wrapper

Maxsus imkoniyatlar

1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi dori vositalari va farmasevtika faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Dori vositalari va farmasevtika faoliyati to'g'risidagi qonun hujjatlari
Dori vositalari va farmasevtika faoliyati to'g'risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O'zbekiston Respublikasining dori vositalari va farmasevtika faoliyati to'g'risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo'lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo'llaniladi.
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo'llaniladi:
dori vositalari — kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qo'yish va ularni davolash, shuningdek odam organizmining holati va funksiyalarini o'zgartirish uchun tibbiyot amaliyotida qo'llanilishiga ruxsat etilgan dori moddalari (substansiyalar) va yordamchi moddalar asosida olingan vositalar, dori moddalari (substansiyalar), dori preparatlari;
dori moddalari (substansiyalar) — farmakologik, immunologik yoki metabolik faollikka ega bo'lgan yoxud tashxis qo'yish maqsadi uchun foydalaniladigan, tibbiyot amaliyotida qo'llanilishiga ruxsat etilgan, kelib chiqishi tabiiy yoki sintetik moddalar;
dori preparatlari — dozalangan, idishga joylangan-o'ralgan, qo'llanilish uchun tayyor dori vositalari;
dorivor o'simlik xom ashyosi — dori vositalarini ishlab chiqarish va tayyorlash uchun foydalaniladigan, tarkibida biologik faol moddalar bo'lgan o'simliklar yoki ularning qismlari;
resept — shifokorning farmasevtik ma'lumotga ega bo'lgan mutaxassisga dori preparatini tayyorlash va (yoki) berish hamda uning qo'llanilish usuli to'g'risidagi yozma ko'rsatmasi;
sifatsiz dori vositasi va tibbiy buyum — yaroqsiz holga kelgan va (yoki) yaroqlilik muddati o'tgan dori vositasi va tibbiy buyum;
tibbiy buyumlar — kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qo'yish va ularni davolash uchun, shuningdek odam organizmining holati va funksiyalarini o'zgartirish uchun tibbiyot amaliyotida qo'llanilishiga ruxsat etilgan buyumlar;
tibbiy texnika — kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qo'yish va ularni davolash uchun, shuningdek odam organizmining holati va funksiyalarini aniqlash hamda o'zgartirish uchun tibbiyot amaliyotida qo'llanilishiga ruxsat etilgan apparatlar, uskunalar, priborlar, asboblar, qurilmalar va majmualar;
farmakologik vositalar — muayyan dori shakliga, klinik oldi tadqiqotlarda aniqlangan farmakologik faollikka va xavfsizlikka ega bo'lgan, klinik tadqiqot ob'ektlari bo'lgan modda yoki moddalar aralashmasi;
farmasevtika faoliyati — dori vositalari va tibbiy buyumlar yaratish bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini, shuningdek ularni ishlab chiqarish, tayyorlash, ularning sifatini nazorat qilish hamda ularni realizasiya qilishni qamrab oladigan faoliyat;
O'zbekiston Respublikasida ro'yxatdan o'tkazilgan dori vositalarining g'ayriqonuniy nusxalari — intellektual mulk to'g'risidagi qonun hujjatlari buzilgan holda muomalaga kiritilgan dori vositalari;
qalbakilashtirilgan dori vositasi va tibbiy buyum — tarkibi yoki xususiyati to'g'risida yoxud ishlab chiqaruvchisi haqida yolg'on axborot ilova qilingan dori vositasi va tibbiy buyum.

Attachments:
FileFile size
Download this file (LexUz_2856464.doc)Qonunni yuklab olish125 kB
Matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing.

Bazaviy interaktiv xizmatlar

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 184 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Foydali resurslar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati
www.press-service.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
www.senat.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
www.parliament.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)
www.ombudsman.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
www.prokuratura.uz
   
 
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi
http://gis.uz/

 

Mobil ilovalar

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Reset