faoliyatini tashkil etish to'g'risida» 2003 yil 22 yanvardagi 37-son qaroriga (O'zbekiston Respublikasi QT, 2003 y., №1, 10-modda) 5-ilovaga muvofiq o'zgartishlar kiritilsin.
O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tuzilmalar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga kiritiladigan o'zgartish va qo'shimchalar to'g'risidagi takliflarni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Qarorga muvofiqlashtirishni ta'minlasin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoev zimmasiga yuklansin.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2016 yil 22 fevral,
PQ-2495-son

Attachments:
FileFile size
Download this file (LexUz_2906479.doc)Qarorni yuklab olish34 kB
Matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing.

Bazaviy interaktiv xizmatlar

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 86 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Foydali resurslar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati
www.press-service.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
www.senat.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
www.parliament.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)
www.ombudsman.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
www.prokuratura.uz
   
 
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi
http://gis.uz/

 

Mobil ilovalar

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Reset