wrapper

Maxsus imkoniyatlar

Xizmatlar sohasi korxonalari faoliyatini balansli rivojlantirish va diversifikasiyalashni ta'minlash, ular ko'rsatadigan xizmatlarning raqobatbardoshliligi va sifatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar 2016 — 2020 yillarda O'zbekiston Respublikasida xizmatlar sohasini rivojlantirishdagi ustuvor yo'nalishlar va vazifalar hisoblansin:
xizmatlar sohasini rivojlantirish hisobiga yalpi ichki mahsulotni ko'paytirish, uning respublika iqtisodiyotidagi ulushini 48,7 foizgacha etkazish;
2020 yilga borib qishloq joylarda xizmatlarni 1,8 baravarga o'stirish;
muhandislik-kommunikasiya, yo'l-transport infratuzilmasini rivojlantirish, tarmoqlarda zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish hisobiga xizmatlar sohasini, tarkibiy o'zgartirishlarni jadal rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
raqobat muhitini shakllantirish, kichik va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini rivojlantirishga ko'maklashish;
turli innovasiya xizmatlarini, yangi aloqa vositalarini kengaytirish;
aholining telekommunikasiya tarmoqlaridan foydalanish texnik imkoniyatlarini ta'minlash, ular asosida sifatli xizmatlar ko'rsatish, telefon aloqasi va televideniening raqamli tizimlariga to'liq o'tish, 2020 yilga borib aloqa va axborotlashtirishning respublika iqtisodiyotidagi ulushini 2,5 foizgacha etkazish;
eng yangi elektron, to'lov texnologiyalarini joriy etgan holda moliya xizmatlarini rivojlantirish;
sog'liqni saqlash sohasida yuqori texnologiyali xizmatlarni yanada rivojlantirish.
2. O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Davlat statistika qo'mitasi tomonidan xalqaro standartlar asosida ishlab chiqilgan 2016 — 2020 yillarda xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturi (keyingi o'rinlarda Dastur deb ataladi) ma'qullansin, Dastur quyidagilarni o'z ichiga oladi:
2016 — 2020 yillarda O'zbekiston Respublikasida xizmatlar sohasini rivojlantirishning maqsadli parametrlari 1-ilovaga* muvofiq;
2016 — 2020 yillarda O'zbekiston Respublikasi qishloq joylarida xizmatlar sohasini rivojlantirishning maqsadli parametrlari 2-ilovaga* muvofiq;
2016 — 2020 yillar davrida xizmatlar sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari kompleksi 3-ilovaga* muvofiq;
2016 — 2020 yillarda xizmatlar sohasini rivojlantirishga tijorat banklari tomonidan beriladigan kreditlarning prognoz hajmlari 4-ilovaga* muvofiq.
* 1 — 4-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
3. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari 2016 — 2020 yillarda xizmatlar sohasini rivojlantirishning shaharlar, tumanlar bo'yicha hududiy dasturlarini ikki oy muddatda ishlab chiqsinlar va O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlasinlar.
Xizmatlar sohasini rivojlantirishning hududiy dasturlarini ishlab chiqishda quyidagilarga alohida e'tibor qaratilsin:
xizmatlar sohasi tuzilmasini yanada takomillashtirish, xizmatlarning zamonaviy turlarini jadal rivojlantirish va bozorni ular bilan to'ldirish;
servis infratuzilmasini rivojlantirish;
qishloq aholi punktlarida xizmatlar sohasi tashkilotlarini birinchi navbatda rivojlantirish, oilaviy tadbirkorlik sub'ektlarini hamda sohaga oid kasb-hunar kollejlari va oliy ta'lim muassasalarini tamomlagan yoshlarni xizmatlar sohasiga keng jalb etish.
4. O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi Dasturning maqsadli parametrlari bajarilishi to'g'risidagi statistik axborotni, shu jumladan qishloq joylar bo'yicha ko'rsatkichlarni har chorakda taqdim etsin.
5. Tarmoq klassifikasiyasining belgilangan xalqaro standartlariga o'tilishi, yalpi ichki mahsulot tarkibini hisoblashning jahonda umumiy qabul qilingan metodikasining joriy etilishi, 2012 — 2016 yillarda xizmatlar sohasini rivojlantirish maqsadli parametrlaridagi o'zgarishlar munosabati bilan Dasturga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «2012 — 2016 yillarda O'zbekiston Respublikasida xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturi to'g'risida» 2012 yil 10 maydagi PQ-1754-son qarorining 4, 5-bandlarida nazarda tutilgan imtiyozlarning amal qilishi qo'llansin.
6. O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o'zgartirish va qo'shimchalar to'g'risida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
7. Vazirliklar va idoralar o'zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarning bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta'minlasinlar.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o'rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYoYEV
Toshkent sh.,
2016 yil 26 fevral,
55-son

Attachments:
FileFile size
Download this file (LexUz_2909071.doc)Qarorni yuklab olish25 kB
Matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing.

Bazaviy interaktiv xizmatlar

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 66 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Foydali resurslar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati
www.press-service.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
www.senat.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
www.parliament.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)
www.ombudsman.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
www.prokuratura.uz
   
 
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi
http://gis.uz/

 

Mobil ilovalar

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Reset