wrapper

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Aholining hojatmand qatlamlarini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash hamda tibbiy-ijtimoiy yordam ko'rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida» 2016 yil 22 fevraldagi PF-4782-sonli Farmoni ijrosini bajarish hamda nogironlar, yolg'iz keksalar va aholining boshqa hojatmand qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy xizmat ko'rsatish muassasalari faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida:
1. O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi:
markaziy apparat tuzilmasida — boshqaruv xodimlari soni 6 nafardan iborat bo'lgan, nogironlar, shu jumladan nogiron bolalar, urush qatnashchilari, faxriylar, yolg'iz keksalar va aholining boshqa hojatmand qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy yordam ko'rsatishni tashkil etish boshqarmasini;
Qoraqalpog'iston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi va hududiy sog'liqni saqlash boshqarmalari tuzilmasida — 3 nafar, undan 1 nafari boshqaruv xodimidan iborat bo'lgan, nogironlar, keksalar va aholining boshqa hojatmand qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy yordam ko'rsatishni tashkil etish sho''basini;
tumanlar (shaharlar) tibbiyot birlashmalari tuzilmasida — ishlab chiqarish xodimlarining soni xizmat ko'rsatilayotgan mehnatga layoqatsiz yolg'iz fuqarolar sonidan kelib chiqib, o'rnatilgan shtat normativlariga muvofiq belgilangan holda nogironlar, keksalar va aholining boshqa hojatmand qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy yordam ko'rsatish bo'limlarini tashkil etsin.
Yangi tashkil etilayotgan tarkibiy bo'linmalar zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatilsin:
O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tizimiga o'tkazilayotgan «Muruvvat» va «Saxovat» uy-internatlari, nogironlar uchun reabilitasiya markazlari hamda urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriya muassasalarining faoliyatini tashkil etish;
tibbiy-ijtimoiy yordamga muhtoj nogironlar, shu jumladan nogiron bolalar va yolg'iz keksalarni «Muruvvat» va «Saxovat» uy-internatlariga, nogironlar uchun reabilitasiya markazlari hamda urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriya muassasalariga yuborishga ko'maklashish;
fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari bilan birgalikda o'zganing yordamiga muhtoj bo'lgan yolg'iz keksa fuqarolarni aniqlash va ularga uyida parvarishlashni inobatga olgan individual dastur asosida ijtimoiy xizmat ko'rsatishni tashkil qilish;
nogironlar, shu jumladan nogiron bolalar, urush qatnashchilari, faxriylar, yolg'iz keksalar va aholining boshqa hojatmand qatlamlarining talablariga ko'ra ularga mos tibbiy-ijtimoiy yordam ko'rsatish turlarini tanlash va taqdim etish, shu jumladan ortopedik buyumlar, reabilitasiya texnik vositalari va kreslo-kolyaskalari bilan ta'minlash maqsadida ularning hisobini olib borish.
2. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
markaziy apparat tuzilmasida — hududiy moliya bosh boshqarmasida boshqaruv xodimlari soni 3 nafardan iborat bo'lgan, muhtoj oilalar va fuqarolarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash va to'lash monitoringini amalga oshirish sho''basini;
Qoraqalpog'iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya bo'limlari tuzilmasida — boshqaruv xodimlari soni 2-3 nafardan iborat bo'lgan, muhtoj oilalar va fuqarolarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash va to'lash monitoringini amalga oshirish sho''basini;
tumanlar (shaharlar) moliya bo'limlari tuzilmasida — boshqaruv xodimlari soni 1 nafar, ishlab chiqarish xodimlarining soni fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish xodimiga biriktiriladigan fuqarolar sonidan kelib chiqib, o'rnatilgan shtat normativlariga muvofiq muhtoj oilalar va fuqarolarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash va to'lash monitoringini amalga oshirish sho''balarini tashkil etsin.
3. O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi zimmasiga aholining hojatmand qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy yordam ko'rsatish bo'yicha yuklatilgan qo'shimcha vazifalarga muvofiq quyidagi yangilangan tuzilmalar:
O'zbekiston Respublikasi sog'liqni saqlash tizimining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq;
O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 70 nafardan iborat bo'lgan markaziy apparati tuzilmasi 2-ilovaga* muvofiq;
Qoraqalpog'iston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi apparati, viloyatlar sog'liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahri Sog'liqni saqlash bosh boshqarmasi tuzilmalari 3 — 5-ilovalarga* muvofiq;
tumanlar (shaharlar) tibbiyot birlashmalari va Toshkent shahar tuman tibbiyot birlashmasi tuzilmalari 6 — 7-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
O'zbekiston Respublikasi sog'liqni saqlash vaziriga vazirlikning markaziy apparati va hududiy sog'liqni saqlash boshqaruvi organlari apparatining tasdiqlangan tuzilmalariga xodimlarning umumiy soni va ish haqi fondi doirasida o'zgartishlar kiritish huquqi berilsin.
4. O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi ixtiyoriga o'tkazilayotgan muassasalar ro'yxati 8-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1 — 8-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
5. O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tizimidan o'tkazilayotgan reabilitasiya markazlari va boshqa tibbiy-ijtimoiy yordam ko'rsatish muassasalarining kadrlar tarkibini tibbiyot muassasalarini optimallashtirish natijasida bo'shayotgan tibbiyot xodimlari hisobidan mustahkamlash choralarini ko'rsin.
6. Quyidagilar:
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Respublika tibbiyot muassasalari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida» 2007 yil 2 oktyabrdagi PQ-700-sonli qarorining 1 — 7-ilovalari;
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining tashkiliy tuzilmasiga o'zgartishlar kiritish to'g'risida» 2009 yil 2 iyundagi PQ-1119-sonli qarorining 2-bandi va ilovasi o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblansin.
7. O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o'zgartish va qo'shimchalar to'g'risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoev zimmasiga yuklansin.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2016 yil 24 fevral,
PQ-2499-son

Attachments:
FileFile size
Download this file (LexUz_2909825.doc)Qarorni yuklab olish28 kB
Matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing.

Bazaviy interaktiv xizmatlar

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 102 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Foydali resurslar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati
www.press-service.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
www.senat.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
www.parliament.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)
www.ombudsman.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
www.prokuratura.uz
   
 
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi
http://gis.uz/

 

Mobil ilovalar

Bosh sahifa

Qabul kunlari

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Reset