wrapper

Maxsus imkoniyatlar

Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlari odob-axloqining yagona prinsiplari va qoidalarini belgilash, ularning o'z xizmat vazifalarini vijdonan va samarali bajarishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, davlat xizmatida suiiste'molliklarning oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari (keyingi o'rinlarda Odob-axloq qoidalari deb ataladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Respublika davlat boshqaruvi organlari hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari ikki oy muddatda:
o'z faoliyati xususiyatlarini hisobga olgan holda, Odob-axloq qoidalari asosida markaziy apparat, hududiy va tarkibiy bo'linmalar xodimlari uchun majburiy bo'lgan xodimlarning idoraviy odob-axloq qoidalarini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
Odob-axloq komissiyasi to'g'risidagi nizomni va uning shaxsiy tarkibini tasdiqlasinlar;
ichki mehnat tartib-qoidalarini va boshqa idoraviy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Belgilab qo'yilsinki, xodimlarning tasdiqlanadigan idoraviy odob-axloq qoidalari Odob-axloq qoidalari talablariga zid bo'lishi yoki ulardan past darajadagi talablarni nazarda tutishi mumkin emas.
3. Xo'jalik boshqaruvi organlariga Odob-axloq qoidalari asosida xodimlarning odob-axloq qoidalarini qabul qilish tavsiya etilsin.
4. Belgilab qo'yilsinki, Odob-axloq qoidalari normalarining buzilishi qonun hujjatlariga muvofiq intizomiy yoki boshqacha javobgarlikka tortish uchun asos bo'lib hisoblanishi mumkin.
5. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga Adliya vazirligi, Mehnat vazirligi bilan birgalikda 2016 yil mobaynida ushbu qarorning qo'llanishi monitoringini olib borish va tahlil qilish hamda, zaruriyat bo'lganda, ularning yakunlari bo'yicha Odob-axloq qoidalarini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish tavsiya etilsin.
6. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi R.V.Abduqodirov 10 kun muddatda, ushbu qaror talablariga qat'iy amal qilgan holda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlarining odob-axloq qoidalarini Vazirlar Mahkamasi Rayosatiga tasdiqlash uchun kiritsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosarlari va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi zimmasiga yuklansin.
O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYoYEV
Toshkent sh.,
2016 yil 2 mart.
62-son

Attachments:
FileFile size
Download this file (LexUz_2911869.doc)Qarorni yuklab olish44 kB
Matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing.

Bazaviy interaktiv xizmatlar

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 63 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Foydali resurslar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati
www.press-service.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
www.senat.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
www.parliament.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)
www.ombudsman.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
www.prokuratura.uz
   
 
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi
http://gis.uz/

 

Mobil ilovalar

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Reset